Uzinterbiz.com saytining sheriklik dasturi

Internetda pul tikmasdan daromad olish

Pul ishlash uchun uzinterbiz.com saytining onlayn maktabidagi o’rgatuvchi o’quv kurslarini tavsiya qiling va foydaning 25 — 50% puliga ega bo’ling!

Sheriklik, hamkorlik dasturi

Salom janoblar! Sizlar bilan men Umidjon Obudov!

Bugun men sizlarga, internetda pul ishlash uchun o’zimning sheriklik dasturim haqida malumot bermoqchiman, u qanday ishlaydi, siz qaysi mahsulotlarni tavsiya qilib, daromadning 25-50% foiziga ega bo’lishingiz mumkin, bugun shu haqda gaplashamiz.

Sheriklik dasturim siz uchun ham qiziqarli va foydali bo’lishiga va bizga ham foydali bo’lishi uchun, dasturni yanada takomillashtirishga harakat qildim. Men o’zim runetdagi sheriklik dasturlarida (партнерские программы) bir necha yuz ming rubl pul ishlaganligim sababli, tomonlarga qanday qilsa yaxshi bo’lishini juda yaxshi tushunaman.

Bu dasturimni sheriklik dasturi deb atasammi yoki hamkorlik dasturi, to’g’risi ikkilanib qoldim. Aslida ikkalasi ham to’g’ri. Sizlar bu haqda nima deysizlar? Izohlarda javoblarizni qoldirishlaringizni so’rab qolardim.

Hamkorlik dasturi shartlari

To’lanadigan haq foizi. Boshlanishida, dasturda ro’yxatdan o’tgan har bir sherik, hamkor, dasturimizdagi har qanday pullik o’quv kurslarimizning sotuvidan 25% puliga ega bo’ladi.

To’lov foizining oshishi. Yaxshi natijalarga va sotuvlarga erishgan bolalar, qizlar uchun, ularning butun faoliyati davomida sotilgan mahsulotlar soniga qarab, ularga to’lanadigan foizlar miqdorini oshirib boramiz.

  • 1 dan — 30 tagacha sotuv — 25%
  • 31 dan —   70 tagacha sotuv — 30%
  • 71 va undan yuqori sotuvga — 35%

Ikki darajalik sheriklik. Bundan tashqari barcha sheriklar uchun 5% miqdorida ikkinchi darajalik to’lov o’rnatilgan. Bu degani, siz o’zingizga o’xshagan boshqa sheriklarni dasturga jalb qilib, ularning ham har bir sotuvidan o’zingizga ajratilgan foizni olishingiz mumkin.

Cookies — malumotlarni saqlash va mijozlarni bog’lash. Manashu — Cookies — evaziga sizning tavsiyangiz orqali kelgan mijozlar sizning nomingizga bog’lab qo’yiladi. Hozir bu haqda batafsil yozmayman, chunki blogimda sheriklik dasturlarining ishlash prinsiplari to’g’risida batafsil malumotlar berilgan.

Cookies — malumotlarni bir umrga saqlab qo’yadi. Bundan tashqari dasturimizda mijozlar e-mail pochta va kuponlar orqali ham sheriklarga, hamkorlarga bir umrga bog’lab qo’yiladi.

Taqiqlangan tavsiya qilish yo’llari

Ogohlantirish: Mahsulotlarni reklama qilish qoidalarini buzganligi uchun abadiy bloklanishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqchiman. Bular qaysilar:

  • SPAM. Agar biz spam bilan shug’ullanganligingizni bilib qolsak akkauntingiz bloklanadi va hisobingizdagi pul to’lanmaydi.
  • Shubhali va asoslanmagan so’zlarni o’z ichiga olgan reklamalardan foydalanish. Masalan: «O’rganing va oyiga bir million dollor daromad oling», «Saytda ro’yxatdan o’tish va hech narsa qilmasdan pul topish» va boshqalar.

Do’stlar, tez daromad ortirish maqsadida, qora yo’llarni ishlatishga urinmang. Sheriklik dasturlarida to’g’ri ishlashni o’rganing! Uzoqni ko’zlab ish qiling!

Men sizga saytimizda uyishtirilgan sheriklik dasturida ishlash bo’yicha onlayn marafonni o’tashingizni tavsiya qilaman.

Sheriklik dasturiga qanday qilib ulanish mumkin?

Manabu sahifada sheriklik dasturida qanday ro’yxatdan o’tish kerak va qanday ishlash kerakligi  to’g’risida batafsil malumotga ega bo’lasiz.

Dasturimizdagi mahsulotlar ro’yxati

Sheriklik dasturimizda hozirda quyidagi o’quv kurslari mavjud:

  1. Сайт тузиш ва у оркали пул ишлаш курси
  2. Партнёркаларда пул ишлаш. Онлайн — марафон — Onlayn marafon «0 dan natijagacha, sheriklik dasturlarida daromad» yangi boshlayotganlar uchun qadamba-qadam ko’rsatma bo’lib, unda men mahsulotlarni targ’ib qilishning barcha usullari haqida gapiraman.
  3. Бизнес ва Шахс ривожланиши ёхуд Тезкор Старт
  4. Java дастурлаш тили курси
  5. Lending Page яратиш курси (бир сахифали сайт)
  6. Бизнес ва тадбиркорлик: 0$ дан 1.000.000$ га томон

Tayyorlanish jarayonidagi o’quv kurslarimiz

  1. «Ingliz tili qofiyali dialoglarda» o’quv kursi
  2. «Rus tilini oson o’rganamiz» o’quv kursi
  3. «Freelance serviz sirlari» kursi — masofadan turib ishlash — yangi boshlayotganlar uchun bosqichma-bosqich qo’llanma.
  4. «Maqola qanday yoziladi» kursi, matnlarni yozishni va ularni Internet orqali sotish yo’li bilan pul ishlashni o’rganasiz.
  5. Shaxsiy onlayn maktabi qanday yo’lga qo’yiladi

Bu o’quv kurslarimizga sheriklik dasturimizdagi shaxsiy akkauntingizda o’zingizning sheriklik ssilkalaringizni topasiz.

Sheriklik ssilkalari

Bundan tashqari, uzinterbiz.com blogining har qanday sahifalariga ham sheriklik ssilkalarini qo’yishingiz mumkin. Sizning sheriklik ssilkangizdan blogga kelgan odamlar dasturda sizning nomingizga bog’lab qo’yiladi. Kelajakda, ular pullik o’quv kurslarini sotib olib onlayn maktabimiz o’quvchisiga aylanishsa, siz o’zingizning ulushingizni olasiz.

Kelajakda yana yangi o’quv kurslari qo’shib boriladi.

To’lovlar

To’lovlar elektron hamyonlarga amalga oshiriladi:

  1. WebMoney
  2. Yandex Dengi
  3. Qiwi
  4. Click
  5. Bank kartalari

Oyning har 1 chi va 15 kunlari avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Minimal miqdor 100 rubl.

Xulosa

Men hamkorlik dasturimiz haqida kerakli hamma narsalarni aytib bo’ldim, agar bironta tushunmagan savolingiz bo’lsa, ularni bir oz pastroqda, izohlarda qoldirishingiz mumkin. Barchasiga javob olasiz.

Хурмат билан Умиджон Обудов


Оцените материал
( 7 оценок, среднее 4.43 из 5 )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 16
  1. CHAQMOQCHA .BIZ

    Qanday ochsa buladi shu saytdi

    1. Умиджон Обудов (автор)

      Salom. Qanday saytni so’rayapsiz. Agar partnyorski saytni so’rayotgan bo’lsangiz, bu yozilgan skript, buni sotib olib internetga o’rnatishingiz mumkin. Bunday saytni ochish uchun kuchli programmist bo’lishingiz kerak yoki o’sha programistni yollashingiz uchun katta pulingiz bo’lishi kerak.

      1. Javohirbek

        Bu wordpress-ku aka, ja unchalik qiyin deb qo’rqitmang bola bechorani ;-)

        1. Умиджон Обудов (автор)

          Shu kunlarda partnyorkamda ishlaydiganlar ko’payib qoldi, har xil savollar berishyapdi, qolaversa maqola ham partnyorka to’g’risida — men o’ylabmanki partnyorka to’g’risida so’rayapdi deb. Shu say haqida so’rayotgan bo’lsa, ha, wordpressda qilingan bu sayt. :idea:

  2. salohiddin

    ishlamoqchiman sizlar blan tanishib chiqdim ish blan trevel yonalishida ishlamoqchiman uning uchun video mantaj kerakmi faqat

  3. otabek

    Salom sizlarga qanday ishga kirsa bo’ladi online ishlamoqchiman faqat kechki paytga 2soat vohtim bo’ladi shunga qanaqa ish bor oyligini farqiyo’q

    1. Умиджон Обудов (автор)

      Valeykum salom. @uzinterbiz_com telegram kanalimizga yozing!

  4. Farovon yurt

    Jizzax

  5. samandar

    okalar qanday pul ishlasa buladi :|

  6. Ismoilova Munisa

    Men ham internet orqali pul ishlamoqchiman. eTXT, Copy line kabi saytlarda ro‘yhatdan o‘tib ishlamoqchi bo‘lgandim lekin eplolmadim, o‘rganishim kerak, menga ustoz kerak! Iltimos Umidjon Obudov menga yordam bering!

    1. Умиджон Обудов (автор)

      Salom. uzinfobiz.com saytimizda ro’yxatdan o’ting!

  7. Kaxramon

    Internetdagi Onlayn kazinolarda yutish buyicha sheriklik elonlari tugrimi? Faoliyati qonuniymi?

    1. Умиджон Обудов (автор)

      Salom. Bunday dasturlarda ishlashni maslahat bermayman. Faoliyati — ba’zi mamlakatlarda kazinolar qonuniylashtirilgan. Lekin bizda qonuniymas.

  8. Daler

    Umarkets haqida nima deya olasiz

    1. Умиджон Обудов (автор)

      Salom. Hech nima deya olmayman, chunki sinab ko’rmaganman. Internetdan bir-ikkita salbiy fikrlarni o’qidim.

  9. Абдуллазиз

    Асалому алейкум канде килиб ишласам болади онлайин оркали билмай йап ман

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: