Saytingizga ko’p foydalanuvchi kelishi uchun kalit so’zlarni qanday to’g’ri va qaysi xizmatlar yordamida tanlash kerak

Kalit so'zlar tanlash yo'llari

Salom aziz o’quvchilar!

Sayt qachon pul olib keladi, qachonki internet foydalanuvchilari sayt haqida bilishsa va uni o’qishsa. Bunda sizning asosiy yordamchingiz – qidiruv tizimlari bo’ladi. Agar siz maqolangizda kalit so’zlarni ishlatmasangiz qidiruv tizimlari sizga umuman e’tibor bermaydi.

Bugun men, qidiruv natijalarida eng yuqori o’rinlarga chiqishingiz va saytingizga ko’plab tashrif buyuruvchilarni olib kelishingiz uchun, kalit so’zlarni qanday va qaysi  vositalar, dasturlar yordamida amalga oshirishni o’rgataman.

Bu nimani anglatadi

Kalit so’zlarni (keywords) tanlash, qidiruv natijalarida birinchi o’rinlarni egallashingizga yordam beradigan qidiruv iboralarini tanlashni anglatadi. Oddiy qilib aytganda, odamlarning qidiruv tizimlariga (Yandex, Google) yozayotgan so’rov so’zlarini yi’g’ish. Ish jarayonida biz, raqobatbardosh va ahamiyatsiz so’rovlarni ham ajratamiz.

Rivojlanishning 3 ta strategiyasi

  • Aniq. Siz minimal raqobat bilan bir nechta yuqori chastotali (so’rovlar soni) so’rov so’zlardan foydalanasiz.
  • Keng qamrovli. Ro’yxatdagi o’rta va past chastotali kalit so’zlardan foydalanib, matnni optimallashtirasiz.
  • Aralashgan. Kalit so’zlar, 12% yuqori chastotali, 30% o’rta chastotali va 58% past chastotali so’rovlardan iborat bo’ladi.

Aniq strategiyaga amal qilish har doim ham mumkin emas. Ba’zida barcha yuqori chastotali so’rovlar raqobatchilar tomonidan band, ishlatilgan bo’ladi.

Kalitlarni yig’ish

Biz sayt mavzusini tahlil qilib, maqsadli auditoriya sizni qidiradigan iboralarni tanlab, semantik yadro (Sayt mavzusiga oid kalit so’zlar to’plami) yaratishni boshlaymiz.

Ro’yxat tuzamiz

Qidirish kerak bo’lgan barcha so’zlar va iboralar ro’yxatini tuzishimiz kerak. Bu iboralarni raqobatchilardan va o’zimiz o’ylab topamiz.

Miya bo’ronidan boshlang. O’zingiz uchun quyidagi savollarga javob bering:

  • Foydalanuvchiga nima taklif qilasiz va nima uchun?
  • Sizning kontentingizni topishlari uchun odamlar qanday so’rovlardan (so’zlardan, iboralardan) foydalanadilar?

Hamkasblaringiz, tanishlaringiz va oilangizdagi insonlarga, loyihangizda nimalar haqida yozishingizni tushuntiring va ulardan saytingizni nima deb qidirishlari mumkinligini so’rang. Agar sizda onlayn -do’kon bo’lsa, mijozlar o’rtasida so’rovlar o’tkazing. Evaziga, qandaydir mahsulotingizga turli chegirmalar taklif qiling.

Akbar saytiga ko’p foydalanuvchi kelishini xoxladi va u so’rov so’zlarning chastotasiga (so’ralish soni) ishonib, axborot saytida tijorat kalitlaridan foydalana boshladi. Kompyuterni sozlash haqidagi maqolasida “kompyuter sotib olish” kalit so’zini ishlatdi. Qidiruv tizimlariga kelgan foydalanuvchi, kompyuter sotib olish uchun Akbarning saytiga tushdi.

U o’qish uchun emas, kompyuter sotib olish uchun keldi. Ko’rdiki u izlagan narsa bu yerda yo’q va u darhol saytdan chiqib ketdi. Foydalanuvchining saytdan darhol chiqib ketishi, qidiruv tizimlariga, bu sayt befoyda degan tushunchani beradi va saytni natijalarda quyiga tushiradi. Buni xulq-atvor omili deyiladi, ya’ni foydalanuvchining saytda o’zini qanday tutishi.

Sayt rejasini tuzing yoki mavjud rejaga tayaning.

Internet -do’kon sahifalariga misol:

  • Bosh sahifa. Semantik yadroning – 10% yuqori chastotali (YCH)(so’rovlar soni), 30% o’rta chastotali (O’CH) va 80% past chastotali (PCH) asosiy kalit so’zlar ishlatiladi.
  • Xizmatlar. Asosiy sahifada xizmatning asosiy kalit so’zi. Masalan, «Chilonzorda manikyur xizmati». Keyin har bir turi uchun sahifa osti sahifalar va ularga izohlar ketadi: shellak bo’yog’i, tirnoqqa dekorativ rasmlar chizish va hokazo. Va bularning barchasi uchun biz past chastotali (PCH) iboralarni tanlaymiz.
  • Katalog. Mahsulotni tavsiflovchi yuqori chastotali (YCH) va o’rta chastotali (O’CH) kalitlarni qo’shamiz. Masalan, «Buxoro bozorida zardo’zli arzon kiyimlar». Sahifalar toifalarga, ya’ni mahsulotlar ma’lum bir turlarga bo’linadi. Bizning holatlarimizda, bular «Chopon», «Do’ppi», «Oyoq kiyimlar» va boshqalar.
  • Biz haqimizda. Kompaniyaning tavsifi, faoliyati yoziladi. Kompaniya yoki brend nomi, faoliyat sohasi va muammoning echimi ko’rsatilgan kalitlardan faol foydalanamiz.
  • Hamkorlar. Yetkazib beruvchilar, bo’sh ish o’rinlari haqida ma’lumot.
  • Mijozlarga. Tez -tez beriladigan savollarga, muammolar va echimlar bilan bog’liq iboralarni kiritamiz. Yetkazib berish va to’lov usullari bo’yicha asosiy e’tiborni mintaqalarga (hudud) qaratamiz.
  • Yangiliklar. Maqolalar mavzu va brend kalit so’zlari va sanasi bo’yicha saralanadi.
  • Shaxsiy kabinet. Indekslash yopiladi. Biz u bilan ishlamaymiz.
  • Kontaktlar. Ma’lumot va fikr-mulohaza shakli bo’lgan alohida sahifa.

Bo’limlarning sarlavhasiga e’tibor bering, ulardan ham kerakli so’zlarni oling. Masalan, shaxsiy gigienaga oid mahsulotlarini sotish. Biz bu yerda, romashka sovuni, tabiiy ekstrakti, yog’ va shunga o’xshash foydali tarkibga ega bo’lgan shampun kabilarni semantik yadroga qo’shishimiz mumkin.

Endi raqobatchilarni o’rganamiz. Bizda 2 yo’l bor:

  1. Birinchisi. Biz asosiy va ikkilamchi so’rovlarni qidiruv tizimlariga birma-bir yozib, natijalarni ko’ramiz. Shunday qilib raqobatni baholash mumkin. Agar natijalarda kontekst reklama, mashhur portal va saytlar ko’p bo’lsa, unda yosh loyihaning yuqori o’rinni egallash imkoni bo’lmaydi. Biz bu kalitni ishlatmaymiz. Kalitlarni bunday baholashning kamchilig: siz butun yadrodagi kalitlarni birma-bir qo’lda baholab chiqishingiz kerak bo’ladi. Bundan tashqari, raqobatchilarning sahifalari kodidagi tavsif va sarlavhadagi kalitlarni tahlil qilishingiz kerak. Bu albatta juda qiyin ish, ya’ni bbu ishlarni qo’lda bajarish.
  2. Ikkinchisi. Bo’limlar, sarlavhalar va maqolalardan iboralar va so’rov so’zlarni yig’amiz. Bunda bizga onlayn xizmatlar yordam beradi: Screaming Frog, NetPeak Spider.

Keling endi, kalit so’zlarni yig’ishning yana bir necha yo’lini ko’rib chiqamiz.

  • Wordstat -ni oching

Wordstatda ishni boshlashdan oldin, brauzeringizga manabunday plaginni o’rnatib oling:

Wordstat uchun qanday plagin o'rnatish kerak

Bu plagin Wordstat bilan ishlashingizni osonlashtiradi. Uni o’rnatganingizdan keyin, kalit so’zlar yonida (+) paydo bo’ladi. Qaysi kalit sizga ma’qul va kerak bo’lsa, shu kalit so’z to’g’risidagi (+) ga bossangiz, kalit so’z chap tomonda joylashgan plagin oynasida paydo bo’ladi. Va siz barcha maqul kalitlarni olganingizdan keyin, oynachadagi barcha kalitlarni birdaniga kopiya qilib olasiz va alohida faylga saqlab qo’yasiz. Aks holda bittalab olishingizga to’g’ri keladi:

Wordstat plaginidan qanday foydalaniladi

Demak, mavzuga qaytamiz…

Wordstatga mavzuga oid so’zni kiriting. O’ng ustunga qarang. Bu, odamlar shu mavzuda boshqa yana nimalarni qidirayotganlarini ko’rsatadi. Agar bu ustunda mavzuga yaqinroq so’zlar bor bo’lsa ularni olishingiz mumkin.

Endi asosiy chap ustunga qarang. Bu yerda siz foydalanishingiz mumkin bo’lgan bir qancha so’zlarni ko’rasiz.

Yandex Wordstatning o'ng oynasi

  • Qidiruv tizimlarining maslahatlarini o’rganing

Mavzuning asosiy kalit so’zini qidiruv  tizimi oynasiga kiriting va shu so’rov so’z ishtirokida yana qanday so’rovlar ishlatilayotganini ko’rasiz.

oogleda kalit so'zlarning dumlarini yig'ish

  • Sinonimlar lug’atidan foydalaning

Odamlar bir xil narsani turlicha nom bilan atashadi. Kimdir «oyna» desa, yana kimdir «ko’zgu» deydi. Va hamma narsada ham xuddi shunday.

Maqsadli auditoriyangiz ishlatadigan sleng (ko’cha tili) iboralar haqida unutmang. Forumlarni, ijtimoiy tarmoqlardagi munozaralarni o’qing.

Bizga kerakli so’zlarni Excel yoki Google elektron jadvaliga (o’zingizga qulayini tanlab) ro’yxat qilib yozib boring. Kalit so’zlarni saytingizga qo’shishga shoshilmang. Hali oldinda bizni, kalitlarni tekshirish va tozalash kutyapdi.

Ro’yxat taxminan manashunday ko’rinishda bo’lishi kerak:

Kalit so'zlar namunasi

Qaysi turdagi kalitlar mos keladi

Aynan sizga qaysi kalit so’zlar mos keladi:

  • Tijorat. Semantik yadro «sotib olish», «buyurtma», «to’lash» kabi so’zlardan tashkil topgan bo’ladi. Internet-do’konlar va boshqa pulli loyihalar uchun ishlatiladi. Axborot veb-saytlari va bloglar uchun to’g’ri kelmaydi.
  • Navigatsion. Bu kalit so’zlar orqali, jismoniy yoki internet manzilni topish uchun ishlatadilar. Sayt yoki kompaniya nomini kiritishadi.
  • Axborot. Bu iboralar, ma’lumot topish uchun ishlatiladi. Ular savollarga javob beradi, muammolarni hal qiladi. Misol uchun: «Kompyuterni changdan qanday tozalash mumkin».

Yosh saytni aynan past chastotali (PCH) so’rovlar bilan optimallashtirish yaxshi natija beradi. Kalit so’z qaysi turga tegishli ekanligini aniqlash uchun jadvaldan foydalaning:

  1. Yuqori chastota (YCH) – bir oyda ko’rsatishlar soni 1000 dan yuqori, so’zlar soni 1 – 2 ta.
  2. O’rta chastota (O”CH) – 500 dan – 1000 gacha, so’zlar soni 2 – 3 ta.
  3. Past chastotali (PCH) – 500 gacha, so’zlar soni 3 dan yuqori.
Chastotalar turi Bir oyda ko’rsatish soni So’zlar soni
Yuqori chastota (YCH) 10 000 dan yuqori 1 – 2
O’rta chastota (O’CH) 1000 – 10 000 2 – 3
Past chastota (PCH) 1000 gacha 3 gacha

Yandex.Wordstat

Biz oldingi bosqichda to’plangan so’zlarni Yandex.Wordstat orqali ishlatamiz. Endi biz kalitlarning chastotasini tekshiramiz, keraksizlarini o’chirib tashlaymiz.

Nimani o’chirib tashlash kerak:

  1. Yuqori chastotali (YCH).
  2. Aloqasiz so’zlar. Masalan siz, kompyuterga dasturlarni o’rnatishni o’rgatasiz, shuning uchun «dastur o’rnatilgan kompyuter sotib olish» kaliti aniq mos kelmaydi.

Biz Yandex.Wordstat -ni ochamiz. Kalitni oynaga kiritamiz va «Подобрать» tugmasini bosamiz:

Wordstatda ishni boshlash

Kalitlarning to’g’risida bir oyiga necha marta so’ralganini ko’rasiz. Menda ramka ichidagi kalit 1839 marta ko’rsatilgan – bu yuqori chastotali (YCH) so’z, buni men olmayman. A quyidagi uzuq chiziq bilan ko’rsatilgan 450 marta so’ralgan, bu past chastotali so’rov, men uni asosiy kalit sifatida qabul qilaman:

Wordstat javoblari

Lekin bu 450 soni ham yolg’on ma’lumot. Endi buni  aniqlashtirib olamiz, buning uchun maxsus operatorlardan foydalanamiz.

  • Qo’shtirnoq operatori ( «» ) – so’zlar sonini ko’rsatadi. Oynadagi aynan qo’shtirnoq ichiga kiritilgan iboraning chastotasini ko’rsatadi, boshqa so’zlarni hisobga olmaydi. Lekin so’rovdagi har qanday so’z tartibi va qo’shimchalar inobatga olinadi.
  • Undov belgisi operatori ( «!» ) – kalitdagi har bir so’zdan oldin qo’yiladi va o’zidan keying so’zni o’lchaydi. Statistikada esa, boshqa so’zlarni hisobga olmagan holda, aynan shu kalitning ma’lumotlarini o’z holicha ko’rsatadi.

Keling endi, yuqoridagi so’zning shu operatorlar yordamida haqiqiy ko’rsatishlar sonini aniqlaymiz. Buning uchu operatorlarni quyidagicha qo’llaymiz:

Wordstat operatorlari

Demak, “Internetda pul ishlash” so’zining bir oyda haqiqiy ko’rsatishlar soni 450 marta emas, balki 214 marta ko’rsatilar ekan. Biz bu kalit so’zini maqolada ishlatish uchun olamiz.

Geografiyaga bog’liq so’rovlar uchun mintaqalar bo’yicha chastotani tekshiring. Wordstat oynasining pastki qismidagi «По регионам» ni bosing va bu yerdan alohida shaharlarni ham ko’rishingiz mumkin:

Wordstat sozlamalari

Yandex.Wordstat-da siz kichik loyiha uchun semantik yadroni to’plashingiz mumkin. Lekin buning uchun ko’p vaqt, qat’iyat va sabr -toqat kerak bo’ladi. Bunday tezlikda kuniga bitta maqola chop etishingiz dargumon. Shuning uchun men sizga dasturlarda jarayonni avtomatlashtirishni maslahat beraman. Va Wordstat -ni YouTube, ijtimoiy tarmoqlar va kichik loyihalar uchun ishlating.

Quyidagi dasturlarda bu jarayonlarni avtomatlashtirishingiz mumkin.

SlovoYob

Bu dasturda ishlash bo’yicha “semantik yadro qanday tuzish kerak” nomli maqolamda batafsil yozganman, shu maqoladan o’qib olishingiz mumkin.

Mutagen

Bu xizmat ko’p qirrali bo’lib, u sof va tayanch chastotalarni tahlil qiladi. Siz raqobatni ballar bo’yicha, Yandex.Direct-da reklama necha marta ko’rilishini va kalit uchun dumlar (qo’shimcha) sonini bilib olishingiz mumkin.

Bu xizmat pullik, lekin kuniga 10 ta bepul tekshiruv o’tkazishingiz mumkin. Bu nima degani, birinchidan, balansni bir marta 2 rublga to’ldirish kerak. Ikkinchidan, bitta kalitli tekshirish bepul, ya’ni siz kuniga atigi 10 ta ibora haqida hisobot olasiz. Bu tezlikda, agar ro’yxat 40 so’zdan iborat bo’lsa, ko’rib chiqish uchun 4 kun kerak bo’ladi.

Ammo yaxshi xabar ham bor. 1 kalitni tahlil qilish 2 tiyin turadi. 24 ta kalitni raqobatchilari, quyruq (qo’shimcha) larni ommaviy tekshirish – bularning barchasi 7,2 rublni tashkil qiladi.

Endi men sizga so’rovlarning raqobatbardoshligini aniqlashni ko’rsataman. Lekin undan oldin siz, Mutagenda ro’yxatdan o’tishingiz kerak.

Qadam 1. «Raqobat» bo’limidagi «Onlayn tekshirish»-ni tanlang.

Mutagenda sahifani tanlash

Qadam 2. Fayldan nusxa ko’chiring va joylashtiring yoki kalitni qo’lda yozing va yonidagi tugmaga bosing.

Mutagenda oynagaga kalit so'zni kiritish

Qadam 3. Natijalarni o’rganing. Ularni Excelga qo’lda kiritish kerak. Siz faqat quyruqlarni yuklab olishingiz mumkin.

Bepul tekshiruv nimalarni ko’rsatadi:

  1. Direct -da reklama narxi. Ushbu ibora bilan kontekstli reklama qancha turishini bildiradi.
  2. Raqobat darajasi. Qancha past bo’lsa, shuncha yaxshi. 10 balldan kam bo’lgan so’rov so’zlardan foydalanish tavsiya etiladi.
  3. Qidiruv tizimlarida ko’rinishlar soni.
  4. Quyruqlarning mavjudligi. Agar ular ko’p bo’lsa, demak, siz kalit so’z birikmasiga yana bir nechta mos so’zlarni yasashingiz mumkin.

Mutagen analizi

Nima uchun do’konlar, bloglar uchun ommaviy tekshirish yaxshi:

  1. Siz natijalarni elektron jadvalga yuklashingiz mumkin.
  2. Har bir kalitni qo’lda kiritish va tekshirish shart emas. Butun semantik yadroni nusxalaysiz va ko’rsatilgan oynaga joylashtirasiz.

Bu sizga arzon tushadi. Bitta kalit 2-4 tiyinga to’g’ri keladi.

Quyida men sizga pullik tekshiruvni qanday amalga oshirishni ko’rsataman.

Qadam 1. «Конкуренция» → «Массовые проверки» ni tanlang.

Mutagen sahifasini tanlash

Qadam 2. Endi, quyidagi rasmda ko’rsatilagan amallarni bajaring. Jadvaldan kalit so’zlarni nusxalash yoki txt faylidan bu yerga yuklash mumkin. Keyin «Отправить на проверку» tugmasini bosing.

Mutagenga barcha kalitlarni kiritish

Qadam 3. Hisobot tayyor. Kompyuteringizga saqlash uchun «Экспорт данных в формате .csv» yozuviga bosing.

Mutagenda natijalarni kompyuterga saqlab olish

Kalitlarni guruhlash

Asosiy so’rov so’zlar qayerlarda ishlatiladi:

  • maqola sarlavhasida;
  • rasm va videolarning alt tavsifida;
  • birinchi xatboshisida;
  • bo’limlar sarlavhalarida;
  • maqola tavsifida.

Butun kalitlardan biz haqiqiy chastotasi yuqori bo’lgan kalitni tanlaymiz. Raqobat bali – 10 tagacha bo’lishi kerak. Va u matnning asosiy g’oyasini aks ettirishi kerak, shuning uchun maqolaning sarlavhasida ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Biz qolgan so’rovlarni sahifa bo’ylab teng taqsimlab yozamiz.

Kalitlarni guruhlash (klasterlash), – sayt yaratishda ham, kontent reja tuzishda ham kerak bo’ladi. Agar siz sayt mavzusiga oid bo’lgan va kontent yaratish uchun g’oya bo’lib xizmat qiladigan kalitlarni bir joyga yig’sangiz, barchasi aralash bo’ladi. Masalan, «video kuzatuv kamerasi uchun dasturni yuklab olish», «video kuzatuv litsenziyasini olish uchun nima kerak», deb aralashtirib yubordingiz. Barcha kalit so’zlarni guruhlarga ajratsangiz, turli sahifalarda nima bo’lishi kerakligi darhol aniq bo’ladi.

Boshqa foydali xizmatlar va dasturlar

Bularning ba’zilari pullik ba’zilari bepul. Kalit so’zlarni qidirish va tahlil qilish xizmatlari arzon va siz mashaqqatli ish uchun 4-5 soat vaqtingizni tejaysiz.

  • Click.ru

Sayt uchun kalitlarning chastotasini avtomatik tahlil qiladi. Bu to’lagan pulingizga arziydi. Biz birinchi bosqichda yig’gan kalitlar ro’yxatini nusxa ko’chiring va xizmat sizga batafsil hisobotni ko’rsatadi. Men birinchi bosqichdagi yig’ganlarimni tahlil qildim va bu menga 5,95 rublga tushdi.

Click xizmati nima degani

Click xizmatidan foydalanish

  • KeyKollektor

SEO mutaxassislarining joni dili, o’zlari qidiruv tizimini optimallashtirish bilan shug’ullanadigan veb-sayt egalari uchun eng muhim ish quroli. Kalitlarni bog’lash, yig’ish va tahlil qilish, klasterlashtirish, iboralar va raqobatning qiymatini aniqlash bo’yicha tavsiyalar – barchasi bu dasturda mavjud. Siz 1800 rubl bir marta to’laysiz va uni abadiy ishlatasiz.

Keykollektorda ishlash

  • Google kalit so’zlarni rejalashtiruvchi

Kalit so’zlarni rejalashtiruvchi. Bepul. U asosan kontekstli reklama uchun mo’ljallangan. Ammo ba’zi web-ustalar undan semantik yadro yaratish uchun ham foydalanadilar. Yil davomida foydalanuvchilarning xatti -harakatlarini tahlil qiladi, chastotasi, narxi va raqobatiga mos kalitlarning hisobotini ko’rishingiz mumkin.

Google rejalashtiruvchida ishlash

  • KWFinder

50 ta tilda kalit so’zlarni qidirish va tekshirish imkonini beradigan ingliz tilidagi xizmat. Google Adwords-da kontekstli reklama narxini ko’rsatadi. Siz tanlagan so’rov bo’yicha yuqori natijalarga ko’tarilish qiyinchilik koeffitsientini bilib olishingiz mumkin. Bu raqobat darajasi, chastotasi bilan hisoblanadi. Oylik obuna narxi $ 29.9 – $ 79.9. Sinov muddati – 10 kun.

KWFinder servizida ishlash

  • SpyWords

So’rovlarning aqlli tanlovi – ahamiyatsiz va keraksiz so’zlarni filtrlaydi, parametrlarga muvofiq so’rovlarni yig’adi va haqiqiy chastotani ko’rsatadi.

Bu 8 soatlik ish vaqtini tejaydi degani. Natijani Excel jadvalida saqlash mumkin. Salbiy tomoni shundaki, xizmat pullik. Bir oylik foydalanish uchun siz 1 978 rubl to’lashingiz kerak.

SpyWords xizmatida ishlash

  • Ahrefs

SEO menejeri uchun xazina. Ahrefs raqobatchilarni, qidiruv natijalaridagi saytlarni, ankorlarni va kalit so’zlarni targ’ib qilishdagi qiyinchiliklarini tahlil qiladi. Siz bir haftalik ishlatishni 7 dollarga sotib olishingiz mumkin, keyin – oyiga 99 dollar.

Ahrefs xizmatida ishlash

  • Topvisor

Yandex.WordStat, Google Keyword Planner, Google Analytics kalitlarini ajratadi. Siz guruhlashingiz, keraksiz so’zlarni e’tiborsiz qoldirish ro’yxatiga kiritishingiz mumkin. Qulaylik uchun natijalarni turli oynalarga bo’lish yoki jadvalga qo’yish mumkin.

Topvizor xizmatidan foydalanish

  • Serpstat

Qidiruv so’rovlarini tezda yig’adi va baholaydi. U shunga o’xshash kalitlarni qidirishi, ularni sahifalar bo’yicha guruhlashi mumkin. Minus tomoni: bir vaqtning o’zida atigi 2000 so’zni o’zlashtirish mumkin. Raqobatchilarning to’liq tahlili, sayt pozitsiyalarining monitoringini oyiga $ 69 evaziga pulli obuna bo’lish orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz bir vaqtning o’zida bitta so’rovni bepul tekshirishingiz mumkin.

Serpstat xizmatidan foydalanish

  • SEMrush

Google va Bing-dan ko’plab so’rovlarni ko’rib chiqadi. Afsuski, u Yandex.Wordstat bilan ishlamaydi. Xizmat, o’xshash so’zlarni haqiqiy chastotalisini turli ustunlarga ajratadi. Bu so’rovlar uchun qaysi saytlar eng yaxshi natijalarga ega ekanligini darhol ko’rishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tish talab qilinadi. Bir hafta bepul foydalanish uchun beriladi, keyin bir oy foydalanish 99,95 dollarni tashkil qiladi.

SEMrush xizmatidan foydalanish

  • Keyword Tool

Bu siz kiritgan kalitlarni tekshiribgina qolmay, balki takliflar va Google Planner -dan qo’shimcha tematik so’zlarni ham ko’rsatadi. Ular semantik yadroni kengaytiradi va ko’proq foydalanuvchilarni olib keladi.

Xizmat nafaqat Google, balki ijtimoiy tarmoqlarning ham so’rovlarini tahlil qiladi, lekin Yandex bilan ishlamaydi. Siz YouTube videosining semantik yadrosini yaratishingiz mumkin.

Afsuski, u iboralarning faqat o’zini ko’rsatadi, chastotasini ko’rsatmaydi. Barcha ma’lumotlarni ko’rish uchun pullik obuna bo’lishingiz kerak.

Keyword Tool xizmatidan foydalanish

  • Rush Analytics

Semantik yadroni yig’adi, qidiruv natijalarida saytning o’rnini kuzatadi. Kalitlarni foydalanuvchilarning qiziqishi va chastotasiga qarab tekshiradi. Ularni sahifalar bo’yicha guruhlash mumkin. Siz faqat aniq kalitni ko’rsatasiz.

Push Analitks xizmatida ishlash

Kalit so’zlarni saytning qayerlarida ishlatish kerak

Kalitni faqat to’g’ri tanlash emas, balki sayt sahifasida so’zlarni to’g’ri taxsimlash ham muhim. Ular matnning quyidagi bo’limlarida ishlatilishi kerak:

  • meta teglar: tavsif va sarlavhada;
  • url, matn havolasida;
  • ankorlarda (havolalarning tavsifida);
  • Rasmlarning pastki teglari alt-da;
  • sahifadagi matnida;
  • sarlavhalar H1 – H3 larda.

Kalit so’zlarni to’g’ri kiritish va qidiruvda birinchi o’rinlarni egallash uchun maqolani SEO-optimallashtirishni o’rganganingizga ishonch hosil qiling.

Xulosa

Tabriklayman! Siz kalit so’zlarni tanlashni o’rgandingiz. Bu, saytingiz mashhur bo’lishining 50% deganidir. Ammo qidiruv tizimlarida birinchi o’rinlarni egallashning boshqa sirlari ham bor. Agar bu sirlarini ham bilishni xohlasangiz, saytimizga obuna bo’ling. Qaysi birini bilmoqchimisiz? Bizda sifatli kontent yaratish va qidiruv tizimini optimallashtirish haqida juda ko’p foydali materiallar mavjud.

Siz maqoladagidek kalitlarni yig’ishga harakat qildingizmi? Uddaladingizmi? Qaysi dasturdan foydalandingiz? Agar biror narsada muammoga duch kelsangiz albatta izohlarda qoldiring, albatta yordam, maslahat beraman. Ko’rishguncha!

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: