WordPress saytda yangi maqola qanday chop etiladi?

Wordpress saytga maqola qanday chop etiladi

Salom do'stlar! Bugun, saytga maqola chop qilishni o'rganamiz. Maqolani tahrir qilishni va qidiruv tizimlarida maqolamiz yuqori o'rinlarni egallashi uchun, qilinishi kerak bo'lgan ishlarni bajarishni o'rganamiz.

Birinchi bo'lim. Yangi maqola yozish va chop qilish

Qaam №1. «Maqolalar» bo'limiga kiramiz.

WordPressni o'rnatish jarayonida hosil bo'lgan «Salom dunyo» namuna maqolani o'chirib tashlaymiz.

Namuna maqolani o'chirish

Qadam №2. «Yangi qo'shish» ga bosasiz.

Yangi maqola qo'shish

Qadam №3. Yozilgan maqolaning namunasini quyidagi rasmda ko'rishingiz mumkin. Biz shu yozilgan maqolaning asosiy elementlarini ko'rib chiqamiz:

Chop etish uchun tayyor maqola

«Chop etish» tugmasini bosish qoldi xolos.

Ikkinchi bo'lim. Maqola elementlari va tahrirlash qurollari

Maqolani chop qilishimizdan oldin bajariladigan ishlar:

  1. Maqolaga sarlavha yozish
  2. URL — manzilni ko'rsatish
  3. Maqolani yozish va tekstni tahrirlash (sarlavhalarni ajratish, media fayllar qo'yish, silkalar qo'yish va hokazo)
  4. Ruknni (bo'lim) belgilash
  5. Tanlangan rasmni o'rnatish (agar shabloningizda shunday imkoniyat bo'lsa)
  6. Yoast SEO plagini yordamida SEO title va Meta descriptionlarni yozib chiqish

Maqola sarlavhasi

Eng birinchi oynaga maqola sarlavhasi yoziladi. Bu sarlavha faqat saytda ko'rinadi. Qidiruv tizimlarida boshqa sarlavha ko'rinadi, u title deb ataladi, uni biz quyida ko'rib chiqamiz.

Maqola sarlavhasi

URL — manzil (Doimiy silka)

Sarlavhadan keyin, URL — manzilni ko'rsatamiz. Maqola shu manzilda joylashgan bo'ladi. Bu aslida maqola sarlavhasini avtomatik yozib qo'yadi, lekin biz buni to'g'irlashimiz kerak bo'ladi. Ya'ni, maqola sarlavhasi uzun bo'lishi mumkin, silka esa haddan ziyod uzun bo'lmasligi kerak, havolada asosiy kalit so'z ishtirok etishi kerak. 

Maqola urli ya'ni havolasi

Agar sarlavha uzun bo'ladigan bo'lsa, silkadagi ortiqcha so'zlarni o'chirishimiz kerak. Men doimiy silkalarni o'zim yozaman. silkani tayorlash uchun translit-online.ru/yandex.html. servisidan foydalaning.

Maqola teksti

Keyingi oynaga maqolani yozing yoki yozilgan tayyor maqolani qo'ying. Men barcha tekstlarni birinchi navbatta Google Documentga yozaman va nusxa qilib saytga qo'yaman va tahrirlayman.

Tekst yozish oynasi:

Text yozish oynasi

Oyna ikkita formatga ega:

  1. Vizual (tekstning stil va kodlari ko'rinmaydi)
  2. Tekst (tekstning stili va kodlari ko'rinadi)

«Tekst» formatidan biz asosan, turli formalar va videolarni qo'yishda foydalanamiz.

Text va vizual format

Tekstni tahrir qilishda foydalaniladigan ish qurollari

Matnni tahrirlash qurollari

Odatda panel yopiq bo'ladi va panelning bir qatori ko'rinib turadi. Barcha ish qurollarini ochish uchun o'ng tomondan eng birinchi tugmaga bosadigan bo'lsangiz ikkinchi qator ham ochiladi.

Keling, bu paneldagi tugmalarning vazifalarini bir boshdan ko'rib chiqamiz.

Birinchi qator:

  1. Sarlavhalar. Bu tugma orqali birinchi va ikkinchi darajali sarlavhalar ko'rsatiladi.
  2. Rangli
  3. Kursiv.
  4. Markerli ro'yxat.
  5. Nomerli ro'yxat.
  6. Sitata. Tekst ichidagi muhim abzastni ajratib ko'rsatish uchun.
  7. Chap tomonga.
  8. O'rtada.
  9. O'ng tomonga.
  10.  Qo'yish/silkani o'zgartirish.
  11. «Keyingi» tegini qo'yish. Bu teg, maqolaning anonsi chiqadigan bosh sahifada, maqolaning barcha qismi chiqmasligi uchun ishlatiladi.

Ikkinchi qator:

  1. Ustidan chizilgan.
  2. Gorizontal chiziq. Men bu tugmadan ba'zida, tekstni bo'limlarga bo'lishda foydalanaman.
  3. Tekst rangi.
  4. Tekst sifatida qo'yish.
  5. Formatni tozalash. Juda kerakli tugma, biron joydan nusxa qilib qo'yilgan tekstning ortiqcha (musor) kodlarni tozalaydi.
  6. Maxsus belgi.
  7. surilishni kamaytirish.
  8. Surilishni ko'paytirish.
  9. Bekor qilish. Oxirgi harakatni bekor qiladi.
  10.  Takrorlash. Bekor qilingan harakatni bekor qiladi.
  11.  Klaviatura belgilarini ko'rsatadi.

Ko'plari menimcha sizga tanish.

Rasm qanday qo'yiladi?

«Media qo'shish» tugmasi rasm, video va audio fayllarni yuklashga imkon beradi:

Matnga rasm va videolar qo'yish

Maqola uchun rasmni qanday tayorlash va qo'yish kerakligini biz keyingiz darslarimizda batafsil ko'rib chiqamiz. Hozircha maqolani rasmsiz chop qilavering.

O'ng tomon oyna sozlamalariga o'tamiz.

«Chop etish» oynasi

Maqolani chop etish oynasi

Bu oynadagi sozlamalar, maqolani tayorlashda va tahrir qilishda, eng ko'p ishlatiladigan tugmalardir. Bu yerdagi tugmalar vazifalari quyidagicha:

  1. Saqlash. Maqola chop qilinmasdan, barcha o'zgarishlarni saqlab turishga imkon beradi.
  2. O'zgarishlarni oldindan ko'rish. Saytdagi maqolaning ko'rinishini ko'rish mumkin. 
  3. Holat. Tahrirlash yozuviga bosib holatni o'zgartirishingiz mumkin. Masalan, maqolani saytda chop qildingiz va keyin saytdan vaqtincha olib qo'yishni istab qoldingiz deylik, buning uchun «Chop etilgan» holatni «Homaki» ga o'zgartirsiz.
  4. Ko'rinish. Maqolani parol orqali ko'rishga ruxsat berishingiz mumkin.
  5. Published. Maqola chop qilishni ma'lum bir vaqtga belgilab qo'yishingiz mumkin. Maqola belgilangan vaqtda avtomatik saytda chop bo'ladi. 
  6. O'chirish. Maqolani o'chiradi.
  7. Chop etish. Eng asosiy tugma. Maqola chop qilinganidan keyin «Yangilash» ga aylanadi.

Agar sizda Yoast SEO plagini o'rnatilgan bo'lsa, yana ikkita indikator paydo bo'ladi:

  1. Readability. Maqola o'qilishi yaxshi yomonligini bildiradi
  2. SEO

Plagin, tekstning qanchalik yaxshi o'qilishi va kalit so'zga mosligini tahlil qiladi va ko'rsatadi. 

«Bo'limlar» oynasi

Bu oynada maqola qaysi bo'limga oidligini belgilaysiz.

Maqola rukni

«Kalit so'zlar» oynasi

Nusxa sahifalar hosil bo'lmasligi uchun, men barcha loyihalarimda bu oynadan foydalanmayman. Ba'zi sohalarda ishlatish mumkin. 

Kalit so'zlar oynasi

«Tanlangan rasm» yoki «Miniatyura» oynasi

Bu oyna ba'zi shablonlarda bo'lmasligi mumkin. Lekin asosan ko'p shablonlarda mavjud. Bu oynadan, bosh sahifada va maqola boshlanishida ko'rinadigan rasm yuklanadi.

Maqola uchun tanlangan rasm

Uchinchi bo'lim. Rivojlantirish uchun SEO-tahlil va meta ma'lumotlar.

Bizga albatta kerak bo'ladigan oxirgi oyna — bu, Yoast SEO. Bu oyna bizga, SEO-sarlavha (Title) va Мета-ma'lumot (Description) larni yozishga imkon beradi. Bundan tashqari, tekstni qanday yaxshilash kerakligini aytib turadi. Lekin bu yordamlar har doim ham to'g'ri bo'lavermaydi.

Bu yerda ikkita bo'lim mavjud:

  1. O'qimishliligi
  2. Kalit so'z: ...

Bizga faqat ikkinchi bo'lim kerak.

Matnning SEO tahlili

SEO-sarlavha va Мета-ma'lumotni yozamiz. Quyisidagi shkala yashil rangda bo'lishi kerak. Shkala — Title va Meta-ma'lumotning uzunligini optimallashtiradi.

Kalit so'zlarni ko'rsatamiz. Har bitta maqola uchun bitta kalit so'z ishlatiladi. Plagin shu kalit so'zga qarab SEO — tahlil qiladi va nima qo'shish yoki o'chirish kerakligini ko'rsatib turadi.

Barcha sozlamalarni qilib bo'lganingizdan keyin, maqolani chop qilishingiz mumkin.

DIQQAT ! Sizga tushinarli bo'lishi uchun, quyida rus tilidagi saytlarimdan skrinshotlar keltirdim.

Maqolani tahrirlash uchun namuna

Tamom. Barchasi tayyor.

Saytga maqola yozish bo'yicha video qo'llanma

Baholashni unutmang!
( Пока оценок нет )
Умиджон Обудов/ автор статьи

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли хил даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: