SEO haqida umumiy tushuncha

SEO haqida umumiy tushuncha

SEO (англ. “search engine optimization” – so’zidan olingan) – Qidiruv tizimlarida sayt o’rnini,  foydalanuvchilarning so’rovlari asosida ichki va tashqi o’sish suratlarini optimallashtirishdir.

Salom do’stlar!

Bugun, sizning tanlagan sohalaringizni tahlil qilish uchun kerak bo’ladigan ish qurollarini sizga bermoqchi edim, lekin, oldingi darsimizdagi topshiriqlarga berilgan javoblardan shuni tushundimki, hali bunga erta. Shu sababli, sayt qanday rivojlantirilishi va loyihangizning omadli bo’lishi, qidiruv tizimlari bilan qanday bog’liqligi haqida tushuncha bermoqchiman.
Bu kichik darsimizning asosiy maqsadi, saytni rivojlantirish uchun, qidiruv tizimlari qanday talablar qo’yayotganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’qish va SEO haqida umumiy tushunchaga ega bo’lishdir. Va darsimiz foydali bo’lishi uchun, bir nechita savollarga javob berishingiz kerak bo’ladi.

Oldindan ogohlantiraman, ma’lumotlar rus va ingliz tillarida, boshqa tilni bilmaydiganlar Google tarjimon yordamidan foydalanishlari mumkin.

O’rganish uchun ma’lumotlar ro’yxati:

  1. «Saytni sifatli rivojlantirish» kitobi.
  2. [mask_link]Endi boshlayotganlar uchun, Googledan qidiruv tizimlarida optimallashtirish bo’yicha qo’llanma.[/mask_link]
  3. Vebmasterlar uchun Yandexdan ko’rsatmalar.
  4. Vebmasterlar uchun Googledan ko’rsatmalar.

Ma’lumotlar texnik maqomga asoslangan. Ba’zi joylari, endi boshlayotganlar uchun tushunarsiz bo’lishi mumkin va bu oddiy hol. Rivojlantirishga qancha erta boshlasangiz, tushuncha va natija shunchalik tez paydo bo’la boshlaydi.

Yuqoridagi ma’lumotlarni o’qib bo’lganingizdan keyin, uyga vazifada javob beriladigan savollar ro’yxati:

  1. Kalit so’z nima degani?
  2. Maqolani kalit so’zlar asosida yozish nima uchun kerak?
  3. Google va Yandex nima uchun foydalanuvchilar so’rov so’zlarini yig’ishadi?
  4. Kalit so’zlar chastotasi nima degani va ular qanday bo’ladi?
  5. Sayt tuzilishi (strukturasi) nima degani?
  6. Saytning semantik yadrosi nima degani?
  7. Kontentning so’rov so’zga uyg’unligi nima degani?

Javoblarni alohida Google Document hujjatida yozib boring. Va quyida izohlarda tushunmaganlaringizni so’rang!

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: