Salom dostlar!
Bugun blogimga nima yozsam ekan? Barcha g’oyalarimni yozib bo’ldim… Yangi maqola va postlar uchun g’oyalarim tugadi, sizda ham shunday hol bo’lganmi? Natijada yangi maqola yoki post yozishni cho’zib yuraverib motivatsiyani ham yo’qotasiz. Menda ham nima yozishni va g’oyani qayerdan olishni bilmay yurgan vaqtlarim bo’lgan.
Agar kam yozsangiz, g’oya yanada kamayadi… Shuning uchun bugun men siz uchun yangi maqolalar yozish uchun g’oyalarni qayerlardan olish mumkinligi haqidagi ro’yxatni tayyorladim. Lekin, maqola uchun g’oya ro’yxatiga o’tishdan oldin birinchi navbatda, kontent biznesi haqida biroz gaplashmoqchiman. Ko’p odamlar o’zlarida, axborot saytlari va bloglar bilan shug’ullanish istagini yo’qotishadi, chunki ular raqobatni ko’rib, hamma narsa mensiz allaqachon yozilganku deb o’ylashadi.
Lekin bunday o’ylash juda katta xato. Kontent biznesida raqobat bo’lmaydi!!! Biz har birimiz alohida, turli dunyoqarash va har xil rivojlanishga ega noyob odamlarmiz, bizning tajribalarimiz bir-birimiznikidan juda farq qiladi. Siz nimani gapirmang, nimani yozmang, sizning yozganlaringiz kim uchundir foydali bo’ladi. Shuning uchun, agar siz o’z loyihangizning rivojlanishini istasangiz, doimo yangi ma’lumotlarni yozib borishingiz kerak.
Agar, internetdagi omadli loyihalarni kuzatsangiz, ularda har kun yangi va qiziqarli maqolalar paydo bo’lishini ko’rasiz… Ular deyarli har kuni yangi maqolalar, eng ommaboplari esa – kuniga bir nechta maqolalarni chop etishadi.
Agar siz loyihangizda bir oyda, gohida ikki oyda bitta kichkina maqola yozadigan bo’lsangiz, loyihangizdan keladigan daromad haqida gapirmasa ham bo’ladi. Agar goya topib daromad olaman deyayotgan bo’lsangiz, bugun men sizga yordam beraman.
Yangi maqolalar va postlar uchun g’oyalar
- O’z hayotingiz haqida yozing – siz bilan bo’lgan voqealarni aytib bering, his -tuyg’ularingiz bilan o’rtoqlashing, atrofingizdagi hamma narsa haqida gapiring. Bularni o’qish juda qiziqarli.
- Siz qanday ish bilan shug’ullanasiz? Ishingiz, sevimli mashg’ulotingiz (xobbi) haqida yozing. Ehtimol, sizning faoliyatingiz davomida “u yoki bu ishni qanday qilish kerak” degan ba’zi savollar tug’ilgan bo’lishi mumkin. Siz shu savollarga qanday javob topganligingizni tasvirlab bering. Har doim ham bunga qiziqadigan odamlar bo’ladi. Bu sizga arzimasdek tuyulishi mumkin, lekin ular bu haqda hatto eshitmagan bo’lishlari ham mumkin.
- Odamlar bilan ko’proq muloqot qiling va ular sizdan so’raganlarini eslang. Keyin hamma uchun bu savollarga batafsil javob yozing. Odamlardan nima so’rayotganingizni ham eslang. Sizdan ko’ra muvaffaqiyatli deb bilgan odamlar bilan ko’proq muloqot qilishga harakat qiling. Loyihangizda savol-javob bo’limini tashkil qiling.
- Sayohat qiling, shahringizdagi yangi joylarga boring, bu qanday ishlashini bilmayman, lekin siz manzilni o’zgartirganda, g’oyalar yog’ilib kelaveradi.
- Muvaffaqiyatli odamlarni, ishbilarmonlarni, sayohatchilarni kuzatib boring. Qarang, ular nima qilyapti, qaerda, kim bilan muloqot qilyapti.
- Kitoblar, jurnallar, bloglar va boshqalarni o’qing.
- Odamlar nimadir haqida gaplashadigan YouTube kanallarini tomosha qiling. Hozirda kichik, lekin foydali videolarni yozadigan ko’plab video bloggerlar bor.
- Videoni ko’rgandan yoki maqolani o’qiganingizdan so’ng, sharhlarni o’qing va o’zingiz ham sharh qoldirishni unutmang. Izohlarda munozaralarni boshlang, o’z fikringizni bildiring, shunday qilsangiz, odamlarning o’zlari sizga g’oya tashlashadi. Sizning sharhlaringizdan siz o’z resurslaringizga bir umrlik foydalanuvchi olishingiz mumkin.
- Intervyu oling va intervyu bering. Savol berishni o’rganing. Qancha ko’p savol bersangiz, sizga shuncha ko’p savol berishadi.
- Falsafa qiling, tushunishlaringiz va kashfiyotlaringiz bilan o’rtoqlashing.
- O’quvchilaringizga jumboqli savollar bering, ularni tanlovlaringizga taklif qiling. Qiziqarli tanlov va qimmatbaho sovrinlar o’ylab toping.
- Har doim qalam va qog’ozni yoningizda olib yuring va xayolingizga kelgan fikrlarni yozib boring. Ayniqsa, yotishdan oldin ko’plab g’oyalar paydo bo’ladi, yozing, aks holda esingizdan chiqib qoladi. Keyin yozuvlaringizni tekshiring va eski yozuvlarni o’qing.
- Qilingan ishlarga xulosa yasang va natijalaringiz bilan o’rtoqlashing.
- Yuqoridagi aytilganlarning barisini jamlab, yozayotgan maqolangizda, oldini yozilgan va hali yozilmagan maqolalarni sotishni o’rganing. O’quvchilarni ertaga qaytib kelishga va yangi maqolani o’qishga undang.
- O’zingiz yoqtirgan odamlar, kompaniyalar, kitoblar haqida gapiring, ular haqida, atroflicha yoritib maqola yozing. Keyingi maqolada men sizga manashunday shaxslar haqida gapirib beraman. Undan siz oddiy odamlarning masofadan turib (onlayn) ishlashga o’tganligi va sayohat qilishni boshlaganlari haqidagi hikoyalarini bilib olasiz. Siz ularni ijtimoiy tarmoqlarda topishingiz va obuna bo’lishingiz mumkin, ular sayohat va daromadlar haqida juda ko’p foydali ma’lumotlarni efirga uzatadilar.
Xo’sh, yana nima … Qanday qilib yangi g’oyalar paydo bo’ladi, men bu ro’yxatga yana yangi g’oyalarni qo’shaman, shuning uchun maqolani zakladkaga saqlab qo’ying va nima haqida yozishni bilmaganingizda, qayta o’qing. Va albatta, shu maqola ostidagi izohlarda, o’z loyihangiz uchun g’oyani qayerlardan olishingiz haqida biz bilan baham ko’ring.
Muhim kuzatuv: qancha ko’p yozsam va nashr qilsam, shuncha ko’p fikrlar paydo bo’ladi! Xayr!
Assalomu alaykum. Men Saidova Diobar 1995 yild tuģilganman. Ma’lumotim oliy. Mutaxassisligim «Geodeziya kartografiya va kadastr». Shu yònalish bòyicha Magistraturani ham tugatganman. Turmush chiqqanimga mana 3 yil bòladi yaqinda. Uydaman. Ishlamayman. Ln Men ham nimadir yangiliklar, online bòlsada òz ishim bòlishini juda juda istayman. Faqat nimadan qanday boshlashni bilmayapman. Yòl yòriq kòrsating. Yordam bering!