Sayt uchun sohani qanday tanlash kerak, taxminiy va hayoliy o’ylarimizning natijasi

Sayt uchun soha qanday tanlanadi

Barchaga salom!

Bugun, saytimiz uchun soha tanlash ustida ishlay boshlaymiz. Soha tanlash – bu juda qiyin jarayon. Bu darslikni yozishdan oldin, qanday qilsam siz uchun, sayt tuzishning barcha bosqichlarini qadamba-qadam bosib o’tish oson va tushunarli bo’lishi va tanlashda adashmsliklaringiz ustida ko’p bosh qotirdim.

O’zimning tajribamdan bilamanki, bir sohani tanlash va harakat qilishni boshlashdan oldin miyamizda qanchalar shubha va gumonlar bizni ma’lum bir qaror berishga yo’l qo’ymaydi. Shuning uchun bugun chuqur tahlil va raqamlar bo’lmaydi. Biz shunchaki o’ylab ko’ramiz va ushbu darsimizni «Taxminiy soha tanlash» deb nomlaymiz. Keyingi darsimizda saytimizning aniq mavzusini tanlaymiz va tahlil qilamiz.

Eng yaxshi soha qaysi?

Ishonchim komilki, eng yaxshi soha – bu, o’zingizning ko’nglingizga yoqadigan, zavq oladigan, va siz bu sohada bir umr ishlashga tayyor bo’lgan sohadir.

Keyinchalik sayt bilan shug’ullanishga motivatsiya qidirmaslik uchun, shu sohada ishlash sizga huzr bag’ishlaydigan, o’zingizni rivojlantiradigan va o’quvchilaringiz uchun eng yaxshi ma’lumotlar yarata oladigan sohangizni qidirib toping.

Miyamizdagi to’siqlarni olib tashlaymiz

Keling hozir, qanday sohada sayt/blog yuritishni o’ylashni boshlashdan oldin, bizni ma’lum bir qaror qabul qilishga yo’l qo’ymaydigan, miyamizdagi ba’zi e’tiqodlarimizdan qutulib olaylik.

Esingizda tuting, ba’zi e’tiqodlarimiz, rivojlanishimizning jarayonini u yoki bu tomondan cheklab turadi.

Rus tilini biladigan va tushunadigan o’quvchilarga, bizning e’tiqodimiz, bizning fikrlashimiz va harakatlarimizga qanday ta’sir ko’rsatishi haqidagi, quyidagi ikkita videoni ko’rib, undagi asosiy mag’zini tushunib olishlaringizni istardim.

Rus tilini tushunmaydigan o’quvchilarimizga esa, quyida, videoning asosiy mazmunini qisqa qilib tushuntirib o’taman.

  • Dasturlashtirilgan cheklovlar. Salbiy taxminlar
  • Dasturlashtirilgan cheklovlardan qutilish yo’llari. Ijobiy taxminlar
  • Yuqoridagi birinchi videoning qisqacha mazmuni shunday:

Dasturlashtirilgan cheklovlar. Salbiy taxminlar

Bizni maktab yoshimizdan boshlab, jamiyat, o’qituvchilar, ota-onalar tomonidan bilib bilmay, bizning tabiiy imkoniyatlarimiz har bir jarayonlarda chegaralab boriladi. Ya’ni, bizning miyamiz dasturlashtirilib boriladi. Va oqibatda, insonning erkin va keng fikrlash qobilyati kichrayib boradi. Masalan: oddiy bir xato uchun jazolashadi, vaholanki, har qanday yuksaklikga xatolar tufayli erishiladi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.

  • Ikkinchi videoning (birinchi video davomi) qisqacha mazmuni:

Dasturlashtirilgan cheklovlardan qutilish yo’llari. Ijobiy taxminlar

Maktabda o’tiladigan ba’zi keraksiz bilimlar emas, balki zamonaviy bilimlarni olish, omadli insonlar bilan suxbatlashish, zamonaviy texnologiyalarni qo’llash, dunyo adabiyotini o’qish, turli trening va seminarlarda ishtirok etish, sayohat qilish kabilar, insonning dunyo qarashini kengaytiradi, fikrlashini o’zgartiradi.

Endi, kerakli sohani tanlashda e’tiqodga nimalar ta’sir qilishiga kelsak:

  1. Men tanlagan mavzuda ma’lumotlar juda ko’p. Teskari e’tiqod: ha, bu mavzuda ma’lumot juda ko’p, lekin men barchasinikidan yaxshi, sifatli qilaman va mening maqolalarim, kontentim qidiruv tizimlarida TOPda turadi.
  2. Raqobatchilar. Teskari e’tiqod: axborot biznesida raqobatchilar yo’q. Ma’lumotni har kim o’zicha yetkazib beradi, har doim yaxshilash imkoniyati bor va o’quvchilar, raqibingizning emas, sizning ma’lumotlaringizni o’qishadi, ko’rishadi.
  3. Men mutaxasis emasman, nima haqida gapirishim mumkin. Teskari e’tiqod: hozircha men mutaxasis emasman, lekin, shu mavzuga oid ko’plab kitoblar, maqolalar, ma’lumotlarni o’qib, vaqt o’tishi bilan mutaxasis bo’laman va odamlar menga maslahat so’rab murojaat qilishadi va saytim ham mashhurlasha boshlaydi.
  4. Men tanlagan sohani pullashtirish juda qiyin. Teskari e’tiqod: agar bu soha odamlar uchun qiziqarli bo’lsa, va ularning qandaydir muammolarini yechishda foydali bo’lsa, unda saytimda har doim foydalanuvchi va reklama beruvchilar topiladi.

Soha tanlashni o’ylash jarayonida, hayolingizga keladigan e’tiqod va shubhalaringiz haqida izohlarda yozing

Sohani qidiramiz

Bu darsimizning asosiy topshirig’i, hayolingizga kelgan 5 ta sohani yozish bo’ladi. Saytingizda nimalar haqida yozishni, boshingizdagi do’ppini yechib, shunchaki o’ylab ko’rishingiz kerak. Bir nimadan boshlashingiz uchun, keling bir ikkita namunalar aytaman.

  1. Sizda nimaga qiziqish bor va nimani yoqdirasiz? Misol uchun menga, psixologiya, erkak va ayol o’rtasidagi munosabat, omad, shaxsiy rivojlanish, to’g’ri ovqatlanish, sotuvlar, marketing, ishchilarni boshqarish, turli xizmatlarni o’rganish, pul ishlash yo’llari, baliq ovlash, ovqat tayyorlash, quruvchilik, interer dizaynerlik va hokazo ko’plab kasblar yoqadi. Menimcha, bu yerda har bir kishi 20-30 ta sohani bemalol osongina yoza oladi.
  2. Nimani yaxshi tushunasiz? Balkim siz qaysidir sohada mutaxasisdirsiz va shu sohadagi bilimlaringizni boshqalar bilan osongina bo’lisha olishingiz mumkin. Bular: tibbiyot, siyosat, yuristprudensiya, quruvchilik, mashinasozlik, chet tillarni o’rgatish, programmist, sayt yaratish va boshqalar bo’lishi mumkin.
  3. Hozirda qanday yutuqlarga erishgansiz? Odatda, qayerda natija bo’lsa, o’sha yerda qiziqish bo’ladi. Aks holda, siz bu ish bilan shug’ullanmas edingiz.
  4. Qaysi sohada mutaxasis bo’lishni istaysiz? O’zingiz mutaxasis bo’lishni istagan sohani tanlashingiz mumkin. Masalan men, internet orqali pul ishlashga qiziqaman va o’z blogimda tajribalarimni boshqalar bilan bo’lishaman va hokazo. Hozircha men mutaxasis emasman, lekin, kelajakda o’z tajribamni oshirib, uzinterbiz.com blogimda bo’lishmoqchiman – shunga o’xshash.
  5. Butun hoyotingiz davomida qanday ish bilan shug’ullanishni istagan bo’lardingiz? 10, 20, 30 yillardan keyin kim bo’lishni istardingiz va qandaydir tajribalaringiz haqida yoza olardingiz?
  6. Agar sizning saytingiz, asosiy xarajatlaringizni qoplayotgan, passiv daromad keltirayotgan bo’lsa, nima qilgan bo’lardingiz?

Sohalar ro’yxatini tuzamiz

Ishingizning natijasini ko’rishingiz uchun, Google Diskda papka oching va yangi Google Document oching. Yoki, kompyuteringizda Word fayl oching. Yangi hujjatga, sayt uchun 5 ta sohani yozing. Har bir sohaning ostida quyidagi savollarga javob berib chiqing:

  1. Nima uchun bu sohani tanladingiz?
  2. Saytingiz, odamlarning qanday muammolarini echadi?
  3. Shu sohani o’zingiz tushunasizmi?
  4. Saytingiz foydalanuvchilari, internetda sizning maqolalaringizni qidiradigan odamlar kimlar?
  5. Saytingizga qanday nom bergan bo’lardingiz?
  6. Saytingizda, birinchi 10 ta maqola nima to’g’risida bo’ladi? 10 ta maqola sarlavhasini yozing. Maqolalar sohaga oid bo’lishi kerak.
  7. Har bir sohada, saytingizni, taxminan qanday pullashtirmoqchisiz?

Sohani soha osti bo’limlarga bo’lamiz

5 ta soha ro’yxatini tuzganingizdan keyin, har bir sohaga kamida 7 ta shu sohaga oid yo’nalishlarni yozib chiqing. Aslida, sohaga oid soha – bu, ma’lum bir yo’nalish bo’yicha sayt bo’limlari bo’ladi. Keling hozir misol sifatida «Bolalar» sohasini olamiz va shu sohaga oid soha osti sohalarni tahlil qilamiz:

  1. Xomiladorlik va reja
  2. Tug’ilish
  3. Tarbiya
  4. Rivojlanish va o’qitish
  5. Oilaviy munosabat
  6. Sog’lik
  7. Qanday yaxshi ona bo’lish mumkin
  8. Qanday yaxshi ota bo’lish mumkin
  9. Bolalar uchun mahsulotlar
  10.  Bolalar xonasi
  11.  Bolalar bilan sayohat

Bajarilgan ishlar namunasi

Sizga tushunarli bo’lishi uchun, bir soha tahlili namunasini beraman: Bajarilgan ishlar namunasi

Keyingi darsimizda tanlagan sohangizni va raqobatchilarni aniqlaymiz va tahlil qilamiz. Yangi maqolalarga obuda bo’ling!

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: