Muallif

umidjon obudov

RASMLAR GALAREYASI

ko'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yidako'l bo'yida

Salom do'stlar!

Mening ismim Umidjon, familiyam Obudov. Buxoro viloyati Olot tumanida tug'ilganman, uylanganman, ikkita o'g'il farzandim bor. Hozirda Moskvada yashayman va ishlayman. Ishim juda yaxshi, ishdan ko'ra bo'sh vaqtim ko'proq, qisqasi 8 soat ishlayman 88 soat dam olaman (((.

Xullas, manashu bo'sh vaqtimdan unumli foydalanish niyatida manashu blogni ochishga qaror qildim (((. Aslida sabab, bo'sh vaqt ko'pligida emas!  Ha, bo'sh vaqtim haqiqatda ko'p, lekin... Keling yaxshisi boshlanish tarixidan ozgina gapirib beray.

Demak:
2010 yilda internet bilan tanishdim. Lekin, hechnimani tushunmasdim, esimda, bir tatar tanishim telefondan odnklassnikiga kirishni o'rgatgandi. Lekin, ko'p o'tmay internetni kimligini bilib oldim, chunki, yoshligimdan yangilikga, yangi texnologiyalarga juda qiziqaman. Internetni nimaligini tushungan zahotim internet orqali yaxshi daromad olsa bo'lishini darrov fahmladim.

ongli bola

Lekin qanday qilib???????000000 va yana cheksiz qanday qilib?????+++  Chunki, hali men kompyuterda ishlashni ham bilmasdimda, aniqrog'i kompyuterim ham yo'q edi. Ko'p o'tmay kompyuterlik ham bo'ldim, lekin internet shu kompyuterning o'zi bo'lsa kerak deb naq 2 oy shu kompyuterni titkiladim (((yarmi hazil). Shu bahona kompyuterning ham ipidan ignasigacha o'rgandim.

 

Kompyuter bilimdoni

Faqat ikki oydan keyin haligi internetga ulandim va internet orqali daromad qilish yo'llarini izlay boshladim. Lekin, menga internet orqali daromad qilishning hech qaysi yo'li yo'qmasdi, chunki hammasi mizerni daromad yo'llari edi. A men esa kooo'p daromad qilishni istardim.

Shu tariqa bir yarim yil izladim. Izlanishlarim besamar tugayvergach o'ylanib qoldim: «Shu internetda haqiqatda ham pul topsa bo'ladimikan o'zi» deb. Va o'zimga o'zim savol berdim: "Sen o'zi bir yarim yil nima qilding? Bir so'm pul topdingmi o'zi shu internetdan? Ha deb katta pul qidirasan. Sen oldin shu internetdan hech bo'lmaganda bir so'm pul ishlab qo'linga ol, keyin katta pul ishlasa bo'lishiga ishonsang bo'ladi " dedim, o'zimga o'zim.

Va shu bir so'm pulni ishlashga kirishdim. Ha, aytgancha, shu bir yarim yil ichida sal kam 100 ga yaqin internet orqali pul ishlash yo'llarini o'rganib chiqdim. Xullas, shu yo'llarning birini tanlab ishlashga kirishdim. Maqsad, shu bir so'm pulni qo'limda ushlash, chunki o'sha paytlar nafaqat men uchun balki, ko'pchilik uchun internetdan pul ishlab qo'lga olish bu sal kam fantastika edi, men bu gapni o'zimga o'xshaganlar uchun aytyapman. Professionallar bundan mustasno.

Esimda, ikki oy deganda 112 rubl pul ishladim va pulni qolimga olishga qaror qildim. Nima uchun 112 rubl? Chunki, men ishlagan servisda 100 rubldan kam pulni chiqorish mumkin emas edi. Lekin bu pulni qo'limga olish uchun ham ko'p ishlarni qilish kerak ekan. Masalan: elektron hamyon, bank kartasi bo'lishi kerak ekan. Menda esa bularning hech qaysisi yo'q edi.

hech voqosi yo'q

Xullas, barchasini qilib 100 rubl pulni qo'limga oldim. Bilasizmi, o'sha payt oladigan 18000 rubl oyligimdan manashu 100 rubl pul men uchun qadrli bo'ldi. Chunki, bu men uchun erkinlik edi, sababi, 100 rublni internetdan qo'limga oldimmi demak, 18000 rublni ham ishlab olsa bo'lishiga 100% ishonch hosil qildim. Darvoqe, hozirgi kunda internetdan oladigan oylik daromadim 18000 rubldan ko'p, bular haqida maqola davomida bilib olasiz...

Ishonch hosil qilgandan keyin yana katta pul ishlash yo'llarini o'rgana boshladim (katta pul deganda million dollor emas, ish joyimdan oladigan 18000 rubl pulni internet orqali topish edi, aslida Hojiboy Tojiboyev aytganlaridek, million dollorni mo'ljal qilish kerak ekan).

2013 yil bahor oylarining birida, do'stlarimiz bilan ko'l bo'yiga dam olishga chiqdik. Va o'sha yerda bir rus bola bilan tanishib qoldim. Unga birinchi bergan savolim, sen internetda pul ishlashga qiziqasanmi deb so'radim. U menga, ha qiziqaman, men faqat internet orqali ishlayman deb qoldi. Internetda pul ishlaydigan odamlarni  internetda ko'p o'qiganman, videolarini ko'rganman lekin, shaxsan uchratmagan edim. Meni uning bu javobi qiziqtirib qo'ydi.

Savol iziga savol ulanib ketdi. Shunda u menga: internetda sayt yaratib, rivojlantirib sotaman, ebay bozorida oldi sotdi ishlari bilan shugullanaman, yaxshi daromad olaman deb menga o'zining qilayotgan ishlarini ko'rsatdi. Meni eng qiziqtirib qo'ygan gapi, sayt yaratib sotaman degan gapi bo'ldi. Shundan keyin men sayt tuzishni o'rganishga kirishib ketdim.

Evgeniy Popovning html, css, php larni o'rgatuvchi o'quv kurslarini o'rganib chiqdim. Va kod yozib quyidagi saytlarni tuzdim, bu mening birinchi kod yozib tuzgan saytlarim edi:

Birinchi saytim

birinchi sayt

 

Ikkinchi saytim

ikkinchi sayt

 

Uchinchi saytim

uchinchi sayt

Bularning barchasi local tuzilgan.

Shundan keyin Joomla va WordPressda saytlar tuzishni o'rgandim. Va asta sekin internetda o'zimning loyihalarimni yo'lga qo'ya boshladim. Hozirgi kunda 5 ta internet loyiham ishlab turibdi, daromadlarim esa, oyiga 18000 rubldan ancha baland. lekin bular hozircha sir bo'la qolsin, keyingi maqolalarimda u loyihalarim haqida ham to'liq malumot beraman. O'qib turganingiz ushbu blog esa 6 chisi. Endi yuqorida aytgan ushbu blogning ochilish sabablariga kelsak.

Sababi oddiy, 8 yillik tajribamni mening yo'limni endi boshlayotganlar bilan baham ko'rish. Ularning ishlarini yengillashtirish, yordam berish, kerak bo'lsa tajriba almashish, birga o'rganish. Chunki, inson borki bir umr o'qishga, o'rganishga majbur. Aks holda hayot to'xtab qoladi.

Blogimda asosan nimalar yoritiladi. Bu haqda blogimda yozilgan eng birinchi maqola bilan tanishing. Bu juda muhim.

 

Internet orqali ishlash uchun sayt tuzishdan tashqari ko'plab dasturlarni o'rganishga to'g'ri keldi, exel, word, power point, fotoshop, kamtazia studio, keycollector,  AutoPlay Media Studio 8 va hokazolar. Shu programmalar to'g'risida ham bilganlarimni maslahat berishim mumkin, tortinmasdan so'rayverasiz (((. Balkim so'rashingizga hojat ham qolmas, chunki, keyingi maqolalarimda shu dasturlar to'g'risida ham batafsil malumotlar berib boraman.

O'tkazib yubormaslik uchun, saytimning o'ng tamon bo'limidagi formaga pochtangizni kiritib obuna bo'lib qo'ying. Maqola chiqqan zahoti pochtangizga xabar boradi.

8 yillik tajribam kimgadir foydasi tegsa, xursand bo'laman, demak bekorga urinmagan bo'laman.

Siz kimsiz? Nima bilan shugullanasiz? Kelajakdagi niyatlaringiz? — izohlarda qoldirib o'rtoqlashing!

 

Хурмат билан Умиджон Обудов


 

 

Baholang!
( 2 , average 4.5 from 5 )
Iltimos, dostlaringizga ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: