Assalomu Aleykum, hurmatli, o’quvchilar. Bugun ham, sizlar bilan blogimizda maqolam bilan bo’lishish imkoniyatiga ega bo’lganimdan juda mamnunman! Bugungi maqolamizda Mail.ru sayti va unda elektron pochta ochish haqida gaplashamiz .
Mail.ru – Yandex va Google kabi mashhur kompaniyadir, u ham o’z ishini qidiruv tizimini yaratish va elektron pochta xizmatidan boshlagan.
Endi bu kompaniyaning arsenalida ko’plab ishlanmalar, xizmatlar mavjud, ularning ko’pchiligiga talab kundan-kunga ortib bormoqda. Mail.ru odamlar uchun foydali, elektron pochta, «Мой Мир» va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmog’i, «Yula» mahsulotlarini sotish xizmatini o’z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun! Agar, o‘zbek tilida email ochmoqchi bo’lsangiz, uning ham iloji bor. Hozirgi kunda uMail.uz elektron pochta xizmati faoliyat yuritmoqda
Bu xizmatlardan foydalanish uchun, sizga Mail.ru saytida akkaunt kerak bo’ladi. Manashunday akkauntni qanday ochish kerakligini bugun sizlar bilan ko’rib chqamiz. Va shu bilan birga, sizga, elektron pochta ochib olamiz.
Demak boshladik:
Email pochta ochish jarayoni
Mail.ru xizmatlarida ro’yxatdan o’tish va email ochish uchun, uning bosh sahifasiga ushbu havola orqali o’ting: Mail.ru
So’ngra, «Регистрация в почте» yoki, «Создать почту» – «Pochta orqali ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosing (pochta ochish orqali, siz saytning barcha xizmatlarida ro’yxatdan o’tasiz).
So’rovnomani, siz haqingizda asosiy ma’lumotlar bilan to’ldirishingiz kerak bo’lgan, standart ro’yxatga olish sahifasi ochiladi.
Diqqat! Agar siz, pochtani shaxsan o’zingiz uchun ochayotgan bo’lsangiz, mumkin bo’lgan muammolarni bartaraf etish uchun haqiqiy ma’lumotlaringizni kiriting. Masalan, parol yoki boshqa ma’lumotlarni tiklash uchun. Parol va loginingizni yo’qotib qo’ymaslik uchun albatta bir joyga saqlab qo’ying!
Yuqorida ismingizni, familiyangizni, tug’ilgan kuningizni va jinsingizni ko’rsating:
Keyin kerakli pochta manzilini kiritamiz, bu bir vaqtning o’zida Mail.ru xizmatlaridagi loginingiz ham bo’ladi. Misol uchun, agar siz “makhmudov” deb kiritsangiz, siz uchun makhmudov@mail.ru manzili bilan elektron pochta yaratiladi va u sizning loginingiz bo’ladi.
Kiritgan manzilingizni nomi takrorlanishi mumkin emas, ya’ni har bir yangi foydalanuvchi noyob pochta manziliga ega bo’lishi kerak. Agar siz ,allaqachon, biror kishi tomonidan ishlatilayotgan nomni kiritsangiz, xizmat sizga «Ящик с таким именем уже существует» – «Bu nom bilan quti mavjud» xabarini ko’rsatadi va bo’sh variantlarni taklif qiladi:
Ma’lumot uchun! Taklif etilganlardan bo’sh variantni qabul qilishning hojati yo’q, siz o’zingiz istagan boshqa bir nomni ko’rsatishingiz mumkin.
Keyingi bosqich- parolni kiritish. Buning uchun talablar quyidagicha:
- Parol 8 belgidan kam bo’lishi mumkin emas.
- Parol harflar va raqamlarni o’z ichiga olishi kerak. Men turli xil registrlarda ( katta va kichik) harflarni ko’rsatish yaxshiroq deb hisoblayman.
- Parolingizda ketma– ketliklar bo’lmasligi kerak, ya’ni «1234567» (aniq ketma-ketlik), «zxcvb» (ushbu belgilar klaviaturada ketma-ket joylashgan), «parol» so’zi (parol uchun eng mashhur so’z).
Masalan:
Keyin esa, haqiqiy mobil telefoningiz raqamini ko’rsating va «Зарегистрироваться»- «Ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosing»:
Shundan so’ng, keyingi oynada, ko’rsatilgan telefon raqamiga yuborilgan SMS-xabarning kodini kiritish va «Продолжить» – «Davom etish» tugmasini bosish orqali tasdiqlash kerak bo’ladi:
Ma’lumot uchun! Agar siz telefon raqamini ko’rsatmasdan ro’yxatdan o’tishga qaror qilsangiz, buning boshqa usuli bor- qo’shimcha elektron pochta addressini ko’rsatishingiz mumkin bo’ladi.
Shunday qilib, agar sizda qo’shimcha pochta manzili mavjud bo’lsa, muammo paydo bo’lgan vaqtda, akkauntingizga kirishni tiklash uchun uni ko’rsating.
Akkauntni yaratish jarayonini yakunlash uchun «Зарегистрироваться»– «Ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosing, so’ngra yangi oynada, rasmdagi belgilarni kiriting va «Продолжить» – «Davom etish» tugmasini bosing:
Shundan so’ng siz ,darhol, yangi yaratilgan akkauntingizga kirasiz!
Mail.ru elektron pochtaning imkoniyatlari
Demak, Mail.ruda pochtangizni ochib oldingiz. Endi esa, pochta sizga qanday imkoniyatlar, va qulayliklarni taklif qila olishi haqida gaplashamiz.
Android va IOS (Iphone telefonlari va umuman Apple kompaniyasi ishlab chiqaradigan qurilmalarning operatsion tizimining nomi) platformasi uchun, «Mail.ru почта» ilovasida Smart Replay funksiyasi mavjud. Bunda, ma’lum bir algoritmlar yordamida pochta, sizga kelgan xatga tayyor javoblarni taklif qiladi.
Axborot tarqatuvchilar bilan ishlash qulay bo’lishi uchun, Mail.ru “aqlli guruhlash” texnologiyasidan foydalanadi. Oddiy papkalar va yorliqlardan farqli o’laroq, internet- xizmatlar va ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan xabarlar alohida “quti”ga yig’iladi.
Barcha kiruvchi xatlar avtomatik ravishda oltita toifaga bo’linadi: «Buyurtmalar», «Moliya», «Ro’yxatga olish», «Sayohat», «Chiptalar» va «Jarimalar».
Bu imkoniyatlarni kompaniya yildan-yilga boyitib borayapdi. Bunday imkoniyatlar to’g’risidagi malumotlarni bilish uchun, keying, «Elektron pochtaning siz bilmagan eng foydali sirlari« nomli maqolamni o’qib chiqishlaringizni maslahat beraman.
Xulosa
Shunday qilib, agar siz Mail Group kompaniyasining xizmatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, unda sizga bitta akkaunt kerak , boshqacha qilib aytganda, pochta ochishingiz va boshqa ko’plab xizmatlardan foydalanishingiz mumkin bo’ladi.
Ko’rib turganingizdek, pochta ochishni o’rganish murakkab ish emas , agar siz ushbu yo’riqnomadan foydalansangiz, sizda hech qanday qiyinchiliklar paydo bo’lmaydi. Lekin, agar bu mavzu bo’yicha savollar paydo bo’lsa, izohlarda murojaat qiling, men yordam berishga harakat qilaman!
Agar maqola sizga qo’l kelgan bo’lsa, ijtimoiy tarmoqlarda do’stlaringiz bilan bo’lishing, boshqalarga ham yordam bering! Hammaga omad!
yaxshi ish
Namangan
Salom hammaga
Valeykum salom.
Men o’zimni raqamin va o’zimni telimdan pochtaochganman Yana boshqa raqamga telimdan pochta Ichsam bo’ladimi
To’liq ma’lumot: https://uzinterbiz.com/yangi-boshlayotganlar-uchun/nimadan-boshlash-kerak/elektron-pochta-yaratishning-oson-yoli/.html
Salom. Ha bo’ladi
Manga email ochmoqchiman l.n sms kemayopdi nima qilay ocholmayopman
Salom. SMS kelishi kerak, agar sms kelmayotgan bo’lsa, telefon raqamining o’rniga ikkinchi, boshqa elektron pochta yordamida ochishingiz mumkin.
tushunmagandan keyin qiyinda
Dunyoda doimo tichlik va osoishtalik boʻlsin.
Почта очдим . Кирсам пароль сурамаяпти? Мендан бошкалар хам кириб кетаверадику унда
Телефондан киряпсизми? Агар телефондан кираётган булсангиз почта иловаси настройкасига кириб Вход по ПИНкод килиб куйсангиз кейинги сафар пин код билан кирасиз. Компьтердан кираётган булсангиз, паролингизни браузерда саклаб куйгансиз. Браузердан учириб ташлашингиз керак. Бунинг учун браузер настройкасига кирасиз ва паролы сахифасига кирасиз ва паролни учириб ташлайсиз. Факат, паролингиз ва ПИНкодни унутмаслигингиз керак.
rahmat necha oydan beri gmail ocholmay yurgandim
Sirdaryo
Ajoyib ekan raxmat kottakon
ektron pota ochdim ammo gmilga kirsam email bn parol sorayapti
Qashqadaryo
Samarqand
Shahzod ibragimov
zur
:smile:farg`ona
Hhhh
5
Men ocholmadim
Men dan akkaunt sörayabdi yuuu
Wmy wmz
Namangan
Dunyoda doimo tichlik va osoishtalik boʻlsin.
Yaxshi kayfiyat