Tahlilchi Guo Minsining, «Apple» kompaniyasi 2020-yilda taqdim etayotgan iPhone haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ekspertning aytishicha, kompaniya uchta yangi modelni taqdim etadi. Ulardan biri diagonali 6,7 dyuymli ekranga ega bo’ladi, boshqa model esa 5,4 dyuymli displey bilan jihozlanadi. Bu iPhone XS dan nisbatan kichikroq.
Uchinchi modelda ekranning diagonali 6,1 dyuym bo’lishi mumkin. Va u, tahlilchining fikricha, IPhone texnologik uskunalar liniyasining «outsayder» ga aylanadi, chunki u boshqa ikkita modeldan farqli o’laroq 5G tarmoqlarini qo’llab-quvvatlamaydi.
Yangilik ushbu saytdan olindi: Ferra