Salom do’stlar. Bugungi maqolamizda biznes reja nima ekanligi va uni mukammal tuzish uchun foydali maslahatlar berishga harakat qilamiz.
Bugungi maqolam biznesga ilk qadam bo’lmish, biznes reja tuzish haqida bo’ladi. Bu to’g’rida yozilgan oldingi maqolaga ko’plab savollar kelganligi va ayrim o’quvchilarning tushinmovchiliklariga javob berish maqsadida yana bu haqda yozishga qaror qildim.
Biznes uchun g’oyalarni bu yerdan topishingiz mumkin.
Eng avvalo biznes reja nima degan savolga javob berib o’tsam.
Biznes reja nima o’zi
Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisob-kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha jihatlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibiy jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa.
Biznes reja tarkibiga nimalar kiradi
Biznes reja tarkibi asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi:
- Biznes rejada loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat) larning tavsifi hamda uning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar;
- Bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari;
- Ehtimoli boʻlgan raqobatchilar. Bunda ularning mahsulotlari sifati va xaridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi;
- Marketing xizmatining asosiy unsurlari. Tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar;
- Mahsulot ishlab chiqarish rejasi;
- Umumiy ishni, xodimlar ishini tashkil etish;
- Loyihaning tashkiliy-huquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja;
- Loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi;
- Ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar;
- Loyihani moliyalash strategiyasi. Bunda vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqti va boshqalar ko’rsatiladi.
Biznes rejani ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi ( ya’ni birinchi rahbar), firmalarning mutaxassislari ishtirok etadi. Tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi va ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Agar biznesingizni o’zingiz moliyalashtirishingizga qurbingiz yetmasa, biznes-reja kredit olish uchun ham asos boʻlib xizmat qiladi.
Biznes reja tuzish uchun asosiy maslahatlar
Har bir ishni boshlashdan oldin, u xoh biznes bo’lsin, xoh boshqa bir yumush, uni puxta rejalashtirish, yaxshi natijaga erishishning asosi deyish mumkin. Ishni boshlashdan oldin reja tuzish, sizni kelajakda kelib chiqishi mumkin bo’lgan ko’plab muammolarni oldindan ko’ra bilish va o’ylagan ishingizda yanada muvaffaqiyatli bo’lishingizda sizga yordam beradi.
Shunday ekan, bugun biznes reja yozayotganda e’tibor berishingiz kerak bo’lgan asosiy jihatlar haqida aytib o’taman.
- Biznes reja tuzishdan maqsad nima ekanligini aniqlab oling. U nima maqsadda yozilayotganiga qarab turli shaklda bo’lishi mumkin.
- Boshlang’ich sarmoyani taxminan hisoblab chiqing. Biznes loyihaning foydali yoki zararli ekanligini aniqlang
- Mahsulot yoki xizmatingizni, mijozlaringizni va raqiblaringizni aniqlang. Biznes modelingiz, maqsadlaringiz, va bu maqsadga erishish uchun kerakli strategiyalarni belgilang.
- Rejangizning asosiy bo’limlari ro’yxatini tuzib oling yoki diagrammalar yordamida muhim fikrlaringizni qisqa qilib qog’ozga tushiring. Bular o’zingiz uchun tushunarli bo’lsa, biznes rejangizni yozish jarayoni osonlashadi.
- O’zingiz haqingizda ma’lumot bering. Kimsiz, o’ylagan biznesingizni amalga oshirish uchun sizda qanday imkoniyatlar bor, bilim va malakangiz haqida bildiring.
Endi mahsulotingiz haqida
- Mahsulot yoki xizmatingizni ta’riflang. Mijozlaringizga sizning mahsulot yoki xizmatingizdan qanday foyda borligi, o’ziga hos jihatlari, ishlab chiqarish jarayoni va hokazolar haqida ma’lumot bering.
- Haridor yoki mijozingiz kimligini belgilab bering. Nimaga aynan shu turdagi mijozlar bozorini tanlaganingizni tushuntiring. Keltirgan sabablaringizni o’z shaxsiy tajribangiz, olib borilgan izlanishlar va tadqiqot natijalari bilan dastaklang.
- Mahsulotingizning o’ziga xos va boshqalardan ajralib turuvchi jihatlarini ko’rsating. Nimaga mijozlaringiz boshqa raqobatchilaringizning emas sizning mahsulot yoki xizmatingizni sotib olishi kerakligi haqida yozing. Sizning narhlaringiz boshqalardan arzonroqmi, yo sifat jihatdan ajralib turasizmi? Balki sizning joyingiz mijozlar uchun qulaydir, yoki vaqtdan yutish imkonini berarsiz va hokazo.
- Haridorlaringiz mahsulotingiz uchun taxminan qancha pul sarflashini aniqlang. Mijozlaringiz, sizning mahsulot yoki xizmatlaringizga qancha pul to’lashga tayyor ekanliklari, bir yilda o’rtacha necha marta shu mahsulot/xizmatni sotib olishlari mumkinligini hisoblab yozing. Albatta bu yerda quruq taxminlar emas yana izlanish va tadqiqotlar natijasidan kelib chiqib yozishingiz kerak.
- Har bir mahsulotning tan narhi qancha bo’lishini hisoblang. Mahshulot ishlab chiqarish uchun ketadigan materiallar narhidan tortib ishchilarga beriladigan oylik, do’kon yoki uskuna arenda xarajati, soliq, elektr toki, telefon, internetdan tortib barcha xarajatlarni hisobga olgan holda har bir mahsulotingizning tan narhi qanchaga tushishini hisoblab chiqing.
- Qancha boshlang’ich sarmoya kerak bo’lishini yozing. Ishni muvaffaqiyatli boshlab olish uchun qancha boshlang’ich sarmoya kerak bo’lishini va bu sarmoya nimalarga ishlatilishini aniq yozing.
- Biznesingiz qancha vaqtda foyda olib kelishni boshlashini dalillar bilan yozing. Buning uchun bozorni yaxshilab o’rganib, hisob kitoblarni to’g’ri va ishonarli qilishingiz kerak.
Xulosa
Bugungi maqolamda, biznes rejaning tasnifi haqida ma’lumotga ega bo’ldingiz degan umiddaman. Biznes nafaqat tug’ma talant yoki yuksak xohish natijasi, balki mashaqqatli mehnatning maxsuli hamdir. Shunday ekan, biznes reja sizning dastlabki qadamingiz hisoblanadi va bunday qoidalarga jiddiy amal qiling!
yahshi fikirlaringiz loyhalaringiz uchun rahmat ishizga omad
Raxmat!
biznesga ilk qadam loyihasida iwtirok etmoqchiman 97.672.05.98
biznesga ilk qadam loyihasida qatnashmoqchi man +998 94 002
Assalawma aleykum biznes reja boyicha maqolani qanday skachat qilsa boladi?
biznes boshlamoqchiman lekin nimadan boshlashni bilmayaman.