Maqola yozish algoritmi. Qadamba-qadam qo’llanma

Matn yozish

Salom hurmatli bo’lajak maqola yozuvchilar. Sizlarga, maqola yozish tartibi, asosiy prinsiplari va qonun qoidalarini qadamba-qadam gapirib bermoqchiman. Bu bilimlar sizlarga, yozgan maqolangizni o’qiyotgan o’quvchilar bilan aloqa o’rnatishga va o’zingizni mutaxasis sifatida ko’rsatishga yordam beradi.

Internet sahifalarida, gazeta va jurnallarda, qanchalik ko’p maqola chop qilsangiz, shunchalik sizning ismingiz taniqli bo’ladi, oqibatda sizning yozuvchilik reytingingiz oshadi va xizmatlaringizdan ko’p odamlar foydalana boshlaydi.

Keling, hozir maqola yozishning asoslaridan boshlaymiz.

Maqola yozishni endi boshlayotganlar uchun to’liq qo’llanma

Quyidagi aytilgan amallardan foydalanib, turli yo’nalishdagi maqolalarni osongina yozishni o’rganib olasiz:

Qadam №1. Mavzuni tanlash

Maqola uchun mavzu tanlash

Mavzuni tanlashda, bitta maqolada bitta mavzu ochib berilishini unutmang. Va yana bir muhim jihat – mavzu qiziqarli va siz uchun tanish bo’lishi kerak. Bundan tashqari, maqola sizning maqsadli auditoriyangizga, ya’ni, shunday ma’lumotlar kerak bo’lgan va keyinchalik sizning xizmatingizdan foydalanadigan odamlarga  yo’naltirilgan bo’lishi kerak.

Shu o’rinda men yana bir muhim masalaga to’xtalmoqchiman – maqola yozishning formati. Mutaxassis maqomini saqlab qolish uchun quyidagi formatlar yoki sxemalar namunalari asosida yozishingiz kerak. Bularni xohlaganingizcha nomlashingiz mumkin:

Maqola janri:

  • Shunday qilib, birinchi format: «Muammo + echim» – maqsadli auditoriyangizning muammosini ajratib oling va maqolada aytib bering. Eng muhimi, ushbu muammoni hal qilish uchun ba’zi amaliy tavsiyalar bering. Agar siz amaliy tavsiyalar va amaliyotlarni tavsiflasangiz, o’quvchilar sizning nazariy bilimga ega bo’lgan amaliyotchi ekaningizni va quruq gap gapirmayotganligingizni darhol anglashadi.
  • Ikkinchi format: «Vosita, … (biror nima) uchun mo’ljallangan» – faqat sizning sohangizda ishlatiladigan, ammo kam odam to’g’ri foydalanishi mumkin bo’lgan texnikani yoki vositani tavsiflab bering. Shunday qilsangiz, siz nafaqat uni qanday ishlatishni bilishingizni, balki qolganlarga ham tushuntirishingiz mumkinligini aytasiz.
  • Uchinchi format: «Mening mijozlarim tez-tez so’rashadi … (savol – javob)» – bitta mijoz yoki bir nechta mijozlar sizga murojaat qilgan muammoli vaziyatni tasvirlab bering, mijozingiz siz bilan ishlashdan keyin qanday qaror qilganligi va uning muammosi bilan boshqalarning ham muammosi nimalari bilan o’xshash bo’lgan narsalar to’g’risida gapirib bering. Ko’pchilikning muammosi va uni qanday hal qilish kerakligi to’g’risida amaliy tavsiyalar va ko’rsatmalar bering.
  • To’rtinchi format: «Ekspert bahosi» – qandaydir hodisa (kitob, o’zingizning sohangizdagi yangilik, ma’lum fakt va boshqalar) haqida yozing va o’zingizning shu hodisa bo’yicha mutaxasislik bahoyingizni bering. Tahlil qiling, aks ettiring, foydali ma’lumotlar haqida gapiring yoki amaliy maslahat bering.
  • Beshinchi format: «Amaliy tavsiyalar» – o’quvchilaringiz uchun dolzarb bo’lgan muammoli vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini tasvirlab beruvchi, bir yoki bir nechta texnik amallarni tavsiflab, bosqichma-bosqich yozib chiqing. Siz o’qiyotgan manashu maqola ham aynan shu formatda yozilgan.

Siz birinchi navbatda yuqorida aytilgan formatlarda maqola yozishni o’rganishingiz kerak. Chunki, bu formatdagi maqolalar aynan ma’lum bir muammosini yechishni istagan odamlar uchun juda muhim. Bundan tashqari, amaliy ko’rsatma va tavsiyalar berilgan maqolalar gazeta va jurnallar muharrirlarini ham qiziqtiradi. Quruq gaplar hammaning jig’ga tegib bo’lgan.

Agar sizning maqsadingiz gazeta va jurnallar uchun maqola yozish bo’lsa, maqola yozishdan oldin osha gazeta yoki jurnalning mavzusi, unda yozilgan maqolalarning yozilish uslubi, shartlari, talablari, stili va jurnalning maqsadli auditoriyasi bilan tanishib, analiz qilib chiqishingiz kerak. Maqolangizni siz yozmoqchi bo’layotgan jurnal stilistikasiga moslab yozing. Agar jurnalning maqsadli auditoriyasi ichida sizning maqsadli auditoriyangiz bo’lmasa, unda vaqtingizni va kuchingizni zoye ketqizmang. Maqsadli auditoriyangiz bo’lgan, maqolalaringizni o’qiydigan va kelajakda sizning xizmatingizdan foydalanadigan, sizning mijozingizga aylanadigan gazeta va jurnallarni qidiring.

Qadam №2. Maqolaga sarlavha tanlash

Maqola uchun sarlavha tanlash

Maqola sarlavhasini yozishda, asosiysi, haddan ziyod ko’pirtirib yubormang, oltin o’rtaliqni topishga harakat qiling. Ya’ni, originallashtirish yoki haddan ziyod beadablik qilish kerak emas. Maqola sarlavhasi, o’quvchini qiziqtirishi, qiziquvchanlikni qo’zg’atishi, keyin nima bo’lishini bilish istagini uyg’otishi kerak.

Yaxshi sarlavhaning qoidalari mavjud:

  • Sarlavha, o’quvchining e’tiborini o’ziga qaratishi juda muhimdir, «diqqatga sazovor» bo’lishi kerak.
  • Qiziqishni uyg’otish va o’quvchini, maqolani o’qishga undashi juda muhimdir.

Diqqat: sarlavhasida ehtiyojni qondirish yoki muammoni hal qilishga ishora bo’lgan maqolalar ko’pincha e’tiborni tortadi. Agar sarlavha barcha “kartalarni” ochib beradigan bo’lsa, unda uni o’qish endi qiziqarli va zarur bo’lmay qoladi. Sizning vazifangiz – qiziqtirish, maqolani o’qishga ishora qilish. Sarlavha yalinmaydi va taklif qilmaydi u ishora qiladi va e’lon qiladi.

  • Sarlavha, bir qarashda o’qilishi kerak. Uzun va qisqa nomlar orasida ikkinchisini tanlang ya’ni qisqasini.
  • Maqolani yozishda, qanday maqsadli auditoriya uchun yozayotgan bo’lsangiz, o’sha auditoriya tomonidan tushunarli va ko’pincha ishlatiladigan so’zlardan foydalaning.
  • Agar sayt uchun maqola yozayotgan bo’lsangiz, sarlavhada kalit so’zdan foydalaning, ya’ni sizning maqolangizda tasvirlangan mashhur mavzu bilan bog’liq so’zni ishlating.
  • Juda ko’p yaxshilik ham yomon. Sarlavhaga (va maqolaga ham) undov yoki savol belgisi orqali hissiyotni ko’p qo’shmang. Hali hech kim imlo qoidalarini bekor qilmagan. Bundan tashqari, sarlavhani katta harflar bilan yozmang. Bu, albatta, hissiyotni beradi, muallif qichqirayotgan yoki tajovuzkordek ko’rinadi.
  • Agar siz bosma nashr uchun yozmoqchi bo’lsangiz, siz qo’ygan sarlavha boshqasiga o’zgartirilishi mumkinligiga tayyor bo’ling, ammo bu nashr bilan oldindan qanday kelishganligingizga bog’liq va siz buni har qanday holatda ham bilishingizni istardim.
  • Foyda beradigan maqola sarlavhasi andozalaridan foydalaning:

Sarlavha namunalari:

«Qanday qilib …» Juda oddiy boshlangan va juda muvaffaqiyatli andoza. Bu muammoning bevosita belgisi va uni hal qilish usulidir.

– «Qanday qilib muvaffaqiyatli biznesni yo’lga qo’yish mumkin»

– “Qanday qilib sayt yaratishni o’rganish mumkin”

“… haqida qisqacha qo’llanma” Hozirda jamiyat quruq gaplarsiz, konsentratsiyalangan bilimlarni iste’mol qilishni yaxshi ko’radi va har qanday narsaga tezkor qo’llanma so’rashadi.

– «Muvaffaqiyatli biznesni rivojlantirish haqida qisqacha qo’llanma»

– «Sayt yaratishni o’rganish bo’yicha qisqacha qo’llanma»

«… usuli / yo’li» maqolaga ilmiy va / yoki amaliylikni aks ettiradi.

– «Muvaffaqiyatli biznesni qurishning eng samarali usuli»

– «Tez va oson sayt yaratishning yo’li»

«… tez yo’li / qanchalik tez» Uzoq va ko’p vaqt davomida hech kim qandaydir muammo bilan bezovta bo’lishni xohlamaydi, ko’pchilik o’z muammolarini tezda hal qilishga harakat qilishadi.

– «Muvaffaqiyatli biznesni qanchalik tez qurish mumkin»

– «Muvaffaqiyatli biznesni qanday qurishning tez yo’li»

«… oson yo’li / oson echim» Ushbu andoza ham juda yaxshi ishlaydi. Oddiy echimlar har doim dolzarb.

– «Muvaffaqiyatli biznesni yaratishning oson yo’li»

– «Sayt yaratish va rivojlantirishning oson yo’li»

«… yarating» Ushbu andoza o’quvchilarning hissiyotlari va ijodiga murojaat qiladi.

– «Muvaffaqiyatli biznes uchun o’z formulangizni yarating»

– «Sayt yaratish va rivojlantirish uchun o’z yo’lingizni yarating»

«… endi mumkin» Ya’ni albatta, agar xohlasangiz, ushbu maqola tufayli, kerakli narsaga qodir bo’lasiz.

– «Muvaffaqiyatli biznes qilish, endi mumkin»

– «Bank orqali xohlagan mamlakatga pul o’tkazish endi mumkin»

«Bepul, noyob, eng yaxshi, ishonchli, samarali, taqlid qilmaydigan va hokazo.» Ushbu so’zlar doimo diqqatni jalb qiladi.

– «Muvaffaqiyatli biznesni tashkil etish bo’yicha bepul kurs»

– «Sayt yaratish va rivojlantirishning samarali usuli»

«… buhi bilishi kerak» Bunday sarlavha ma’lum bir masala bo’yicha o’z bilimini sinab ko’rish zaruratini kuchaytiradi.

«Har bir boshlang’ich biznesmen buni bilishi kerak.»

«Har bir muvaffaqiyatli odam buni bilishi kerak»

«Raqamlar». Agar sarlavhada raqamlar ishtirok etsa, maqolalar juda muvaffaqiyatli bo’ladi. Sarlavha uchun quyidagi raqamlar juda mos keladi  – 5, 7, 15, 100, 101 va hokazo.

– «Qanday qilib 6 oy ichida muvaffaqiyatli biznesni yo’lga qo’yish mumkin»

– «Muvaffaqiyatli biznes qilishning 5 oddiy yo’li»

«Sirlari». Bu erda insonning tug’ma qiziqishlari va intilishlari qo’zg’atiladi. Ushbu andoza raqamlar bilan birgalikda yaxshi ishlaydi.

– «Muvaffaqiyatli biznes sirlari»

– «O’z yo’lingizni topishning 7 ta qadimiy sirlari».

Bular barcha mavjud sarlavha andozalari emas. Boshqa misollarni Internetdan va turli kitoblardan osongina topishingiz mumkin. Va bu, sizning maqolalaringizning barcha sarlavhalari aynan shunday bo’lishi kerak degani ham emas. Tajriba qilib ko’ring, o’zingizning uslubingizni qidirib topishga harakat qiling. Bundan tashqari, sarlavhalar uchun «moda» o’zgaruvchan, o’zgarishlardan xabardor bo’ling va o’zingizning yo’lingizni ixtiro qiling.

Qadam №3. Moqola rejasini tuzish

Maqolaga reja tuzish

Maqola qanday reja asosida yozilishi kerakligini yozib, reja tuzib chiqishingiz kerak. Maqolaning umumiy tuzilishini yozmasdan turib, shunchaki, faqat bitta mavzuga asoslanib yozishga harakat qilish, odatda omadsizlik va ortiqcha kuch yo’qotishga olib keladi.

Reja yozib chiqilishi kerak. U juda oddiy bo’lishi kerak:

  • Sarlavha
  • kirish (matnning asosiy g’oyasini qisqacha ochib berishi kerak),
  • asosiy qism – bir nechta tavsiyalar yoki tezislardan iborat bo’lishi kerak
  • xulosa (yakun yasash, xulosa qilish).

Qadam №4. Kirish

Maqola qanday yoziladi

Kirish qismida o’quvchini yumshoq tarzda asosiy mavzuga olib kirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, kirish qismida, maqolada qanday muammolar  ko’tarilishi va u kimlar (qanday maqsadli auditoriya) uchun ekanligini tasvirlab berishingiz kerak.

Qadam №5. Asosiy qismda nimalar yoziladi

To’g’ridan-to’g’ri munozara. Bu erda siz, bir nechata muhim amaliy tavsiyalarni berishingiz yoki ushbu mavzuning asosiy tushunchalarini tushuntirishingiz mumkin. Va bu asosiy qismida, aniq va to’g’ri ko’rsatmalar, foydali va qimmatli malumotlar bo’lishi kerak. Hikoyalar yoki masallar, qiziqarli faktlar, shuningdek, o’zingizning tajribangiz va maqolada ko’tarilgan muammoga o’z qarashlaringizni bildirish, yaxshigina to’ldiruvchi qo’shimchalar sifatida yozishingiz mumkin.

Agar siz, matnni epithets bilan to’ldirsangiz, bu quruq dalillarga hissiyot qo’shadi. Asosiy qismida siz kirish qismida berilgan savollarga javoblarni ko’rsatishingiz kerak.

Epithet – bu, tasvirlangan hodisa, shaxs, mavzu, hodisani tasviriy va hissiy jihatdan xarakterlovchi badiiy ta’rif.

Iloji boricha 2-3 ming belgi ichida muammoni to’la-to’kis ochib berishga harakat qiling, ya’ni 1-2 bet. Matningiz samimiy va tushunarli bo’lishi uchun buni eslab qoling: siz shunchaki maqola emas, balki aniq maqsadli auditoriya uchun, yana ham aniqrog’i, ushbu muammoning yechimini kutayotgan yaxshi bir odam uchun maqola yozayotganingizni unutmang. Shunday qilib siz, o’quvchilaringiz bilan ishonchli munosabatlarni o’rnata olishingiz mumkin.

Qadam №6. Xulosa qilish, yakun yasash

Xulosa yasash, yakun qilish

Bu erda siz, ijobiy natijaga e’tibor qaratib, asosiy qismda keltirilgan ma’lumotlar muammoni hal qilishga yordam berishiga o’quvchining e’tiborini qaratasiz va maqolaga yakun yasaysiz.

Qadam №7. Maqolani qayta o’qish

Uzoq vaqt o’ylamasdan va idealizmga chuqur berilmasdan matnni faqat bir marta qayta o’qishingiz kerak (tekshirish va to’g’rilash uchun). Agar ideallikga chuqur ketadigan bo’lsangiz, turli o’zgartirishlarga, son-sanoqsiz tuzatishlarga va natijada yozilmagan maqolaga aylanib qolishiga olib kelishi mumkin. Tekshiruvning maqsadi – xatolarni tuzatish va takrorlashlarni olib tashlash, yoki, sinonimlarga almashtirish. Matn, yengil, xatolarsiz va sodda yozilgan bo’lishi kerak.

Qadam №8. Matnning noyoblik darajasini tekshirish

Matn noyobligini tekshirish

Bu juda muhim bosqich. Agar sizning maqolangiz yuz foiz noyob bo’lsa, internet maydonida u yangi maqola sifatida indekslanadi. Demak, ushbu mavzudagi boshqa maqolalar fonida sizning maqolangizning reytingi qidiruv tizimlari nazdida ko’tariladi. Bu shuni anglatadiki, birinchi pozitsiyaga kirish ehtimoli sezilarli darajada oshadi. Qidiruv tizimlaridan sizning maqolangizga o’tishlar qanchalik ko’p bo’lsa, sayt ham shunchalik mashhurlikga erishadi.

Agar maqolada ishlatilgan so’zlarning kombinatsiyasi internetdagi boshqa maqolalarda topilmasa, matn noyob deb hisoblanadi. Aks holda, birinchi so’zdan oxirigacha o’zingiz yozgan bo’lsangiz ham, maqolaning noyoblik darajasi past ko’rsatgichga ega bo’lishi mumkin. Sababi, siz ishlatgan iboralar allaqachon boshqa mualliflar tomonidan ham ishlatilgan bo’lishi mumkin.

Siz maqola noyobligini tekshirib, uni maxsus dasturlarda yaxshilashingiz mumkin, shunday dasturlardan biri Etxt.ru. Maqolaning yuz foiz noyobligi, bosma nashrlarda ham talab etiladi.

Qadam №9. Matnni formatlash, dizaynini yaxshilash

Matn dizaynini yaxshilash

Matnni to’g’ri chop qilish juda muhimdir, ya’ni malumotlarning o’quvchi tomonidan oson qabul qilinishini taminlash. Formatlash usullari o’quvchilarga vizual ko’rinishlarni yaratadi va matnni o’qishni oson va tushunarli qiladi. Maqola dizaynini yaxshilaydi.

Quyidagi formatlash elementlari mavjud:

  • Qo’shimcha sarlavhalarni ajratib ko’rsatish. Ajratib ko’rsatishning ikki yoki uch usulini tanlang. Agar ajratib ko’rsatishlar ko’p bo’ladigan bo’lsa, o’quvchilarning matndan tez zerikishlariga olib kelishi mumkin.
  • Belgilangan yoki raqamlangan ro’yxatlar. Bizning miyamiz hamma narsani tasniflashga odatlangan va ushbu formatlash texnikasi o’qishni osonlashtiradi.
  • Asosiy iboralarni yoki so’zlarni ajratib ko’rsatish. Bu tez o’qishda yordam beradi, o’quvchi, darhol batafsil ma’lumotga kirishga arziydimi yoki yo’qligini darhol anglab oladi.
  • O’qilishi oson bo’lgan shrift. Turli bezakli shriftlarni o’qish qiyin, bu maqolani o’qimaslik va zerikishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, o’qish oson bo’lgan shriftni tanlang, shaxsan menga Times New Romani shrifti ko’proq yoqadi.
  • Oddiy takliflar. Psixologiyada oltin formula mavjud – 7 / minus 2. Bu jumladagi so’zlar soniga tegishli.
  • Maqolada iqtiboslarni albatta ishlating. Bu maqolaning o’quvchi yodida qolishiga yordam beradi.

Oltin o’rtaliqni eslang, formatlash elementlaridan ortiqcha foydalanish, matn sifatini yo’qotishiga olib kelishi mumkin. Matn dizayni haqida gap ketganda, maqolaga qo’yiladigan grafika elementlarini ham esga olish kerak – rasmlar, jadvallar, diagrammalar, fotosuratlar qo’yish ham mumkin. Rasmlarning sifatli bo’lishi va mavzuga mos bo’lishi juda muhimdir.

Qadam №10. Matnni saqlab qo’yish

Matnni saqlab qo'yish

Endi maqolani saqlash vaqti keldi. Uni yopish va eng muhimi – qaysi papkada qo’yganligingizni unutmaslik kerak. Yoki, «Shaxsiy brendimni targ’ib qiladigan maqola» kabi alohida papka yaratish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Agar maqola qo’l bilan yozilgan bo’lsa, ya’ni qog’ozga, uni elektron shaklga o’tkazish va keyin aniq papkaga saqlash, yopish va eslab qolish kerak.

Matnni elektron variantga o'tkazib keyin saqlab qo'yish

Hozirgina yozilgan maqolani nashr etishga shoshilmang. Iloji bo’lsa, uni bir oz vaqt belgilangan papkada turishiga yo’l qo’ying va bir muncha vaqt o’tgach, boshqa vaziyatda va baland ovozda o’qing. Bu mumkin bo’lgan kamchiliklarni aniqlash va tuzatishga yordam beradi. Ideal holatda, yozilgan maqolani muharrirga, yoki boshqa bir shaxsga, xato kamchiliklarini ko’rib berishni so’rash to’g’riroq bo’ladi.

Ushbu bosqichma-bosqich yo’riqnomadan foydalanib, siz birinchi marta yozayotgan bo’lsangiz ham, maqolangizni osongina yozishingiz mumkin. Maqoladagi xato va kamchiliklar haqida yoki tushunmay qolgan jumlalar bo’ladigan bo’lsa, izohlarda bemalol so’rashingiz, yozishingiz mumkin, albatta javob beraman. Barchangizning ijodlaringizga omadlar tilab xayrlashaman, xayr!

Umidjon Obudov

Baholashni unutmang!
( 126 assessment, average 4.45 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 64
  1. Feyya

    :idea: :idea: :idea:

  2. Soporboyeva Mardona

    Koʻp maqolalar bilan tanishib chiqdim! Hozirgi kun talabidan kelib chiqqan holda yozilgan! Manga yoqdi! :idea: :idea: :idea:

  3. Nodira

    Ajoyib :oops: :idea:

  4. Nigora

    :idea:

  5. Akbarovna

    Rahmat kottakon. Juda tushunarli yozipsiz👍

    1. Sevara

      Judayam ajoyib chiqqan.rahmat kattakon ☺️

  6. Abbosbek Eraliyev

    Judayam foydali maqola yozibsiz. Imlo xatolarini bir qator ko’rib chiqing vaqt topib :idea:

    1. Умиджон Обудов (author)

      Raxmat. Yaxshi, harakat qilaman.

  7. Oyjamol

    Assalomu alaykum bizni soxamiz haqida gapradigan bolsam ;
    Juda o»ziga xos hamda har soniyada kerak boladigan ish deb oyliman .
    Ob havo maqola yozishni kop oylayman yuqoridagilar juda yoqdi mamnunman lekin iloji bulsa kimnidr maqolasini uzingiz eng yaxshi deb tan olgan maqolani bizga korsata olasizmi

  8. maqola

    Assalomu alaykum! Maqolani qanday qilib yozish kerakligi to’g’risidagi qo’llanmangiz chindan ham o’ta foydali. Sizdan bir narsa so’ramoqchi edim. Biror bir asar to’g’risida ham maqola yozsa bo’ladimi? :?:

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Ha albatta bo’ladi.

  9. Asadova Jangiloy

    Ассалом алейкум енг аввало илмий ишларингизга оммат йор болсин,мувофакийатингиз бардавом болсин. мени хам биринчи бора макола йозишим кандай тарибда йозишни билмай тургандим, маколани кандай йозиш тогрсидаги колланмангиз жуда хам аскотди.аллох рози болсин.😊

    1. Умиджон Обудов (author)

      Валейкум салом. Макола сизга фойда берганидан хурсандман, тилакларингиз узингизга хам хамрох булсин.

  10. Saidxuja

    Juda ajoyib maqola ekan aniq tushundim deb o’layman
    men fizikman
    shu sababli ilmiy maqolalar haqida ham yozish mumkinmi iloji bo’lsa
    albatta ko’pchilikga foydasi tegar edi

  11. Nodira

    Birorta maqolangizdan yuborsangiz o’qib chiqardim oldindan rahmat.

    1. Умиджон Обудов (author)

      http://uzinterbiz.com/

  12. Olimov Ollobergan

    Assalomu alaykum. Maqolanggiz juda ajoyib va foydali ekan, ayniqsa maqola yozishni endi o’rganayotgan insonlar uchun nihoyatda foydali maqola. Sizga katta rahmat, bu maqolani o’qib men ham kerakli va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldim. Ishlaringgizda omad yor bo’lsin, SOG’ OMON BO’LING!!!

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Raxmat, maqolaning sizga foydali bo’lganidan xursandman.

  13. Aziza

    Assalomu alaykum menga ham maqolalaringiz juda yoqdi

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom, xursandman.

    2. Farangis

      Assalomu aleykum!
      Maqolangizni oʻqib chiqdim judaham foydali boʻlibdi
      Savolim bor edi maqola mavzusi bir hil yani bir hil mavzudan 2 3 hil uslibda korinishda maqola yozib joylasa ham boladimi
      Javob uchun oldindan raxmat

      1. Умиджон Обудов (author)

        Valeykum salom. Savolizga tushunmadim, qayerga joylamoqchisiz?

  14. Dilafruz

    Maqolangiz ajoyib ekan . Bu menga qo’llanma bo’ldi. Ilmiy maqolalar va ularga iqtibos keltirish haqida batafsilroq tushuntira olasizmi ?

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. Keyingi maqolalarda harakat qilaman.

  15. Umida Rustamovna

    Assalom aleykum
    Judayam teran fikrlar bilan yoritilgan ekan
    Rahmat

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Sizgayam raxmat.

  16. Sitora Yaxshimurod kizi Norboboeva

    Maqola yozganda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini maqolani qaysi qismiga yozamiz.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. Xulosa qismiga yozish mumkin.

  17. Maftuna

    Assalomu alaykum, yo’l-yo’riq va barcha maslahatlariz tushunarli, lekin bir joyiga tushunmadim. matnni formatlash, dezayni degan joyizga «Psixologiayda oltin formula mavjuda 7\ minus 2». Bu jumlalar soniga tegishli degansiz, shuni tushuntirib berolasizmi?. Javoningiz uchun oldindan rahmat

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. «Psixologiayda oltin formula mavjuda 7\ minus 2». Bu jumlalar soniga tegishli, ya’ni bir abzastda ko’pi bilan 7 ta kamida esa 5 ta jumla bo’lishi kerak degani.

      1. Laylo

        Assalomu alekum szdan iltimosim bor edi manga yordamiz kerak maqola yozishga

        1. Умиджон Обудов (author)

          Мфдунлгь salom. @uzinterbiz_com kanalimizga yozing!

  18. Madina Xoshimxonova

    Assalomu alaykum. Maqolani qayerda va qanday chop ettiriladi? shunga ham javob bersangiz. Hozirgi maqola haqidagi maqolangiz ham judayam foydali bo’ldi katta rahmat.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Qanday maqola to’g’risida so’rayapsiz?

  19. Dildora

    Assalomu alaykum. Maqolani boshlang‘ich sinflar uchun Alifbe kitobidagi o‘rganilishi qiyin bo‘lgan harflarga ham yozsa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Albatta bo’ladi.

  20. Shohruh

    Qanday qilib gazetga maqola chiqarish kerak

  21. Marjona SHodiyeva

    Assalomu alaykum. Katta raxmat juda tushinarli yoritib bergan ekansz. Keyingi ishlariyizga ham omad tilayman

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Raxmat.

  22. Bonu

    Assalomu alaykum Umidjon Obidov man talabaman va ilmiy maqola yozib ko’rmaganman bizga ilmiy maqola yozish topshirig’i berilgan endi va man shunga ilmiy maqola qanday yozilishi haqida qdirdm szga savolim boridi man qanday sarlovha tanlashdi blmayappan yo’nalish berolaszmi

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Sarlavha qanaday yozilish maqolaning ikkinchi bo’limida yozilganku, ya’ni mana bu bo’limda: Qadam №2. Maqolaga sarlavha tanlash

  23. Xusnddin

    :idea:

  24. Tukhtaeva

    Menga katta foydasi tegdi.Thanks☺

  25. Xiyolaxon

    Salom yaxshimisiz men ilmiy maqola yozmoqchi edim Angela Merkel mavzusida. Yozganlarizi o’qib chiqdim qanday maqola yo,ish to’g’risida. O’zingizni ilmiy maqolalaringiz bormi shu mavzularga yaqin bolsa tashlab bersangiz iltimos. Hech ham yozmaganim un qiynalyapman

  26. Nasiba

    Assalomalykum. Maqola yozish kimningdir iqtidor, istagi bilan yana kimningdir majburiyatidan kelib chiqadi. Ilmiy maqolalar ko`pincha ikkinchisiga mos. Qaysi sohada bo`lmasin dolzarb masalaga qaratilgan maqolalarni ilova qilib borsangiz. Sodda va tushunarli bo`lsin. Yuqoridagi amaliy yordam uchun raxmat.

  27. Muxriddin

    Assalomu aleykum gap yoq zor chiqipti sizdan bitta narsa so’rayman ilmiy ish yozishniyam qoidalarini maqola qilib chiqarsangiz zo’r bo’lar edi oldindan raxmat ;-)

  28. QOPLON

    MAQOLADAN NAMUNALAR BO’LSA YAXSHI BO’LARDI UNDAN TASHQARI YOZILGAN MAQOLALARNI QAYSI SAYTLARDA ELON QILISH MUMKIN
    :smile: :smile: :smile:

  29. Shahzod

    Katta rahmat

  30. Ziyodullo

    maqola yozib respublika jurnaliga ommolashtirib berasizmi ?

  31. Ismat Davronov

    Raxmat kattakon juda foydali bo’ldi

  32. Robiya

    Assalomu alaykum publististik maqoladan namuna yubora olaszmi

  33. Guljahon

    Assalomu alaykum barchaga men bogʻchada tarbiyachi vazifasidaman iltimosim menga maqola mavzusiga oʻz yordamingizni bersangiz

  34. Muhayyo

    Assalomu alaykum.Maqolani oʻqib chiqdim.Juda ham ajoyib.Men ham endi maqola yozishni boshlamoqchi man. Siz bergan ma’lumotlar katta yordam beradi degan umiddaman.

  35. Iroda

    Zoʻr chiqibdi bravo

  36. mashhura

    hammasi tushunarli lekin 7\minus 2 qoidasi haqida ham ayta olasizmi

  37. Qunduz

    Assalomu aleykum. Yahshi maslahatlar oldim, men hali maqola yozib koʻrmaganman,lekin yozishim kk, shunga tayyor maqolalaringizni qaydan olsam boʻladi oldindan rahmat.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Tayyor maqolalar saytda turibdiyu (((

  38. Sardorbek

    Assalomu aleykum maslahatlariz uchun kottakon rahmat .Bitta savolim bor edi siz ózbek tilidagi maqolalarni ham yoza olasizmi masalan leksikalogiya imlo qoidalari shu kabilari haqida .Iltimos menga yordam bering.

  39. Madina

    Assalomu aleykum yaxwimisz menga yozgan maqolangiz juda yoqti.menda savollarim bor edi men tibbiyot sohasida oqiyman lekin kichik kursman biror kasallik haqida yoki klinikadagi vaziyatlar bemorlar bn iwlash togrisida maqola yozsam ham bolarmikn ozim mustaqil adabiyotlar bn taniwib oz fikrlarimni qowib yoki ózi amaliy kuzatib bajargan boliwi wartmikn

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Albatta bo’ladi.

  40. Fayzullo

    Sodda va ravon yozilgan , tushunishga oson 👍🏻

  41. Sanjar Qurbonov

    maqola uchun rahmat, yaxshi yozilibdi,
    siz asosan beznisga oid maqolalar yozsizmi?
    men ilmiy-siyosiy maqola yozmoqchiman

  42. Munisaxon

    Assalamu alaykum va rohmatulloh. Juda manfaatli maqola boʻlibdi,maqola birinchi marta yozmoqchiman qoʻllanmalaringiz katta yordam beradi va yaxshi maqola yozishimga asqotadi degan umiddaman. Alloh rozi boʻlsin raxmat :) 👍👍👍🙃

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Sizga ham raxmat, Sizga foydam tegsa, man xursandman.

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: