Kopirayting nima degani: qaerdan boshlash va qanday pul ishlash mumkin

Koperayting nima degani

Salom, do’stlar. Bugungi maqolamizda koperayting nima ekanligi haqida gaplashamiz. Agar siz, matn yozish bu, kopirayting ekanligini bilsangiz ham maqolani oxirigacha o’qing, chunki koperayting to’g’risida kengroq tasavvurga ega bo’lasiz. Va umid qilamanki, rivojlanish uchun yangi bilimlarni egallaysiz.

Internet kasblar bo’limiga QAYTISH

“Qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi!” shiori ostida pul uchun matnlar yozish — bu kopirayting emas. Yangi boshlayotganlarning 100 dan 98 tasi kopiraytingni qandaydir romantik narsalar yozish deb hisoblashadi… Lekin bu mutlaqo bunday emas.

Matn yozish bilan shug’ullanadigan odamlarni, veb-rayterlar ya’ni veb-yozuvchilar deb atash tug’riroq bo’ladi.

Veb-yozuvchilar nimalar yozadilar:

  • Mualliflik maqolalari,
  • SEO optimallashtirilgan matnlar,
  • Veb-saytlarning asosiy sahifalaridagi matnlar (masalan, kompaniya haqida),
  • Onlayn do’konlardagi mahsulotlarning oddiy tavsiflari,
  • Qayta yozish — rerayt.

Oddiy qilib aytganda, ma’lumot beruvchi yoki ko’ngilochar xarakterdagi har qanday matnlarni yozishlari mumkin. Nega bu kopirayting emas? Chunki bunday matnlar sotuvchi matn emas. Kopirayting nima, sotuvchi matn nimaligini maqolani o’qish davomida tushinib olasiz…

Kopirayting nima degani?

Xo’sh, kopirayting nima? Kopirayting bu — sotuvchi matnlarni yozish. Bu nima degani? Koperaytingning maqsadi, 1000, 2000 … 10 000 belgi (harf) dan iborat matn og’irligi emas, balki sotishdir. Faqat mahsulotlar, xizmatlar sotilmaydi, siz qandaydir harakatni ham sotishingiz mumkin — masalan, qo’ng’iroq qilish, ro’yxatdan o’tish, xabarlarga obuna bo’lish, havolani bosish va hokazolar.

Professionallar koperaytingni «mijozni harakatga yoki bitimga undash» deb ham atashadi. Va bu harakatning asosiy qahramoni matndir.

Kopirayting nima. Mijoz bilan shaxsiy uchrashuv o’rnini bosadigan, mahsulotni taqdim etadigan, e’tirozlarni ko’rib chiqadigan va mahsulotni sotib olishga undaydigan matn bu, koperaytingdir. Koperayting — bu manashunday bir sehrli matn!

Mijoz uchun matn bilan gaplashish juda oson, biror nima yoqmadimi, matnni yopadi va unutadi, shuning uchun koperayter xatoga yo’l qo’yishga haqqi yo’q. A siz bilan shaxsan uchrashuvda esa, sizning rayingizni qaytarishga qiynalishi yoki shunga ko’ra ish tutishi mumkin.

Kopirayterga nima uchun va qancha to’lashadi

Endi o’ylab ko’ring, bunday «sehrli» matn arzon bo’lishi mumkinmi? Albatta yo’q. Buning ortida maqsadli auditoriyani o’rganish, tasir qilish nuqtalarini aniqlash va strategiyani ishlab chiqish kabi og’ir mehnat yotadi. Kopirayterning ishida matn yozish butun jarayonning ¼ qismini oladi. Qolgan vaqt esa tayyorgarlik bilan o’tadi. Bu shunday og’ir jarayon.

Kopirayter xizmatiga ko’p pul to’lashga tayyor bo’lgan ishbilarmonlar uchun «Men matnlar yozaman, 1000 belgining narxi 100 000 (500 000, 1000 000) so’m» kabi hikoyalarni eshitish qiziq emas.

Kopirayterlarga matn yozish uchun emas, balki muammoni hal qilish uchun haq to’lanadi. Muammolar har xil bo’lishi mumkin: konvertatsiyani oshirish, sotishni ko’paytirish, yangi maqsadli auditoriyani jalb qilish va hokazo. Mutaxassis qanchalik yaxshi bo’lsa, vazifalar doirasi shunchalik keng bo’ladi. Va uning xizmatlari uchun narxlar yuqori bo’ladi.

Matn yozish biznes muammosini hal qilishdan ko’ra osonroqdir. Shuning uchun, oddiy matnning narxi o’z-o’zidan kam turadi. Agar matn muammoni hal qilsa, hatto 500 harfdan iborat bo’lsa ham, o’rtacha (bazida yuqori) menejerning oylik maoshidan qimmat bo’lishi mumkin.

Kopirayting yo’nalishlari

Kopirayting nima va qanday yo’nalishlarda bo’lishi mumkin. Biz shifokor deymiz, lekin lor, jarroh, ortopedni nazarda tutamiz. Bu erda ham xuddi shunday — ma’lum bir sohaga ixtisoslashgan kopirayter bo’ishi mumkin.

Va bugungi kunda eng mashhurlari:

  • Lending (bir sahifali sayt) sahifalari uchun matnlar

Bunday saytlar qo’nish sahifalari deb ham ataladi, chunki ingliz tilidan tarjimada, landing — qo’nish degan ma’noni anglatadi. Boshqa nomi — bir sahifali sayt. Gap shundaki, bitta sahifada mahsulot (voqea, mutaxassis) haqidagi barcha ma’lumotlar, jumladan taqdimot va e’tirozlar yoziladi.

Bunday sahifalarning maqsadi boshqacha — mijozning kontaktlarini olish, unga qo’ng’iroq qilish, mijozni kompaniyaning asosiy veb-saytiga olib o’tish yoki xarid qildirish. Har qanday holatda bunday sahifalar mijozga mahsulotni sotish uchun yaratiladi. Qo’nish sahifasining samaradorligi uning konversiyasi bilan o’lchanadi. Konversiya bu — sahifaga qancha odam tashrif buyurgan, ulardan qanchasi maqsadli harakat qilgan. Boshqacha qilib aytganda, veb-saytdagi matn mijozni qanchalik ishontira olgan.

  • Tijorat takliflari

Bu erda hamma narsa aniq deb o’ylayman. Ushbu turdagi savdo matni uzoq vaqtdan beri mavjud va hamma joyda bir xil qo’llaniladi. Ammo tijorat takliflarining ba’zilari darhol odamni bezdiradi, ba’zilari esa sizni xarid qilishga ilhomlantiradi. Kopirayterning mahorati va bunday matnlarning narxi mijozning harakatiga qarab o’lchanadi.

  • Elektron pochta xabarnomalari

Spam bilan adashtirmaslik kerak. Bu yerda mijoz ixtiyoriy ravishda pochta manzilini qoldirib, xabarlarni olishga rozilik bildiradi. Elektron pochta marketingining maqsadi mijoz bilan iliq munosabatda bo’lish va uning sodiqligini oshirishdir.

Xaridorni yangi mahsulot yoki voqea haqida xabardor qilish uchun elektron pochta xizmatidan foydalanish vaqti o’tib borayapdi. Hozirgi kunda yuborilgan xabar foydali, qiziqarli va halol bo’lsa muvaffaqiyatli bo’ladi. Xabar jo’natishning samaradorligi, mijozning elektron pochtani ochishi va ichidagi havolalarni bosish soni bilan o’lchanadi.

Yana qanday yo’nalishlar

  • Longrid maqolalar

Bu yo’nalish jurnalistikadan kirib kelgan. Nomidan ko’rinib turibdiki (long — uzun, read — o’qish) — gap uzun matn haqida boryapdi. Ya’ni hikoyalar haqida. Ushbu formatda kopirayterlar, kompaniyalar yoki yakka shaxslarning kelib chiqish tarixi va muvaffaqiyati haqida hikoyalar yozadilar. Bu erda to’g’ridan-to’g’ri savdo yo’q, lekin muhim marketing vazifa bo’ladi — ya’ni, mijozlar ko’z o’ngida to’g’ri imidj yaratish vazifasi.

  • Olx e’lonlari

Bir qarashda juda oddiy bo’lib tuyulishi mumkin. Har birimiz bunday e’lonni kamida bir marta berganmiz. Masalan, agar siz velosiped sotmoqchi bo’lsangiz, bunday e’lonni o’zingiz bemalol yozishingiz mumkin. Ammo Olxda nafaqat ishlatilgan velosipedlar va divanlar sotiladi. Ko’plab tadbirkorlar va yirik kompaniyalar o’zlarining tovarlari va xizmatlarini sotish uchun ushbu platformadan foydalanadilar.

Va bu erda kopirayterlar jang maydoniga kirishadi va reklama samaradorligini sezilarli darajada oshirishga urinadilar. Ba’zi koperayterlar foyda foizi asosida ishlashadi, ular e’lonni yozadilar va shu reklama natijasida amalga oshirilgan sotuvlarning foizini oladilar. 1000 ta harfli matn uchun haq olish bilan amalga oshirilgan savdoning foizini olishning farqini sezyapsizmi? Ikkinchi holatda, kopirayter o’z ishi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi va uning yechimi ishlashiga kafolat beradi. Va bu butunlay boshqa daraja.

  • Konsalting va audit

Muayyan sohada mutaxassis bo’lib, nom, obro’ qozonganingizda, siz haqingizda yaxshi fikrlarga ega bo’lganingizda, odamlar sizga maslahat uchun murojaat qilishadi. Bepulga emas, albatta. Siz marketing strategiyasida yo’l qo’yilgan xato va muammolarni tahlil qilasiz. Tuzatish uchun tavsiyalar berasiz. Va siz yangi mijozlar orttirasiz.

Koperaytingda yulduz bo’lish osonmi

Yulduz bo’lish oson emas albatta. Yulduz bo’lish, endi boshlayotganlar uchun emas. Shubhasiz, siz bir necha oy ichida bitta trening, ikkita vebinar tinglash va birjalarda 10 ta vazifani bajarish orqali kopirayterlik mahoratini o’rgana olmaysiz. Bu yillar davomida amaliyotlar o’tkazish va rivojlanishga harakat qilish natijasida erishiladigan kasb.

Koperayting yulduzlari ham «yulduz» bo’lib tug’ilmagan. Barchasi noldan boshlab erishishgan. Bu sohada har kimning o’z yo’li bo’lsa-da, biz kopiraytingning quyidagi rivojlanish bosqichlarini taxminan ajratib ko’rsatishimiz mumkin:

  • Qayta yozuvchi (rerayter)
  • Veb-muallif
  • Kopirayter
  • Muharrir
  • Marketolog
  • Maslahatchi
  • Trener
  • Tadbirkor va hokazo.

Hali hech kim chegaralarni belgilamagan.

Kopirayterlikni nimadan boshlash mumkin

Kopirayterlikni qaerdan boshlash haqida biz yuqorida batafsil gaplashdik. Yaxshi kopirayter marketing asoslarini bilishi va savdo ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Qaerda bo’lishingizdan qat’iy nazar — siz Rossiyada, Zimbabveda va hatto dunyoning nariga qirg’og’ida bo’lsangiz ham, o’quv materiallari bugungi kunda ochiq va qo’l ostingizda turadi. Agar sizda texnik imkoniyat bo’lsa, ya’ni Internetga ulangan noutbuk — u holda dunyodagi barcha ta’lim resurslari sizning ixtiyoringizda bo’ladi. Bu sizga uyda o’tirib, uy kiyimingizni yechmasdan tajribali koperayting mutaxasisi bo’lish imkonini beradi. Kurslar, vebinarlar va treninglar, siz rivojlanishingizga yaxshi turtki bo’ladi.

Men quyidagi manbalarga e’tibor berishni tavsiya qilaman:

  • To’g’ri kopirayterlar akademiyasi.
  • Madcats.ru
  • Websarafan.ru

Ushbu saytlar mutaxassislarni izlayotganlar uchun foydali ma’lumotlar omboridir. Bundan tashqari, ular doimiy ravishda Kopirayting nima ekanligini biladigan mutaxasistlarining qiziqarli taqdimotlarini o’tkazadilar. Yaqinda men Dmitriy Kotning onlayn bepul darsini tingladim.

Ushbu manbalardagi mualliflar orasida kopirayting yulduzlari bor va ularning maqolalari to’g’ri yozishga misol bo’ladi. Hatto ushbu manbalardan sizning pochtangizga yuborilgan xatlar ham tayyor o’quv materiallari bo’lishi mumkin.

Sizni qiziqtirgan mualliflarning bloglarini o’qish va ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib borish juda foydali. U erda ular saxiylik bilan o’zlarining sirlari va ish faoliyati bilan o’rtoqlashadilar, tajribali odamlarni, resurslarni tavsiya qiladilar va dolzarb voqealar bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashadilar. Hech kimga sir emaski, muvaffaqiyat ko’p jihatdan sizning yashash muhitingizga ham bog’liq. O’zingizni professionallar bilan o’rab oling, onlayn dunyoda bu har qachongidan ham osonroq.

Va, albatta, — «eski» qadrdon kitoblar ham juda foydali. Hech narsa yaxshi adabiyotlar kabi boshingizdagi ma’lumotni shakllantirishga yordam bermaydi. Birinchi qoʻllanma sifatida men Dimitriy Kotning “Копирайтинг. Как не съесть собаку» nomli kitobini o’qishni tavsiya qilaman. Bugungi kunda u rus kopiraytinggida eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.

Koperayt bilan koperayting farqi nimada

Koperayt nima degani? Bu so’zning kopirayting bilan hech qanday aloqasi yo’q. Koperayt (Mualliflik huquqi) bu — mualliflik huquqidan foydalanish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun normasidir.

Koperayter bo’lishni xohlaysizmi, xohlamaysizmi?

Ehtimol, sizga barchasi murakkab bo’lib tuyulayotgandir. Siz koperayterlikni uddalay olishingizga shubha qilyotgandirsiz. Axir, siz frelanserlikka yoki masofadan ishlashga, yillar davomida, uzundan-uzun matnlarni arzimagan pulga yozish uchun kelmagandirsiz?

Zamonaviy ma’lumotlarga ega bo’lgan holda, siz befoyda ishlarga vaqt sarflamasdan, boshidan to’g’ri yo’nalishda rivojlanishingiz mumkin. Axir, vaqt — bu almashtirib bo’lmaydigan manba, qolgan hamma narsa sabr-toqat va amaliyot masalasidir.

Maqsadlar katta bo’lsa, ularga erishish uchun ko’p kuch va imkoniyat berish kerak bo’ladi. Harakatda bo’ling, aziz o’quvchilar! Saytga obuna bo’ling va masofaviy ish haqida ko’proq foydali ma’lumotlarni oling.

Оцените материал
( 1 оценка, среднее 5 из 5 )
Nargiza Umarova/ автор статьи

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: