Internetda sayt (Blog) tuzib, uni qanday mashhur qilish mumkin – to’liq qo’llanma

Qo'llanma

Blogerlikni endi boshlayotganlarga alangalik salom! Sizlar bilan men Umidjon Obudov va bugun blogimda yangi ochilga ruknni sizlarga e’lon qilmoqchiman. Bu rukn sayt ochish bepul deb nomlanadi. Bunda biz uzinterbiz.com sayti jamoamiz bilan birga, internetda shaxsiy blogni, saytni tayyorlash va uni qanday mashhur qilishga oid savollarga javob beramiz.

Hozirgi kunda sayt tuzishning ko’plab yo’llari mavjud. Qaysi yo’l bilan tuzish esa, sizning saytdan nimani olishni xohlayotganligingizga bog’liq. O’ylaymanki, ko’pchiligingizni sayt orqali daromad olish qiziqtiradi, bu maqolani o’qishingizdan birinchi sabab ham aslida shu bo’lsa kerak.

Bunday qiziqish tabiiy hol albatta, lekin men buni to’g’ri qiziqish degan bo’lardim, shuning uchin ham bundan uyalish yoki “men blogni o’zim uchun ochdim” deb o’zingizni aldashingizga hojat yo’q. Pul – bu, sizni harakatga keltiruvchi omadning ko’rsatgichi, motivatsiya beruvchi kuch, amaliyot shuni ko’rsatyapdiki, hali hech qaysi bloger busiz omadga erishmagan.

Esingizda bo’lsin, bloger sifatida qanchalik iqtisodiy natijaga erishsangiz, shunchalik jamiyatga va odamlarga foyda keltira olasiz. Shundan kelib chiqib, bunday blogni tuzish va bu uchun siz nimalarni o’rganishingiz kerakligini sizga, birma-bir aytib o'tishni o’zimga maqsad qilib qo’ydim.

 

Internetda pul ishlashning barcha yo’llari haqida to’liq QO’LLANMA

Qayerda o’z blogingizni yuritganingiz maqul? 

blog tuzish va yuritish

Bu savolga menda umumiy javob yo’q, chunki, biz har xil fikr va hislatlarga ega odamlarmiz. Kimdir video yozishni do’ndiradi, bunday odamlarga YouTubeda kanal ochishdan yaxshisi yo’q. Kimdir, o’zining qisqa malumotlarini  Instagramm yoki Telegram va boshqa kanallar orqali boshqalar bilan bo’lishadi.

Kimdir, menga o’xshab, xat va videoni birlashtirib, o’zining blogida malumot berishni yoqdiradi. Men, o’z shaxsiy blogingizni tuzish eng zo’r yo’l deb hisoblayman. Internetda blog ochish uchun Blogger.com, LiveJornal-ga o’xshagan saytlar juda ko’p. Ha, ular bepul, lekin ularning kamchiliklari ham talaygina, masalan: pullashtirish (monetizatsiya) va mashhur bo’lishda qiyinchiliklarga duch kelasiz.

Shuning uchun blog tuzishning eng yaxshi yo’li – o’z domeningizda va o’z xostinggingizda blog ochish. Bunda siz o’z blogingizning to’laqonli egasiga aylanasiz va xohlagan ishingizni qilishingiz mumkin (odob doirasida albatta). Hech kim sizning qo’lingizdan tortib ola olmaydi.

Blog ochish uchun men WordPressni tavsiya qilgan bo’lardim. Chunki, saytni boshqarish juda qulay, tushunish uchun oson. Shu sababli biz, loyihamizni noldan boshlab WordPressda yo’lga qo’yamiz.

Bepul sayt yaratish uchun qadamba — qadam qo’llanma

Quyida siz, alohida yozilgan mavzu haqidagi qadamba-qadam maqola va videodarslarga eltuvch havolalarni topasiz. O’ylaymanki, bu ko’rsatmalar nafaqat endi boshlayotgan blogerlarga, webmasterlarga, balki, bir necha yildan buyon o’zining blogini yuritayotganlarga ham foydali bo’ladi.

Maqola va videolar hali to’liq emas, ularning bazilari hali tayyorlanish jarayonida, tayyor bo’lishi bilan bu yerga joylashtiramiz. Bu qo’llanmani to’ldirishda siz ham ishtiroq qilib, daromad ham qilishingiz mumkin. Yani, o’zingiz bilgan mavzulardan birini tanlab, yozib, bizga sotishingiz mumkin, hali yozilmaganlaridan albatta.

Tayyorgarlik 

  • Blog nima uchun kerak: 5 ta asosiy sababi?
  • Sayt mavzusini tanlash. Siri nimada?
  • Axborot beruvchi saytdan blogning farqi nimada?
  • Sayt tuzilishini qanday tuzish kerak (ruknlar)?

Blogni tuzish

  • Domenni to’g’ri tanlash va nom berish.
  • Domen band yoki band emasligini tekshirishning yo’llari
  • Domen tarixini tekshirish.
  • Arzon domen olish uchun ro’yxatdan o’tish va sotib olish
  • O’zbekcha uz domenini sotib olish
  • Xosting nima degani?
  • Sayt uchun eng yaxshi xost tanlash
  • Xost sotib olish va xost narxlari haqida
  • Xostingga WordPressni o’rnatish.
  • Ssl-sertifikatni bepul ulashning yo’li
  • WordPress uchun shablon o’rnatish.
  • FTP orqali saytga ulanishni sozlash.

Sozlash va optimallashtirish 

  • WordPressning asosiy sozlamalari.
  • Asosiy plaginlarni o’rnatish (optimallashtirish, himoya, qo’shimcha).
  • Yoast SEO plaginini sozlash.
  • Huper Cache plaginini sozlash.
  • Sayt xaritasini tuzish – Sitemap plagini.
  • txt faylini tuzish.
  • Logotip o’rnatish (favicon).
  • Ijtimoiy tarmoqlarda bo’lishish knopkalarini o’rnatish.
  • Sayt va sayt bazasini rezervlash
  • Xato 404 sahifasini sozlash
  • Maqola mundarijasini qilish.

Sayt analitikasini ulash

  • Yandex Metrikani ulash.
  • Yandex Webmasterni ulash.
  • Google analitikani ulash.
  • Google Webmasterni ulash.
  • LiveInternet statistikasini saytga ulash
  • Brauzerlar uchun LiveInternet va RDS Bar plaginlari

WordPress bilan ishlash bo’yicha asosiy darslar

  • Sayt ruknlari qanday ochiladi?
  • Yangi maqola qanday qo’shiladi va tahrirlanadi?
  • Sahifa qanday ochiladi (muhim sahifalar qo’shish)?
  • Vidjetlar qanday sozlanadi?
  • Menyu qanday sozlanadi?
  • Plagin qanday o’rnatiladi?
  • Ochilib yopiluvchi menyu qanday sozlanadi?

Maqola yozish va optimallashtirish

  • Maqolani optimallashtirish va chop etish
  • Maqola tuzilishi (sarlavhalar)
  • Kalit so’zlar – nima degani?
  • Semantic yadro nima degani?
  • Maqola uchun kalit so’zlar qanday yigiladi?
  • Raqobatchilarni analiz qilish sirlari
  • so. servizi uchun ko’rsatmalar. Keys.so. servizi, raqobatchilarni analiz qilish va maqoladagi kalit so’zlarni yig’ishda yordam beradi
  • Bukvariks servizi uchun ko’rsatmalar
  • KeyCollektor programmasi sozlamalari
  • LSI nima degani?
  • Maqola title nima degani?
  • Maqola sarlavhasi degani nima degani?
  • Description degani nima degani?
  • Maqola yozish uchun mavzular
  • Maqola yozish ucun dastur va servizlar
  • Maqolaga video joylashtirish
  • Maqolaga suratlar joylashtirish
  • Rasmlar galareyasini qanday qilish mumkin
  • Maqolada electron jadvalni qanday qilish mumkin
  • “Davomini o’qish” tugmasini qanday qilish mumkin
  • Maqola uchun sarlavhani qanday tuzish kerak?
  • Maqola rejasi qanday tuziladi?
  • Maqola noyobligini tekshirish
  • Matnda “quruq gap” degani nima degani?
  • Maqola noyobligini qanday ko’tarish mumkin?
  • Matndagi so’zlar takrorlanishini qanday tekshirish mumkin
  • Textdagi xatolarni qanday aniqlash kerak?
  • Maqola chop qilingandan keyin nima qilish kerak?
  • Maqolaning qidiruv tizimlarida joylashgan ornini kuzatib borish
  • Mqolani qanday yaxshilash va qo’shimchalar kiritish kerak?
  • Maqolalarga, bir biriga havolani qanday to’g’ri qo’yish kerak?
  • Havola qo’yishda ankorni qanday to’g’ri qo’yish kerak?
  • Ankor nima degani?

Obunachilarni yig’ishni ulash

  • Email pochta orqali
  • Push-xabar
  • Telegram kanal
  • Yangi maqolalarni avtomatik tarzda ijtimoiy tarmoqlarda chop qilish

Blogni tahlil qilish va rivojlantirish

  • Yandex Metrikaning asosiy hisoboti
  • Saytning ishga yaroqliligini kuzatib boorish
  • Buzilgan havolalarni qidirish
  • Havola sotib olish
  • Boshqa bloglarda izohlar qoldirish
  • Web servizlarda ro’yxatdan o’tish

Blogni pullashtirish (monetizatsiya qilish)

  • Reklama bannerlarini o’rnatish
  • RSYa – Yandex reklama kompaniyasi
  • Google Adsens
  • Blog uchun sheriklik dasturlarini qanday va qayerdan topish mumkin?

Yana nimalarni bilish kerak 

  • Yandex va Google talablari
  • Saytni rivojlantirish va SEO haqidagi eng yaxshi kitoblar

Ishlarni taxsimlash

  • Maqola yozuvchilarni (kopirayterlarni) qanday topish va yollash kerak?

Natijaga chiqquncha o’qitish

Agar siz yuqoridagi barcha yo’nalishlarni, o’rgatuvchining yordami va tekshiruvi ostida amalga oshirishni istasangiz, unda mening onlayn maktabimdagi “Sayt (blog) qanday tuziladi va u orqali pul ishlanadi” nomli video o’quv kursiga tashrif buyuring.

DIQQAT! Kursning to’liq dasturi!

Xulosa

Ko’rib turganingizdek, qilinadigan ish juda ko’p, blog yaratishni boshlash va yuritish oson ish emas. Esimda, men ham boshlagan paytim soatlab kompyuter oldida o’tirardim, html, php, css larni o’rganib- bularni o’rganish sizga ham zarar qilmaydi albatta, hech bo’lmaganda asoslarini. Lekin, maslahatim, bu ishlarni o’z ustasiga topshiring. O’zingia esa, saytda beriladiga malumotlar ustida ko’proq bosh qotiring.

Ushbu qo’llanmaning yangilanishini kuzatib boring va yangi malumotlardan xabardor bo’ling. Buning uchun esa yangiliklarga obuna bo’ling va Telegram kanalimizga qo’shiling. Ishlaringizga omad, do’stlarim!

Muallif: Umidjon Obudov

Maqolaga baho bering!
( 2 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Comments: 3
  1. Aloqa

    Meni anchadan beri bir savolni javobiga qiziqaman, bilishimcha har bir sayt 2 tomonlli bo'lib.

    1. Sayt mehmoni ko'radigan sahifa.

    2. «uchinchi» shahis deb ataluvchi sayt rahbari shu ikkala web sahifani qanday bog'lashadi.

    1. Umidjon Obudov (author)

      Har bir saytning admin paneli bo'ladi. Sayt ochishda birinchi bo'lib shu admin panel ochiladi va shu admin paneldan turib, sayt foydalanuvchisiga ko'rinadigan sahifa boshqariladi.

    2. Umidjon Obudov (author)

      Ha, birinchi bo'lib admin panel, yani saytning boshqaruv paneli yaratiladi. Agar batafsil o'rganishni istasangiz maktabimizda ro'yxatdan o'ting o'rgatamiz. O'rgatish mutloqo bepul. Hatto qanday qilib sayt orqali pul ishlashni ham bepul o'rgatamiz. Maktabda qanday ro'yxatdan o'tishni manabu moqoladan o'qing: uzinterbiz.com/news/malum...yn-maktabi/.html

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: