Salom do’stlar. Bugungi maqolamizda, Internet haqida malumot beriladi.
Internet rivojlanib borayapti. Bu esa ko’p odamlar o’z hayot tarzini tubdan o’zgartirib yuborishiga sabab bo’lyapti. Hozirgi kunda dunyoning qariyb 3/2 qismi bu tarmoqdan foylanmoqda. Shunday ekan bu ko’rsatkich kundan-kunga o’sib borayapti.
Mana siz ham hozirgacha Internet tarmog’idan foydalanib kelyapsiz, shu o’rinda sizga bir savolim bor: Internet nima o’zi? Undan odamlar nima maqsadda foydalanishadi? Undan qanday qilib unumli foydalanish mumkin?
Tabiiyki, bu savollarimga sizda javob yo’q, aks holda siz internet haqidagi bu maqolani o’qishni boshlamagan bo’lardingiz. Agar siz ham bu savollarga javob izlayotgan bo’sangiz, bugun barcha savollarning javobini bilib olasiz.
Bugungi maqolamda sizlarga Internet haqida ma’lumot bermoqchiman. Uning ishlash tarzi, imkoniyatlari va boshqalar haqida bilimga ega bo’lasiz. Eng asosiysi, bugungi maqolamda siz uchun kerakli bo’lgan mavzu: “Internetda pul ishlash TOP-3 taligi” ni sizlarga taqdim etaman. Bularning hammasi siz uchun qulay bo’lib, o’zingizni yuksaltirishingizda yordam beradi. Bunga tayyor bo’lsangiz boshladik.
Internet haqida asosiy tushuncha
Internet – bu qandaydir vazifalarni bajara oladigan tarmoqlarning to’plami hisoblanadi. Bu turli xil ta’lim, tibbiyot, biznes sohasidagilarning kompyuterlar serverlari orqali o’zaro aloqani mustahkamlash uchun Amerikada ishlab chiqilgan tarmoqlarning ketma-ketligidir.
Oddiy odam foydalanadigan dastlabki qatordan boshlangan bu ish, hozirgi kunda butun boshli global tarmoqqa aylandi. Bu tarmoq dunyoni o’ziga qamrab oldi. Hozirda undan foydalanishni hohlagan har bir inson buning uddasidan chiqa oladi, huddi sizga o’xshab.
Internet standart tizim hisoblanib, u o’z faoliyatida o’zini o’zi boshqarish strategiyasiga amal qiladi. Shu paytgacha uni faoliyatini boshqaradigan yagona tashkilot yo’q. Internetnetning texnik taraflari, ya’ni tezligi, provayderlar, trafik va ulanish kabi savollaringizga MANABU MAQOLADAN javob olishingiz mumkin.
Internetning imkoniyatlari
Men internetning barcha imkoniyatlarini bu yerda yozmayman, sababi bir maqolada barcha imkoniyatlari haqida to’liq ma’lumot berish qiyin. Eng asosiy, siz uchun foydali va muhim bo’lgan jihatlarinigina misol keltiraman xolos. Chunki, haqiqatda ham internetning imkoniyatlari cheksiz. Demak boshladik, asosiylaridan: uyingizdan chiqmay turib internet orqali bankdagi pullaringizni boshqarish, uyingizda o’tirib dunyoning istalgan yeridagi kompaniyalarda ish faoliyatingizni olib borishingiz, shaxsiy biznesingizni yo’lga qo’yishingiz mumkin.
Dunyo bo’ylab do’konlarga buyurtma berish, Telegram, Facebook va Instagram kabi turli xil ijtimoiy tarmoqlarda o’z hayot tarzingzini do’stlaringiz bilan bo’lishishni, dunyoning istalgan nuqtasidan turib elektron pochta orqali tanishlaringizga xabarlarni tezkor yo’llash va mashhur insonlar haqida ko’plab ma’lumotlarni osongina topishingizga xizmat qiladi.
Aslini olganda bu tarmoqning imkoniyatlari cheksiz bo’lib, bu esa sizga raqamli dunyo bo’ylab sayohat qilishingizga yordam beradi. Bu imkoniyatlardan foydalanishingiz uchun sizda faqatgina kompyuter yoki smartfoningiz va internetga ulanish imkoningiz bo’lsa bas.
Internetda pul topish TOP-3 taligi
Aksariyat odamlar Internetdan musiqa tinglash, ma’lumot izlash, do’stlar bilan suhbatlashish kabi oddiygina maqsadlarda foydalanishadi. Ammo tarmoqdan foydalanish uchun sizda imkoniyatlar juda ko’p, eng asosiysi daromadli usullari ham bor. Bu usullar bilan siz 1ta o’q bilan 2 ta “quyon”ni urishingiz mumkin. Bular sinalgan usullardan hisoblanadi.
- Blog yuritish
Onlayn biznes juda foydali yo’llardan biri hisoblanadi. Sayt yaratasiz va uni yuritasiz yoki ijtimoiy tarmoqlardagi profillaringiz va guruhlaringizni yuritasiz. Faqat shu bilan ish bitmaydi-ku deyishingiz ham mumkin. Ha shunday, lekin asosiy birinchi qadam shu hisoblanib, keying qadamlar shunga bog’liq bo’ladi. Ha aytgancha, bizning saytimizdan sayt yaratish darslarini o’rganib, mukammal saytingizni yaratishingiz mumkin.
Siz shunchaki saytni yaratasiz va uni foydali ma’lumotlarga to’ldirasiz. Maslahatim, siz xorijiy tillardagi qimmatli ma’lumotlarni o’zbek tiliga tarjima qilib yozing, chunki o’znek tilida bunday ma’lumotlar kam.
Vaqt o’tib, hammasi o’z-o’zidan yaxshi bo’lib boraveradi. Siz obunachilarni yetarli darajada yig’ib olganingizdan so’ng, tadbirkorlar tovar sotuvchilar sizga: “Mening mahsulotimni reklama qilib bering”,- deb yoza boshlaydilar.
Siz obunachilaringiz soniga qarab reklama narxini belgilaysiz va foyda olasiz. Bu faqatgina boshlanishi azizlar. Bundan so’ng siz hamkorlik ishlarini ham yo’lga qo’yishingiz mumkin. Muhimi, sizda bu ishga qiziqish va kreativlik bo’lishi kerak, qolgani o’z maromida ketaveradi.
- Mahsulot sotish
Siz tadbirkormisiz? Sizga yetarlicha haridor kerakmi? Unday bo’lsa, bu usul aynan siz uchun, nafaqat tadbirkor, balki savdo-sotiqni yoqtiradiganlar foydalanishlari ham mumkin. Bu yo’ldan borishingiz uchun sizda o’zingiz ishlab chiqargan mahsulot yoki birovlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot kerak bo’ladi.
Demak, sizda tayyor tovar bor, lekin siz unga doimiy haridor topa olmayapsiz. Shunda, sotmoqchi bo’lgan mahsulotingizga birinchi navbatda chiroyli ta’rif bering, uni dizaynini iloji boricha yorqinlashtiring . Chunki mahsulotning ko’rinishi chiroyli bo’lsa, odamlar unga qiziqa boshlaydi.
Asosiy ish. Internetdagi saytlarda reklama qiling. Agar buning uchun bir sahifali sayt yaratsangiz juda yaxshi, chunki haridorlarni olib qolish imkoni bo’ladi. Shunday qilib mahsulot sotilgani sari, boshqa turdagi tovarlarni ham ko’paytirish kerak. Shunda rivojlanasiz.
- Odamlarga kerakli ma’lumotlar tayyorlash
Misol uchun, maktab o’quvchilariga ma’lum bir mavzu asosida referat yozib ularni sotishingiz mumkin. Chunki bugungi kunda ko’pchilik o’quvchilar bunday narsalarni tayyorlashda erinchoqlik qilishadi. Bu o’z ornida sizning pul ishlashingizga imkon beradi. Agar xorijiy tillarni bilsangiz, ingliz va rus tillarida ham maqolalar yozishga buyurtma olib, ularni sotishingiz mumkin. Bunga talab juda katta.
Siz talabalarga diplom ishlarini tayyorlashda ham yordam berishingiz mumkin. Shu o’rinda, buyurtma qayerdan topaman? degan savol tug’uladi.
Bunday ishlar uchun ham alohida saytlar mavjud bo’lib, siz ularning adminlari bilan suhbatlashib, hamkorlik qilishga kelishib olishingiz mumkin. Muhimi siz tashabbuskor odamlar bilan yaxshi muomala qila olishingiz kerak.
Xulosa
Internet haqida hali ko’p gaplashamiz. Chunki, hali aytganimdek, internet imkoniyatlari cheksiz. Bu imkoniyatlarning har biri to’g’risida alohida maqolalar yozishga harakat qilaman va siz o’quvchilarga уetkazaman inshoolloh.
Xayr do’stlar. Qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, kommentariya qoldiring. Bu maqolam yoqqan bo’lsa, do’stlaringizga ham ijtimoiy tarmoqlar orqali ulashing. Keyingi suhbatlargacha.