Humo plastik kartasini qanday olish va foydalanish mumkin

HumoCard kartasiga buyurtma berish

Salom do’stlar! Bugungi kunda, hech qanday ovoragarchiliklarsiz pul o’tkazmalarini bajarish juda osonlashib boryapti. Shuningdek, bunday amallarni bajarish uchun turli xil plastik kartalari ham ko’payib boryapti. Bugungi maqolamda, ana shulardan biri humo plastik kartasini ochish haqida ma’lumot beraman.

Siz humo kartasini qanday ochish, undan qanday foydalanish va infokiosk, bankomat, terminallar orqali qanday qilib SMS-xabarnomani yoqish va boshqa ma’lumotlarga ega bo’lasiz. A, VIZA xalqaro plastik kartasi haqidagi ma’lumotlarni bu yerda o’qishingiz mumkin.

Demak boshladik…..

Pul ishlash turlari haqidagi maqolalar

Humo – plastik kartasi haqida

“HumoCard” –  O’znekistonda va xorijda turib operatsiyalarni amalga oshirishga mo’ljallangan bo’lib, O’zbekiston to’lov tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Humo plastik kartasi

Ustunlik tomonlari:

  • Hisob-kitob jarayonida vaqtni tejash
  • Katta hajmdagi mablag’larni o’zi bilan olib yurish ehtiyoji yo’qligi
  • Pul mablag’ining havfsizligi

Qanday o’tkazmalarni amalga oshirish mumkin:

  • Tovar va xizmatlar uchun shaxsan yoki internet orqali to’lashingiz, bunda “Humo” to’lov tizimining sodiqlik servisi hamkorlaridan xaridlar uchun 20 foizgacha mukofot puli (keshbek) olishingiz;
  • Transportda yo’lkirani osonlik bilan to’lashingiz;
  • Nafaqa yoki stipendiyani olishingiz va ularni kartadagi qoldiq hisobiga oshirishingiz;
  • Davlat organlari saytlarida identifikatsiya qilish uchun foydalanishingiz;

Va hokazolarni amalga oshirishingiz mumkin.

Plastik karta saqlaydigan ma’lumotlar:

  1. Plastik karta egasining ismi va familiyasi
  2. Yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning rasmiy nomi – agarda karta yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli bo’lsa
  3. Plastik kartaning shaxsiy raqami
  4. Plastik karta emitentining to’liq nomi
  5. Emitent bankning logotipi va Humo logotipi
  6. Plastik kartaning amal qilish muddati

Humo kartani online tarzda ochish mumkinmi

Hozirgi kunda plastik karta ochish uchun bank filliallariga borish shart emas. Chunki, bank internet saytlari orqali karta ochishning oson usullari yaratildi. Endilikda bankka borish, u yerda navbat kutish va turli xil asabbuzarliklarga hojat yo’q.

Online karta ochishning qulayliklari: vaqtingizni tejaydi, ortiqcha ovora bo’lmaysiz. Faqatgina sayt orqali ariza qoldirasiz va oz fursatdan so’ng kartangiz tayyor bo’ladi.

Buning uchun kerakli hujjatlar:

  • Karta hisob raqami ochish uchun ariza;
  • Plastik kartadan foydalanish bo’yicha shartnoma;
  • Passport nusxasi.

Humo plastik kartasini rasmiylashtirish uchun siz eng avvalo, o’zingizga qulay bankni tanglang. Tanlagan bankingizning rasmiy saytiga tashrif buyuring. Misol uchun www.hamkorbank.uz saytiga kiring. Karta ochishni tanlang va ariza qoldiring.

Aytgancha, hamkorbank orqali karta ochish atigi 10 000 so’mni tashkil qilar ekan (2021 yil). Bundan tashqari bu bankda xalqaro visa card classik kartasini ham xuddi shu narxda olishingiz mumkin ekan.

Humo plastik kartasini ochish haqida

Humo kartani rasmiylashtirish tugmasini bosasiz:

Humo plastik kartasiga buyurtma berish

Rasmiylashtirish tugmasini bosganingizdan so’ng, quyidagi oyna hosil bo’ladi:

Humo kartasi uchun malunotlar kiritish

Bu yerga o’zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni BEXATO yozishingiz shart. Aks holda, karta olishda turli muammolarga duch kelishingiz mumkin. Yuqoridagi oynani ketma-ketlikda to’ldirasiz va 2-3 kundan so’ng sizga kartangiz tayyorligi haqida xabar berishadi.

Xabarni olgach karta ochgan bankizngizning fillialiga borib, kartani olishingiz mumkin.

SMS- xabarnoma qanday yoqiladi

SMS – xabarnoma ikki yo’l bilan yoqiladi:

Birinchisi – SMS-xabarnoma xizmatini ulash uchun, abonent karta ochish paytida bank xodimlariga xabar berish yoki karta olingan bo’lsa xizmat ko’rsatuvchi bankka tashrif buyurib o’z mobil raqamini aytish kerak bo’ladi.

Ikkinchisi – Siz SMS-xabarnomani o’zingiz istagan terminal, bankomat va infokiosk yordamida ham yoqishingiz mumkin.

Quyida SMS-xabarnomani infokioskda yoqib, telefonga ulashni tartibi:

  1. Kartani qabul qilgichga tiqasiz va kerakli tilni tanlaysiz:
Kartani qabul qilish mashinasi
  1. Kartangizni PIN-kodini kiritasiz:
Karta pin kodini kiritish
  1. Asosiy menyuda “SMS-xabarnoma” xizmatini tanlaysiz:
Asosiy menudan tanlash
  1. Quyidagidek SMS-xabarnoma xizmatini yoqasiz:
SMS xabarnomani yoqish
  1. SMS-xabar kelishi kerak bo’lgan telefon raqamni xalqaro formatda “+” belgisisiz yozing va “Далее” tugmasini bossangiz sms xabarnoma yoqildi hisob.
Telefon raqamini kiritish

SMS-xabarnoma xizmati – pullik bo’lib, xizmat haqqi telefon balansidan yechib olinadi. Xizmat litsenziyalangan bo’lib, “IBS” MCHJ content – provayderi tomonidan taqdim etilgan.

Humo Card plastik kartasiga chet ellardan ham pul o’tkazish mumkin.

Manashunday qilib Humo kartasini olishingiz mumkin. Tushunmagan savollaringiz bo’lsa, izohlarda qoldiring, albatta javob beramiz. Xayr salomat bo’ling!

Baholashni unutmang!
( 2 assessment, average 5 from 5 )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 4
  1. Qobil Obidov

    Humo kartalari uchun SMS xizmatini yoqish faqat bank odimlafi orqali amalga oshiriladi. Bankomatda bu xizmatni yoqa olmaysiz

    1. Jasur

      986008036497 shu kartani sms xabar nomasin yoqishi kerak 99890180raqamiga

  2. Sirojiddin

    Humo crtasi orqali chet ellarga ham pul o‘tkassa bo‘ladimi

  3. sayidislom

    :x :x

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: