15-dars. Elektron pochta haqida va Yandex pochta ochish

Internet tizimi imkoniyatlari faqat saytlarda saqlab qo‘yilgan tayyor ma’lumotlarni berish bilan cheklanmaydi. U yana matn holatida zudlik bilan ma’lumot almashish, ya’ni «gaplashish» hamda xat yuborish kabi imkoniyatlarni ham beradi.
7-sinf informatika darsligi MUNDARIJASIGA QAYTISH
Содержание ( Открыть / Закрыть )
  1. Pochta haqida
  2. Saytlardagi elektron pochtalar
  3. Yandex pochta ochish

Pochta haqida

Siz pochta xizmati bilan juda yaxshi tanishsiz. Do‘stlaringizga ko‘p marta xat yozgansiz va ulardan xat olgansiz. Buning uchun oddiy qog‘oz varag‘iga kerakli matnni yozib, uni konvertga joylaysiz. Yozgan xatingiz ayni siz xohlagan yerga borishi uchun, konvertning maxsus joyiga manzilni aniq yozish kerak bo‘ladi. Konvert «og‘zini» yelimlab, pochta qutisiga tashlaysiz. Konvertda ko‘rsatilgan manzilning Siz yashab turgan joydan qanchalik uzoq yoki yaqinligiga qarab, xatingiz ko‘zlangan yerga yetib borishi uchun bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt sarflanishi mumkin.

Xabarni juda tez yetkazish kerak bo‘lsa, pochta xizmatidan foydalanish befoyda. Bunday hollarda telefondan foydalanish mumkin. Ammo telefon orqali rasm, chizma va hujjatlarni yuborib bo‘lmaydi. Internet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tiziminig ajralmas qismi bo‘lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o‘rnini egallab bormoqda. Chunki, elektron pochta orqali yuborilgan xabar dunyoning istalgan yeriga sanoqli daqiqalarda yetib boradi. Hozirgi kunda millionlab kishilar elektron pochta xizmatidan samarali foydalanmoqda. Ularning soni kun sayin ortib borayapti.

Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi bo‘lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Elektron pochta foydalanuvchilari o‘z elektron manzillariga ega bo‘lib, uni web­sahifa manzilidan oson ajratish mumkin: «Foydalanuvchi nomi >@<pochta serveri nomi». Elektron pochta manzilida albatta «@» («tijoratdagi et» yoki boshqacha nomi «kuchukcha») belgisi qatnashadi. Masalan, rtm@xtv.uz. Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo‘lish uchun, internet tizimida aniq elektron manzilga ega bo‘lgan «pochta qutisi»ga ega bo‘lish lozim. Pochta qutisi – Internet tizimidagi maxsus server (provayderingiz kompyuteri) diskida siz uchun ajratilgan joy.

Sizga elektron pochta orqali yuborilgan xabarlar, ularni qabul qilib olmaguningizcha, xuddi shu pochta qutisida saqlanadi. Pochta qutisi va elektron manzil bilan abonentlarni provayder ta’minlaydi. Ammo elektron pochta xizmatidan foydalanish uchun shuning o‘zi yetarli emas. Pochta qutisidagi xabarlarni qabul qilib olish, xabar tayyorlash va uni elektron pochta orqali jo‘natish kabi ishlarni bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi. Shunday dasturlarga Outlook Express, Apple Mail, Netscape Messenger, Windows Live Mail kabilarni kiritish mumkin.

Saytlardagi elektron pochtalar

Internet tizimida maxsus web­saytlar orqali ham elektron pochta qutisiga ega bo‘lish mumkin. Masalan, Mail.ru, uMail.uz, Inbox.uz kabi, asosan, faqat elektron pochta xizmatini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan, Rambler.ru kabi ham qidiruv tizimi, ham elektron pochta xizmatlarini taklif etadigan web­saytlar shular jumlasiga kiradi. Bunday web­saytlarda «pochta qutisi hosil qilish» tugmasi bo‘lib, u bosilsa, ekranga muloqat oynasi chiqadi. Taklif etilgan bir nechta savollar (familiyangiz, ismingiz, pochta manzili, parol va boshqa)ga javob berish kerak bo‘ladi.

O‘zingiz uchun tanlagan va kiritayotgan pochta manzili mazkur web­sayt joylashgan serverda mavjud bo‘lsa, u holda boshqa manzil kiritish tavsiya etiladi. Chunki, bitta serverda ikkita bir xil elektron pochta manzili bo‘lishi mumkin emas. Bu usulda hosil qilingan elektron pochta qutisining asosiy kamchiligi shundaki, undan ma’lum vaqt (odatda 3 oy, lekin turli serverlarda bu muddat o‘zgarishi mumkin) foydalanmasangiz, u Internet tizimidan olib tashlanadi. Ammo u bir qancha afzalliklarga ega bo‘lib, quyida ularning asosiylari keltirilgan:

1) Internetga ulangan o‘z shaxsiy kompyuteringiz bo‘lishi shart emas;
2) Elektron pochtangizdan dunyoning ixtiyoriy chekkasida foydalanishingiz mumkin.

Quyida uMail.uz web­sayti orqali elektron pochta ochish imkoniyati bilan tanishamiz. Dastur interfeysidan «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasi tanlangach (*) belgisi orqali belgilangan maydonlarga ma’lumotlar kiritish shart bo‘lgan quyidagi «Ro‘yxatdan o‘tish» bo‘limi ochiladi:

15-dars. Elektron pochta haqida va Yandex pochta ochish

«Login» va «Asosiy pochta qutisi» maydonlariga foydalanuvchi o‘zi xohlagan nomni (lotin harflaridan boshlangan va raqamlar qatnashgan belgilar ketma­ketligini) kiritishi mumkin. Yodingizda bo‘lsin, aytib o‘tilganidek, bu ikki maydonga kiritilgan ma’lumotlar takrorlanmas bo‘lishi shart. Ma’lumotlar kiritib bo‘lingach va tekshiruv belgilari bo‘lgan maxsus kod kiritilgach, «Ro‘yxatdan o‘tish» tugmasi tanlanadi.

Barcha talablar uMail.uz pochta serveri talablariga javob bersa, u holda foydalanuvchi o‘z pochta qutisiga ega bo‘ladi. Agar foydalanuvchining pochta qutisi ro‘yxatdan o‘tmasa, buning sabablari ko‘rsatilgan sahifa aks etadi va maydonlarni qaytadan to‘ldirish so‘raladi. Sabablar quyidagicha bo‘lishi mumkin: foydalanuvchi tanlagan login yoki pochta qutisi nomi band bo‘lishi, parolning soddaligi, tekshiruv belgilari maydoniga xato belgilar kiritilgani va hokazo.

Yandex pochta ochish

Mashhur elektron pochtalaridan biri Yandex pochta qutisini ochishni o’rganamiz. Buning uchun Yandex pochta sahifasiga kiramiz va quyidagi rasmda ko’rsatilgan tugmaga bosamiz:

15-dars. Elektron pochta haqida va Yandex pochta ochish

Yangi oynada barcha so’ralgan ma’lumotlarni kiritamiz (Kiritilgan ma’lumotlarni yo’qolmaydigan joyga saqab qo’ying! Bu ma’lumotlar pochtamizga kirishda kerak bo’ladi, aks holda pochtadan foydalana olmaysiz). Va telefon raqamingizni kiritganingizdan keyin «Kodni olish uchun» tugmasiga bosasiz:

Diqqat! Kodni 30 soniya ichida ko’rsatilgan oynaga kiritib «Tasdiqlash» tugmasini bosishingiz kerak. Shuning uchun telefoningizda sms oynasini ochib qo’ying. Aks holda ulgura olmasligingiz mumkin.

15-dars. Elektron pochta haqida va Yandex pochta ochish

Telefoningiz SMSiga kelgan kodni quyidagi oynaga tezda kiritib «Tasdiqlash» tugmasini bosing:

15-dars. Elektron pochta haqida va Yandex pochta ochish
15-dars. Elektron pochta haqida va Yandex pochta ochish

«Ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosganingizdan keyin sizga quyidagi oyna ochiladi. Va siz undagi katakchaga belgi qo’yib, «Men qabul qilaman» tugmasiga bosing:

15-dars. Elektron pochta haqida va Yandex pochta ochish

Va shundan keyin siz akkauntingiz bosh sahifasi uchun rasm (Avatar) yuklashingiz yoki buni keyinga qoldirishingiz mumkin:

15-dars. Elektron pochta haqida va Yandex pochta ochish

Va nihoyat sizning pochtangiz tayyor, siz undan bemalol foydalanishingiz mumkin:

15-dars. Elektron pochta haqida va Yandex pochta ochish
  1. Elektron pochtaning oddiy pochtadan asosiy afzalligi nimada?
  2. Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisi farqini izohlang.
  3. Elektron pochtaning oddiy pochta bajara olmaydigan qanday imkoniyatlarini bilasiz?
  4. Elektron pochta qutisiga ega bo‘lishning qanday imkoniyatlarini bilasiz?
  5. Elektron pochta xizmatini taklif etadigan saytlar haqida so‘zlab bering.
  1. Nuqtalar o‘rniga o‘ng ustundagi kerakli so‘zlarni joylashtirib ko‘chiring:
… dastur interfesining ko‘rinishini o‘zgartirish, shrift
o‘lchami va xabarlarni saralash usulini tanlash kabi
amallarni bajarishga mo‘ljallangan.
Fayl menyusi
… yordamida elektron pochta orqali xabar yuborish,
xabarlarni qabul qilish, dastur parametrlarini o‘zgartirish kabi amallar bajariladi.
Ko‘rinish menyusi
… yordamida asosan yangi xabar hosil qilish, avval
hosil qilingan xabarni ochish, xabarni chop etish,
dasturdan chiqish amallari bajariladi.
Servis menyusi
  1. Quyidagi vazifalarni bajaring:
    a) uMail.uz tarkibida o‘zingiz uchun elektron pochta oching;
    b) Yandex.uz tarkibida o‘zingiz uchun elektron pochta oching;
    d) uMail.uz tarkibidagi pochtangizdan Yandex.uz tarkibidagi pochtangizga xabar jo‘nating;
    e) Pochtangizdagi ma’lumotni o‘qib, boshqa pochtangizga qaytarib jo‘nating;
    f) Do‘stlaringiz pochtasiga «Maktabim», «Vatanim» kabi nomli xabar jo‘nating;
    g) Do‘stlaringiz pochtasiga «Tug‘ilgan kuningiz bilan!», «Navro‘zi olam muborak!» nomli xabarlarni nomlariga mos chiroyli rasmlar joylagan holda jo‘nating;
    h) Do‘stlaringiz pochtasiga «Mening oilam», «Sinfdosh» nomli xabarlarni nomlariga mos hujjat joylagan holda jo‘nating.
Оцените материал
( Пока оценок нет )
Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: