Brauzer nima degani va qanday turlari mavjud. Uni qanday tanlash kerak

Brauzerlar

Assalomu alekum!

Bugungi kunda, har kim har-xil brauzerlardan foydalanishi sizga ma’lum bo’lsa kerak. Qiziqarlisi shundaki, ko’pchiligimiz bu foydalanayotgan brauzerimiz haqida ma’lumotga ega emasmiz. Ayrimlar esa undan nima maqsadda foydalanish kerakligini ham tushunishmaydi.

Shuning uchun bugungi maqolani brauzerlar haqida yozishga qaror qildim. Brauzerlarning eng mashhurlari va ularning vazifalari haqida aytib o’taman. Ularning qaysi biri ishlatish uchun qulayligini va foydali ekanligini bilib olasiz. Shunday ekan, maqolani diqqat bilan o’qing, balki bu maqoladan so’ng brauzeringizni o’zgartirishga qaror qilarsiz.

  Masofadan turib ishlash uchun qo’llanmalar

Brauzer degani nima o’zi

Brauzerlar

Butunjahon tarmog’iga ulanish uchun, uning haqiqiy jismoniy ulanishi bilan bir qatorda sevimli veb-saytlar va ulardagi sahifalarni qulay ko’rib chiqishga imkon beruvchi maxsus dastur kerak bo’ladi. Bunday dasturlarga brauzerlar deyiladi.

Brauzer – bu Internetga kirish uchun ishlatiladigan dastur. Web-saytlarga kirish va ular ichida maqolalar o’qish, multimedia ko’rish, bir saytdan boshqasiga bog’lanish, bir sahifadan boshqasiga kirish, chop etish, elektron xabarlarni yuborish va qabul qilish va boshqa amallarni bajarish imkonini beradi.

Brauzerlarning qisqacha tarixi

Birinchi bo’lib eng ko’p tarqalgan brauzer Mosaic bo’lgan. Undan keyin Netscape Navigator brauzeri yetakchilik qilgan. 1995-yili Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet Explorer brauzerini chiqarish orqali  Netscape Navigatorning yetakchiligiga juda katta xavf soldi. Oz fursatdan so’ng, Netscape Navigator foydalanuvchilar nazaridan qolib ketdi.

Brauzerlar haqida

Internet Explorer esa 95% ulush bilan dunyoda keng tarqalgan brauzerga aylandi. Netscape Navigator kodini ommaga havola qilganidan so’ng, u asosida Mozilla va Mozilla Firefox brauzerlari yaratildi. Hozirda esa foydalanish uchun juda ko’p alternativ brauzerlar ommalashib ketdi. Shunday brauzerlarning qisqacha tariflarini keltirib o’taman.

Google haqida

Google – qidiruv tizimi hisoblanadi. Qidiruv tizimi bu – foydalanuvchilar o’ziga kerakli bo’lgan matnni kiritishadi va shu asosida qidiruv sistemalari foydalanuvchi yozgan matn uchragan saytlar ro’yxatini ko’rsatib beradi.

Bu juda qulay tizim hisoblanib, barcha yoshdagi foydalanuvchilar uchun tegishli va barcha tillarda kerakli ma’lumotlarni topishga imkon beradi. Albatta, bu ma’lumotlar internet tarmog’iga kiritilgan bo’lishi lozim.

Qidiruv sistemalari internet tarmog’iga kiritilgan va qidiruv tizimlari ro’yxatidan o’tgan saytlar ichidan kerakli axborotlarni qidiradi.

Bunday tizimlar juda ko’p. Bularga: Google, Yandex, MailRu, Yaho va boshqalar kiradi.

Opera brauzeri

Opera brauzeri haqida

Opera – Norvegiyada joylashgan Opera Software kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan veb brauzer va Internet dasturlari paketi. Opera veb-saytni ko’rish, e-mail yozish va qabul qilish, kontaktlar bilan ishlash, IRC onlayn chatlar, fayllarni yuklab olish kabi internet bilan bog’liq barcha vazifalarni bajaradi.

Bu dasturni shaxsiy kompyuter va mobil telefonlarga mutloqo bepul yuklab o’rnatish mumkin. Ammo, boshqa qurilmalarga o’rnatish uchun ma’lum bir qiymatda pul to’lashga to’g’ri keladi.

Opera Microsoft Windows, Mac OS, Linux, FreeBSD kabi turli shaxsiy kompyuter operatsion sistemalarida ishlaydi. Ishlatilishining kengligi hozirgi kunda Internet Explorer, Firefox, va Safaridan keyingi 4-o’rinda turadi.

Chrome brauzeri

Xrom brauzeri

Chrome brauzeri ochiq manbali chromium loyihasiga asoslangan. Chrome Google kompaniyasi maxsuloti hisoblanadi. 2008-yilda ishlab chiqilgan va yiliga bir nechta yangilanishlarni amalga oshiradi.

Ushbu brauzerning eng muhim afzalligi uning tezligi. Brauzerning ba’zi kengaytmalari rus tiliga tarjima qilingan. Kengaytmalar bilan ishlash uchun brauzerni qayta ishga tushirmasangiz ham bo’laveradi.

Google Chrome sinxronlashtirish kabi ajoyib xususiyatga ega, ya’ni bir qurilmada saqlab qo’ygan ma’lumotlaringizdan boshqa qurilmalaringizda ham foydalanishingiz mumkin. Boshqa brauzerlarda bo’lgani kabi, Google Chromeda ham ba’zi kamchiliklarni uchratish mumkin. Lekin bu kamchiliklar ishingizga hech qanday tasir ko’rsatmaydi, chunki men o’zim shu brauzerdan ancha yillardan buyon foydalanaman, biror marta ham noqulaylik sezmadim.

Yandex brauzeri

Yandex – Rossiyada eng mashhur internet qidiruv sistemasi hamda katta internet portal. Yandex.ru kompaniyasining sayti, 1997-yilning kuzida ochilgan.

Yandex brauzeri

Yandex brauzeri RuNet-ning ish stoli kompyuteri bozorida ikkinchi o’rinni egallaydi. 2019-yil dekabr holatiga ko’ra RuNet-dagi barcha qurilmalar orasida brauzer ulushi 20,05% ni tashkil etadi.

Yandex Internet bo’yicha dokumentlarni o’zbek, rus, ukrain, qozoq, belarus, ingliz va fransuz tillarida taqdim qiladigan brauzer hisoblanadi.

Ushbu brauzerda tez ishlashingiz uchuh barcha kerakli piktogrammalar ishchi panelda bo’ladi. Shuning uchun bu brauzer ham siz uchun qulaylikni ta’minlaydi.

Mozilla Firefox brauzeri

Mozilla Firefox ilgari Phoenix va Firebird nomlari bilan mashhur. Mashhurlik bo’yicha dunyoda ikkinchi va ochiq manbalik brauzerlar ichida birinchi o’rindadir.

Firefox brauzeri

Firefox – eng yaxshi tanlov. Ko’p foydalanuvchilar ushbu brauzerni qadrlashadi. Firefox brauzerini yaratuvchisi Mozilla Engil, ishonchli  va dasturiy ta’minotdan foydalanishda osonlik bilan mijozlarning to’liq ishonchiga erishdi.

Bu brauzer eng tezkor qilish uchun qilingan barcha urinishlarga qaramay, Firefox hali ham Chrome brauzeridan sekinroq ishlaydi. Buning afzallik tomonlari uning boy funksiyasi deyish mumkin.

Ushbu mahsulotning kodi ochiq, shuning uchun brauzerda sizdan har qanday vazifalarni hal qilishga imkon beruvchi juda ko’p sonli qo’shimchalar mavjud. Bundan tashqari, maxsus fon rasmlari va mavzular yordamida interfeys, ichki oynalar va xatcho’plar uchun plugin sozlamalari yordamida siz brauzerning ko’rinishi o’zingizning xohishingizga qarab o’zgartirishingiz mumkin.

Agar sizda bu brauzerni yuklash xohishi bo’lsa, uni smartfonigiz uchun: Play Market ilovasidan, kompyuteringiz uchun esa www.mozilla.org saytidan bepul yuklab olishingiz mumkin.

Xulosa

O’ylaymanki, siz brauzerlar haqida kerakli tushunchalarga ega bo’ldingiz. Bu maqoladan siz o’zingizni qiziqtirgan savollarga javob topgan bo’lsangiz, juda hursandman.

Bugungi maqolam ham o’z nihoyasiga yetdi. Maqola foydali bo’lsa, do’stlaringizga ham ulashing. Xayr do’stlar, salomat bo’linglar.

Baholashni unutmang!
( 13 assessment, average 4 from 5 )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 1
  1. Malika

    :| :| :| :| :|

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: