Assalomu Aleykum uzinterbiz.com blogining, hurmatli o’quvchilari! Bugungi maqolamda siz bilan biznes reja haqida gaplashamiz. Oldingi yozilgan maqolamizdan biznes g'oyangizni tanlab olgan bo'lsangiz, g'oyangizni qanday qilib haqiqiy biznes rejaga aylantirishga oid savollaringizga ushbu maqoladan javob olasiz degan umiddaman.
Ushbu maqolada biznes g'oyasini ishonchli rejaga aylantirish imkonini beradigan bosqichma-bosqich harakatlar yig’indisini ko’rib chiqamiz va biznes-reja nima va u nima uchun kerak? Qanday qilib uni o’z qo’lingiz bilan yozishingiz va biznes reja qanday tuziladi? kabi savollarga javob va tavsiyalar beramiz.
Mavzuning oxirida esa, biznes- rejani endi yozishni boshlaganlar yo’l qo’yadigan xatolar haqida ma’lumot berib o’tamiz.
Biznes-reja nima degani?
O'z biznesini imkon qadar tezroq ochish istagida, ko'plab yangi tadbirkorlar o'zlarining harakatlari kelajakda qanday natija olib kelishini tasavvur qilmasdan turib, darhol ishni boshlab yuboradilar.
Bunday sharoitda o’z biznesingizni ochish uchun “jang maydonida” xarita rolini o'ynaydigan, mukammal biznes-rejani yozish juda muhimdir.
Biznes-reja tushunchasining ko’p vazifaliligiga qaramasdan, uni quyidagicha tasvirlash mumkin:
Biznes-reja — bu hujjat yaratuvchisi va investorlar uchun tushunarli bo'lgan qo'llanma bo'lib, u biznes tizimining mexanizmlari yordamida asosiy g'oyani moddiy dunyoda amalga oshirilishiga yordam beradi va quyidagi harakatlar asosini o’z ichiga olgan bilimlarga tayanadi:
- Hozir qayerdasiz va darajangiz qanday. Ya'ni, agar siz do'kon ochmoqchi bo'lgan yollangan ishchi bo'lsangiz, qanday mahoratga ega bo’lishingiz hamda investitsiya miqdori, qanday uskunalar, binolar, aloqalar kerak bo’lishini bilib oling;
- Bu «boy bo'lishni istayman» kabi orzular bo'lmasligi kerak. Siz biznesingizda qancha pul aylanishi, qancha foyda ko’rishingiz, bozordagi muhit qanday ekanligi haqida aniq tushunchaga ega bo’lishingiz lozim;
- Sizni, birinchi nuqtadan ikkinchisiga qanday qadamlar olib kelishini aniq belgilash va tushunish kerak. Albatta, har narsani to’liq hisoblash mumkin emas, lekin, qanday qilib harakat qilish lozimligini tushunish uchun imkon qadar aniq va batafsil ma'lumot kerak bo’ladi.
Biznes–rejaning tuzilishi
Biznes-reja murakkab tuzilishga ega. Kompaniyaning paydo bo’lgan vaqtidan to uning barqarorlik paytigacha biznes tilida va aniq tarzda yozilishi kerak. Biznes-reja har qanday tadbirkor, moliyachi va bankir, shuningdek potentsial hamkorlar uchun tushunarli bo'lishi kerak.
Diqqat! Maxfiylik to'g'risidagi memorandum biznes-reja bilan tanish bo'lgan shaxslarni, unda keltirilgan ma'lumotlarning maxfiyligi to'g'risida ogohlantirish maqsadida tuziladi. Memorandumdan nusxa ko'chirmaslik, loyihani uchinchi shaxslarga bermaslik va loyihani muallifga qaytarish kabi talablarni o’z ichiga oladi.
Biznes-reja har doim qisqa va keng ma’noli bo'lishi kerak. Odatda 30-70 sahifali bo’lishi tavsiya etiladi:
- Annotasiya – (1 — betga qadar) – rahbarlarga yozma murojaat.
- Rezyume – (1-3 bet)–biznes-reja bilan tanishish uchun asosiy ma'lumotlar.
- Biznes-reja- (45-60) — investorning mutaxassislari tomonidan loyihani batafsil o'rganish uchun ma’lumotlar.
Eslab qoling! Har qanday biznesning o'ziga xos xususiyatlari bor, shuning uchun qabul qilingan «standart» biznes- reja mavjud emas. Faqat umumiy printsip va biznes–reja yozish uchun aniq tuzilish mavjud.
Biznes- reja tuzish qoidalarini o’rganayotib albatta internetdan tayyor biznes-rejalar namunasini ko’rib chiqing.
Biznes-reja rezyumesi
Sizning biznesingiz har doim xulosa bilan boshlanishi kerak, ya'ni bu biznesdan nimalarga erishmoqchisiz? Siz uni eng oxirida yozasiz, lekin u sizning biznes rejangizning boshida turishi kerak. Rezyume- bu allaqachon yozilgan biznes-rejaning natijasidir. Bu ko'pchilik potentsial investorlarning o'qiydigan yagona bo’limidir va u quyidagilardan iborat bo’ladi:
- Biznes-rejaning maqsadi.
- Moliyaga bo'lgan ehtiyoj, ular qanday maqsadlar uchun kerak.
- Biznes va uning mijozining qisqacha tavsifi.
- Raqobatchilardan asosiy farqlar.
- Asosiy moliyaviy ko'rsatkichlar.
Biznes-reja tuzish uchun 9 qadam
- Maqsad va vazifalar.
Bu bo’limda siz g’oyangizni tahlilini keltirasiz. Biznes-rejaning kuchli va zaif tomonlarini, shuningdek mavjud tahdidlarni aniqlashtirasiz.
- G’oyani tahlil qilish.
- Faoliyatning maqsadi (nimalarga erishmoqchiligingiz haqida).
- Biznesingizning xususiyatlari.
- Mahsulot (xizmat).
Ushbu qism mutaxassis bo'lmaganlar uchun tushunarli va aniq tilda yozilishi muhimdir.
- Mahsulot yoki xizmatning tavsifi va ulardan foydalanish.
- Noyoblik
- Biznes uchun zarur bo'lgan texnologiya va malaka.
- Litsenziya / patent huquqlari.
- Bozorni tahlil qilish.
Bozor va marketing barcha kompaniyalar uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Katta hajmdagi «qo'pol» ma'lumotni oldindan yig'ish va qayta ishlashingiz kerak.
- Mijozlar.
- Raqobatchilar (ularning kuchli va zaif tomonlari).
- Bozor segmentlari.
- Bozor hajmi va uning o'sishi.
- Bozor ulushi.
- Mijozlaringizning tarkibi.
- Raqobatning ta'siri.
- Marketing rejasi.
Ushbu bosqichning asosiy vazifasi potentsial investorning ishonchini qozonishdir. Agar sizda maxsus ta'lim bo'lmasa, marketing bo'yicha qo’llanmalarni o'qib chiqing yoki mutaxassisga murojaat qiling.
- Marketing tartibi (mahsulotning asosiy xususiyatlari, xizmatlarni raqobatchilarniki bilan taqqoslash).
- Raqobatchilar (tovar narxini qanday qilib to'g'ri belgilash kerak).
- Tovarlarni tarqatish sxemasi.
- Savdoni rivojlantirish
- Ishlab chiqarish rejasi.
Bu yerda siz biznes uchun bino, uning joylashuvi, ichidagi uskunalari, xodimlari bilan bog'liq barcha masalalarni ko'rib chiqishingiz kerak:
- Binolarning joylashuvi.
- Uskunalar.
- Asosiy materiallar va uskunalarni yetkazib berish manbalari.
- Subpudratchilarni ishlatish.
- Boshqaruv xodimlari.
Investitsiyalar biznes–reja uchun emas, balki muayyan odamlar uchun amalga oshiriladi, shuning uchun ham bu bo'lim eng muhimlaridan biridir.
- Asosiy boshqaruv tarkibi.
- Xodimlar tarkibi.
- Mukofot
- Kerakli resurslarning manbalari va hajmi
Ushbu bo'limda siz quyidagilar bilan bog'liq g’oyalarni taqdim etishingiz kerak:
- Kerakli mablag'lar miqdori.
- Ularni olish manbalari, shakli, muddatlari.
- Pulni qaytarish
- Moliyaviy reja va xatarlarni tahlil qilish
Ishbilarmon odamlar raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko'radiganlar va ulardan qo'rqadiganlarga bo'linadi. Birinchi toifaga kiradiganlar uchun biznes–rejaning ushbu bo'limi, shubhasiz, eng muhimi hisoblanadi.
- Savdo hajmi, foyda, xarajat va h. k.
- Xatarlar va ularni qanday qilib oldini olish mumkin.
- Batafsil moliyaviy reja
Biznes rejangizga batafsil moliyaviy rejani kiritishingiz kerak:
- Savdo natijalarini oldindan tahlil qilish.
- Foyda va zararni baholash.
- Naqd pul oqimini tahlil qilish (har oyda birinchi yil uchun, keyin har chorakda).
- Yillik balans.
Biznes-reja tuzishda yo’l qo’yiladigan xatolar
Biznes-reja tuzishda, boshqa har qanday ishda bo'lgani kabi, xato qilish oson. Hatto yetarlicha ehtiyotkorlik bilan barcha kerakli bo’limlarni ishlab chiqib, mutaxassislarning tavsiyalariga rioya qilib va tayyor variantlarni asos qilib olgan bo’lsangiz ham, noto'g'ri yo'lga qadam qo'yishingiz mumkin. Xo'sh, bu holatda odatiy xatolar qanday bo’ladi?
Diqqatni qaratish kerak bo'lgan uch asosiy xato:
- Noto'g'ri ma'lumotlar va faktlarni to'plash, hisob-kitoblarda va yozma xulosalarda xatolar, axborot manbalarini ko’rsatmaslik;
- Konseptual xatolar. Biznesda yetarli bilimlarga ega bo’lmaslik, savdo texnologiyalarini tushunmaslik tufayli paydo bo’ladi;
- Metodik xatolar. Mukammal biznes-rejasini tuzgan bo’lsangiz ham “syurpriz” bo’lib ayni kerakmas paytda investorlar ko’ziga tushadigan mayda xatolar.
Xulosa
O'z biznesini rivojlantirishni va shu bilan birga o’zi ham rivojlanishni istagan har bir tadbirkor uchun biznes-reja juda muhimdir. Chunki, u hech bir inson qila olmaydigan juda ko'p mas'uliyatli vazifalarni bajaradi.
Xulosa sifatida biznes-reja tuzish uchun foydali maslahatlar berishni xohlardim:
- Bir nechta tayyor biznes — rejalarini o'qing.
- Biznes-reja sizning shaxsingizni aks ettirishi kerak.
- Biznes-rejani tayyorlash bu, tasavvurni ishlatishni talab qiladigan jarayon.
- Tanlagan yo'nalishingizda tajriba va ko'nikmalarga ega bo'lishingiz lozim.
- Ma’nan va jismonan charchagan paytlarda emas, balki kuchga to'la bo'lgan kunlaringizda biznes-rejani yozing.
Agar sizga maqolamiz yoqgan bo’lsa o’z fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lsangiz yozing, birga muhokama qilamiz. E’tiboringiz uchun rahmat, ishlaringizga omad!
Barcha ma'lumotlar uchun raxmat sizlarga. Minnatdorman.
Sizga foydasi tekgan bo'lsa, biz ham xursandmiz.
kerakli malumot topolmadim uzur
Qanday ma'lumot kerak edi?
Bowling ochish uchun ma'lumotlar kerak edi. Iloji bormi siz bilan ko'rishib shu masala bo'yicha gaplashishni
Salom 998061256 basseyn quripishi kere reja kere va tushuncha kere
Biznes reja tuzish tartibi haqida biror bir nusxa tashlang iltimos.
Agar biznes g'oya bo'lsa, ammo aniq ko'rsatkichlar bo'lmasa nimalarga qayta e'tibor qilmoq lozim?
Bozorda shu tovarga talab katta, lekin raqobatchi bitta markaz bor uning imkoniyatlarida aslo kamchilik bo'lmasa nima qilish kerak
Javob uchun oldindan RAHMAT
Assalomu aleykum Umidjon aka men tadbirkorlik bilan shug‘illanmoqchiman sizdan menga ozgina yordam kerak. Telegramda gaplashsak bo‘ladimi, faqat iltmos nomerin +9989456. Oldindan raxmat.
Valeykum salom. Telegramga yozing: @uzinterbiz_com
Assalomu aleykum. Men biznes reja tuzadigan shunga óxshagan xizmatlarni yòlga qòymoqchiman menga maslahat bering.
Oldindan rahmat
Valeykum salom. Taklif qilayotgan xizmatlaringizni ko'rsatib, bir saxifali sayt tuzasiz ya'ni lending page, manabunga o'xshagan: wp.uzinfobiz.ru/sayt-yaratish-kursi-onlayn Va keyin ijtimoiy tarmoqlar va boshqa joylarda reklama qilasiz.
Juda yaxshi ancha tushunchaga ega bo‘ldim
Assalomu alikum Umidjon aka men tadbirkorlikni yulga quymoqciman sizdan maslaxat suramoqchedim teligramda gaplawsak buladimi iltimos +998994048394
Valeykum salom. @uzinterbiz_com ga yozing.
Ассалому алайкум. Хозирги пайтда қолипли нон учун бизнес режада тахлилида зарар билан чиқяпти. Сабаби электр энергия нархи қиммат, ун бозор бахоси ошгани , буханка чиқариш ускуналари энергия тежамкор эмаслиги, қолипли нон учун юридик шахс сифатида рўйхатдан ўтиш асосий омил бўлмоқда. Агар шу буханка чиқаришни хозирги кун холатида соф фойда билан чиқган бизнес плани бўлса илтимос бахам кўринглар. Кредит олмоқчиман печ ва тестомес. 33 миллион сўм. Олдиндан рахмат.
assalomu alaykum menga sizning biznes reja tuzish bo'yicha maqolangiz juda ham yoqti menga shu ko'rsatgan mail pochtamga sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish bo'yicha bironta namuna yuborolmaysizmi.Agar yuborsangiz sizdan behad xursand bo'lardim
Valeykum salom. Yaxshi.
Assalom alaykum menga yordamingiz kerak kridit olip kiyim kechak magazin ochmoqchi edim kridit olish uchun biznes reja kerak adashmasam nima qilsam bo'ladi 0 boshlash uchun yo'l yoriqni o'rgatip yuborsangiz iltimos
Valeykum salom. Iltimos, maqola bo'yicha savollaringizni beringlar. Maqola, 0 dan boshlab biznes reja tuzish haqidaku. Aynan qayeriga tushunmayapsiz?
Assalom alaykum menga yordamiz kerak kridit olib oziq-ovqat dokoni ochmoqchi edim shunga kridet k.k wunga komaklawib yuboringlariltimos
Assalomu aleykum .Bu yerda yozilganlar juda yaxshi foyda berarkan.Raxmat hammaga.Arxitekturaga ,texnikaga qiziqaman .Qanday biznes qilsam bo'ladi maslahat berila,oldindan raxmat
Salom men o'z biznesimni yo'lga qo'ymoqchiman savdo va sotiqda .Shu sababli sizdan menga bir maslaxat kerak .Men o'z biznesimni qancha mablag' Bilan boshlasam bo'ladi .Bankdan qo'rqmasdan 3 yuz mileon qo'rqmasdan Bankdan olyapman.Birinchi biznesimni boshlashga bu pullar yetadimi
Valeykum salom. Biznes rejani puxta, o'ylab, hisob kitob qilib boshlashni maslahat bergan bo'lardim. Sizning reja va imkoniyatlaringizni men bilmayman. Shuning uchun ham qancha pul kredit olish olmasligingizni ham ayta olmayman.
Man szdan yordam soramoqci edim iloji bolsa 99030... wu tel nomerga telfon qiloliszm iltmos kutaman
Yaxshi, faqat sizlardan iltimos, savollaringizni shu yerda, izohlarda beringlar. Savollaringizga berilgan javoblar boshqalar uchun ham foydali bo'lishi mumkin. Yoki yana kimdir tajribalari bilan o'rtoqlashishi mumkin. Faqat o'zimiz rivojlana olmaymiz, qachonki jamiyatimiz rivojlansagizna biz rivojlanamiz.
Biznes reja qanday tuziladi? Biznes rejaning tuzilish tarkibi qanday
bergan bilimlaringiz uchun katta rahmat. O`zimning loyihalarimda bu bilimlardan anchagina foydalanyapman, natijalarim ham shunga yarasha
Salom. Ma'lumotlarning sizga foydasi tekganidan xursandman. Ishlarizga omad.
salom alaykum men yangi qurilgan uylar oldidagi bo‘sh joyni olib shu joyda musqaymoqxona ochmoqchiman. savolim men qayerga boraman kimga uchrayman shu bo‘yicha ma'lumot bersangiz
Assalomu alaykim
Assalomu alaykim bizda xozr yoshlaga kop etibor va komak berilyapti shunday ekan biz bundan unumli foydalanishimiz kerak . Xullas bizda yosh tadbirkorlar uchun yer ajratilyabdi lekin tanlov orqali berarkanlar buning uchun biznes plan bolishi kerak ekan.
Lekin xozr qistovli vaziyatda men nima qilishni qanaqa biznes plan qay soxada tuzishni bilmay qoldim
Iltimos biznes plan tuzishga yordam bervoring
Oka Man biznes pilan tuzishni boshlagandim lekin man maqsulotimni ani bozordagi narhini bilaman o`zim ishlagan soha boyich ishlamoqchiman lekin man bita joyiga chunmey qoldim hulosada nimani yozishni bilmey qoldim
Salom. Maqolaning «Biznes-reja rezyumesi» bo'limini qayta o'qib chiqing.
Assalomu alaykum meda tayyor biznes reja bor shni moliyviy ilmiy ekspertiza qilib berinlar.
Assalomu alaykum. Pechenye sexi ochmoqchi edim. Ishni asosiy qismini oʻz shaxsiy mablagʻimdan emas, kredit olib boshlashim toʻgʻrimi?
Valeykum salom. Iloji boricha kredit olmaslikni maslahat bergan bo'lardim.
Rahmat ancha yordamila tegdi ko'p ma'lumot oldim rahmat katta, omad silaga
Sizgayam raxmat. Ishlarizga omad.
assalomu alaykum man biznes ochmoqchi edim ushanga biznes rejalarni urganib chiqyaoman
Ассалому алайкум Умиджонака мен тадбиркорлик билан шугулланмокчиман маслахат бераоласизми?
Assalomu alaykum salomatmisiz? Berilgan ma'lumotlardan ancha tushunchaga ega bo'ldim rahmat, Olloh rozi bo'lsin.
Iltimosim bor edi, agar iloji bo'lsa mediaga taluqli bo'lgan biznes rejalaringiz bo'lsa o'rganmoqchi edim. Namuna sifatida, rahmat
Assalomu aleykum Umidjon aka foydali maslahatlariz va bilinlariz uchun kottakon rahmat.Men ham investorga biznes goyamni taqdim etish uchun biznes reja yozmoqchi edim.Shuning uchun siz bilan birga tursam boladimi.Biznes g'oyam ancha murakkabroq edi .Chunki ishlab chiqarish sohsida emas .kamiga 10 20 yillik bolishi kerak.Shuning uchun birga ishlasak degandim. Pulini kelishamiz.Javobizni kutaman.Javob uchun oldindan rahmat
Valeykum salom Durdona. Taklifingiz uchun raxmat albatta, lekin uzr, o'zimning ishlarim juda ko'p, ulgira olmayapman.
Assalomu aleykum Umidjon aka. Foydali ma'lumotlaringiz uchun kattakon raxmat. Mening bir taklif ham iltimosim bor edi. Bilasiz ishlariz koʻpaygani sari ularga ulgurish juda qiyin boʻlib ketadi. Sizga shogirt boʻlmoqchiman. Iltimos bu taklifimni oʻylab koʻring. Siz bilan yana qanday bogʻlansam boʻladi?
Valeykum salom. @uzinterbiz_com telegram kanalimizga yozing!
Assalomu alaykum! Iltimos dehqonchasiga tushuntirishda davom etavering. Rahmat
Assalom alaykum Umid aka shuncha yozgan bilimlar uchun katta raxmat manga yunishim buyicha tushuncha berishingiz kerak
malumot ucun raxmat.
Biznes haqida va yana biznes loyihalar boyica koproq malumot bersangiz yaxwi bolardi?
Asalomu alekum
Men Lazerli metal kesish ishini yolga qoymoqchiman. Shu soha boyicha Rosiyada ishlayman Lazerli metal kesma uskunalariga chizim beraman, shu ishimni Özbekistonda davom etirmoqchiman shu yonalish boyicha biznes reja tuzmoqchiman.
agar iloji bolsa menga namuna sifatida tayyor biznes reja bera olasizmi unga kora toldirmoqchiman biznes rejani. Va sizdan qolizdan kesa yordam berishizni sorab qolamn.
Javob kutaman. Oldindan rahma