Salom do’stlar. Bugungi maqolamizda Microdoft Office Excel haqida malumot bermoqchiman. Microsoft Office Word barchangizga, ayniqsa, kopirayterlarga juda tanish dastur hisoblanadi. Excel dasturini Word dasturidan farqi: bu dastur jadvallar orqali ishlaydi.
Oldingi maqolamizda Word dasturi bilan ishlashni o’rgangan edik. Bugungi maqolada esa Microsoft Office Excel dasturi haqida ma’lumot va undan qanday foydalanish mumkinligini bilib olasiz.
Microsoft Excel nima?
Microsoft Excel raqamli ma’lumotlarni yozib olish va tahlil qilish uchun foydalaniladigan elektron jadval dasturi. Siz bu dasturda Word dasturiga o’xshab jadval yaratib o’tirmaysiz. Bu dasturga kirishingiz bilanoq, tayyor elektron jadvalga ko’zingiz tushadi. MS Excelda fayllar “.xlsx” kengaytmaga ega. Bu dasturda moliyaviy ishlarda juda ko’p foydalanish mumkin.
Microsoft Office Excelda algebrik amal belgilari quyidagilar:
+ (qo’shish); – (ayirish); * (ko’paytirish); / (bo’lish); ^ (darajaga ko’tarish).
Aytib o’tishim kerak, Excelda diagrammalardan ham foydalanish mumkin. Ammo, bu dasturda Word dasturidagidek, referatlar yozib bo’lmaydi. Chunki, bu dastur jadvallar bilan ishlash uchundir.
Dasturning ko’rinishi:
Excelni nimalarda ishlatish mumkin
Excel ko’plab ma’lumot to’plamlarini saqlash va tartibga solish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan qulay dasturdir. Uning xususiyatlari va formulalaridan foydalanib, ma’lumotlaringizdan mantiqiy amallarni bajarishda ham foydalanishingiz mumkin. Masalan, ma’lumotni kuzatish va o’rtacha yig’indilarni avtomatik ravishda ko’rish uchun ham elektron jadvallardan foydalanish imkoni bor.
Yuqoridagi ma’lumotlar orqali Excel dasturi haqida tushunchaga ega bo’lgan bo’lsangiz kerak. Unda tushunganlarimizni amalda sinab ko’ramiz. Yaxshisi keling, siz Exceldan foydalanishni osonroq ishlar bilan boshlang.
Siz har qanday yaxshi ofis ishida ishlashingiz uchun, avvalambor, Excel dasturida ishlashni o’rganishingiz kerak. Chunki, ofisda ko’pincha jadvallar bilan ishlashga to’g’ri keladi.
Sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisini hisoblash (EKUB)
Siz excelda ishlashni yaxshi o’zlashtirish uchun ko’proq amaliy mashg’ulot qiling. Robert Kiyosaki amaliyot haqida shunday deydi: “Kitobda qancha o’qiganingiz bilan velosiped uchishni o’rganolmaysiz”. Siz ham faqatgina ma’lumot o’qish bilan cheklanib qolmasadan o’qiganingizni amalda ham sinab ko’ring.
Biz hozir Excelning eng oddiy usullaridan foydalanib sonlarning eng katta umumiy bo’luvchisi (EKUB) ni hisoblashni o’rganamiz. Buning uchun birinchi navbatda Microsoft Office Excel dasturini ochamiz. Bu mashqni bajarishda, 4ta ixtiyoriy sonni oling. Misol uchun, 6; 10; 30; 60 sonlarini eng katta umumiy bo’luvchisini hisoblaymiz. Birgalikda bajaring, juda ham oson.
- A1 katakka 6 sonini, B1 katakka 10 sonini, A2 katakka 30 sonini, B2 katakka 60 sonini kiriting. Birinchi bo’lib, 6 va 10 sonini, keyin esa 30 va 60 sonini hisoblaysiz;
Formulalar yordamida hisoblashni boshlaymiz:
- C3 katakka ushbu formulani kiriting: =НОД(A1:B2);
- Enter tugmasini bosing, natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi:
Bu 6 va 10 sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisi edi. Endi esa 30 va 60 sonini hisoblaysiz.
- C4 katakka yana yuqoridagi formulani kataklarni harfini o’zgartirgan holda, quyidagicha kiriting:
- Enter tugmasini bosasiz, quyidagi oyna hosil bo’ladi:
O’ylaymanki, bu oson mashqni a’lo darajada bajardingiz. Bu Excelning eng oddiy imkoniyatlaridan biri edi. Shunungdek, bu dasturning tayyor formula va funksiyalaridan ham foydalanib, turli xil hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.
Worddagi ma’lumotlarni Excelga qanday eksport qilish mumkin
Sarlavhadan ham tushungan bo’lsangiz kerak, hozir wordni excelga o’tkazishni o’rgataman. Ya’ni Word dasturidagi tayyor jadvalingizni Excelga nusxalash. Buning uchun word dasturidagi tayyor jadvalingizni Ctrl+A tugmasini bosib, belgilang. So’ngra, Ctrl+C tugmalarini bosgan holda, nusxa qilib oling:
Nusxa olish nihoyasiga yetdi. Endi Excel dasturini ishga tushiring. Jadvalni joylashtirmoqchi bo’lgan katakni faollashtiring. Songra, klaviaturadan Ctrl + V tugmalarini birgalikda bosing. Qarabsizki, jadval tayyor.
Jadvalning yozuvlari kataklarga to’g’ri kelmasligi mumkin. Shuning uchun, ularni ideal holatga keltirish uchun, yuqoridagi surat kabi kataklarni uzaytirishingiz kerak. Mana jadval ham tayyor.
Xulosa
Mana do’stlar, bugun bazi amallarni bajarishni o’rganib oldingiz. Agar tushunmagan joyingiz bo’lsa, kommentariyada qoldiring. O’ylaymanki, bugungi maqolam siz uchun foydali bo’ldi. Do’stlar, agar www.uzinterbiz.com saytining blok yangiliklariga obuna bo’lmagan bo’lsangiz, hoziroq obuna bo’lishingizni tavsiya qilaman. Endilikda, siz uchun juda foydali maqolalarni chop etyapmiz. Ulardan bexabar qolib ketmang! Bu maqolani do’stlaringizga ham ulashing. Keyingi maqolagacha xayr, salomat bo’ling.