2021 yilda internetda pul ishlashning sarmoyali va sarmoyasiz yo’llari – shaxsiy tajribalarda sinalgan saytlar – kelajagi bor pul ishlash turlari

Pul ishlash

Assalomu alaykum uzinterbiz.com saytining o’quvchilari. Sizlar bilan men Umidjon va bugun, ko’pchilik uchun qiziq bo’lgan, internetda ishlash mavzusini kengroq yoritmoqchiman. Internetda pul ishlash 2021 -chi yilda ham kundan kunga dolzarb bo’lib bormoqda. Shu sababli bugungi maqolamiz, 2021 chi yildagi eng yaxshi va ishonchli pul ishlash yo’llari haqida bo’ladi.

Bundan oldingi maqolamizda, internetda pul qayerdan keladi va kim bu pulni to’lashi haqida batafsil ma’lumot bergan edim. Maqolada, o’zim sinab ko’rgan internetda pul topish yo’llari haqida yozdim.

O’zingizga ma’lum-ki, oz mehnat qilib ko’p daromadga erishish bu hayolot. Agar kapcha terish va syorfing qilish bilan katta doramadga erishish haqidagi ma’lumotlarga ishonsangiz, bekorga vaqtingizni sarflaganingiz qoladi. Nari borsa, telefonga solish uchun arzimas pulni ishlab olishingiz mumkin. Shu sizga kerakmi?

Hozirgi kunda internet orqali yaxshi daromadga erishishni istasangiz, kerakli bilim va tajribaga ega bo’lmog’ingiz lozim.

 

Internetda pul ishlashning barcha yo’llari haqida to’liq QO’LLANMALAR !

Pul ishlash uchun pul tikish muhimmi?                                   

Pul tikish

Internetda pul ishlash asosan 2 turga bo’linadi, sarmoyali va sarmoyasiz. Pul ishlash saytlariga ilk bor kirganingizda ushbu jihatlarga e’tibor bering.

Sarmoyali saytlarning ba’zilarida avvaliga hech qanday mablag’ talab qilinmaydi. Bir oz o’tgach sizni o’sha saytga mone’ligingizdan kelib chiqib, davom ettirishingiz uchun pul talab qilishadi. 90% daromad olmasdan turib, sizdan pul so’rashdimi, demak, siz bu yerda pul ishlay olmaysiz. Bunday saytlarda ishlashni to’xtatganingiz maqul.

Sarmoyasiz saytlarda esa ko’proq mehnatingizni sarflashingizga to’g’ri keladi. Sarmoyasiz saytlar ko’p va turlicha. Sarmoyasiz saytlarda sarmoyali saytlarga nisbatan aldanib qolishlik ehtimoli kam. Yo’qotsangiz mehnatingizni yo’qotasiz, pulingizni emas.

Internetda pul ishlash uchun nimalar kerak bo’ladi?

  • Brauzer (ixtiyoriy bir nechta)
  • Elektron pochta (ixtiyoriy bir nechta)
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar
  • Elektron hamyon

Pul ishlash uchun ishonchli TOP-10 saytlar

Quyida ko’rsatib o’tilgan pul topish saytlarining barchasi 2021 yilda pul ishlash imkonini beruvchi eng ommaviy va sinalgan saytlarhisoblanadi. Shaxsiy tajriba natijalariga asoslangan. Kam to’laydi, ammo, yangi boshlayotganlar uchun bu sohani tushunishlarida yo’l korsatuvchi vazifasini o’taydi. O’zingizga ma’qulini tanlab, sinab ko’rishingiz mumkin:

Eslatma: Saytlardagi login va parollarni o’z vaqtida yon daftarcha(elekrton)ga yozib qo’yishni unutmang.

  1. Socpublic.com
  2. Seosrint.net
  3. Vktarget.ru
  4. [mask_link]Old-liked.ru[/mask_link]
  5. Toloka.yandex.ru
  6. Cashbox.ru
  7. Prospero.ru
  8. Wmrfast.com
  9. Earningcash.org
  10. Dalance.ru

2021 yildagi kelajagi bor pul topish usullari

Agar siz bu sohaga qiziqsangiz, demak, oz bo’lsada ma’lumotga egasiz. 2018 yilda kriptovalyuta, bitkoinlar haqida eshitgan bo’lsangiz kerak.

Kriptovalyuta bu – qisqa qilib aytganda virtual mablag’ degan ma’noni anglatadi.  Hammamizga ma’lumki Webmoney, Yandex dengi, PayPal, Qiwi kabi internet hamyonlar mavjud. Ammo bu hamyonlarni yaratuvchi kompaniyalar komissiyadan pul oladi. Buni adolatdan emas deb hisoblagan Satoshi Nikomoto 2009 yili almashtirish vositasini bajaruvchi axborotga oid  valyutani ommaga chiqardi.

kriptovalyuta

Shunday qilib, bu sohani tushunuvchilar uchun kriptovalyuta kelajagi porloq usul hisoblanadi. Ammo yagona emas. Kriptovalyuta orqali pul topish saytlarini keltirib o’tmaganligimning sababi ularda mualliflik huquqi boshqalariga qaraganda maxsuslashtirilgan. 

Avtomatlashtirilgan holda pul topish

Zamonaviy pul topish usullaridan biri bu dasturlar va robotlar yordamida avtomatik pul topish usulidir. Bu usulda siz hech qanday mehnat va vaqt sarflamay, telefoningiz yoki kompyuteringizni sozlab olish orqali pul topishingiz mumkin. Botlashtirilgan avtomatika saytlari sizga bu imkoniyatni yaratib beradi. Ularning mahsuloti bo’lgan dasturni o’rnatish orqali siz hech narsa qilmay pul topishingiz mumkin bo’ladi.

Avtomatik tarzda pul topishning dasturlar orqali amalga oshirilishi quyidagicha boradi. Pul topish imkonini beruvchi saytlarda siz boshqalar tomonidan yaratilgan dasturni yuklab olish orqali uning reytingini ko’tarasiz va  shu ishingiz uchun sizga pul to’laydi.

Avtomatik tarzda pul topishning ikkinchi usuli brauzeringizga kengaytma (rasshireniya) deb ataluvchi dastur o’rnatib pul topasiz. O’sha dasturga qanday ishlar qilish kerakligini sozlab qo’ysangiz, avtomatik tarzda ana shu ishlarni bajaradi. Qilingan ish soniga qarab dastur ko’chirib olgan saytingizdagi hisob raqamingizga pul to’planadi.

Google Xrom brauzeri menyusi

Teaserfast.ru – brauzeringizga kengaytma ya’ni dastur o’rnatish orqali pul topish vositasi bo’lgan sayt. Brauzeringizga o’rnatganingizda avtomat tarzda reklama ko’rish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Siz qarab turmasangiz ham amalga oshiraveradi.

Misol uchun:

  • Tizer berildi – 7130 ta
  • Shundan o’tildi – 1779 ta
  • Mablag’ tushdi – 236,75 rubl

Globus-inter.com – Internetda syorfing qilish va reklama ko’rganingiz uchun pul to’laydi. Brauzeringizga kengaytma ya’ni dastur ko’chirib, o’rnatasiz. Windows, Android va Ios sistemalari uchun. Bunda chiqqan reklama ish oynangizning chetida chiqib turadi. Faol ishlatayotgan oynangizga halaqit bermaydi.

Endi diqqatingizni bu yerga qarating:

Siz 1 ta ko’rilgan reklama banneri uchun kamida 0,07 rublga ega bo’lasiz.

Bajarilgan 1 ta topshiriq uchun esa 15 rublgacha pul ishlashingiz mumkin.

APPCENT – Android telefonlar uchun dastur. O’yinda ko’rsatilgan topshiriqlar va ko’rsatilgan reklama uchun  pul to’laydi. Qancha ishlagan saringiz shuncha bonus berib boradi. Topshiriq tugagan paytda do’stlaringizgizni taklif qilib foiz olishingiz mumkin.

Masofadan turib ishlash uchun kasblar. Freelans 

Frilans – so’zi, ingliz tilidan olingan bo’lib, free – ozod, lance – nayza degan ma’noni bildiradi. Freelanserlar deganda  erkin ish vaqtida jismoniy shaxs bo’la turib masofadan ishlovchilar tushuniladi.

Masofadan turib ishlash

Freelanser kasblari soni chegarasiz desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Chunki zamon rivojlangani sari IT sohaga talab ortmoqda. Kunlik o’zgarishlar tufayli har bir soha uchun IT sferani moslashtirish talab etilmoqda. Freelanserlik esa ish beruvchi va ish bajaruvchilar uchun ham birdek maqbul yo’l hisoblanadi.

Quyida 2021 yilda pul topishingiz mumkin bo’lgan freelans kasblarning ro’yhatiga e’tiboringizni qarating:

Kopyrayter so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, copy- matn, write – yozish degan ma’noni anglatadi. Kopyrayter taqdimot va reklamalar uchun matn yozuvchi kishilardir.

Rerayter – (ingl. rewriting) foydalanish maqsadiga qarab, matnni tahrirlovchilar.

  • Kontent-menedjer

Veb saytni turli grafik va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlar bilan to’ldirib, o’sha ma’lumotlarni o’z egasiga ya’ni shu sohaga daxldor odamlarga yetkazib berish, sayt tarkibidagi ma’lumotlar sifatiga javob beruvchi, boshqaruvchi shaxsga nisbatan aytiladi.

SMM- inglizcha Social Media Marketing so’zining qisqartmasi bo’lib, ma’lum bir brendning ijtimoiy tarmoqlarda foydalanishlik holatini rivojlantiruvchi shaxsdir.

Sayt administratorini rahbar yoki menedjer deb ham atash mumkin. Bu kasb egalarini ishlari ko’p vazifalardan iborat. Saytning ishlashi, tarkibi, himoyasi, foydasi, rivoji va kelajagi uchun javobgar shaxslar hisoblanadi.

  • Seo mutaxassis

Inglizcha kengaytmasi  – Search Engine Optimization ya’ni internet sahifaning yoki veb saytning izlash tizimlarida ko’taruvchi, rivojlantiruvchi kasb egalaridir.

  • IT mutaxassis

Internet va axborot texnologiyalari sohasida juda chuqur va kuchli bilimga ega bo’lgan shaxsdir. Ushbu kasb o’z ichiga programmist, tizim analitigi, tizim arxitektori, texnik mutaxassis, axborot texnologiyalari menedjeri kabi sohalarni qamrab oladi.

  • Dasturchi

Turli xil hisoblash va operatsion tizimlar uchun dasturiy ta’minotni to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan mutaxassis.

  • Veb dasturchisi

Veb sayt dizaynining loyihalarini amalga oshiruvchi va veb sahifada ishlovchi dasturlar qiluvchi mutaxassis.

Veb sayt dizaynini o’ylab chiqib, uning vazifasidan kelib chiqqan holda tarkibini yoritib berivchi dizaynni amalga oshiruvchi shaxs.

  • Flesh animator

Flash so’zi faollik degan ma’noni, animator so’zi esa turli rasm, video va shu kabi grafik asoslarni harakatlantiruvchisi desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki flesh animator grafik mahsulotni harakatlantiruvchi shaxsdir. Bu kasb egalari multfilmlar yaratadi, rasmlar asosida qisqa metrajli filmlar ishlab chiqaradi, veb saytlardagi harakatlantiruvchi reklama bannerlari va rasmlarni qiluvchi mutaxassislar hisoblanadi.

  • 3D animator

3D atamasi bu biror rasm yoki grafik mahsulotni 3 tomonlama ko’rinishi hisoblanadi. 3D animatorlar ana shu 3 tomonlama ko’rinishga ega bo’lgan grafik mahsulotni harakatlantiruvchilardir.

Bular matn, rasm va video ko’rinishida o’zlari ijod qilgan holda yoki ko’chirgan holda internet resursida ma’lumot qo’yuvchi shaxslardir.

  • Moderator

Moderator so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, moder – o’laman, ushlab turaman deb tarjima qilinadi. Moderatorlar ommaviy axborot manbaalari ya’ni chatlar, forumlar, o’yinlar va ekskonfirensiyalarni qarab, boshqarib turuvchi, administratorga nisbatan kamroq imkoniyatga ega mutaxassislardir.

Freelanser bo’lishning afzalliklari nimada?

Yuqorida ko’rsatilgan kasblarning har biri freelanser hisoblanadi. Yuqoridagi mutaxassislar internetda pul topuvchilar bo’lib, bular haqiqatda bilimga ega bo’lib, mashaqqat bilan mehnat qiluvchi, internet bilan jiddiy shug’ullanuvchu kasb egalaridir. Frilanserlarga nafaqat bugun, balki har doim talab katta. Frilanser bo’lishning “ezib yuboradigan” qiyinchiliklari bo’lishiga qaramasdan  afzalliklari juda ko’p.

Frelanser ishlayapdi

Birinchidan – Erkin ishlash imkoniyati. Ish vaqti va joyida chegara yo’q. Masofadan turib ishlanadi. Hohlagan vaqtingizda, hohlagancha ishlashingiz mumkin. Muhimi ishni kelishilgan vaqtga bajarib qo’ysangiz bo’lgani.

Ikkinchidan – Ahmoq rahbar qo’l ostida ishlashga majbur emassiz.

Ish sizni emas, Siz ishni tanlaysiz.

 Uchinchidan – Pul topishni chegarasi yo’q. Maosh kutib yashamaysiz. Aqlingiz, kuchingiz yetgancha, istaganingizcha pul topishingiz mumkin.

Hulosa. 

Do’stlar, keyingi maqolalarimizda yuqorida ko’rsatilgan yo’nalishlarning har biri bo’yicha alohida maqolada keng to’xtalib, ko’rsatma va qo’llanmalar beramiz. O’tkazib yubormang, blog yangiliklariga obuna bo’ling! 

O’zingizga kerakli sohani tanlashdan adashmang. Aldanib qolishdan himoyalanish uchun «yetti o’lchab, bir kesing». Qancha mehnat qilsangiz shuncha tajribangiz oshadi. Maqolani o’qish davomida biror soha sizni qiziqtirgan bo’lsa va oz bo’lsada tushuncha olgan bo’lsangiz, demak, izlanishlarimiz behuda ketmabdi.

Ushbu ma’lumotlar bo’yicha o’zingizni qiziqtirgan savollaringiz bo’lsa, marhamat, izohlarda qoldiring, albatta javob beramiz. Sizga yordamim tekganidan hursandman. Taklif va mulohazalaringizni izohlarda kutib qolaman. Kelgusi maqolalarimizda «diydor ko’rishguncha» deyman.  Maqolani ijtimoiy tarmoqdagi do’stlaringizga ulashishni unutmang. Xayr! 

Hurmat bilan Umidjon

Baholashni unutmang!
( 10 assessment, average 4.7 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 8
  1. Diyorbek

    juda zo’r raxmat maqola uchun like like like va yana like :idea: :idea: :idea: :idea:

    1. Умиджон Обудов (author)

      Sizga ham raxmat.

      1. bibixamidaxojaxulova@gmail.com

        Asalomu alekom men sutendenman ishlamoqchiman lekin ish topolmayabman ushanga maslaxatez kk edi

  2. BOBUR

    SALOM :idea:

  3. Jaxongir

    Internit ish kerak

  4. Tillayeva Muqaddas

    Салом ростдан хам интернетда пул ишлаш иложи булса илтимос йордам Беринг ишлаб пул топиш мумкин укийдиган одамга вакт етмайди вакт булса хам иш топилмайди ургатасизми .

    1. Умиджон Обудов (author)
    2. Diyora

      Mengayam urgatizlar oldindan rahmat javob uchun

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: