Biznes qilish uchun rejani qanday tuzish va nimalarga e’tibor berish kerak. Biznes reja mukammalligiga erishish yo’llari

Biznes reja tuzish

Assalomu Aleykum uzinterbiz.com blogining, hurmatli o’quvchilari! Bugungi maqolamda siz bilan biznes-reja haqida gaplashamiz.

Ushbu maqolada biznes g'oyasini ishonchli rejaga aylantirish imkonini beradigan bosqichma-bosqich harakatlar yig’indisini ko’rib chiqamiz va biznes-reja nima va u nima uchun kerak? Qanday qilib uni o’z qo’lingiz bilan yozishingiz mumkin? Kabi savollarga javob va tavsiyalar beramiz.

Mavzuning oxirida esa, biznes- rejani endi yozishni boshlaganlar yo’l qo’yadigan  xatolar haqida ma’lumot berib o’tamiz.

Barcha internet kasblar haqida qo’llanmalar

Biznes-reja nima degani?

Biznes reja nima o'zi

O'z biznesini imkon qadar tezroq ochish istagida, ko'plab yangi tadbirkorlar o'zlarining harakatlari kelajakda qanday natija olib kelishini tasavvur qilmasdan turib, darhol ishni boshlab yuboradilar.

Bunday sharoitda o’z biznesingizni ochish uchun “jang maydonida” xarita rolini o'ynaydigan, mukammal biznes-rejani yozish juda muhimdir.

Biznes-reja tushunchasining ko’p vazifaliligiga qaramasdan, uni quyidagicha tasvirlash mumkin:

Biznes-reja — bu hujjat yaratuvchisi va investorlar uchun tushunarli bo'lgan qo'llanma bo'lib, u biznes tizimining mexanizmlari yordamida asosiy g'oyani moddiy dunyoda amalga oshirilishiga yordam beradi va quyidagi harakatlar asosini o’z ichiga olgan bilimlarga tayanadi:

  1. Hozir qayerdasiz va darajangiz qanday. Ya'ni, agar siz do'kon ochmoqchi bo'lgan yollangan ishchi bo'lsangiz, qanday mahoratga ega bo’lishingiz hamda investitsiya miqdori, qanday uskunalar, binolar, aloqalar kerak bo’lishini bilib oling;
  2. Bu «boy bo'lishni istayman» kabi orzular bo'lmasligi kerak. Siz biznesingizda qancha pul aylanishi, qancha foyda ko’rishingiz, bozordagi muhit qanday ekanligi haqida aniq tushunchaga ega bo’lishingiz lozim;
  3. Sizni, birinchi nuqtadan ikkinchisiga qanday qadamlar olib kelishini aniq belgilash va tushunish kerak. Albatta, har narsani to’liq hisoblash mumkin emas, lekin, qanday qilib harakat qilish lozimligini tushunish uchun imkon qadar aniq va batafsil ma'lumot kerak bo’ladi.

Biznes–rejaning tuzilishi

Biznes reja tuzilishi nimalardan iborat

Biznes-reja murakkab tuzilishga ega. Kompaniyaning paydo bo’lgan vaqtidan to uning  barqarorlik paytigacha biznes tilida va  aniq tarzda yozilishi kerak. Biznes-reja har qanday tadbirkor, moliyachi va bankir, shuningdek potentsial hamkorlar uchun tushunarli bo'lishi kerak.

Diqqat! Maxfiylik to'g'risidagi memorandum biznes-reja bilan tanish bo'lgan shaxslarni, unda keltirilgan ma'lumotlarning maxfiyligi to'g'risida ogohlantirish maqsadida tuziladi. Memorandumdan nusxa ko'chirmaslik, loyihani uchinchi shaxslarga bermaslik va loyihani muallifga qaytarish kabi talablarni o’z ichiga oladi.

Biznes-reja har doim qisqa va keng ma’noli bo'lishi kerak. Odatda 30-70 sahifali bo’lishi tavsiya etiladi:

  • Annotasiya – (1 — betga qadar) – rahbarlarga yozma murojaat.
  • Rezyume – (1-3 bet)–biznes-reja bilan tanishish uchun asosiy ma'lumotlar.
  • Biznes-reja-  (45-60) — investorning mutaxassislari tomonidan loyihani batafsil o'rganish uchun ma’lumotlar.

Eslab qoling! Har qanday biznesning o'ziga xos xususiyatlari bor, shuning uchun qabul qilingan «standart» biznes- reja mavjud emas. Faqat umumiy printsip va biznes–reja yozish uchun aniq tuzilish mavjud.

Biznes- reja tuzish qoidalarini o’rganayotib albatta internetdan tayyor biznes-rejalar namunasini ko’rib chiqing.

Biznes-reja rezyumesi

Sizning biznesingiz har doim xulosa bilan boshlanishi kerak, siz uni eng oxirida yozasiz, lekin u sizning biznes rejangizning boshida turishi kerak. Rezyume- bu allaqachon yozilgan biznes-rejaning natijasidir. Bu ko'pchilik potentsial investorlarning  o'qiydigan yagona bo’limidir va u quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • Biznes-rejaning maqsadi.
  • Moliyaga bo'lgan ehtiyoj, ular qanday maqsadlar uchun kerak.
  • Biznes va uning mijozining qisqacha tavsifi.
  • Raqobatchilardan asosiy farqlar.
  • Asosiy moliyaviy ko'rsatkichlar.

Biznes-reja tuzish uchun 9 qadam

  1. Maqsad va vazifalar.

Bu bo’limda siz g’oyangizni tahlilini keltirasiz. Biznes-rejaning kuchli va zaif tomonlarini, shuningdek mavjud tahdidlarni aniqlashtirasiz.

  • G’oyani tahlil qilish.
  • Faoliyatning maqsadi (nimalarga erishmoqchiligingiz haqida).
  • Biznesingizning xususiyatlari.
  1. Mahsulot (xizmat).

Ushbu qism mutaxassis bo'lmaganlar uchun tushunarli va aniq tilda yozilishi muhimdir.

  • Mahsulot yoki xizmatning tavsifi va ulardan foydalanish.
  • Noyoblik
  • Biznes uchun zarur bo'lgan texnologiya va malaka.
  • Litsenziya / patent huquqlari.
  1. Bozorni tahlil qilish.

Bozor va marketing barcha kompaniyalar uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Katta hajmdagi «qo'pol» ma'lumotni oldindan yig'ish va qayta ishlashingiz kerak.

  • Mijozlar.
  • Raqobatchilar (ularning kuchli va zaif tomonlari).
  • Bozor segmentlari.
  • Bozor hajmi va uning o'sishi.
  • Bozor ulushi.
  • Mijozlaringizning tarkibi.
  • Raqobatning ta'siri.
  1. Marketing rejasi.

Ushbu bosqichning asosiy vazifasi potentsial investorning ishonchini  qozonishdir. Agar sizda maxsus ta'lim bo'lmasa, marketing bo'yicha qo’llanmalarni o'qib chiqing yoki mutaxassisga murojaat qiling.

  • Marketing tartibi (mahsulotning asosiy xususiyatlari, xizmatlarni raqobatchilarniki bilan taqqoslash).
  • Raqobatchilar (tovar narxini qanday qilib to'g'ri belgilash kerak).
  • Tovarlarni tarqatish sxemasi.
  • Savdoni rivojlantirish
  1. Ishlab chiqarish rejasi.

Bu yerda siz biznes uchun bino, uning joylashuvi, ichidagi  uskunalari, xodimlari bilan bog'liq barcha masalalarni ko'rib chiqishingiz kerak:

  • Binolarning joylashuvi.
  • Uskunalar.
  • Asosiy materiallar va uskunalarni yetkazib berish manbalari.
  • Subpudratchilarni ishlatish.
  1. Boshqaruv xodimlari.

Investitsiyalar biznes–reja uchun emas, balki muayyan odamlar uchun amalga oshiriladi, shuning uchun ham bu bo'lim eng muhimlaridan biridir.

  • Asosiy boshqaruv tarkibi.
  • Xodimlar tarkibi.
  • Mukofot
  1. Kerakli resurslarning manbalari va hajmi

Ushbu bo'limda siz quyidagilar bilan bog'liq g’oyalarni taqdim etishingiz  kerak:

  • Kerakli mablag'lar miqdori.
  • Ularni olish manbalari, shakli, muddatlari.
  • Pulni qaytarish 
  1. Moliyaviy reja va xatarlarni tahlil qilish

Ishbilarmon odamlar raqamlar bilan ishlashni yaxshi ko'radiganlar va ulardan qo'rqadiganlarga bo'linadi. Birinchi toifaga kiradiganlar uchun biznes–rejaning ushbu bo'limi, shubhasiz, eng muhimi hisoblanadi.

  • Savdo hajmi, foyda, xarajat va h. k.
  • Xatarlar va ularni qanday qilib oldini olish mumkin.
  1. Batafsil moliyaviy reja

Biznes rejangizga batafsil moliyaviy rejani kiritishingiz kerak:

  • Savdo natijalarini oldindan tahlil qilish.
  • Foyda va zararni baholash.
  • Naqd pul oqimini tahlil qilish (har oyda birinchi yil uchun, keyin har chorakda).
  • Yillik balans.

Biznes-reja tuzishda yo’l qo’yiladigan xatolar

Biznes reja tuzishdagi xatolar

Biznes-reja tuzishda, boshqa har qanday  ishda bo'lgani kabi, xato qilish oson. Hatto yetarlicha ehtiyotkorlik bilan barcha kerakli bo’limlarni ishlab chiqib, mutaxassislarning tavsiyalariga rioya qilib va tayyor variantlarni asos qilib olgan bo’lsangiz ham, noto'g'ri yo'lga qadam qo'yishingiz mumkin. Xo'sh, bu holatda odatiy xatolar qanday bo’ladi?

Diqqatni qaratish kerak bo'lgan uch asosiy xato:

  1. Noto'g'ri ma'lumotlar va faktlarni to'plash, hisob-kitoblarda va yozma xulosalarda xatolar, axborot manbalarini ko’rsatmaslik;
  2. Konseptual xatolar. Biznesda yetarli bilimlarga ega bo’lmaslik, savdo texnologiyalarini tushunmaslik tufayli paydo bo’ladi;
  3. Metodik xatolar. Mukammal biznes-rejasini tuzgan bo’lsangiz ham “syurpriz” bo’lib ayni kerakmas paytda investorlar ko’ziga tushadigan mayda xatolar.

Xulosa

O'z biznesini rivojlantirishni va shu bilan birga o’zi ham rivojlanishni istagan har bir tadbirkor uchun biznes-reja juda muhimdir. Chunki, u hech bir inson qila olmaydigan juda ko'p mas'uliyatli vazifalarni bajaradi.

Xulosa sifatida biznes-reja tuzish uchun foydali maslahatlar berishni xohlardim:

  1. Bir nechta tayyor biznes — rejalarini o'qing.
  2. Biznes-reja sizning shaxsingizni aks ettirishi kerak.
  3. Biznes-rejani tayyorlash bu, tasavvurni ishlatishni talab qiladigan jarayon.
  4. Tanlagan yo'nalishingizda tajriba va ko'nikmalarga ega bo'lishingiz lozim.
  5. Ma’nan va jismonan charchagan paytlarda emas, balki kuchga to'la bo'lgan kunlaringizda biznes-rejani yozing.

Agar sizga maqolamiz yoqgan bo’lsa o’z fikrlaringizni izohlarda qoldiring. Qo’shimcha ma’lumotlarga ega bo’lsangiz yozing, birga muhokama qilamiz. E’tiboringiz uchun rahmat, ishlaringizga omad!

Maqolaga baho bering!
( 43 , average 4.35 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Comments: 13
  1. Shahzod

    Barcha ma'lumotlar uchun raxmat sizlarga. Minnatdorman.

    1. Umidjon Obudov (author)

      Sizga foydasi tekgan bo'lsa, biz ham xursandmiz.

      1. Feruz

        kerakli malumot topolmadim uzur :sad:

        1. Umidjon Obudov (author)

          Qanday ma'lumot kerak edi?

  2. samadchik

    Agar biznes g'oya bo'lsa, ammo aniq ko'rsatkichlar bo'lmasa nimalarga qayta e'tibor qilmoq lozim?

    Bozorda shu tovarga talab katta, lekin raqobatchi bitta markaz bor uning imkoniyatlarida aslo kamchilik bo'lmasa nima qilish kerak :?:

    Javob uchun oldindan RAHMAT :smile:

  3. Abdulhamid

    Assalomu aleykum Umidjon aka men tadbirkorlik bilan shug‘illanmoqchiman sizdan menga ozgina yordam kerak. Telegramda gaplashsak bo‘ladimi, faqat iltmos nomerin +9989456. Oldindan raxmat.

    1. Umidjon Obudov (author)

      Valeykum salom. Telegramga yozing: @interbiz_com

  4. Kamoliddin

    Assalomu aleykum. Men biznes reja tuzadigan shunga óxshagan xizmatlarni yòlga qòymoqchiman menga maslahat bering.

    Oldindan rahmat

    1. Umidjon Obudov (author)

      Valeykum salom. Taklif qilayotgan xizmatlaringizni ko'rsatib, bir saxifali sayt tuzasiz ya'ni lending page, manabunga o'xshagan: wp.uzinfobiz.ru/sayt-yaratish-kursi-onlayn Va keyin ijtimoiy tarmoqlar va boshqa joylarda reklama qilasiz.

  5. Hasan Nomozov

    Assalomu alikum Umidjon aka men tadbirkorlikni yulga quymoqciman sizdan maslaxat suramoqchedim teligramda gaplawsak buladimi iltimos +998994048394

    1. Umidjon Obudov (author)

      Valeykum salom. @interbiz_com ga yozing.

  6. Содиқжон 80

    Ассалому алайкум. Хозирги пайтда қолипли нон учун бизнес режада тахлилида зарар билан чиқяпти. Сабаби электр энергия нархи қиммат, ун бозор бахоси ошгани , буханка чиқариш ускуналари энергия тежамкор эмаслиги, қолипли нон учун юридик шахс сифатида рўйхатдан ўтиш асосий омил бўлмоқда. Агар шу буханка чиқаришни хозирги кун холатида соф фойда билан чиқган бизнес плани бўлса илтимос бахам кўринглар. Кредит олмоқчиман печ ва тестомес. 33 миллион сўм. Олдиндан рахмат.

  7. begali

    assalomu alaykum menga sizning biznes reja tuzish bo'yicha maqolangiz juda ham yoqti menga shu ko'rsatgan mail pochtamga sut mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish bo'yicha bironta namuna yuborolmaysizmi.Agar yuborsangiz sizdan behad xursand bo'lardim

    :idea:

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: