Biznes qilish uchun, g’oyani qayerdan olish mumkin. Bir necha omadli g’oyalar namunalari

Biznes g'oya izlash

Assalomu Aleykum blogimizning  hurmatli o’quvchilari hamda mehmonlari! Bugun siz bilan hozirgi paytda dolzarb mavzu bo’lgan biznes g’oyalar haqida gaplashamiz.

Oramizda tadbirkorlikga birinchi  qadamlarini qo’yishga jur’at eta olmasdan, bir joyda qimirlamay turganlar juda ko’p. Buning sababi, muvaffaqiyat va barqaror daromad keltiradigan g’oyaning yo’qligidadir.

Quyida qanday qilib biznes uchun g’oya topishni va uni aniq natijalarga olib kelishni o’rgatishga harakat qilaman.

Muvaffaqiyatga qaratilgan g’oya vaqtinchalik bo’lishi mumkin emas – u bizni hayolimizni to’liq egallaydi, fikrimiz va harakatlarimizni o’ziga bo’ysundiradi, uni amalga oshirish yo’llarini izlashga yordam beradi.

Biznesni yangi boshlayotganlar uchun qo’llanmalar

Biznes g’oya qanday paydo bo’ladi

Biznes g'oyaning paydo bo'lishi

Biznesni rivojlantirish bo’yicha mutaxassislar, – o’zlarining sevimli mashg’ulotlarini biznesining asosi sifatida qabul qilgan tadbirkorlar, eng muvaffaqiyatli biznes egalari deya ta’kidlashadi.

Bundan tashqari, ruhshunoslar ham, o’z sevgan ishi bilan shug’ullangan va daromad olgan odamlar o’zlarini baxtli his qilishini va aksincha, o’zi yoqtirmagan mashg’ulot bilan shug’ullanganlar, ishidan qoniqmaydilar va bu biznesni kasotga uchrashiga olib kelishi mumkinligini aytadilar.

Qalbingizga quloq soling, o’zingizga  yoqadigan faoliyat turini toping. Ijobiy his-tuyg’ular loyihangizni boshlash uchun qo’shimcha turtki bo’ladi. Ehtimol, hobbiyingiz  kasbingizga  aylanib , barqaror daromad keltirishni boshlar.

Ammo orzu-hayollarga ko’pam berilavarmang-  o’z g’oyalaringiz bilan yaqinlaringiz, do’stlaringiz va  shunchaki tanishlaringiz bilan bo’lishing va ularning fikrlarini ham eshitib ko’ring.

Bo’lajak biznesingizning asosiy uchta tarkibiy qismi nimalardan iborat bo’lishi kerak?

Biznes g'oyaning tarkibiy qismlari nimalardan iborat bo'lishi kerak

Endi esa, biznes g’oyalarni tahlil qilishning oson va qulay yo’lini ko’rib chiqamiz. Qog’oz varag’ida sizni qiziqtiradigan faoliyat turlarini sanab o’tishga harakat qiling va har kuni ularga 10-12 soatlik ish vaqtingizni ajrating. Ular orasida yaxshi foyda keltiradiganlaridan  birini tanlang va o’zingizning biznes g’oyangizni amalga oshirishni boshlang.

Loyihani amalga oshirishni boshlayotib, kelajakdagi biznesingizning uchta tarkibiy qismini tahlil qiling: «qila olaman – xohlayman – qilishim shart» va quyidagi savollarga javob bering:

  • Mening qobiliyatlarimni amalda qo’llash uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
  • Bu ishni professional tarzda qilishni xohlaymanmi?
  • Bozor mening taklifimni qanday qabul qiladi va bu boshqalarga qiziq bo’ladimi?

Hozirgi kunda , boshqa odamlarning talablariga javob berish uchun, ajoyib g’oyalarning va qiziqishning o’zi  yetarli emas. Har doim, havaskor professionalga yutqazadi. Tanlangan faoliyat sohasida bilimingizni oshirishga harakat qiling; agar kerak bo’lsa, qo’shimcha mashg’ulotlarga qatnashing, o’z mahoratingizni doimo oshirib boring.

Quyida, masofadan turib o’qishingiz, o’z bilimlaringizni oshirishlaringiz uchun bir nechta onlayn Universitetlar ro’yxatini keltiraman. Bu Universitetlarda uyingizdan chiqmay turib, internet orqali, xohlagan mutaxasistlikga o’qishingiz va Diplom olishingiz mumkin:

Universityu for Business

  1. [mask_link]Universityu for Business[/mask_link]– bu Universitetda, marketing va reklamadan tortib, ovqat pishirishga doir bilimlargacha o’rganishingiz mumkin. 
  2. Business Akademy– 16 ta fakultetdan istaganingizni tanlab, o’qib, Davlat Diplomiga ega bo’lishingiz mumkin. 
  3. Специалист.Ru– N. E. Bauman nomidagi Moskva Davlat Texnika Universiteti. Turli yo’nalishdagi bilim va Diplomlarga ega bo’lasiz. 
  4. CЕКРЕТЫ БИЗНЕСА ДЛЯ НОВИЧКОВ– biznesni yo’lga qo’yish bo’yicha kerakli bilimlarga ega bo’lishingiz mumkin. Yangi boshlayotganlar uchun bepul o’quv kurslari ham mavjud. 
  5. Би – план- tayyor biznes rejalar to’plami. Xohlagan yo’nalish bo’yicha tayyor biznes rejalarni topishingiz mumkin. 

Biznes g’oya uchun ilhom izlaydigan eng yaxshi 5 ta joy

Biznes g'oyani qayerdan izlash kerak

Biznes uchun g’oyalar to’plamini topish unchalik oson emas, lekin, diqqat qilsangiz unchalik qiyin ham emas, masalan:

  1. Sizning telefoningiz
    Dunyoni yuqori texnologiyalar boshqarayotgan bir paytda,  mobil ilovalarsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. Chunki, ular eng dolzarb kundalik vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
    Maqsadli auditoriyani tanlang (to’lov qobiliyatiga egasini albatta), uning ehtiyojlari va muammolarini tahlil qiling, ushbu guruh foydalanuvchilari uchun zarur bo’lgan dasturni ishlab chiqing (mutaxassislarning xizmatlaridan foydalaning) – bu biznes uchun g’oyani noldan topishning eng oson usuli.
  2. Yandex va Google qidiruv tizimlari
    G’oya qidirishning boshqa zamonaviy yo’li – bu Google, Yandex va boshqa qidiruv tizimlaridir.

    Maslahat! Agar biznes-g’oyaning maqsadga muvofiqligiga shubha tug’ilsa, Wordstat Yandex xizmatidan foydalaning. Uning yordamida so’rovlar sonini kuzatib borishingiz va g’oyangiz foydalanuvchilarda qanday qiziqish uyg’atayotganini tushunishingiz mumkin.

  3. Odnoklassniki, Facebook, Instagram 
    Albatta, sizning do’stlaringiz orasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydigani bo’lmasa kerak.
    U yerda do’stlaringiz va tanishlaringiz o’zlarining yutuqlari va mag’lubiyatlarini baham ko’rishadi, maslahat so’rashadi yoki muammolarni hal qilishadi. Ularning postlari va statuslari dastlabki tahlil uchun foydali ma’lumotlar omboridir. Muammoni hal qilishning umumiy yechimini taklif qila olasizmi? Unda, olg’a!
  4. O’z uyingiz
    Bizning uyimiz qulaylik orolidir, u yerda  eng yaqin odamlar bilan ko’p vaqt o’tkazamiz. Hamma uydagi sharoiti qulay bo’lishini xohlaydi, lekin uyda ko’pgina kundalik muammolarga duch kelamiz. Bu boshqalar hayotida ham ro’y berishini o’ylab ko’ring, bu qanday muammolar bo’lishi mumkin? Agar siz, bu muammolar yechimini bilsangiz, unda marra sizniki.
    Kichik ta’mirlash  ishlari, sanitariya texnikasi ishlari, xonadonni tozalash , mebelni quruq tozalash yoki boshqa narsalarmi. Kelajakdagi mijozlaringizga nimani taklif qilishingiz mumkinligi haqida o’ylang.
    O’zingiz yashab turgan hududda sayr qilib, qulaylik uchun nimalar yetishmayotganligi haqida o’ylang.
    Ushbu ko’chada kafe ochish, savdo markazi yonidagi poyafzallarni ta’mirlash, maktab yonidagi bolalar klubi va fitness markazi, park yaqinidagi sport jihozlarini ijaraga berish … Va boshqa ko’plab g’oyalar!
  5. Ish joyingiz
    Odatda, hamkasblaringiz siz bilan bir xil daromad va umumiy manfaatlarga ega bo’ladi. Ba’zan shunchaki suhbat davomida kimdir uy ishlariga yoki, qariya qarindoshi uchun hamshiraga muhtojligini, kimdir bola uchun repetitorni qidirayotganini va kimdir dam olish kunida ishni tugatish uchun sherigga muhtojligini bilib olishingiz mumkin.

Tayyor biznes g’oya namunalari

Tayyor biznes g'oyalar

Elektron e’lon taxtalari yordamida narsalarni sotish.

 G’oyaning mohiyati quyidagicha: siz o’z narsalaringizni ko’rib chiqasiz va keraksizlarini topasiz. Shundan so’ng, ularni suratga olib, maxsus saytlarda sotish e’lonlarini joylashtirasiz.

Boshqa odamlar tomonidan talab qilinishi mumkin bo’lgan tovarlarni qayta sotish uchun sarmoyasiz biznes, bugungi kunda mashhurlikning cho’qqisida. Odamlar yangi narsalar uchun ortiqcha pul sarflagandan  ko’ra, eski narsalarni arzon narxlarda sotib olishni tanlashmoqda.

Bu, ayniqsa, bolalar uchun tovarlar, go’daklar, maktab o’quvchilari uchun maxsulotlar, shuningdek, uy mebellari, idishlar va boshqa narsalar uchun to’g’ri keladi.

Sarmoyasiz qo’l mehnati xizmatlari.

Agar sizda ma’lum qobiliyatlar mavjud bo’lsa (masalan, siz maishiy texnikani tushunsangiz va uni tuzata olsangiz, sanitariya texnikasi bilan tanish bo’lsangiz, og’ir narsalarni ko’tarolsangiz), unda siz o’z xizmatingizni odamlarga taklif qilishingiz mumkin.

Odamning hayoti shunday tuzilganki, ba’zan unga yordam kerak bo’ladi. Masalan, ayollar o’g’ir yuklarni ko’tara olmaydilar, shunda yuk tashuvchilar yordamga keladi. Har bir erkak kishi ham elektr yoki, qurilish ishlarini mustaqil ravishda bajara olmaydi. Aynan shu kabi muammolarni hal qilish uchun maxsus xizmatlarni ko’rsatuvchi firmalar bor. Bunday biznes boshlang’ich sarmoyani talab qilmaydi, ammo katta daromad keltirishi mumkin.

To’y makiyaji ustasi, sartarosh

Bu biznes sartaroshlik yoki makiyaj san’atida noyob mahoratga yoki tabiiy iste’dodga ega bo’lganlar yoki sartarosh va makiyaj bo’yicha mutaxassislik kurslarini tugatganlar uchun to’g’ri keladi.

Kelin har qanday to’yning bezagidir. Shuning uchun, uning makiyaji va soch turmagi yuqori darajada bo’lishi kerak. Faqatgina professionallar sifatli makiyaj va soch turmagini qilishlari mumkin. To’y mavsumida sartaroshlar va vizajistlarning  bo’sh vaqti bo’lmaydi. Ko’pincha, kelindan tashqari, uning onasi va dugonalarining  soch turmaklarini ham  qilish talab etiladi.

Portfolio tayyorlang, ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yarating va buyurtmalar oling. Kelinlar, ularning onalari va singillari uchun chegirmalar haqida o’ylab ko’ring.

Xulosa

Global ishlarni (harakatlarni) boshlashga  qaror qilsangiz, o’zingizni avval kichik ishlarda  sinab ko’ring. Bu qiyinchiliklar qanchalik tez-tez sodir bo’lishini, ularni qanday hal qilishni, aloqa va mahsulot sotish kanallarini qanday ishlab chiqishni bilib olishingizga yordam beradi. Bizni maslahatlarimizdan foydalanib tadbirkor bo’lish qobiliyatingizni tekshirib ko’ring.

Maqolamiz siga yoqgan bo’lsa o’z fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Agar sizda ham mavzuga oid maslahatlar bo’lsa yoki biznes g’oyalaringiz bo’lsa biz bilan o’rtoqlashing. Keyingi maqolamiz biznes g’oyasini ishonchli rejaga aylantirish imkonini beradigan bosqichma-bosqich harakatlar haqida bo’ladi, o’tkazib yubormang, blog yangiliklariga obuna bo’ling!

Baholashni unutmang!
( 21 assessment, average 4.38 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 16
  1. sherka80

    Haqiqiy isbotlangan pul topish uchun to`siqlar-qarshiliklar bo`lmaydigan manba`ni ko`rsatib bering iltimos

    1. Умиджон Обудов (author)

      http://uzinterbiz.com/pul-ishlash-turlari/internetda-pul-ishlash-uchun-saytlar/.html

  2. zafarbek

    Asalomu alekum mening ismi Zafarbek biznes qilmoqchiman

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. uzinfobiz.com jylayn maktabimizda ro’yxatdan o’ting!

  3. Elbek

    Assalomu alaykum Umudjon aka! Biznes bo’yicha bepul darslar bera olasizmi?

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. uzinfobiz.com saytiga kirib ro’yxatdan o’ting va sizga shaxsiy kabinet ochiladi. Onlayn maktabimizda biznes to’g’risida bepul va pullik kurslarimiz bor. Darslarni o’qib o’rganib, berilgan topshiriqlarni bajarib bizga topshirasiz va biz tekshirib xato kamchiliklaringizni ko’rsatib baholab boramiz.

    2. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. uzinfobiz.com jylayn maktabimizda ro’yxatdan o’ting!

  4. 123

    1 тийинга киммат сайт на расмни олиб булади, на бир малумотни зикна инсон экансан.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Расм ва малумотлар куриш ва укиш учун куйилган, сенга ухшаган бировни хизматини 1 тийинга олмайдиган тупой угрилар учун эмас :x :x. Зикна сенсан, нимага десанг, интернетга пул тулашга зикналик киласан ва сайтнинг узида укишни хохламайсан, вахоланки сайтда укисанг сенга бераетган бепул хизматимни эвазига сайтдаги реклама айланиб, сени урнингга реклама берувчи менга пул тулашига аклинг хам етмаса керак. :grin: :grin: Сени номинг хам йук экан номингни тутиб гапиришга 123 яна кайтиб кел укишга :smile: :smile: :idea: :x :x

    2. Умиджон Обудов (author)

      Ха яна, бировнинг уйига келганингда салом беришни хам урган :x :smile: Бу маколалар езилгунича канча бош котирилишини, куз, кул, мия азобланишини, канча вакт кетишини (битта маколани езиш учун 2-3 кун вакт кетади) сен каекдан хам билардинг, узингни аклинг бирон нимага етмай интернетдан тайер малумотларни угирлаб юрган булсанг. Ха майли сени тушунаман, сендан хафа эмасман, зора шу гапларимдан хулоса чикариб бирон нима урганган булсанг хурсанд буламан. Укиш ва ишларингга омад тилайман дустим.

  5. Sardor

    Salom sayt ochib qancha daromad olish mumkin masalan siznikiga o’xshagan sayt javob uchun oldindan rahmat

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Qisqa qilib aytaman, o’zingizga yetarli daromad olishingiz mumkin.

  6. Rahmatov Dilshod

    salom. men yangi biznes boshlamoqchiman . iltimos maslahatingizni ayamang. :idea: :idea:

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum. Xop.

  7. Islombek

    Assalom aleykum Yahshimisiz Meni biznes boshlash uchun joyimham pulim ham bor menga katta daromad keltiradigan g’oya Maslahat beradigon inson topilmayabdi iltimos boshim qotgan nima ishdan boshlashimni bilmayam yordam bering?

  8. Islombek

    Aslim Andijon viloyat Shaxrihonlikman Hamkorlik qilaman diydigan odam bolsa Katta bino joyim bor bosh turib birga ishlemiz hamkorlikda +99899 794 68 11 shu meni nomerim oldindan Rahmad

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: