Internetda pul ishlash uchun TOP – 35 saytlar, foydalanuvchilar fikrlari va endi boshlayotganlar uchun maslahatlar

Pul ishlash saytlari

Salom do’stlar! Bugungi kunda har to’rt odamning bittasi internetda pul ishlash uchun qiziqib ko’rishi mumkin. Siz shulardan birimisiz? Bugungi maqolamiz, pul tikmasdan ishlashning qanday haqiqiy pul ishlash uchun saytlar bor va qanday ishonchli yo’nalishlar borligi haqida bo’ladi.

Bugungi kunda, haqiqatdan ham, internetda pul ishlash saytlari juda ko’p. Lekin, qaysi birida va qancha vaqtda, qancha pul ishlay olishingizni bir qarashda bilishingiz qiyin. Chunki, pul ishlash, vaqt va istakga ham bog’liq.

E’TIBORINGIZNI QARATING:  Boshlanishida hech qanday sayt sizga ko’p daromad qilishingizga kafolat bermaydi. Ko’p daromad olishingiz uchun, bu yo’nalishda ko’p kuch va vaqt sarflashingizga to’g’ri keladi

Muhim shartlar:

  • Ko’p portallar referal taklif qilib, hamkorlik dasturlari orqali ko’p pul ishlashni taklif qilishadi. Siz tanlagan saytga sizning sheriklik ssilkangiz orqali qancha ko’p odam kelsa, shuncha yaxshi.
  • Ko’p buyurtma olish uchun barcha ijtimoiy tarmoqlarda ko’p obunachilarga ega bo’lgan o’zingizning akkauntingiz bo’lishi kerak.
  • Ishlagan pulingizni echib olishga, bir nechita electron hamyonlaringiz bo’lishi kerak. Runetda ishlash uchun asosan, WebMoney, Yandex Dengi hamyonlar kerak bo’ladi.
 

Internetda pul ishlashning barcha yo’llari haqida to’liq QO’LLANMA

Har xil topshiriqlarni bajarib, pul ishlash va pulni yechib olishga ishonchli saytlar ro’yxati

Pul tikmasdan har xil saytlarda pul topish mumkin. Bu saytlarning bazilarida, odamlarga har xil vazifalarni bojarib pul ishlashlarini taklif qilishdadi. Bu portallar turli yoshdagi odamlarga to’g’ri keladi, chunki, bu yerda biron sohada tajribangiz bo’lishi shart emas. Quyida, shunday saytlarning eng mashhurlariga qisqacha tarif berib o’taman:

Kwork 

Bu yerda siz har bir xizmatingizni 500 rublga sotishingiz mumkin. Xizmat turini cheklanmagan miqdorda taklif qilishingiz mumkin. Nima sotishingiz faqat o’zingizga bog’liq, masalan:

  • Matn bilan ishlash
  • Logotip va vizitka saytlar yaratish
  • Saytlarga yordam berish
  • Rasmlar bilan ishlash
  • Video, audio va boshqalar bilan ishlash

MUHIM! Mijozlarni o’z xizmatlaringizga e’tiborlarini qaratish uchun, taklif qilayotgan xizmatlaringizning tarifini, keng va batafsil qilib yozishingizni tavsiya qilaman. Siz raqobatchilaringizdan nimasidandir ustun ekanligingizni ko’rsatishingiz kerak.

Partnyorkalar katalogi

Yandex Toloka

Bu serviz qidiruv tizimlarida chiqishni yaxshilash maqsadida tuzilgan va bu ishni qilishda unga foydalanuvchilarning o’zlari yordam berishadi. Sizning vazifangiz esa,  tegishli so'rov so’zlarga muvofiq, kontentni ko'rish va saralashingiz talab qilinadi:

  • Ishlamayotgan videolarni belgilash
  • 18+ yozuvi yozilgan rasmlarni ajratish
  • Saytlar haqida malumot yig’ish: manzil, bog’lanish va h.k
  • Savollarga javob berish va boshqalar

E’TIBORINGIZNI QARATING! Serviz Yandex Toloko unchalik qiyin bo’lmagan testdan o’tishingizni talab qiladi, lekin bunga jiddiy qarashingiz tavsiya qilinadi. Aks holda, portal sizga bunday topshiriqlarni bajarishni chegaralaydi. Ro’yxatdan o’tishingiz uchun yoshingiz 18 dan yuqori bo’lishi kerak.

SocPublik

Bu proekt to’lov valyutasini dollordan rublga almashtirib, oldingi Wmpublik serviz asosiga qurilgan. Bu sayt odamlarga quyidagi harakatlarni qilib, pul ishlashni taklif qiladi:

  • Syorfing
  • Kliklar
  • Topshiriq bajarish
  • 3 urovinli referallik sistemasi

Quyidagi electron hamyonlarga pulingizni o’tkazishingiz mumkin:

  • Webmoney
  • Yandex Dengi
  • Payeer
  • Perfekt money
  • Qiwi

Xohlagan miqdorda pul yechishingiz mumkin, hech qanday cheklovlar yo’q. Siz birinchi kundanoq ishlagan pulingizni yechib olishingiz mumkin. Farqi yo’q, bir so’m bo’ladimi ming rubl, yechishga haqqingiz bor.

Wmmail

Bu portal juda mashhur hisoblanadi, bu portal 10 yildan oshiq vaqtdan beri faoliyat yuritib keladi va ko’plab foydalanuvchilarning ishonchini qozongan. Bu saytda barcha tajribali va tajribasiz odamlar yaxshi pul ishlashi mumkin.

Xizmat 4 yo'nalishda ixtisoslashgan:

  • Syorfing
  • Xatlar o’qish
  • Kopirayting (maqola yozish)
  • To’lanadigan topshiriqlar

5 urovinlik referal hamkorlik sistemasi mavjud. Echib olishga, mablag’ingiz 10 sentdan yuqori bo’lishi kerak, bu mablag’ni boshlagan kuningizoq ishlab topishingiz mumkin. Pulingizni yechib olishga ariza berganingizdan keyin uch kun ichida pulingiz hamyoningizga o’tadi.

Seosprint  

Bu servizda, sayt ko’rish yoki qidirish, xat o’qish, testlarda qatnashish va boshqa topshiriqlarni bajarish bilan pul ishlaysiz. Bu resurs sizga “Referallar yarmarkasida” referal sotib olishga ruxsat beradi. Barcha topshiriqlarning qo’llanmalari beriladi. Bu yerda maktab yoshidagi bolalar ham pul ishlashlari mumkin.

Barcha servizlar singari, bu serviz ham sizga, reytinglar beradi. Bu sizga o’z daromadingizni oshirishga yordam beradi.

MASLAHAT! Topshiriqlarni sifatli bajarish bilan siz doimiy buyurtmachilar etiboriga tushishingiz va har kun topshiriq izlamasdan doimiy ish beruvchining malum belgilangan xizmat haqqiga har kun topshiriq olishingiz mumkin – shuni etiborga olib ishlang!

Shubugunning o’zida ijtimoiy tarmoqlar orqali o’zingizning haqiqiy pulingizni ishlaydigan 4 ta asosiy saytlar katalogi

VkTarget

Bahosi turli va xilma-xil murakkablikdagi, keng tanlov imkoniyatiga ega bo’lgan ishlarni bajarishingiz mumkin. Bu yerda sizga hech qanday pul tikish talab etilmaydi. Yaxshi daromad qilishni istasangiz, sizda ijtimoiy tarmoqlarda o’z akkauntingiz bo’lishi kerak.

Saytdagi topshiriqlarda siz quyidagi ishlarni bajarishingiz kerak bo’ladi:

  • Gruppalarga azo bo’lish
  • Repost qilish
  • Video qo’shish
  • Layk bosish

Referral yig’ib, referalning daromadidan 10% ulush olishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqdagi akkauntingizda obunachilar, do’stlaringiz soni qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi.

Forumok

Bu saytda ish juda ko’p, shuning uchun ham iloji boricha barcha ijtimoiy tarmoqlarda akkauntingiz bo’lgani yaxshi. Quyidagi ishlar uchun pul olishingiz mumkin:

  • Forumlarda post qoldirish
  • Layklar, repostlar, tvitlar, retvitlar, foloving
  • Izoh yozish
  • Ovoz berishda qatnashish
  • Obuna bo’lish
  • Video ko’rish va baholash
  • Kino ko’rish
  • O’z akkauntingizda begona ssilkalar qo’yish

Referallik sistemasida 30% gacha daromad qilishingiz mumkin. Pul yechishda hech qanday foiz to’lanmaydi. Bu serviz WebMoney electron hamyoni bilan ishlaydi.

Smmok

Bu saytning maqsadi ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirish va bu uchun, serviz, oddiy foydalanuvchilarga pul to’laydi. Asosiy topshiriqlar bu:

  • Do’stlar qo’shish
  • Layklar va repostlar qilish
  • Gruxlarga qo’shilish

DIQQAT! Akkauntingizni ban qilmasliklari uchun, ishni olmasdan turib, texnik topshiriq bilan yaxshi tanishib oling! Agar uni qabul qilib olganingizdan keyin bajarishdan vos kechsangiz akkauntingiz ban qilinishi mumkin.

Sayt Vkontakte bilan ishlaydi. Referallarni jalb qilish uchun so’rov berganingizdan keyin, akkauntingizda ssilka paydo bo’ladi. Bu ssilka bir marta beriladi va uni boshqa saytlarda joylashtirish taqiqlanadi.

Mablag’ingiz 15 rubldan ko’p bo’lgan taqdirda WebMoney hamyoningizda R. shaklda yecha olasiz yani rublda. Pulingiz 7 ish kuni ichida hamyoningizga tushadi.

CashBox

Bu yerda topshiriqlar quyidagicha: layk, repost, syorfing, xat o’qish, gruppalarga azo bo’lish, so’rovlarda qatnashish, App Store hamda Google Playdan android telefonga dasturlar o’rnatish. Sayt WebMoney bilan ishlaydi, bu hamyon sizda bo’lishi talab etiladi.

Topshiriq kamligi uchun, sayt haqida salbiy fikrlar mavjud, lekin sayt kundan kunga to’ldirilib borilayapdi. Ishlagan pulingiz 7 kungacha bloklab qo’yiladi, shu muddat tugagach pulingizni yechib olishingiz mumkin. Pul yechishda hech qanday cheklovlar mavjud emas. Bu servizda, yangi foydalanuvchi olib kelganingiz uchun ham pul to’lashadi.

Matn, maqola yozib pul ishlash uchun saytlar to’plami

Sarmoya qilmasdan pul ishlashning eng yaxshi yo’li bu, maqola yozish bo’lsa kerak. Kopirayter oyiga 100 000 rubl pul ishlashi mumkin. Bunday tajribaga erishish va 2000 ta harfli maqola yozib, uni 1000 va 2000 rublga sotish bu, oson emas, lekin iloji bor. Keling, yaxshisi biz, ozgina tajribali kopirayterning daromadini hisoblab ko’ramiz.

O'rtacha to'lov, 1000 ta belgiga 50-100 rublni tashkil etadi, ammo, hatto bunday stavkalar bo'yicha topshiriqlarni olish uchun ham ijrochilar minimal reyting to'plashlari, testdan o'tishlari, malaka ishlarini topshirishlari va bajarilgan ishlari bo'yicha mijozlarning fikr-mulohazalarini olishlari kerak bo'ladi.

Internetda kopirayterlar haqida ko'p ma'lumot bor, shuning uchun biz bu mavzuni batafsil ko'rib chiqmaymiz, ammo matnlarni yozib, pul topishingiz mumkin bo'lgan eng mashhur saytlarning ro’yxatini quyida keltiraman va qisq izoh berib o’taman:

Advego

Qiyinchilik darajasi turli xil va baholari har xil bo’lgan ishlarni bajarishni taklif qiladi bu sayt. Bular quyidagilar bo’lishi mumkin:

Loyiha bo'yicha fikr-mulohazalar ko'pincha ijobiy, hatto tajribasiz foydalanuvchilar ham pul topishlari mumkin. Malakangiz darajasini oshirib, yaxshi daromad olishlaringiz mumkin. Mablag’ingiz 5 $ dan oshgandan keyin WebMoney hamyonga yechishingiz mumkin. 2 ish kunida pul hamyonga o’tkaziladi, yechish foizi 10%.

Etxt

Bu sayt ham yuqoridagiga o’xshab, rerayt, kopirayt, matn tarjimasi, maqola sotish, rasm sotish va o’z resurslaringizni qo’shish imkonini beradi.

E’TIBOR BERING! Birjada juda past narxli ishlar ko’p, shuning uchun qancha narxga ishlashga roziligingini bildiruvchi filtr qoyish tavsiya qilinadi

Pul yechish foizlari, webmoney uchun 2%, yandex dengi uchun 1%. Pul yechish uchun hisobingizda kamida 250 rubl pul bo’lishi kerak. 5 ish kunida pulingiz hamyonga tushadi, bir kun ichida olishga 5% pul to’lash kerak bo’ladi.

Text

Bu sayt ham xuddi yuqoridagilar kabi, maqola sotish va buyurtma asosida maqola yozishni taklif qiladi.

MASLAHAT! Endi boshlayotganlarga 25 rubldan boshlab buyurtma olishlarini tavsiya qilamiz. Yuqori talabli buyurtmalarni olishdan saqlaning, agar sizda hali reyting bo’lmasa, har xil ishlarga ariza tashlamang! Ko’p buyurtmachilar past reytingli bajaruvchilarga uncha etibor berishmaydi.

Yechib olishda, mablag’ 100 rubldan yuqori bo’lishi kerak. Sistema foizi 8% dan 10% gacha, 3 ish kunida pul hamyoningizga tushadi, to'lovni tezlashtirishga 5% qo'shimcha pul to’lash kerak bo'ladi.

TextSale

TextSale pul ishlash uchun juda yaxshi sayt. Rerayt, kopirayt, matn tarjima qilish. TextSaleda ham boshqa saytlardagi kabi tajriba va kopirayterning ishlashga ishtiyoqi muhim o’rin tutadi.

MUHIM! Faqat bitta akkaunt ochishingiz mumkin. Bitta aypi adresdan ikkinchi akkauntni ochishga urinish, akkaunt blokirovkasiga olib keladi.

Portal WMZ bilan ishlaydi, shuning uchun oldin uni ochib olish tavsiya qilinadi. Pulingiz 2 kun ichida chiqadi, komissiya 10%.

Freelansda sarmoyasiz pul ishlash uchun haqiqiy saytlar nomi va izoh

Freelans bo’lib ishlash uchun, ish bajaruvchidan intizom va o’zini o’zi boshqarish juda qattiq talab qilinadi. Bu yerda ham ish xuddi ofisdagiday, faqat freelanser o’z uyida o’tirib ishlaydi.

Quyida freelansdagi eng mashhur yo’nalishlar ko’rsatilgan:

  • Kopirayterlar/rerayterlar
  • Tarjimonlar
  • Dasturchilar
  • Content – menejerlari
  • Dizaynerlar

Endi freelanserlar qayerlarda ishlashlari mumkinligini ko’rib chiqamiz.

Freelance.ru

Bu saytda ish bajaruvchi juda ko’p yo’nalishda ish topishlari mumkin. Bu yerdagi ishlar: matn ustida ishlash, rasm, audio, video, saytlar va boshqa ko’plab yo’nalishlar.

Agar sizda, masofadan turib ishlashda tajribangiz bo’lsa, bemalol o’zingizni sinab ko’rishingiz mumkin. Ish haqqini buyurtmachining o’z saytda ko’rsatadi yoki sizning nomzodingizni tanlaganidan keyin siz bilan kelishib olishi mumkin.

Weblanser.net

Weblanser – pul ishlash uchun juda yaxshi sayt. Bu yerda o’zingizni turli yo’nalishlarda sinab ko’rishingiz mumkin.

E’TIBORINGIZNI QARATING! Tajriba va bilimga ega bo’lmasdan yaxshi daromadga chiqish oson emas. Lekin, o’qib, o’rganib, tajriba orttirib, qo’rqmasdan offlayn ishingizdan bo’shab, shu yerda ishingizni davom ettirishingiz mumkin.

Bu portalning minus tarafi – bu yerda ishlash uchun pul to’lashingiz kerak bo’ladi. Bu – shu yerda doimiy ishlovchilarni ajratib olish uchun qilingan. Pul miqdori uncha ko’p emas. Aytishlaricha, bu pulingizni keyin o’zingizga qaytarib beradi.

Weblanser webmoney bilan ishlaydi, komissiya 5%.

Freelancejob.ru

Bu yerda ham ish oldingi saytdagiday. Freelanserlar o’z xizmatlarini buyurtmachilarga taklif qilishadi. Ish bajaruvchilar quyidagi ishlarni bajarishlari mumkin:

TAVSIYA! Yaxshi daromad olishingiz uchun portfolioingizni ish namunalaringiz bilan qiziqarli qilib to’ldiring. Ish beruvchilar ko’proq portfoliongiz bilan qiziqishadi va ishonch hosil qilgach, sizga buyurtma berishadi.

Bu sayt bir martalik yoki doimiy ish beruvchini topishda yordam beradi.

WorkZilla

WorkZillada hech qanday tajribaga ega bo’lmagan odam ham pul ishlay olishi mumkin. Bu birja kimlar uchun:

  • Dizaynerlar
  • Webmasterlar
  • Buxgalterlar (hisobchi)
  • Kopirayterlar (maqola yozuvchi)
  • O’qituvchilar
  • Tarjimon va boshqalar uchun

Oddiy foydalanuvchilar uchun ishlar:

  • Xatlar yuborish
  • Video otziv yozish
  • Vkontakteda profil yoki albomlarni rasm bilan to’ldirish
  • Fotoshop bilan ishlash
  • Mijozlarga telefon qilish
  • Matnlarni tahrirlash, yozish va tarjima qilish
  • Mobil dasturlar o’rnatish va test o’tkazish

Lekin, bitta joyi bor – bu yerda ishlash uchun foydalanuvchi obuna sotib olishi kerak. Bu ishlamaydigan akkauntlarning ko’payib ketishining oldini olish maqsadida qilingan, bundan tashqari, foydalanuvchida, ishlash uchun harakat paydo bo’lishi uchun ham qilingan.

FL.ru

FL birjasi topshiriqlarning ko’p yo’nalishini o’z ichiga olgan:

  • Axborot texnologiyalari
  • Seo – optimizatsiya
  • Marketing
  • Matn bilan ishlash
  • Dizayn
  • Rasmlar
  • Konsultatsiya
  • Repetitorlik va boshqalar

Saytdan pulingizni yandex dengi yoki bank kartalariga yechib olishingiz mumkin.

E’TIBORINGIZNI QARATING! Sayt mamuriyati ish bajaruvchilardan pasportning ikkita varag’ini skan qilib yuborishlarini so’rashadi. (bosh va propiska)

O’zbek freelanser saytlari ro’yxati, uz

  • Rabota.uz
  • FreeWork.uz

Turli yo’nalishlarda ishlar topishingiz mumkin. Bu saytlar orqali doimiy ishga ega bo’lishingiz mumkin.

Daromad olishning eng oddiy yo’li, so’rov o’tkazish saytlari

So’rov o’tkazish saytlari pul tikmasdan daromad olishning eng oddiy yo’llarini o’z ichiga oladi. Savollarga javob berish uchun sizga tajriba shart emas, buyurtmachi sizga so’rovlarni yuborishi uchun berilgan anketani to’ldirsangiz shuning o’zi yetarli.

Myiyo

Ro’yxatdan o’tish paytida, sizning schotingizga 0,6 yevro to’lashadi, profilingizni malumotlar bilan to’ldirganingiz uchun schotingizda jami 2-3 yevro pul to’planadi. Pul yechish faqat PayPal sistemasi orqali bo’ladi, echish uchun 20 yevro pulingiz bo’lishi kerak. So’rovlarning kam ko’pligi, qaysi mamlakatda yashayotganligingiz va profilingizdagi o’zingiz haqingizdagi malumotlarga bog’liq.

Voprosnik.ru

So’rovda daromad olishdan tashqari savollarga bergan javobingiz, eng yaxshi javob deb topilgani va siz yozgan yozuv ko’p ko’rilganligi uchun ham pul to’lashadi.

Voprosnik quyidagi electron hamyonlar bilan ishlaydi

  • Yandex Dengi
  • WebMoney
  • Bitcoin

Western Union va Unistream bank kartalariga, ishlagan pulingizni yechib olish imkoniyatlari ham mavjud. Lekin, aynan ushbu yo’l bilan yechib olish uchun mablag miqdori kamida 1500 rubl bo’lishi kerak. Electron hamyonlarga esa, 100 rubldan boshlab yechib olish mumkin.

Anketka.ru

Saytda ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar so’rovlarda qatnashib pul ishlash imkoniyatiga ega bo’lishadi. Profilni kerakli malumotlar bilan to’ldirgandan keyin, qatnashchi o’z pochtasiga yangi anketalar haqida xabar olib turadi.

O’rtacha, har bir so’rovning narxi 50 rubl, Rossiyadan tashqarida yashovchilar uchun 0,70 yevro.

Vazhnoemnenie.ru

Bu saytda anketa to’ldirib pul ishlanadi. Ishlangan pulni sovg’a sertifikatlariga yoki ozon.ru internet magazinida xarid qilishingiz mumkin.

Platnijopros.ru

Bu serviz orqali marketologlar, o’zlarining mahsulotlarini sotish maqsadida so’rovlar o’tkazishadi. Ish bajaruvchilar bu savollarga javob berishadi va pul ishlashadi.

Ko’p buyurtma olish uchun, ish bajaruvchiga profilni to’liq, haqiqiy va qiziqarli malumotlar bilan to’ldirish tavsiya qilinadi.

Fayloobmenniklar – daromad olishning yana bitta yo’li

Masofadan turib ishlash tajribasi yo’q, endi boshlayotganlar ko’proq qaysi saytda pul ishlash mumkin deb qidirishadi. Shu maqsadlar uchun quyidagi saytlar to’g’ri keladi.

Ish bajaruvchidan talab qilinadigan narsa, faqat yangi qo’yilgan fayllarni yuklab olish. To’lov, o’rtacha, 1000 marta yuklab olgani uchun 2$ dan 15$ gacha to’lanadi. Agar sizda, ijtimoiy tarmoqlardagi profillaringizda do’stlaringiz ko’p bo’lsa va boshqalar uchun ham qiziqarli fayl bo’lsa, hozirdanoq tavsiya qilib pul ishlashni boshlashingiz mumkin.

MUHIM! Siz bir marta yuklab olib, boshqalarga tasiya qilsangiz, keyingi yuklab olishlardan ham foyda olishingiz mumkin. Buning uchun fayl, boshqalar uchun ham qiziqarli bo’lishi kerak.

DepositFiles.ru

Bu sayt 1000 marta yuklaganga 5$ to’laydi. Referallarning har birining foydasidan 20% to’laydi. Yechib olishda, schotingizda 15$ bo’lsa, webmoney yoki paypalga o’tkaziladi. Nechi marta yuklab olish chegaralanmagan. Har bir faylning razmeri 2 gB dan oshmasligi kerak, faylni saqlash muddati 2 oy.

Letitbit.ru

Saytda boshqa mamlakatlardan yuklangan fayllarni yuklab olishda hech qanday cheklovlar yo'q. 1000 ta yuklab olinganligi uchun to'lov, fayl o'lchamiga qarab belgilanadi, qanchalik og'ir bo'lsa, shunchalik baland to’lanadi.

Referallarning ishlagan foydasidan 25% to’laydi. Yechish uchun kamida 5$ bo’lishi kerak. Pul, ariza berganingizdan keyin 2 kun ichida hamyoningizga tushadi.

Kommentariya va otzivlar yozib pul ishlash uchun saytlar

Izoh va otzivlar yozib pul ishlaydigan portallar har doim, har xil mavzudagi ishlar bilan to’liq. Bular kopirayterlikni (maqola yozishni) endi boshlayotganlar uchun yaxshi joy.

Bu saytlar foydalanuvchilarga erkin stilda izoh yozishga ruxsat beradi. Sotib olingan mahsulotga izoh qoldirish va bu uchun yana pul olish, bu juda zo’rku…

QComment.ru

Ish bajaruvchi, turli xil mahsulotlarga, maqolalarga, forumlarda, repostlarga, layk va boshqa qiyin bo’lmagan topshiriqlarda izoh qoldirib pul ishlashadi. Ishni boshlash uchun, qiyin bo’lmagan, matn yozish bo’yicha testdan o’tish kerak bo’ladi. Test javobini 5 kun kutishingiz mumkin. Javob qoniqarli chiqsa, sizga barcha topshiriqlarga yo’l ochiladi.

Yechib olish uchun kamida 100 rubl pul ishlashingiz kerak. Jalb qilingan buyurtmachi uchun 20%, ish bajaruvchi uchun 10% komissiya saqlanadi.

Otzovik.ru

Otzovik odamlarga otziv yozgani va joylashtirgani uchun pul to’laydi. Matnni keng va iloji boricha rasmlar bilan yozish tavsiya qilinadi, shunda ular ko’p ko’riladi va muallif doimiy daromad oladi.

Saytga otziv joylashtirish 2 rubldan 20 rublgacha, keyin har 1000 ko’rishga 60 rubl to’lanadi, agar matn saytning bosh sahifasiga chiqsa, to’lov oshadi. Referal foydasidan 15% to’laydi. Shunday qilib, ko’p marta otziv yozib doimiy daromadga erishish mumkin.

Irecommend.ru

Saytda otziv ko’rish 5 tiyin turadi, yechishga eng kam miqdor 150 rubl, yig’ilgandan keyin pulni hamyonga o’tkazish mumkin, 8 kun ichida o’tadi. Akkauntingiz o’chirib yubormasligi uchun, hech bo’lmaganda bir oyda bitta otziv yozishingiz kerak.

Tutux.ru

Otziv yozib pul ishlash uchun yana bitta portal – tutux, bunda to’lov faqat, ko’rsatuvlar soniga qarab to’lanadi. Pul yechish kami 300 rubl bo’lishi kerak, webmoneyga o’tkaziladi, 1000 ta ko’rinishga 100 rubl to’laydi. Referallar uchun 20%.

Ijtimoiy tarmoqlar, pul ishlash uchun eng zo’r qurollardan biri

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlash, eng zo’r yo’llardan biri, buning uchun, obunachilar va do’stlari ko’p bo’lgan kanalingiz bo’lishi kerak. Qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi.

Ijtimoiy tarmoqlarda qanday pul ishlash mumkin? Ikki yo’nalishda harakat qilish mumkin:

  1. Topshiriqlarda pul ishlash – post yozish, izoh, repost, layk, gruppalarga qo’shilish, do’stlar qo’shish va boshqalar.
  2. O’zingizning kanallaringiz orqali ishlash.

YouTube

YouTubeda ishlash uchun, noyob video yozish va pullik reklama qo’shish kerak bo’ladi. Obunachilari ko’p bo’lgan video bloggerlarga, mahsulotlarini reklama qilish uchun ko’p odamlar murojaat qilishadi va yaxshi pul to’lashadi.

Saytda pul ishlash chegaralanmagan, qancha pul ishlash, qiziqarli contentga, ko’ruvchilar soniga va reklama ssilkalaridan o’tuvchilar soniga bog’liq. Pulni yechib olish Google Adsens orqali bo’ladi, undan, bank schotiga, webmoney, yandex dengi va boshqalarga o’tkazish mumkin. Eng kam miqdor 100$ bo’lishi kerak.

Vkontakte

Vkda ishlash uchun yaxshi rivojlangan gruppangiz bo’lishi kerak va siz u yerda:

  • Reklamada
  • Hamkorlik dasturlarida
  • Mahsulot va xizmatlar reklamasidan
  • Reklama ochish bilan pul ishlashingiz mumkin.

DIQQAT! Agar gruppa mashhur bo’lib ketsa, peklama beruvchilar, alohida birjalar orqali o’zlari topib kelishadi.

Gruppa egasidan, buyurtmachilarning bergan buyurtmasi uchun post yozish talab etiladi. Boshqa pul ishlash yo’llari: layklar, izohlar, repostlar va boshqalar. Yana bir yo’li: gruppalarga moderator bo’lish, gruppa dizayni bilan shug’ullanish, mahsulot va xizmatlar sotish.

Instagram

Ushbu yangi va mashhur tarmoq orqli ham yaxshi daromad qilish mumkin. Asosiy yo’llar:

  • Shaxsiy va begona mahsulot va xizmatlarni sotish
  • Reklama
  • Akkauntlarni rivojlantirish
  • Layklar, izohlar, repostlar, obuna va boshqalar

Xulosa

Bu maqolada keltirilgan saytlar – barchasi, yaxshi tomonlama o’zini ko’rsatgan saytlar bo’lib, ko’p vaqtdan beri mavjud. Internetda har kun bitta shu saytlarga o’xshagan saytlar paydo bo’ladi va bir ozdan keyin yo’qolib qoladi. Sababi, yoki egasi tashlab qo’yadi, yoki raqobatga bardosh berolmaydi.

Shuning uchun, faqat sinalgan, ko’p pul ishlash va yechib olish mumkin bo’lgan saytlarda ishlashni tavsiya qilaman. Va yana esingizdan chiqmasin, internetda moshsheyniklar ham yetarli, ular yangi boshlayotganlarni aldashni yaxshi ko’rishadi. Hech ish qilmasdan yaxshi pul ishlashga o’xshash takliflardan yiroq yuring, aks holda quruq vaqtingizni ketqazib, pul ishlay olmay qolasiz yoki, bundan ham yomoni, befoyda narsa uchun pul to’lab, pulingizdan ham ayrilasiz.

Internetda ham, boshqa joyda ham pul ishlash uchun faqat xizmat qilish kerak, ish qilish kerak-shuni unutmang! Shuning uchun, o’qing, o’rganing, mehnat qiling, natija sizni ko’p kutdirmaydi. Yuqoridagi saytlar haqida sizlarning fikrlaringizni izohlarda kutaman, qaysi saytlarda pul ishlay olayapsiz, qaysilarida yo’q.

Maqolani ijtimoiy tarmoqdagi do’stlaringiz bilan bo’lishib ham pul ishlashingiz mumkin. Buning uchun siz mening hamkorlik dasturimda (пратнерская программа) ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi. Yangi maqolalarni o’tkazib yubormang, obuna bo’ling! Fikr mulohazalaringizni quyida, izohlarda qoldiring. Xayr.

Hurmat bilan Umidjon  

Maqolaga baho bering!
( 4 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov / автор статьи
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: