Hammaga, Salom! uzinterbiz.com blogiga hush kelibsiz! Sizga o’tgan maqolamizda juda qiziq va shu bilan birga murakkabroq bo’lgan web-dizaynerlik kasbi haqida qisqacha ma’lumot berib o’tgandim. Bugun esa mavzudan chekinmagan holda davom etamiz. Bugungi maqolada, web-dizayner ko’nikmalari, ya’ni, qaysi dasturlarni o’rganishi, nimalarni bilishi va bu kasbni egallash uchun qanday kitoblarni o’qish kerakligi to’g’risida gaplashamiz.
Shuningdek, haqiqiy saytni loyihalash va yaratish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarga e’tibor qaratamiz. Albatta, sizda biznes va muloqot qobiliyatlari ham bo’lishi kerak, ammo bu biroz boshqa mavzu. Bu mavzularga alohida maqolalarda batafsil to’xtalib o’tamiz.
Shunday qilib, web-dizayner bo’lish uchun siz quyidagilarni bilishingiz kerak.
Web dizayner uchun estetik ko’nikmalar
MASLAHAT! Estetika murakkab narsa. Ba’zi odamlar uchun ajoyib ko’ringan rang sxemasi boshqalar uchun juda g’alati ko’rinishi mumkin. Sizga «mukammal» ko’ringan shriftlarni mijoz yoqtirmasligi mumkin.
Internet- bu matn, so’zlar. Va bu so’zlar chiroyli ko’rinishga ega bo’lishi kerak. Biroq, tipografika faqat to’g’ri shriftni tanlashdan iborat degani emas. Dizayndagi grafik ierarxiyani yaratish uchun dizayndagi shrift o’lchamlarini, turlarini va uslublarini to’g’ri tanlash va birlashtirish kerak.
Bu borada sizga Emil Ruderning «Tipografika» kitobini ko’rib chiqishni taklif qilaman . O’qish juda uzoq vaqtni egallashi mumkin. Darhol amaliyotni boshlashni istaganlar uchun – mavzu bo’yicha qisqa video, video rus tilida:
Tipografika qoidalarini o’rganganingizdan so’ng, loyihangiz uchun ba’zi shriftlarni sinab ko’rishingiz mumkin. Aslida, tarmoqda juda yaxshi bepul shriftlar mavjud, shuning uchun atrofga nazar tashlang. Ko’p odamlar Google Web-Fonts-dan shriftlarni tanlaydilar. Google shriftlari saytga «joylashtirish» uchun juda qulay hisoblanadi.
Rang nazariyasi va rang sxemalari
Rang nazariyasining texnik rang nomlari bilan aloqasi yo’q. Rang nazariyasi, birinchi navbatda, ranglarning kombinatsiyasi va uni qabul qilgan odamning his-tuyg’ulari o’rtasidagi munosabatni o’rganadi. Bu haqiqiy ilm. O’rganish uchun asosiy dastur – Adobe Color CC
Keling, yaxshisi ranglar va ranglarning kombinatsiyasini tanlash uchun rang nazariyasi haqida gapiraylik. Rang nazariyasini o’rganayotib siz, asosiy, ikkinchi va uchinchi darajali ranglar kabi tushunchalarga duch kelasiz.
- Asosiy ranglar– bu ranglar to’plami bo’lib, aralashtirilganda siz boshqa ranglarni olishingiz mumkin. RGB (red, green, blue — qizil, yashil, ko’k), CMYK (cyan, magenta, yellow, black — ko’k, qirmizi, sariq, qora) va RYB (red, yellow, blue — qizil, sariq, ko’k). Ushbu modellar chop etishda, elektron ekranlarda va chizishda ishlatiladi.
- Ikkinchi darajali rang– ma’lum bir rang modeli doirasida ikkita asosiy rangni aralashtirish natijasida olingan rang.
- Uchinchi darajali rang– bu bir asosiy maksimal to’yingan rangning, ikkinchi asosiy yarim to’yingan rangga aralashtirilishi natijasida hosil bo’lgan rang. 6 ta uchinchi darajali ranglarni ajratish mumkin: qizil-sabzi rang, sariq-sabzi rang, sariq-yashil, to’q ko’k-yashil, to’qko’k-ko’k va qizil-binafsha ranglar.
HTML va CSS
MASLAHAT! Oldindan aytib qo’yaman, web dizaynerlikni endi boshlayotganlar uchun bu tillarni bilish, boshlanishida muhim emas, lekin keyinchalik kerak bo’lishi mumkin. Shuning uchun, ish boshlanishida bu tillarni o’rganishga ortiqcha vaqt sarflash unchalik shart emas.
HTML «gipermatnni belgilash tili» dir. Siz ko’rgan har bir sayt HTML asosida yaratiladi. HTML sizning brauzeringizga saytda matn, rasm, havola, video yoki boshqa elementlar mavjudligini tushuntiradigan tildir. Brauzeringiz kodni tarjima qilib, keyin ekranda sizga tushunarli qilib xavola qiladi. HTMLni o’rgatadigan kitob: http://ru.html.net/tutorials/html/
Saytni chiroyli qiladigan boshqa til CSS deb ataladi, bu «kaskadli uslublar jadvallari» degan ma’noni anglatadi. CSS brauzerga matnda qanday shrift ko’rsatilganligi va qaysi ranglar ishlatilishini ko’rsatadi. CSS, sodda qilib aytganda, web-saytingizning ko’rinishini (tugmalar, uslublar, ranglar, animatsiyalar) tashkil etadi. CSS bo’yich kitob bu yerda: http://ru.html.net/tutorials/css/
Web-dizayn yo’nalishlari
Ba’zi mijozlar, ehtimol, sizning oldingizga kelishdan oldin, zamonaviy saytlarning bir nechta misollarini ko’rib chiqarlar va hatto web-dizayn yo’nalishlari bilan bog’liq bir nechta maqolalarni o’qirlar. Ular so’ragan narsalarni tushunish va ularga taklif qilish uchun urfni va mashhur dizayn elementlarini bilish kerak bo’ladi.
Web-dizayndagi tendentsiyalar doimo o’zgarib borayotganligi sababli, kimnidir ishini ajratib ko’rsata olmayman. Bu yerda men sizga web-dizaynerlar uchun saytlarni kuzatishingizni maslahat beraman, bu saytlarda yaxshi misollar bor:
- abduzeedo.com
- behance.net
- noupe.com
- webdesignerwall.com
- flickr.com
- awwwards.com
Web dizayner ishlay bilishi kerak bo’lgan eng asosiy dastur
Quyidagi dasturlarning bittasini yaxshi bilish, boshlovchi dizaynerlarga etarli deb o’ylayman. Chunki, bu dasturlarning barchasi deyarli bir xil vazifalarni bajaradi xisob:
- Adobe PhotoShop – bu dastur, shunday dasturlar orasidagi eng old dasturdir. Bu dasturning tarifini bilmagan dizayner kam bo’lsa kerak.
Xulosa
Dizayner o’z bilimlarini doimo yangilab turishi, zamonaviy mahsulotlarni yaratish uchun bir nechta tegishli sohalarni tushunishi zarur. Shuning uchun dizayner nafaqat rassom, balki tahlilchi, dizayner va nozik psixolog ham bo’lishi kerak.
Keyingi maqolamda bu kasb egalarining maoshi va ish joylari haqida batafsil gaplashamiz. Agar, siz web-dizayn to’g’risida ko’proq bilmoqchi bo’lsangiz izohlarda yozing va biz mavzu bo’yicha ko’proq foydali materiallar yaratamiz. Barchaga omad!