Assalomu aleykum hurmatli o’quvchilar! Sizlar bilan blogimizda uchrashib turganimdan xursandman! Bugun ham sizlarni, internet orqali daromad olishga mo’ljallangan sayt bilan tanishtiraman.
O’zbekistonlik dizaynerlar, rassomlar va fotosuratchilar orasida iste’dodli mutaxassislar juda ko’p. Ehtimol, ularning ko’pchiligi Behance sayti haqida eshitishgandir. Men ushbu sayt haqida maqola yozishimdan maqsad, jahonning dizayn va ijodiy sahnasida, O’zbekiston ham yorqin namoyon bo’lishi uchun , ijodkor vatandoshlarimizni jalb qilishdir.
Behance yordamida millionlab dizaynerlar, rassomlar va fotosuratchilar o’z ishlarini namoyish etadilar, tajriba almashadilar va hamkasblarining ishlariga izoh beradilar.
Behance qanday xizmat?
Behance 2006 yilda ishga tushirilgan bo’lib, loyiha ijodiy kasb egalari uchun eng katta jamoa va Ilhom manbai hisoblanadi. Adobe kompaniyasi 2012-yilda, Behanceni sotib oldi va o’zining Creative Cloud xizmatiga integratsiya qildi.
Behance o’z ishlaringizni onlayn portfolioga joylashtirishni, imkon qadar qulay tarzda amalga oshirish uchun, ajoyib bepul xizmat. An’anaviy tasvirlar va video formatidagi fayllar deyarli barcha ehtiyojlaringizni qondirishga imkon beradi. Agar siz dizayn, fotografiya, modellashtirish biznesida ishlayotgan bo’lsangiz, shriftlarni chizishingiz yoki, jurnallarni tasvirlashingiz kerak bo’lsa, unda siz ushbu xizmatga e’tibor berishingiz kerak bo’ladi.
Behanceda ro’yxatdan o’tish va profil yaratish
Behanceda ro’yxatdan o’tish jarayoni ko’p vaqtni egallamaydi, faqatgina noyob parol o’ylab topishda ozroq qiynalishingiz mumkin. Sayt mualliflari Facebook, LinkedIn yoki Google profili orqali ro’yxatdan o’tishni taklif qilishadi. Lekin, xohlasangiz elektron pochta orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Ro’yxatdan o’tganingizdan so’ng, bemalol, profilingizni to’ldirib, ishlaringizni portfolioga solishingiz mumkin.
Behancedagi profilingiz sahifasi sizning yuzingizdir. Umuman olganda, profilni to’ldirish standart bo’ladi va odatdagi maydonlarni taklif qiladi: avatar, ism, kompaniyadagi lavozim( agar biror joyda ishlayotgan bo’lsangiz), yashash joyi, xuddi boshqa ijtimoiy tarmoqlardagi profillaringiz kabi.
Bundan tashqari, «Профессия»ni, ya’ni ijodiy faoliyat sohalarini ko’rsatish tavsiya etiladi; ko’pi bilan uchta elementni tanlashingiz mumkin. «Профессия»-ning uchta toifadagi cheklovini hali saytda ko’p marta uchratasiz.
Profilni tahrirlash matn maydonlarini to’ldirish bilan chegaralanmaydi. O’z didingizga moslab ranglarni ham tanlashingiz mumkin. Shu maqsadda, Профиль / Настройки профиля bo’limida bloklar, havolalar, ajratish chiziqlarining ranglarini ko’rsatishga imkon beruvchi tushunarli panel mavjud.
Sizning profilingiz sahifasida ishlaringiz, a’loqa ma’lumotlari va kichik statistikalar ko’rsatiladi: baholash, muxlislaringiz va siz tomosha qilayotgan ijodkorlarning soni.
Portfolio yaratish
Behanceda ishingizni nashr etish uchun muhim va yoqimsiz cheklovlar yo’q. Asosiy cheklov- bu tasvirni asl nusxada to’liq yuklab olish imkoniyati yo’qligi. Barcha rasmlar 600 pikselgacha kichraytirilishi kerak, havotir olmang, bu rasmning sifatiga ta’sir etmaydi. Agar sizga ko’proq piksellar kerak bo’lsa, ProSite pullik xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Matn va tasvirlardan tashqari, boshqa resurslardan multimedia qo’shishingiz mumkin:
- Vimeo,
- YouTube,
- tv,
- Veoh,
- Mevio,
- Yahoo Video,
- MySpace Video,
- Fast Company,
- Dailymotion,
- SoundCloud,
- Mixcloud,
- Bandcamp,
- 4shared,
- Issuu,
- JotForm,
- Google Maps,
- Wufoo,
- SlideShare,
- Flickr Photostream,
- Picasa, Blurb,
- ExposureRoom,
- Prezi,
- Sunglass,
- Sketchfab.
Shunday qilib, Behanceda bepul xizmatlar bilan ham kifoyalanishingiz mumkin. Qo’shimcha sifatida portfolioingiz uchun qisqa manzilga ham ega bo’lasiz.
Behance orqali qanday qilib pul ishlash mumkin?
Behancening bo’limlaridan asosiysi bu- ish bo’limi. Xuddi Rabota.uz ga o’xshaydi, faqat yaxshiroq. Nimaga, deysizmi? Birinchidan, ish butun dunyo bo’ylab taklif etiladi, ikkinchidan, pul ko’proq to’lanadi, chunki ish beruvchilar qayerga kelganlarini yaxshi tushunadilar (saytga bir qarashning o’zida ishchilarning maxorat darajasi yuqori ekanligi yaqqol ko’zga tashlanib turibdi).
Saytda ishlash uchun nafaqat yuqori darajadagi professional ko’nikmalar, balki, ingliz tilini yaxshi bilish talab qilinadi. Axamiyat bergan bo’lsangiz, sayt xali to’liq rus tiliga tarjima qilinmagan, interfeys rus tilida bo’lishiga qaramasdan, rus mualliflar o’zaro ingliz tilida muloqot qilishadi.
Barcha lavozimlar ijodiy kasblarga tegishli:
- vizual dizayner,
- kopirayter,
- ui/ux dizayner,
- art direktor,
- tahririyat dizaynerlari va boshqalar.
Web-dizaynerlar uchun 25 ta foydali sayt
Zamonaviy manbalardan web dizayn hqida ma’lumot olishni va yangiliklardan xabardor bo’lishni istaganlar uchun 25 ta saytni ko’satib o’taman. Chunki web-dizayner har doim ijodiy izlanishda bo’lihi kerak, shuning uchun o’rganing, ilhomlaning va zavq oling!
- Webdesignerdepot.com -web-dizayn sohasida qiziqarli yangiliklar sayti.
- Ruseller.com – bu yerda sohaga yangi kirib kelganlar uchun ko’plab andozalar va darslar mavjud.
- Flatuicolorpicker.com -interfeysning rangini tanlashga yordam beradigan qulay xizmat.
- Smashingmagazine.com -ushbu portalda dizayn va web-ishlab chiqish haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
- Instantshift.com – sayt uchun dizaynni tanlashga yordam beradigan portal.
- Animator.ru – animatsiyalar va videolar haqida sayt.
- Paratype.ru -shriftlar haqida ma’lumotlar ko’rsatilgan manba.
- Veerle.duoh.com –professional jihatdan tayyorlangan blog. Yuqori sifatli maqolalar bilan to’ldirilgan. Muallif web-dizayn bo’yicha maslahatlar beradi.
- Thedieline.com – ushbu sayt mahsulot dizayni haqida juda ko’p ma’lumot beradi.
- Psd.tutsplus.com -yangi boshlovchilar uchun darslarni taklif qiluvchi foydali portal.
- Dafont.com – bu yerda, hatto eng nozik did egalari uchun o’n mingdan ortiq turli shriftlarni topasiz.
- Bluevertigo.com.ar -ushbu manbada tarmoqning eng mashhur fotobanklar ro’yxati keltirilgan.
- Thefwa.com – ilhomlantiruvchi saytlarning ro’yxatini shu yerdan topasiz.
- Flasher.ru -Flash texnologiyalari bilan ishlashni yoqtiradigan har bir kishi, bu yerda juda ko’p foydali maslahatlar, darslar, vakansiyalar mavjud.
- Webdesign.tutorials-web-dizayner uchun eng katta kutubxona.
- Psd tuts-bu erda Photoshop-da ishlash va o’rganish bo’yicha eng yaxshi darslar to’plangan.
- Nextrapixel — bu yerda siz har doim Photoshop, Illustrator, shuningdek, CSS, wordpress haqida qiziqarli darslarni topasiz.
- Behance – bu yerda siz butun dunyo bo’ylab mashhur va professional web-dizaynerlarining ishlarini ko’rasiz.
- Adobe kuler-rang sxemalarini tanlashda sizga yordam beradigan manba.
- Brusheezy-ushbu manbada Photoshop uchun har qanday intrumentlarni tanlashingiz mumkin.
- Logoinstant– logotiplarni yaratish uchun ajoyib sayt.
- 365psd-turli mavzulardagi saytlar uchun fonlar to’plami .
- Pixelkit.com -ko’plab bepul andozalar yig’ilgan sayt.
Xulosa
Bugungi maqolamda berilgan ma’lumotlardan foydalanib, Behance orqali ijodingiz maxsullari bilan bo’lishasiz degan umiddaman. Chunki bu sayt, sizga nafaqat katta daromad, balki mashxurlik va yangi do’stlarni orttirishga yordam berishi mumkin. Behance – ijodkorlar oilasiga qo’shiling va yangi imkoniyatlarga ega bo’ling!
Maqola bo’yicha savollar paydo bo’lsa, izohlarda qoldiring, albatta javob beraman! E’tiboringiz uchun rahmat! Keyingi maqolalarda ko’rishguncha,hayr!