Salom hurmatli bo’lajak iqtisodchilar! Bugungi maqolamiz iqtisodiyot nima? degan savolga javob topishga harakat qilamiz. Ko’pchlik bu so’zni ishlab chiqarish, sarmoya, ayriboshlash, moliya kabi so’zlar bilan yonma- yon ko’rgan bo’lishi mumkin. Albatta to’g’ri, lekin bu juda keng va ko’pchilik tushunishi qiyin bo’lgan termin.
Xo’sh, iqtisodiyot nima degani o’zi?-uning qanday turlari mavjud va uni nima uchun o’rganishimiz kerak – bugun shu mavzularda suhbatlashamiz.
Iqtisodiyot nima degani
Oddiyroq tilda tushuntiradigan bo’lsam, Iqtisodiyot bu – kundalik hayotimizda pulni tejashni tushunishimiz mumkin. Jamiyatning resurslari cheklangan va odamlarning doimiy o’sib borayotgan ehtiyojlarini mavjud sharoitda qanday qondirish vazifalarini albatta iqtisodiyot bajaradi.
Dastlab bu termin Yunonistonda paydo bo’lgan. Yunonlar bu so’zni uy xo’jaligi boshqaruvida murojaat qilish uchun ishlatgan. Keyinchalik yunon faylasuflari iqtisodiyot ta’riflarini o’z asarlarida yozib o’tgan. Jumladan: yashirin iqtisodiyot, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot, aralash, raqamli, mintaqaviy, bularni yana davom ettirishimiz mumkin.
Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot.
Makroiqtisodiyot bu milliy yoki xalqaro miqyosdagi umumiy keng ma’nodagi iqtisodiyot tarmoqlarini, mikroiqtisodiyot esa, iqtisodiyot sohasidagi tadbirkorlar, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ma’lum bir individual faoliyatini o’rganadi.
Makro va mikroiqtisodiyot bir biri bilan uzviy bog’liqdir. Makroiqtisodiyot, asosan aniq va tom ma’noda mikroiqtisodiy hodisalar yig’indisidan tashkil topadi.
Yashirin iqtisodiyot
Mamlakatning raqobatbardoshligi va uning jahon iqtisodiyotidagi o’rni, innovatsion siyosatning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga bog’liq. Bugun virtual dunyoda har qanday davlatning iqtisodiy taraqqiyoti, mavjud ichki va tashqi imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi.
Bunday imkoniyatlarni yuzaga chiqarishda, yashirin iqtisodiyot (xufyona iqtisod deb ham yuritiladi) ni legallashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yashirin iqtisodiyot –bu moddiy ne’matlar va xizmatlarni iqtisodiy subyektlar tomonidan yashirin tarzda ishlab chiqarish, ularni fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o’rtasida namoyon qiluvchi munosabatlardir. Ya’ni oddiygina qilib, nolegal daromad topish usulidir.
Xufyona iqtisod, yashirin iqtisodiy hodisa, u davlat iqtisodiga, qolaversa, dunyo bo’yicha xalqaro iqtisodiyotga tahdid soladi. Buning oldini olish uchun har bir davlat yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash milliy starategiyasi va konsepsiyasini ishlab chiqishi zarur.
Mintaqa iqtisodiyoti
Bu konsepsiyalarni ishlab chiqish davomida, davlat boshqaruvida, ularning samarali modellarini ishlab chiqish ham muhimligini ko’rishimiz mumkin.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishi, majmualarining shakllanishi va rivojlanishi mintaqa iqtisodiyotini ko’rsatadi.
Rivojlangan sari har bir sohada iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlari yuqorilab boravradi. Fan-texnika, innovatsiya rivojlanish ham bevosita iqtisodga ta’sir qiladi.
Raqamli iqtisodiyot
Hozirgi kunda dunyo davlatlarida raqamli iqtisodiyot keng tarqalmoqda. Bu aynan yuqorida aytib o’tilgan, yashirish iqtisodni oshkor qiluvchi iqtisodiyot turidir.
Har bir sohada raqamli ko’rsatkichlar orqali, ishlab chiqarish samaradorligini tekshirish, mamlakat iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiradi. Qolaversa, iqtisodiyot sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ochiq faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
Shunday ekan, har bir mamlakatning taraqqiyoti, iqtisodiy rivojlanish va raqamli texnologiyalarnig qamrovi darajasiga tayanadi. Kadrlar tayyorlash ko’lamini kengaytirish, bu yo’nalishlar bo’yicha xalqaro andozalarga to’liq javob beradigan zamonaviy milliy iqtisodni rivojlantirish bugun juda muhimdir va uni bosqichma-bosqich yaratish zarur.
Xulosa
O’ylaymanki iqtisodiyot haqida biroz tushunchaga ega bo’ldingiz. Har birimiz mamlakat iqtisodiyotida o’z hissamizni to’g’ri yo’nalishda qo’shishimiz albatta o’z manfaatlarimizga xizmat qilishini tushunib yetishimiz kerak. Mamlakat iqtisodi to’g’ridan-to’g’ri bizning hamyonimizga ta’sir qiladi. Shunday ekan bu sohada bilimimiz va tushunchamiz bo’lishi o’ta muhimdir. Iqtisodni o’rganing va fikr qiling!
Blog yangiliklarini kuzatib boring, keyingi maqolalarimizda moliya bozorlari haqida gaplashamiz. Bugunga tamom, keyingi maqolalarda ko’rishguncha.