Nima uchun men onlayn biznes bilan shug’ullana boshladim, yohud, onlayn biznes offlayn biznesdan nimasi bilan afzal

Biznes turlari

Salom xonimlar va janoblar! Bugungi maqolamiz, biznes turlari, mavzusida bo’ladi.

Oldingi maqolalarimizda biznes reja tuzishni hamda internet biznes turlari haqida gaplashgan edik. Bugun esa, onlayn biznes boshqa biznes turlaridan, yani, offlayn biznesdan ustun ekanligini isbot qilishga qaror qildim.

Offlayn biznes – bunda siz, masalan, bozorda arendaga, yoki, o’zingiz do’kon qurish uchun yer sotib olasiz va do’konni qurib, savdo bilan shug’ullanasiz.

Onlayn biznes – bu, faqat internetda tashkil qilinadi, yani, masalan oddiy sayt.

Internetda biznes qilish uchun qo’llanmalar

Onlayn biznesning qanday afzalliklari mavjud

Onlayn biznesning offlayn biznesdan afzalligi

Xo’sh men, onlayn biznesning qanday o’ziga jalb qiluvchi qirralari va asosiy mezonlarini hisobga olib bu ishga qo’l urdim? Quyida yozadiganlarim, qanday biznes bilan shug’ullanishni bilmay boshi qotayotganlarga, biznesni boshlab yuborishda katta rol o’ynashi mumkin.

Mening nazarimda internet, har qanday odam biznes qilishi mumkin bo’lgan joy. Albatta bu oson emas, lekin, qilsa bo’ladi, asosiysi, xohish va iroda bo’lsa bo’ldi, qolganlari jarayonda keladi.

Partnyorkalar katalogi

Internetda biznes qilishning men uchun muhim eng asosiy uchta ustunligi:

  1. Hech qanday sarmoyasiz va tanish bilishlarsiz boshlash mumkin. Ijara to’lash, ishga borib kelish uchun yo’l kira va boshqa xarajatlar yo’q. Faqat internet va kompyuter bo’lsa bas, bu esa, hozirgi kunda har bir xonadonda bor desak ham bo’laveradi, bo’lmasa ham muammo emas, ozgina pul bilan tashkil qilish mumkin.
  2. Onlayn biznesning yana bir muhim jihati – kompyuter bilan ba’zi ko’plab ishlarni avtomatlashtirish mumkin. Masalan, xaridorlardan buyurtmalarni qabul qilib olish uchun, alohida ishchi yollashingiz shart emas. Shunchaki, buyurtmalarga ishlov beradiga onlayn script yaratasiz yoki sotib olib o’rnatasiz, tamom vassalom. Xuddi mening saytimdagiday. Internetdagi ishlarni ko’p hollarda, avtomatlashtirilgan, turli mashinalar, algoritmlar va dasturlar amalga oshiradi.
  3. Va oxirgi men uchun eng muhim jihat – bu ish uchun bilakdagi kuch shart emas. Masalan, qurilish tashkilotlari va boshqa ishlarda kerak bo’ladigan kuchga o’xshab, lekin, bu ham boshlanishida unchalik yomon emas, ammo bu yerda haqiqiy jon kuydirib ishlashga to’g’ri keladi. Agar o’zingizning quruvchilik firmangizni tashkil qila olmasangiz, bir umrga shunday ishlashga majbur bo’lasiz. Kuch esa yildan yilga kamayib boraveradi va siz pul topishga qiynalib qolishingiz mumkin. Internetdachi, bu yerda siz, bilak kuchingizni emas, birinchi navbatda miyyangizni ishlatishga majbur bo’lasiz. Agar, qarrilik paytingizda qiynalmaslik uchun juda katta kompaniya tuza olmasangiz ham, olgan bilimlaringiz va tajribalaringiz hisobiga, 60 yoshingizda bemalol kompyuter klaviaturasini bosib, hech bo’lmaganda kuniga 500 rubl topa olasiz. Bu ham pensiyangizga qo’shimcha daromad bo’ladi.

Offlayn biznesning menga yoqmaydigan qirralari

Offlayn biznes kamchiliklari

Oflaynda ko’proq kim uchundir ishlashga to’g’ri keladi, o’zining shaxsiy biznesi borlar bundan mustasno bo’lishi mumkin albatta. Quyida, offlayn biznesning kamchiliklarini sanab o’taman:

  1. Sarmoyasiz yoki tanish bilishlarsiz ish boshlash ko’p hollarda qiyinchilik tug’diradi. Ko’p kuch sarflashga to’g’ri keladi.
  2. Biznes turlaringing chegaralanganligi – asosiylari: do’kon, oshxona, go’zallik saloni, sartarahxona, qurilish firmasi, avtoservis, shinomantaj (vulkanizatsiya) va hokazolar. Bularning barchasiga yaxshigina sarmoya kiritishga to’g’ri keladi.
  3. Bir joyga bog’liqlik, agar siz firma rahbari bo’lmasangiz albatta.

Xulosa

Albatta, har bir bo’lim ustida bahslashishimiz mumkin, lekin, barchasi, sizning qanday holatda ekanligingizga bog’liq. Men biron bir biznesda expert emasman. Bu yerda men, internetda biznes qilishga meni, aynan nimalar undaganini, motivatsiya berganini yozdim.

Siz mening maslahatlarimga quloq solmaslikga haqqingiz bor. O’zingiz istagan yo’lni tanlang va omadga erishing, men albatta xursand bo’laman.

Agar siz ham shu yo’lni tanlagan bo’lsangiz, sizni bu yo’lga kirishga qanday asosiy sabablar undadi? Yana qanday foydali taraflarini bilasiz? Yana kimdir bu ro’yxatni davom ettirishni xohlar, izohlarda biz bilan bo’lishing.

Hurmat bilan Umidjon 

Текст на русском

Почему я занялся онлайн-бизнесом, или в чем преимущество онлайн-бизнеса перед офлайн-бизнесом

Привет дамы и господа!

В наших предыдущих статьях мы говорили о создании бизнес-плана и видах интернет-бизнеса. Сегодня я решил доказать, что онлайн-бизнес превосходит другие виды бизнеса, то есть офлайн-бизнес.

Оффлайн бизнес – в котором вы, например, арендуете на рынке, или покупаете землю, чтобы построить магазин самостоятельно, и строите магазин и занимаетесь продажами.

Интернет-бизнес — это тот, который организован только в Интернете, то есть, например, простой сайт.

Руководства по ведению бизнеса в Интернете

Каковы преимущества онлайн-бизнеса?

Итак, какие привлекательные стороны и основные критерии онлайн-бизнеса я принял во внимание? То, что я пишу ниже, может сыграть большую роль в открытии бизнеса для тех, кто не понимает, как начать бизнес.

На мой взгляд, Интернет — это место, где каждый может заниматься бизнесом. Конечно, это непросто, но сделать можно, главное иметь желание и волю, остальное приложится в процессе.

Три самых важных преимущества ведения бизнеса в Интернете для меня:

Возможен старт без вложений и знакомств. Нет арендной платы, платы за проезд и других расходов. Пока есть интернет и компьютер, который сейчас есть почти в каждой семье, это не проблема, это можно организовать за небольшие деньги.
Еще одним важным аспектом онлайн-бизнеса является то, что многие задачи можно автоматизировать с помощью компьютера. Например, вам не нужно нанимать отдельного сотрудника для приема заказов от клиентов. Вы просто создаете онлайн-скрипт для обработки заказов или покупаете и устанавливаете его, и все. Все как на моем сайте. Во многих случаях работу в Интернете выполняют автоматизированные машины, алгоритмы и программы.
И, наконец, самое главное для меня то, что для этой работы не требуется сила запястья. Например, как мощность, необходимая в строительных организациях и других работах, но это не так уж и плохо в начале, а здесь вам придется потрудиться. Если вы не можете открыть свою собственную строительную компанию, вы будете вынуждены работать так всю жизнь. И мощность будет уменьшаться из года в год, и вы можете с трудом сводить концы с концами. В Интернете здесь вы должны использовать в первую очередь свой мозг, а не силу запястья. Даже если вы не можете построить очень большую компанию, чтобы не страдать на старости лет, благодаря полученным знаниям и опыту вы легко сможете нажать на клавиатуру компьютера в 60 лет и зарабатывать не менее 500 рублей в день. Это также будет дополнительным доходом к вашей пенсии.
Что мне не нравится в офлайн-бизнесе

В оффлайне чаще приходится работать на кого-то, кроме тех, у кого есть свой бизнес. Ниже я перечислю недостатки офлайн-бизнеса:

Начать бизнес без капитала или знакомства часто бывает сложно. Это требует больших усилий.
Ограничение видов бизнеса – основные: магазин, кухня, салон красоты, парикмахерская, строительная компания, автосервис, вокзал (вулканизация) и т.д. Все это нужно хорошо вложить.
Зависимость от одного места, если вы не руководитель компании, конечно.
Краткое содержание

Конечно, можно спорить о каждом разделе, но все зависит от того, где вы находитесь. Я не специалист ни в одном бизнесе. Здесь я написал, что побудило меня заняться бизнесом в Интернете.

Вы имеете право не слушать мой совет. Выбирайте тот путь, который хотите, и удачи, я буду счастлив.

Если вы выбрали этот путь, каковы основные причины, побудившие вас вступить на этот путь? Какие еще преимущества вы знаете? Если кто-то еще хочет продолжить этот список, дайте нам знать в комментариях.

Оцените материал
( 7 assessment, average 4.57 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 2
  1. Otabek

    Assalomu aleykum Umidjon aka maslahatiz uchun kotta rahmat kelajakda biron bir mukammal biznes qilish niyatim bor bilaman buning uchun mablağ kerak buni hal qila olaman. Lekin biron bir biznes rejam yo’q online biznes qulayliklari va afzaliklari menga ham yoqdi men ham online biznes qilishni hohlar edim mani yoshim 25 da haligacham uylanmaganman uyim yoq hunarimham yoq shuning uchun sizdan yordam sorayman menga online biznes tuzib berin nimadan boshlashni orgating foyda ja kotta bolmaydigan biznes bolsaham mayli u biznesni qilib bilim olsam malaka owirsam hursand bolardim javobizni kutaman yana bir bor kottakon rahmat

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Eng katta foyda keltiradigan kasb qaysi bilasizmi? Kimdir IT, programistlik yana kimdir boshqa kasblarni aytishadi. Lekin agar siz programistlikga qiziqmasangiz va siz katta foyda keltiradi deb shu ish bilan shug’ullansangiz, bu ish sizga bir umr foyda keltirishi mumkinmi? Yo’q albatta. Shuning uchun o’zingiz qiziqadigan ish bilan shug’ullanganingiz ma’qul.
      Endi sizning savolingizga kelsak, men Sizning nimaga qiziqishingizni bilmayman, lekin sizga shuni aytishim mumkin, xohlagan ishingizni onlayn qilishingiz mumkin ya’ni masalan savdo sotiqni. Runetda shunday odamlarni bilaman, hozirda o’zimizda ham bunday odamlar bor. Ular o’zlari Rossiyadan chiqmaydi lekin Xitoyning tovarini Amerikada sotishadi, ya’ni bular onlayn ishlashadi. Buning uchun Alixpress, Amazon kabi ko’plab onlayn bozorlar allaqachon tashkil qilingan. Nima demoqchiman. Hozir biron bir kasbingiz yo’qdir. O’zingiz qiziqqan, ko’zingiz chaqnab ketadigan, sizga ilhom beradigan, mativatsiya beradigan ish bilan shug’ullaning va shuni onlaynda amalga oshirish yo’llarini izlang. Agar pul topish imkoniyatingiz bo’lsa, o’zingiz qiziqadigan yo’nalishda 2 – 3 oylik pullik kurslarni topib sotib oling va chuqurroq o’rganishga harakat qiling. Agar rus yoki ingliz tillarni bilsangiz, bunday kurslar juda ko’p. O’zbek tilida ham topishingiz mumkin. Bunday kurslarni onlayn o’qish imkoniyatimiz bor bukungi kunda.

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: