Saytni pullashtirishning 8 ta yo’li. Yangi ochilgan saytni qaysi yo’l bilan pullashtirish mumkin

Sayt orqali pul ishlash

Barchaga salom!

Bu darsimizda biz, saytni pullashtirishning barcha asosiy yo’llarini ko’rib chiqamiz. Yangi ochilgan loyihamizni (sayt) boshidanoq qaysi yo’llar bilan pullashtirishimiz mumkinligi haqida to’xtalamiz.
Saytni pul keltirishga majburlash – qisqa jarayon emas. Yangidan ochilgan saytni o’rtacha, oyiga 300 – 500$ daromad keltirishi uchun 1 – 1,5 yil kerak bo’ladi. Sayt qidiruv tizimlarida indeksatsiya bo’lishi, trast yig’ishi (ishonch), doimiy o’quvchilarga ega bo’lishi, maqolalarni to’g’ri yozishga o’rganishingiz va hokazolar uchun – vaqt kerak bo’ladi.

Lekin keyin, sayt va siz shunday darajalarga erishganingizdan keyin, sizda doimiy daromad keltiruvchi va bu daromad faqat ko’payadigan daromad manbai bo’ladi. Siz kechasi uxlayotganingizda ham, mehmonda yurganingizda ham, dam olish paytingizda ham daromad olaverasiz, chunki sayt kechayu-kunduz 24 soat ishlaydi.

Keling, saytni pullashtirishning asosiy yo’llarini qisqacha ko’rib chiqamiz.

1. Sheriklik dasturlari (Партнерская программа)

Yangi saytni biz shu yo’l bilan pullashtirishni boshlaymiz. Hali yangi, foydalanuvchilari hozircha kam bo’lgan saytni, sheriklik dasturlari yordamida pullashtirish mumkin. Sohamizga oid (maqsadli auditoriya), sheriklik dasturlari bo’lgan mahsulot va xizmatlarni yig’amiz va shu mahsulot va xizmatlar haqida maqolalar yozamiz.

Men o’zimning saytimni (uzinterbiz.com) pullashtirishni, boshlanishida faqat sheriklik dasturlari orqali boshlaganman. Odamlar qidiruv tizimlari orqali mening saytimga kelishgan va saytimdagi ma’lumotlarni o’qib, mening sheriklik silkalarim orqali o’tib, turli mahsulot va xizmatlarni sotib olishgan va menga har bir sotuvdan, mahsulot narxidan foiz ajratilgan.

2. Mahsulot va xizmatlar sotish

Yangi saytni pullashtirishning yana bir yo’li – bu, o’zingizning yoki boshqalarning mahsulotlari va xizmatlarini sotish. Aytaylik siz yuristsiz va yuridikaga oid sayt yuritayapsiz. Sayt orqali, odamlarning yuridik muammolarini yechishga yordam berib, qonunlar haqida konsultatsiya (maslahat) berib, pul ishlashingiz mumkin. Yoki bo’lmasam, saytni o’zingiz yuritib, daromaddan foiz olish evaziga konsultatsiya (maslahat) berish uchun yuristni yollashingiz mumkin.

3. Kontekst reklamasi

Sayt biroz rivojlanganidan keyin, hech bo’lmaganida kuniga 500 foydalanuvchiga ega bo’lganida, kontekst reklamasini osishimiz mumkin. 2 ta asosiy reklama setlari mavjud – РСЯ (Yandex reklama seti) va Google Adsense (Google reklama seti) va yana boshqa ko’plab media-kontekst reklama setlari mavjud.

Saytga reklama bloklarini o’rnatamiz, foydalanuvchilar reklamalarga bosishadi va buning uchun sizga pul ajratishadi.

4. Tizer va banner reklamalari

Ishlash prinsipi jixatidan bu ham kontekst reklamasiga o’xshash, faqat, biroz boshqacha reklama bloklariga ega. Biz bir nechita mashhur tizer va banner reklama servislari bilan ishlashni o’rganamiz.

5. To’g’ridan – to’g’ri reklama

To’g’ridan – to’g’ri reklama – bu, qachonki, reklama beruvchi sizning o’zingiz bilan bog’lanadi va shartoma tuzadi. Bunday holatda, reklama beruvchining holatiga qarab, reklama turlari turlicha bo’ladi. Masalan quyidagicha bo’lihi mumkin:

  • Mahsulot haqida maqola,
  • Mahsulot yoki xizmat haqida fikr bildirish,
  • Saytning qayeridadir yoki maqola ichida banner osish,
  • Saytga yozilgan maqola ichida kichkina hoshiya (abzast) xabar,
  • Mehmon maqola,
  • Chiquvchi ochiq havola(silka).

Saytni pullashtirishning bu yo’li haqida alohida sahifa ochasiz va ko’rsatadigan xizmatlaringiz ro’yxati, reklama va hamkorlik takliflaringizni yozib chiqasiz.

6. Havola (silka) sotish

Agar siz uzoq muddatga, yaxshi loyiha qilayotgan bo’lsangiz, loyihangizda silka sotishni maslahat bermayman. Bu, qidiruv tizimlari oldida saytingizning obro’sini tushirishga olib kelishi mumkin.

Bu yo’l bilan saytni pullashtirishning ma’nosi quyidagicha: siz saytdagi maqolalaringizda chiquvchi silkalarni sotasiz.

Qidiruv tizimlari, sizning saytingizga boshqa saytlarda qancha ko’p silkalar qo’yilgan bo’lsa, sizning saytingizni shunchalik foydali deb topadi va yuqori o’rinlarga ko’taradi. Shuning uchun ko’p SEO – optimizatorlar silka sotib olish bilan shug’ullanishadi va o’z loyihalarining silkalar profilini mustahkamlashadi.

7. Obunachilar va boshqa bazalarimizga yuboriladigan xabarlarda reklama sotish

Vaqt o’tishi bilan, e-mail, ijtimoiy tarmoqlar, Yandex Dzen, YouTube va hokazolarda faol obunachilar bazasi yig’ilib boradi. Siz bu bazalar orqali to’g’ridan – to’g’ri yoki o’zingizning mahsulot, xizmatingiz yoki sheriklik silkalaringizni reklama qilishingiz mumkin.

8. Sayt sotish

Agar sizga saytingiz yoqmay qolsa, yoki siz boshqa yo’nalishga o’tishni istab qolsangiz, saytingizni yaxshigina pullashingiz ham mumkin. Bizni uznetda bilmaymanu, lekin runetda, saytni sotish uchun ochadiganlar ham anchagina. Sayt ochib, uni sozlashadi, kontent bilan to’ldirishadi, rivojlantirishadi va yaxhi pulga sotishadi. Ular uchun, shunday pul ishlash qiziqarli. Lekin men, saytni uzoq muddatga ochib, passiv daromad olishni maqsad qilishni maslahat beraman.

Runetda sayt oldi sotdisi bilan shug’ullanadigan sayt bozorlari (servis) mavjud. O’ylaymanki, saytingiz yaxshi rivojlangan bo’lsa, foydalanuvchilari ko’p bo’lsa, xaridor albatta topiladi.

Xulosa

Saytni pullashtirishning asosiy yo’llarini ko’rib chiqdik. Eng yaxshi va foydali yo’llarini tanlash uchun, experementlar qiling va turli reklama yo’llarini testdan o’tkazing.

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: