Yangi firma ochishda nimalarga e’tibor berish va qanday shartlarini puxta o’rganishingiz kerak. Davlat ro’yxatidan qanday o’tkaziladi

Yangi firma ochish va ro'yxatdan o'tkazish

Assalomu aleykum uzinterbiz.com blogining obunachilari va mehmonlari! Bugun sizlarga, daromad olishni qonuniylashtirish uchun kerak bo’ladigan ishlar haqida malumot bermoqchiman. Demak, bugungi mavzumiz yangi firma ochish haqida bo’ladi. Ya’ni yangi biznesingizni nimadan boshlash kerakligi haqida. Buning shartlari qanday, yaxshi daromad olish uchun nima qilish kerak? kabi savollarga javob olasiz.

Ishonamanki, bu ma’lumotlar ishni endi boshlayotgan insonlar uchun yordam beradi. Albatta, maqola davomida yuqoridagi, hamda boshqa savollarga birgalikda javob topamiz. 

Qanday mezonlar muhim ahamiyatga ega

 Avvalo aniq bir maqsad tanlab olish kerak. Sizda bu bo’yicha aniq g’oya bo’lishi kerak. Hamda ko’proq daromad topish sxemasini aniq ishlab chiqish zarur. Eng muhimi siz firmangizni asosiy yo’nalishi va iqtisodiy ko’rinishi (turi) ni aniqlab olishingiz kerak. Masalan, qurilish loyihalarini bajaruvchi xususiy ko’rinishda bo’lishi mumkin.   Firmaning tashkil etilishini ta’sischilar amalga oshiradi. Ular firma majburiyatlari bo’yicha va mulkiy javobgar hisoblanadi. Shuning uchun yangi ochiladigan firma ta’sischilari kimlar bo’lishini o’ylab oling va albatta ular bilan oldindan og’zaki kelishib olganingiz ma’qul. Chunki, ular o’z hissalari va boshqa talablar haqida ma’lumotga ega bo’lishmasa, ro’yxatdan o’tish vaqtida o’zaro turli kelishmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Ta’sischilar, firmaga  daromad olib keluvchi shaxslar hisoblanadi. 

Firmani ro’yxatdan o’tkazish uchun qanday hujjatlar kerak

Demak, faoliyatimiz maqsadi va rejasi aniq, ta’sischilar ham aniqlandi. Ta’sis hujjatlarini yig’amiz. Bu hujjatlar:

  1.  Ta’sis shartnomasi 
  2. Nizom (firma ustavi)

 Shartnomada, firmaning tarkibi va ish jarayonidagi ta’sischilarning huquq va majburiyatlari ko’rsatiladi. Nizomda esa, firmaning faoliyati va ichki tuzilish tamoyillari ko’rsatiladi.

Xizmat ko’rsatadigan bank bilan oldindan kelishib olish zarur.

Yangi firmaga nom qanday tanlanadi va davlat boji qancha

Endi firmaga nom tanlaymiz. Bir nechta variantlar o’ylab qo’yganingiz ma’qul. Shu nom bilan ro’yxatdan o’tish uchun onlayn tarzda elektron ariza qoldirasiz. Barcha ma’lumotlarni kiritgandan so’ng sayt sizga arizaning ID raqami va parol beradi. Ularni hech qachon esingizdan chiqarmang va yo’qolmaydigan joyga saqlab qo’ying. Natijani ham o’sha yerda yarim soatdan ortiq bo’lmagan muddat ichida, ID raqami va parolingizni tekshirib olishingiz mumkin.

Quyidagi qiymatda davlat boji mavjud:

  • onlayn tartibda-0.9BHM
  • shaxsan tashrifda-1BHM.

BHM – bazaviy hisoblash miqdori bo’lib, hozirda (Dekabr, 2021) miqdori 270 000 so’mni tashkil etadi.

Diqqat! Esingizda bo’lsin, ustav fondini tashkil qilmasdan turib ham ro’yxatdan o’tish imkoniyati mavjud. Buni esingizdan chiqarmang!

Yangi firma davlat ro’yxatidan qanday o’tkaziladi

Firmani ro'yxatdan otkazish

Ro’yxatdan o’tishning ikki xil yo’li mavjud:

  • Yagona darcha orqali onlayn tartibda (24 soat) -hujjatlar davlat tilida PDF formatida taqdim etiladi.
  • Tadbirkorlik sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish markaziga shaxsan tashrif buyurish orqali-hujjatlar asli bilan taqdim qilinadi.

Yagona darcha orqali ro’yxatdan o’tish qoidalari

Eng asosy qoida: Ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha ma’lumotlarni elektron ko’rinishga o’zgartiring. So’ng quyidagi bosqichlarda ro’yxatdan o’tishni boshlang. 

  1. Elektron raqamli imzo olish;
  2. Login va parol olish. Ushbu video orqali yanada osonroq bo’ladi.
  3. Yagona darchaga kiring va ro’yxatdan o’ting: 

Ro’yxatdan o’tish uchun shaxsan o’zingiz borsangiz 2-7 kun, internet orqali onlayn tarzda 30 minut vaqtingizni sarflaysiz. 

Keyingi ishlar bo’yicha o’zingiz yugurmaganingiz ma’qul, sababi ko’p sarson bo’lasiz, qadrli vaqt va pulingizni, eng achinarlisi asablaringizni yo’qotishga olib keladi. Yuridik masalalarda maslahatlar beruvchi tashkilotlarga murojaat qilganingiz afzal. Ular kerakli hujjatlarni tayyorlashgach, hamma ta’sischilar tanishib chiqib imzolashi lozim.

Xulosa

Sizga qaysi yo’l qulay? Menimcha birinchi. Chunki ikkinchisi oldida bu bepul degani. Hech bir inson o’ziga ortiqcha yukni olib yurishni xohlamaydi. Tanlov esa sizning ixtiyoringiz.

Siz biror firmaning egasimiz? O’z tajribangiz bilan o’rtoqlashing.

Barchangizga omad tilayman! 

Baholashni unutmang!
( 6 assessment, average 4.83 from 5 )
Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 4
  1. +99899678

    :idea: :idea:

  2. Suhrob

    Ro’yxaxtdan o’tkazish uchun 30 daqiqa ketadiku yagona darchadayam

  3. Rozimurodov

    XK ochishda imtiyoz boladimi YaTT davlat tomonidan imtiyoz boladimi

  4. Vazira

    Assalomu aleykum xayli kech men shaxsiy firma ochmoqchiman chet eldan tavar olib kelib tikib ekspert qilmoqchiman maslahat berolasizlarmi qanaqa qilib firma ochsam qanaqa hujjatlar kerak bòladi

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: