Powerpoint dasturi qanday dastur va bizga nima uchun kerak. Unda ishlashni nimadan boshlash kerak

Poverpoint haqida malumot

Salom do’stlar! Bugungi maqolamiz Microsoft Office Powerpoint dasturida ishlashni o’rganish haqida bo’ladi.

Texnologiya rivojlangani sari, talablar, istaklar ham yangicha tus olib borayapdi. Texnologiya asri bo’lgan XXI asrning beshdan birini yashab qo’yibmizu, lekin haligacha bizda biror ish topish va ishga yoylashish uchun pasport va diplom talab etiladi.

Hozirda chet ellardagi katta katta kompaniyalar ishga joylashish uchun qo’lida diplomi bilan borgan ish qidiruvchilarga «Diplomingni uyingda sandig’ingga qo’yib qo’y» mana senga ikki oy muhlat (taxminan), bizga nimani qoyil qilib berasan, agar qoyil qilsang birga ishlashamiz, qoyil qila olmasang «dos i dos» (dosvidaniya) deyishayapdi, ya’ni xayrlashamiz deyishayapdi.

Bu bilan nima demoqchiman. Ko’zni ochaylik, diplom emas, o’zimizni, ya’ni ishimizni ko’rsatishni o’rganaylik. Buning uchun esa, yangi texnologiyalardan foydalanishni o’rganishimiz kerak. Oddiy bir hujjat bilan yuqori mavqelik ishlarga kira olmaymiz. Chunki, yaxshi ishga kirish uchun, o’zingizning iqtidoringizni nomoish qilib berishingiz kerak. Misol uchun, siz tarjimai holingizni qo’lyozma yoki referat qilib yozib berishingiz ham mumkin, lekin bunga hozirgi boshliqlar qiziqmay qo’yishgan.

O’z iqtidorimizni nomoish qilish uchun esa, Microsoft Powerpoint dasturi juda qo’l keladi. Bu dastur orqali inson juda qulay va to’laqonli o’zini namoyon qila oladi. Ish beruvchi uchun qiziqarli bo’lishi va o’zingizning butun qobiliyatlaringizni ko’rsatish uchun ham bu dasturdan foydalanishni o’rganishni tavsiya qilaman. Bu maqolada Powerpoint dasturi haqida kerakli ma’lumot, taqdimot qilish va taqdimotingiz barchaga ma’qul bo’lishi uchun foydali maslahatlar va amaliy mashg’ulotlar o’tkazamiz.

Internetda ishlashni endi boshlaganlar uchun qo’llanmalar

Powerpoint haqida  

Powerpoint – bu taqdimotni qo’llab-quvvatlash uchun slaydlar yaratish va namoyish qilish imkonini beradigan kompyuter dasturi. Professional darajadagi taqdimotlaringizni yaratish uchun siz matn, grafika va multimediyalar tarkibini birlashtira olasiz.

Amaliy mashg’ulot

Xo’sh, Powerpoint dasturida ishlashni o’rganish uchun nima qilish kerak…

Yuqoridagi ma’lumotlarni o’qib, bu dastur haqida o’zingizda umumiy ko’nikma hosil qilib oldingiz degan fikrdaman. Amaliy mashg’ulot o’qiganlaringizni yaxshilab o’rganishga yordam beradi. Agar siz Word kabi dasturlardan foydalanishni bilsangiz, bu siz uchun o’gir kechmaydi. Agar Wordda ham ishlashni bilmasangiz Microsoft Office Word haqidagi maqolamizni mana bu yerni bosib, o’qib o’rganishingiz mumkin.

Demak boshladik. Bu dasturda ishlashni boshlash uchun eng sodda usuldan foydalanamiz:

  1. Powerpoint dasturiga kirasiz, qarshingizda quyidagi oyna paydo bo’ladi:
Dasturning ko'rinishi
  1. Yuqoridagi 1-strelka bilan ko’rsatilgan joyga loyihaning mavzusini, ya’ni sarlavhasini. 2-strelkaga esa mavzu haqida ma’lumotlarni kiritasiz;
  2. Bularni qilib bo’lgan bo’lsangiz, endi loyihaga animatsiya qo’shasiz pastdagi rasmdagidek:
Loyihaga animatsiya qo'shish
  1. Pastdagi ma’lumotlarga ham huddi shunday usulda, o’zingiz xohlagan animatsiyani qo’shishingiz mumkin;
  2. Animatsiyalarni qo’shgan bo’lsangiz, dasturni ishga tushirish uchun F5 ni bosing yoki pastdagi rasmdagidek amalni bajaring:
Dasturni ishga tushirish tugmasi

Dasturda ishlashni boshlab oldingiz. Bu qanday betakror chiqishi o’zingizning fantaziyangizga bog’liq.

Powerpoint butun dunyoda keng qo’llaniladi, shuning uchun uni ishlatishni o’rganishga arziydi. Bu kuchli visual ta’sirga ega, yaxshi tuzilgan prezentatsiyalarni yaratishda kuchli vosita hisoblanadi. Biroq, noto’g’ri foydalanish sizning taqdimotingizga xalaqit berishi mumkin.

Ushbu qo’llanmada keltirilgan ko’rsatmalarga amal qilish sizning powerpointdan taqdimotingizni qo’llab-quvvatlash va tinglovchilarni jalb qilish uchun samarali foydalanishingizga yordam beradi.

Asosiysi boshlab oldingiz. O’z ustingizda ko’proq ishlang va yaxshiroq natijani qo’lga kiriting.

Taqdimotga tayyorgarlik 

Bu ishni boshlashingizdan oldin siz bu taqdimotingiz uchun powerpointdan foydalanishingiz kerakmi yoki yo’q bilib olishingiz kerak. Ushbu qaror sizning taqdimot o’tkazadigan joyni, jihozlarning mavjudligini, vaqtni va tinglovchilarning talablarini inobatga olishingiz kerak.

Bu dasturdan foydalanasizmi yoki yo’qmi, loyihangiz ko’ngildagidek o’tishi uchun puxta rejalashtirilgan ssenariy  bo’lishi kerak.

Taqdimot qilish

Powerpointda taqdimot qilishni o’rganish sizning ish qobiliyatingizni oshiradi, chunki bu dunyodagi eng mashhur taqdimot dasturi. Yaxshi ishlangan slaydlar taqdimotingizning aniqligini oshirishi va sizga xabaringizni tasvirlash va tinglovchilarni jalb qilishda yordam berishi mumkin.

Quyida beriladigan strategiyalar har qanday taqdimotda Powerpointdan samarali foydalanishga yordam beradi:

  • Taqdimotingizni tuzing;
  • Professioanal va izchil formatni yarating;
  • Taqdimotingizni mazmunini yorituvchi fon bilan ta’minlang;
  • Odamlarga visual ta’sirni kuchaytirish uchun slaydlaringizni jonlantiring.

Qarabsizki, siz boshliqlarda o’zgacha taassurot qoldirasiz. Tez kunlarda ishga taklif qilish ehtimoli yuqori bo’ladi. Yuqoridagi tavsiyalardan foydalanib, yozgan prezentatsiyangizni har doim mukammalashtirib boring va biror ishga kirganingizdan keyin ham yo’qolmaydigan joyga saqlab qo’ying. Chunki, kirgan ishingizda har xil holatlar bo’lishi mumkin, masalan, oylik, munosabat va hokazolar sizni qoniqtirmay qolishi mumkin, bukungi sharoitda har xil holatga tayyor bo’lishingiz kerak. Shunday holatlarga bu prezentatsiyangiz yana ish beradi.

Albatta, men sizning birinchi ishingizni topishda adashmasligingizni istagan bo’lardim, ammo hayotdagi tajribalarimizdan kelib chiqadigan bo’lsak, hayot zarbalariga har doim tayyor bo’lishimiz kerak.

Xulosa

O’ylaymanki, bugungi maqolada powerpoint haqida tushunchaga ega bo’ldingiz. Agar savollar tug’ilsa, kommentariya qoldiring. Ko’rib chiqib, javob beraman. Siz o’zingizga ishonsangiz, xohlagan kompaniyaga ishga kira olishingiz mumkin.

Yana sizlar uchun qiziqarli ma’lumotlarni chop etishda davom etaman. Bulardan boxabar bo’lish uchun blok yangiliklariga obuna bo’ling. Maqola foydali bo’lsa, ijtimoiy tarmoq orqali do’stlaringizga ulashsangiz, hursand bo’laman. Bizni kuzatishda davom eting. Xayr do’stlar.

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: