Assalomu aleykum blogimiz o’quvchilari! Bugungi maqolamiz Web sayt yaratish haqida bo’ladi. Hammamizga malumki, axborot texnologiyalari yildan-yilga rivojlanib, yanada mukammallashib borayapti. Shuning uchun, hozirgi paytda odamlarni, o’z web-sayti, web-sahifasi yoki internetda daromad olish imkoniyati bilan ajablantirish qiyin.
Ammo, Yandex va Google qidiruv tizimlarida tez topiladigan va qiziqarli, web sayt yaratish oson ish emas. Lekin, nima qilish kerak, qanday qilish kerakligini qund bilan o’rgansangiz, bilsangiz, bundan oson ishning o’zi yo’q. Shu sababli bugun, web sayt yaratish to’g’risidagi maqolalar seriyasini boshlashga qaror qildim.
Bu maqolalar seriyasida, sayt tuzishni noldan boshlab, toki, targ’ib qilib, rivojlantirib, daromad olishgacha bo’lgan malumotlarni olishingiz mumkin.
Demak, sayt tuzishni nimadan boshlash kerak?
Eng avvalo, biz sayt yaratish maqsadini aniqlab olishimiz kerak. Sayt shaxsiy foydalanish uchun kerakmi yoki tovarlar va xizmatlar sotishgami?
Birinchi variant uchun internetdagi bepul dasturlardan foydalanishingiz mumkin. Ular yordamida, siz, andozalar asosida Web-resurs yaratishingiz mumkin, buning uchun faqat bir necha daqiqa sarflashingiz kerak bo’ladi.
Ikkinchi variant uchun bir oz harakat qilish va ozgina sarmoya kiritishingiz kerak bo’ladi. Faqatgina bir nechta maxsus dasturlarni o’rganib chiqib, saytni ro’yxatdan o’tkazish, to’ldirish va targ’ib qilishni boshlashingiz mumkin.
Sayt yaratishni boshlash uchun 7 muhim qadam
Web-resursni yaratish istagi sizda paydo bo’lgandan so’ng, buning uchun qancha mablag’ talab etilishini va qanday vositalarni ishlatish mumkinligini bilib olishingiz shart.
1-qadam. To’g’ri g’oya toping
Web-resurs bazasi, shu jumladan, har qanday masala g’oyaga asoslanadi. U qanchalik yaxshi va original bo’lsa, biznes yanada foydali va muvaffaqiyatli bo’ladi. Shuning uchun, tanlovda adashmaslik kerak va boshqalardan ko’ra yaxshiroq yoki, hech bo’lmaganda, muvaffaqiyatli kontseptsiyani yaratish juda muhimdir.
Maslahat! G’oya, birinchi navbatda, sizga yoqishi va ayni paytda odamlar uchun qiziqarli bo’lishi kerak. Bunday tandem har qanday muvaffaqiyatli loyihani, shu jumladan, web-resursni yaratish uchun kuchli asosdir.
2-qadam. Sayt mavzusi va nomini tanlash
Agar foyda keltiradigan loyiha rejalashtirgan bo’lsangiz, u holda uning nomi asosiy domen maydonlaridan birida paydo bo’lishi kerak. Masalan, .com, .net yoki .org. Bu qidiruv tizimlarida yuqori o’rinlarni egallashda ancha yordam beradi.
Maslahat! Domenni tanlayotganda, u birinchi navbatda esda qolarli bo’lishi kerak, ya’ni har bir kishi uni osongina eslab qoladigan bu’lishi kerak. Bu esa, foydalanuvchiga sizni qidirib topishda qulaylik yaratadi.
Bundan tashqari, sayt yaratishda hostingga e’tibor qaratishingiz kerak. Bu ishning barqarorligi, interfeysning qulayligi, tanlagan tilingizni qo’llash xizmati, xizmatlarning narxi va boshqalarni nazarda tutadi.
Agar, hostingni noto’g’ri tanlasangiz, sayt qidiruv tizimlarida umuman topilmasligi mumkin.
3- qadam. Sayt uchun CMS tanlash
CMS atamasi internetda juda keng tarqalgan. Ammo bu atama nimani anglatadi? Ba’zilarning aytishicha, bu saytning «mexanizmi» va «yuragi», boshqalar fikricha, axborotni joylashtirish va tahrir qilish yoki, bo’limlarni yaratish uchun muntazam vazifalarni samarali hal qilish vositasidir.
Aslida, CMS tushunchasi (inglizcha Content Management System) – kontentni boshqarish tizimi – sayt mazmunini yaratish, boshqarish va tahrirlash jarayonini tashkil qilish va ta’minlash uchun foydalaniladigan kompyuter dasturi yoki axborot tizimidir.
Bugungi kunga kelib, web-resurslarning aksariyati tayyor «mexanizm» asosida yaratilgan bo’lib, uni noldan o’rnatmaslikka imkon beradi va bunday holatda texnik xatolar juda kam bo’ladi.
Hozirda, asosan WordPress, Joomla, Drupal CMSlarini ishlatishadi.
4- qadam. Tegishli shablonni tanlash
Internetda sayt ochish uchun tayyor andozalar mavjud. Lekin, ular mustaqil ravishda ishlab chiqilishi mumkin, bu ularni boshqalardan ajratib turadi va qidiruv tizimlari tomonidan yaxshiroq qabul qilinadi.
Shu bilan birga, dizaynda ortiqcha narsa bo’lmasligi kerak. Jadvalning ko’pligi yaxshi, lekin saytning yuklanishini sezilarli darajada sekinlashtiradi. Shuning uchun asosiy sahifalarning vazni 50-60 kb dan oshmasligi kerak.
Tasvirlar mavzu bilan uyg’un bo’lishi kerak, lekin saytni qidirishda kalit so’zlarni o’z ichiga olgan matn asosiy rol o’ynaganligi sababli, unchalik katta ahamiyatga ega emas. Web-resursni loyihalashda haddan tashqari yorqin ranglardan foydalanishdan voz kechish kerak, chunki bunday tasvirlar, mehmonning ko’zini charchatadi.
Sayt tuzilganidan keyingi asosiy ishlar
5-qadam. Kontent bilan to’ldirish va kalit so’zlarni tuzish
Internet, birinchi navbatda, axborot almashish uchun ishlatilganligi sababli, saytning mazmuni har doim hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bu saytga bo’layotgan tashriflar sonini aniqlab beradigan omil.
Shuning uchun, loyihaning boshidanoq uni sifatli materiallar bilan to’ldirish kerak. Ko’proq samaradorlik uchun kontent haftada kamida uch marta yangilanishi lozim.
Buning uchun matnlar mustaqil ravishda yozilishi yoki professional kopirayterlarni yollash mumkin.
Kontent yaratilgach, kalit so’zlarni tuzish vaqti keladi. Ular yordamida bir necha soniya ichida kerakli saytni topishingiz mumkin.
7-qadam. Saytni reklama qilish
Sayt yaratilgandan so’ng keyingi muhim qadam– saytni reklama qilish usulini tanlash. Bu ish bilan o’zingiz shug’ullanishingiz yoki, mutaxassis xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
CMS platformasini tanlash
CMS platformasini tanlashda siz saytni yaratish maqsadiga tayanishingiz kerak. Har bir platforma (CMS) muayyan maqsadga mos keladi. Barcha CMS-mehanizmlar 2 turga bo’linadi: pullik va bepul.
Bugungi kunda eng ommabop va bepul CMSlar orasida quyidagilar mavjud:
- WordPress;
- Joomla;
- InstantCms;
- Drupal;
- OpenCart;
- phpBB.
Shubhasiz, saytlar uchun eng mashhur CMS WordPress hisoblanadi. Bundan tashqari, sayt bilan bog’liq muayyan vazifani hal qilishda sizga yordam beradigan ko’plab webmasterlar mavjud.
Pullik CMS platformalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- 1C-Bitrix;
- UMI.CMS;
- osCommerce
Ushbu platformalarning har biri haqida Internetda batafsil ma’lumot bor. Yoki, saytimizdan xabardor bo’lib turing, bir ozdan keyin bu platformalar to’g’risidagi batafsil malumotlarni taqdim etamiz!
Web-saytingizni bepul yaratishda sizga, konstruktor saytlar yordam berishi mumkin. Ushbu konstruktor saytlardan foydalansangiz, sizga tartiblash, dizayn, dasturlash va kodni tahrirlashni o’rganishni keragi bo’lmaydi.
Bosqichma-bosqich bepul sayt yaratish
Quyidagi bosqichlar, sayt yaratish uchun ajoyib qo’llanma bo’ladi, chunki ular qaysi tartibda harakat qilish kerakligini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bu ma’lumotlardan foydalanib, saytni o’zingiz yoki mutaxassislar jamoasi bilan birgalikda yaratishingiz mumkin.
1-bosqich. Saytning maqsad va vazifalari
Shunday qilib, siz saytni yaratishga qaror qildingiz va, albatta, undan to’g’ridan-to’g’ri yoki, bilvosita foyda olishni xohlaysiz.
Saytning asosiy vazifalari:
- Jamoatchilikda inson, kompaniya yoki boshqa tashkilotning ijobiy imidjini shakllantirish.
- Tovarlar yoki xizmatlarni sotish.
- Kelgusi tadbirlarni e’lon qilish.
- Yangiliklar joylashtirish.
- Foydalanuvchiga qaror qabul qilishda yordam berish (masalan, mahsulot bahosini yoki xususiyatlarini taqqoslash).
- Onlayn xizmatlar (elektron pochta, Internet — bank, kalkulyator va h.k.).
2-bosqich. Saytning ko’rinishi va mexanizmi
Quyidagi jadval yordamida sayt mehanizmini tanlashingiz mumkin:
№ | Saytning turi | Sayt mehanizmi
(bepul) | Sayt mehanizmi
(pullik) | Sayt konstruktori
(sahifalar) |
1 | Sayt-tashrifnoma | WordPress, Joomla | 1С-Bitrix, UMI.CMS | Wix, uKit, Jimdo |
2 | Korporativ sayt | WordPress, Joomla, Drupal | 1С- Bitrix, UMI.CMS | Wix, uKit, Jimdo |
3 | Internet- do’kon | OpenCart, Joomla | 1С- Bitrix, osCommerce | Wix, uKit, Jimdo |
4 | Yangiliklar sayti | WordPress, Joomla, Drupal | 1С- Bitrix, UMI.CMS | Wix, uKit, Jimdo |
5 | Kontent (axborot) SEO-sayt | WordPress | – | – |
6 | Web-portal | Joomla, Drupal | 1С- Bitrix, UMI.CMS | – |
7 | Bir sahifali sayt («Landing») | Oddiy ( kodlangan HTML), Adobe Muse | UMI.CMS | Flexbe, LPgenerator |
8 | Blog | WordPress | – | – |
9 | Forum | phpBB | – | – |
10 | Internet xizmatlar | Ixtiyoriy | – | – |
Web-saytingiz oldida turgan vazifalarni aniqlab, sayt mehanizmini tanlashga o’ting.
3-bosqich. Saytni to’ldirish uchun materiallarni tayyorlash
Ikkinchi bosqichni tugatib, tegishli qaror qabul qilib, sayt uchun materiallarni tayyorlashga kirishishingiz kerak. Saytning mazmuni quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: fotosuratlar, videolar, matnlar (pdf va boshqa formatdagi hujjatlar, kitoblar, referatlar va h.k.), audiolar shuningdek yuklab olish uchun mo’ljallangan fayllar.
Maslahat! Ma’lum bo’lishicha, saytlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadigan mutaxassislarning aksariyati bir global muammoga duch kelishadi: mijozlar saytni to’ldirish uchun yetarli materiallarga ega emaslar. Korporativ identifikator, logotip, mahsulot fotosurati va kompaniyaning tavsifi yo’q. Shuning uchun sizlarga bu muammoni oldindan hal qilishni tavsiya etardim.
4-bosqich. Dizayn va prototipni ishlab chiqish
Prototip– web-saytning tuzilishini ifodalovchi grafik tartib.
Prototip yaratish uchun siz avval varoqda sayt elementlarini bloklarga ajratib beradigan mutaxassisga murojaat qilishingiz kerak va keyin Adobe Photoshopda prototipning yanada mukammal versiyasini yaratasiz. Endi web-saytingiz tartiblash bosqichiga to’liq tayyor bo’ldi.
5-bosqich. Tartiblash.
Yuqoridagi bosqichda yaratilgan maketga asoslanib tartiblovchi mutaxassis ishni boshlaydi. Agar, ehtiyoj mavjud bo’lsa, u ba’zi tahrirlarni amalga oshirishi va yangi funksiyalarni yaratish uchun qo’shimcha dasturchini jalb qilishi mumkin.
Saytlarni yaratish uchun eng aniq va mashhur dasturlarning ro’yxatini taqdim etamiz:
- Notepade ++;
- PhpDesigner;
- Adobe Dreamweaver;
- Adobe Muse;
- Balsamiq Mockups.
6- bosqich. Domen va hosting.
Domen sotib olish – boshqacha qilib aytganda, ro’yxatdan o’tish domen nomini sotib olishdir. Deyarli barcha ro’yxatga olish kompaniyalari hosting xizmatlariga ega va foydalanuvchilarga ro’yxatdan o’tishda yordam beradi.
To’g’ridan-to’g’ri ro’yxatga olish uchun pasport ma’lumotlari kerak bo’ladi, chunki sayt sizga qonuniy ravishda beriladi.
Diqqat! Agar ro’yxatdan o’tish yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilsa, yuridik shaxsning ma’lumotlarini ko’rsatish kerak bo’ladi.
7- bosqich. Ishga tushirish
Saytni ishga tushirgandan va sozlaganingizdan so’ng, materiallaringizni saytga joylashtirishingiz mumkin.
Tabriklaymiz! Shu paytdan boshlab web-saytingiz har bir kishi uchun ochiq va siz nihoyat barcha maqsadlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Xulosa
Aslida, web-saytlarni yaratish va targ’ib qilish haqida barcha ma’lumotlar internetda mavjud. Lekin, u malumotlarni har joydan va qilinishi kerak bo’lgan ishlarning ketma ketligi buzilgan holda olishingiz mumkin. Shularni hisobga olgan holda, barcha malumotlarni bir joyga yig’ish maqsadida, blogimizda «Sayt tuzish» ruknini ochganmiz. Kerakli barcha malumotlarni shu bo’limdan yoki manabu maqoladan topishingiz mumkin. Bir qarashda qiyin tuyilgan, sayt yaratish, oxir-oqibat nihoyatda tez va qiziqarli bo’lishi va kelajakda, ko’p daromad olib kelishi aniq.
Agar siz o’qigan barcha maslahatlardan so’ng, saytni yaratish va ishga tushirish jarayoni hali ham murakkab va amalga oshirilmaydigan deb o’ylasangiz, unda biz, onlayn maktabimizda sizning qo’lingizdan ushlab natijagacha olib chiqishimiz mumkin. Buning uchun onlayn maktabimizga kirib ro’yxatdan o’tishingiz kerak bo’ladi.
Savollar va fikrlaringizni izohlarda kutib qolaman. Blogimizga ,obuna bo’lib, zamon bilan hamnafas bo’ling!
E’tiboringiz uchun rahmat!
Shaxsiy
Ассалому алейкум.
Биз корхонамиз тугрисида сайт очишимиз керак
кандай килиб тайёрлашим керак
Валейкум салом. uzinfobiz.com онлайн мактабимизда руйхатдан утинг ва сайт тайёрлаш курсининг биринчи дарсини урганиб берилган топширикни бажаринг ва бизга топширинг. Шундай килиб курс якунида сайтингиз тайёр булади. Курс хозирча мутлоко бепул, бир оз муддатдан кейин пуллик килиш ниятидамиз.
Assalomu alaykum maktabimizni Veb saytini ochishimiz kerak qanday qilib ochish kerek yordam bersangiz
Valeykum salom. Albatta yordam beramiz, uzinfobiz.com onlayn maktabimizda ro’yxatdan o’ting.
Namunali õquv
Assalomualeykum web sayti sotasizmi
Valeykum salom. Qaysi web saytni nazarda tutyapsiz?
Salom men maktabda ishlayman . Bir saytka malumotlarni kiritib borardim saytga kirolmayapman u saytga faqat osha yurtta kirsa bolar ekan men boshqa erdaman shuni qanday kirsam boladi bir programma bormi. Bolsa yordam bering .. rahmat
Valeykum salom. Qaysi sayt u, ssilkasini berolismi?
Zo’r gap yo
Bitta tashkilotni veb saytini yaratish boyicha vazifa qoyilgan. Qanday qilsam boladi va qancha muddatda.