Salom do’stlar! Oldingi darslarimizdagi berilgan ma’lumotlardan sohani taxminiy tanlash va SEO haqida umumiy tushunchalarga ega bo’ldingiz. Endi, sayt uchun mavzu tanlash, tahlil qilishni boshlasak ham bo’ladi.
Oldingi darsdagi ma’lumotlarni diqqat bilan o’qigan bo’lsangiz, saytning rivojlanishiga ancha faktorlar ta’sir qiladi, shuning uchun, sohani tanlashda, foydalanuvchilar soni va ishlanadigan pulning miqdorini aniq bilish mumkin emas. Biz faqat, foydalanuvchilarning ma’lum bir, taxminiy so’rov so’zlari (kalit so’zlar) va raqobatchilarni tahlil qilihimiz mumkin.
Barsha sohalarni tahlil qila turib, o’zimiz uchun eng yaxshisini tanlab olishimiz mumkin.
- Sohalar ro’yxati
- Sohaga bo’lgan talab qanday tahlil qilinadi
- Buni Yandex Wordstat orqali qanday bilish mumkin?
- Soha uchun g’oya qidiramiz
- Raqobatchilarni tahlil qilamiz
- RDS API da ro’yxatdan o’tamiz va ishni boshlaymiz
- Bu ma’lumotlarni bepul qanday yig’ish mumkin?
- Soha tanlashda raqobatchilarni qanday tahlil qilish kerak (rus tilida)
- Saytga yoziladigan maqolalar soni qanday aniqlanadi (rus tilida)
- Sohadagi reklama beruvchilarni tahlil qilish (rus tilida)
- Soha tanlashda tashrif buyuruvchilar soni qanday aniqlanadi (rus tilida)
Sohalar ro’yxati
Hozir sizda kamida 5 ta soha va sohaga oid kichik sohalar mavjud va biz shulardan boshlaymiz. Siz bularni tahlil qilasiz va quyidagi 3 ta talabga ham javob beradiganini tanlaysiz:
- Asosiy kalit so’z so’rovlar soni (chastotasi) bir oyda 100 dan 150 gacha so’ralgan bo’lishi kerak.
- Har bir so’rov so’z asosida, 50 – 100 ta maqola yozish imkoni bo’lishi kerak.
- Trend va sezon. So’rov so’zlar qaysidir faslga yoki trendga oid bo’lmasligi kerak.
Trend va sezon – so’rov so’z (kalit so’z), yilning fasllariga yoki ma’lum bir vaqt foydalaniladigan mahsulotga qarab, internetga yozilishlar soni o’zgaradi. Masalan, «Pomidor qachon ekiladi» so’rov so’zi, mart, aprel oylarida ko’p so’raladi, boshqa payt bu so’z hech kimni qiziqtirmaydi. Tabiiyki, bu kalit so’z orqali saytingizga keladigan foydalanuvchilar soni, yiliga bir necha oyga ko’tarilishi mumkin.
Trend ham xuddi shunday. Balkim hozir qandaydir voqea hodisa, mahsulot ovoza bo’layotgandir va siz ham shu mavzu bo’yicha sayt ochmoqchidirsiz. Esingizdami, 2017 yilning dekabr oylarida kriptovalyuta ovoza bo’lib ketdi, qayerga qarama hamma shu haqida gapirdi. Internetda so’rovlar soni ko’payib ketdi va ko’pchilik shu mavzuda sayt ochishga kirishib ketdi. Lekin hali saytlariga yozilgan maqolalar qidiruv tizimida indeksatsiya bo’lishiga ulgurmay turib barcha shov-shuvlar o’chib bo’ldi. Trend (ovoza) o’tib bo’ldi, saytlar ham yo’qolib ketdi.
Men o’z loyihalarimni uzoq muddatni ko’zlab boshlashga harakat qilaman va odamlar uchun doimiy kerak bo’ladigan sohalarni tanlayman. Odamlar uchun har doim kerak bo’ladigan istemol mahsulotlari mavjud. Bular: eb-ichish, uy-joy, sog’lik, oila, bolalar tarbiyasi, dam olish va boshqalar.
Sohani analiz qilish uchun alohida Google jadval hujjat ochishingiz kerak. Va biz bu hujjatga, asosiy kalit so’zlarini va so’rovlar soni (chastota) sini yozib chiqamiz.
Sohaga bo’lgan talab qanday tahlil qilinadi
Sohaga bo’lgan talabni oddiy usulda, quyida ikkita xizmat yordamida amalga oshirish mumkin:
Bizga faqat birinchisi yetib ortadi.
Wordstat uchun qo’shimcha plagin: Wordstat Assistant.
Qadam 1. Yandex Wordstatga kiramiz va sohamizga oid barcha kirish kalit so’zlarni birma-bir kiritamiz.
Kirish kalit so’zi – bu, foydalanuvchilarning internetga yozib, qandaydir ma’lumot qidirayotganda ishlatayotgan so’zlari. Masalan «Bolalar» so’zi:
Ko’rib turganingizdek bu yerda ikki bo’lim mavjud.
- Chap tomondagi bo’lim, tekshirilayotgan so’z ishtirok etgan barcha so’zlarni ko’rsatayapdi.
- O’ng tomondagi bo’lim esa, tekshirilayotgan sozga o’xshash yoki sinonimi, foydalanuvchilarning yozayotgan so’zlari.
Har bir so’zning to’g’risida, kalit so’z so’ralishlar (chastota) soni ko’rsatiladi. Ya’ni, «Bolalar» so’zi 35 310 marotaba internetga yozilgan. Quyida esa, tarkibida shu so’z aralashgan boshqa so’zlar keladi, va ularning chastotasi kam bo’ladi. Sizning maqolangiz sarlavhalari manashu quyida keladigan so’zlar bo’lishi mumkin.
Shu yerdan siz, sohaning har bir bo’limi uchun qancha maqola yoza olishingizni aniqlashingiz mumkin.
Qadam 2. Sohaga oid mavzularning miqyosini tekshiramiz.
Soha miqyosi (sohaga oid mavzu, ya’ni sayt bo’limlarining) – bu, ushbu soha bo’yicha nechita maqola yoza olishimiz mumkin.
Jadvalga, o’zingiz 50 tadan kam bo’lmagan maqola yozish mumkin deb hisoblagan mavzuingizni yozasiz.
Buni Yandex Wordstat orqali qanday bilish mumkin?
Har bir kirish kalit so’zini yozib, qidirish tugmasini bosasiz va shu sahifa quyisidan keyingi sahifaga o’tish tugmasini bosishingiz kerak. Sahifalar soni kamida 3 sahifa bo’lishi kerak:
Qadam 3. Sohamizni trend va sezon uchun tahlil qilamiz. Shunday sohalar borki, yil fasllariga juda qattiq bog’liq yoki ayni bir mahsulot yoki xizmat ayni damda juda shov-shuvli (ovozali) bo’ladi. Bu degani, ayni damda foydalanuvchilar shu mahsulotni qidirishda shunday kalit so’zlardan juda ko’p foydalanayotgan bo’lishadi.
1-2 oy o’tganidan keyin, so’rovlar soni bir necha barobar kamayib ketadi. Va sizning sayt bilan shug’ullanish ishtiyoqingiz so’nib boradi. Siz buni tushunishingiz va tayyor turishingiz kerak.
Buni tekshirish uchun, Wordstatga kalit so’zni yozasiz va «История запросов» tugmasini bosasiz. Agar so’rovlar tarixiga qaraydigan bo’lsak, quyidagi manzarani ko’rishimiz mumkin:
May oyidan noyabr oyigacha so’rovlar soni juda yuqori, yilning qolgan paytlari esa, salkam bir barobar kam.
Agar siz endi boshlayotgan bo’lsangiz, bunday sohalarni olmaslikni maslahat beraman.
Qadam 4. Har bir soha osti sohaga (asosiy sohaga oid soha) kamida 5 ta kirish kalit so’zini va sonini (chastota) jadvalga yozib chiqing (namunani ko’rish).
Soha osti sohadagi asosiy kirish kalit so’zi (namunada qora ranglar bilan ko’rsatilgan) ning so’rovlar soni (chastotasi) 10 tadan 100 tagacha bo’lishi kerak.
Agar bunday so’rovli so’zlarni topa olmasangiz, sohani boshqasiga almashtirish to’g’riroq bo’lardi.
Jadvalda kamida 5 ta asosiy soha va 125 ta soha osti soha kirish so’zlari bo’lishi kerak. Siz, kalit so’zlarni qanday topishni tushunishingiz va o’rganishingiz kerak.
Agar Wordstatda ishlash jarayonida doim kapcha kiritish so’ralaversa, demak siz, yandexda shaxsiy xonangizga kirmagansiz yoki brauzeringizda AdBlock kengaytmasi qo’shilgan bo’ladi, bu kamchiliklarni tuzating.
Agar bu ham yordam bermasa, VPN dan foydalaning.
Soha uchun g’oya qidiramiz
O’tgan darsimizda siz, sohani shunchaki yozdingiz. Hozir, qanday mavzularda saytlar borligini ko’rish uchun, sayt kataloglari va reytinglariga e’tibor berishingiz mumkin. Balkim, foydali bir nimalarni o’tkazib yuborgan bo’lishingiz mumkin:
Raqobatchilarni tahlil qilamiz
Qidiruv tizimlari, saytlarning turli ko’rsatgichlariga qarab, yuqoriga ko’taradi. Bu ko’rsatgichlarga quyidagilar kiradi: ssilka og’irligi, ТИЦ, PR, tarkibning o’ziga xosligi, ma’lumotlarning yangilanishi, foydalanuvchilarninf saytda o’zini qanday tutishlari va boshqa omillar.
Ba’zi mavzularga kirish juda qiyin, shuning uchun, biz raqobatchilarimizni tahlil qilishimiz kerak. Sohani solishtirishimiz va kam raqobatchilar bo’lgan sohani tanlashimiz kerak.
Qadam 5. Soha osti sohalarimiz raqobatchilarining saytlarini yig’amiz.
Raqobatchilarni topishning 2 ta oddiy yo’li mavjud:
- Yandex va Google qidiruv tizimlaridagi birinchi TOP-20 ta saytni quyidagi xizmatlar yordamida tahlil qilamiz:
- Yandex va Google qidiruv tizimlari
- Yandex TOP-20 tahlil qilish
- SEOlib yordamida tahlil qilish
2. Quyidagi xizmatlar yordamida o’xshash saytlarni tahlil qilamiz:
Birinchi yo’l. Kirish kalit so’zini qidiruv tizimlari oynasiga kiritasiz va birinchi 10-20 chi o’rinlarda qanday saytlar turganini o’rganasiz. Yana ham o’xshash saytlarni izlash uchun, kirish kalit so’zini sinonimlariga o’zgartirib ko’rishingiz ham mumkin.
Diqqat! Qidirgan paytingiz, sozlamasidagi region «Toshkent» da turgan bo’lishi kerak.
Topdagi saytlarni tez tahlil qilish uchun, Yandex TOPni tahlil qilish va SEOlib orqali tahlil qilish xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Bu xizmatlarni zaklatkangizda saqlab qo’ying, chunki bular bizga hali kerak bo’ladi.
Ikkinchi yo’li. Keys.so va Pr-cy.ru xizmatlari orqali raqobatchilarni topish.
Masalan, men ziyo.uz sayti raqobatchimni topdim deylik. Sayt ssilkasini nusxa qilib olaman va Keys.so saytiga kiraman va ssilkani qo’yib » Анализировать » tugmasini bosaman.
Shu sayt so’rov so’zlari haqidagi ma’lumotlar ochiladi. Quyiga, » Конкуренты » bo’limigacha tushamiz. bu yerda, bizning raqobatchi saytimizning so’rov so’zlariga mos keladigan barcha saytlar ro’yxatini ko’rishimiz mumkin.
Ochamiz va bizga to’g’ri keladiganini tanlaymiz.
Har bir soha osti sohaga kamida 5 ta raqobatchini toping va jadvalga kiritng.
Qadam 6. Raqobatchilarni tahlil qilamiz.
Endi, sohada raqobatchilikni aniqlash uchun, har bir sayt haqidagi ma’lumotlarni yig’ishimiz kerak. Qanday ko’rsatgichlar kerak:
- Sahifa ko’rsatgichi —> Tashrif buyuruvchilar (agar ochiq bo’lsa).
- Yandexda indexsatsiya bo’lgan sahifalar miqdori.
- Saytning yoshi.
- ИКС.
- Similar Web —> Visits.
Barcha ma’lumotlarni oson va oddiy yig’ishning yo’li – RDS API. Lekin, bu usul bilan ma’lumot yig’ish uchun, hisobingizni 5$ ga to’ldirishingiz kerak bo’ladi. 5$ sizga juda ko’p malumotlarni yig’ishga yetadi.
RDS API da ro’yxatdan o’tamiz va ishni boshlaymiz
Saytda ro’yxatdan o’tamiz, hisobimizni to’ldiramiz, dasturni kompyuterimizga yuklab o’rnatamiz va dasturni ochamiz, ma’lumotlarimizni kiritib dasturga kiramiz. Va birinchi navbatda sozlamalarga kirib quyidagi suratda ko’rsatilgan sozlamalarni qo’yib chiqamiz:
Jadvalimizdagi raqobatchilar ro’yxatini nusxa qilib olamiz va dasturga qo’yamiz va » Добавить сайты » tugmasini bosamiz:
Quyidagi rasmda ko’rsatilgan tugmalardan o’zimizga keragini bosib chiqamiz. Bular qaysilar:
- Параметры страницы –> Посещаемость (agar ochiq bo’lsa).
- Количество проиндексированных страниц в Яндексе.
- Возраст сайта.
- ИКС.
- Входящие ссылки на сайт (LinkPad in).
- SimilarWeb –> Visits.
Quyidagi tugma to’liq yashil rang bilan yonganidan keyin, (barcha ma’lumotlar yig’ilganidan keyin) yuqoridagi tugmaga bosib CSV fayl shaklida kompyuterimizga yuklab olamiz:
Vuklab olingan faylni Excelda ochamiz va keraksiz kolonkalarni o’chirib tashlaymiz, qolgan o’zimizga kerakli ma’lumotlarning barchasini nusxa qilib olamiz va jadvalimizga qo’shamiz:
Bu ma’lumotlarni bepul qanday yig’ish mumkin?
Har bir sayt uchun, kerakli ma’lumotlarni bepul quyidagi xizmatlar yordamida yig’ib olishingiz mumkin:
- Tashrif buyuruvchilar. Saytning o’ziga o’rnatilgan schotchiklar yordamida yig’ish mumkin.
- Yandexda indexsatsiya bo’lgan sahifalar miqdori. RDS Bar yoki Xtool.ru xizmati yordamida yig’ish mumkin.
- Saytning yoshi. Web.archive.org saytidan yig’asiz.
- Kiruvchi ssilkalar. LinkPad.ru.
- Similar Web —> Visits. SW tashrif buyuruvchilar. SimilarWeb.com yordamida yig’ish mumkin.
- ИКС ni aniqlash. Arsenkin.ru/tools/iks/
Bugungi uyga vazifa biroz qiyin bo’ladi, siz kamida 25 ta soha osti sohalar haqida, yuqoridagi qo’llanmalar asosida, ma’lumot yig’ishingiz va ularni tahlil qilishingiz kerak bo’ladi. O’zingizga ma’qul va siz shu sohada ishlashni xohlagan sohani namunada ko’rsatilganidek yashil rang bilan belgilang.