Salom xonimlar va janoblar! Sizlar bilan yana men Umidjon. Bugungi maqolamiz har birimiz uchun juda muhim bo’lgan, butun umr yaxshi yashash, hayotdan zavqlanish imkonini beruvchi, hayotda o’z o’rnimizni topishda kerak bo’ladigan mavzu haqida bo’ladi. Yani, internet biznes turlari haqida.
Nima uchun biznesning aynan internetdagi turlari? Chunki, onlayn biznes, bugungi kundagi eng yangi, zamonaviy, kundan kunga rivojlanib, katta imkoniyatlarga ega bo’lgan va kelajakda ham bu imkoniyatlar kengayishi kuzatilayotgan, foydali biznes hisoblanadi. Zamonaviy internet biznesi nafaqat kambag’al bo’lib yashamaslikka, balki, butun orzularingizga etishishda qulay imkoniyatlarni beradi.
Onlayn biznesni tashkil qilib, uni rivojlantirganingizdan keyin, butun orzularingiz amalga oshdi deyavering. Lekin, uni tashkil qilish va rivojlantirish ham o’z o’zidan bo’lavermaydi. Buning uchun, “ter to’kib” ishlashingiz, zarur bo’lganda, boshlanishida va keyin ham, moddiy tamonlama qo’llab quvvatlashingiz ham kerak bo’ladi.
Chunki, har qanday biznes, boshlang’ich sarmoyasiz amalga oshmaydi. U kichik biznes bo’ladimi, tadbirkorlik bo’ladimi farqi yo’q. Onlayn biznesning offlayn biznesdan farqi, juda kam sarmoya bilan boshlashingiz mumkin. Masalan, offlaynda biznes (masalan: do’kon ochish) qilish uchun o’n ming dollor sarmoya kiritadigan loyihangizga, onlaynda ming dollor ham xarajat qilmasligingiz mumkin. Lekin, hozir mavzumiz bular haqida emas.
Internetda biznes qilishni, internetda pul ishlash bilan aralashtirmasliklaringizni xohlardaim. Chunki, bular bir-biriga juda o’xshash, lekin, mutloqo boshqa-boshqa yo’nalishlardir.
Internet biznesning barcha turlari haqida qo’llanmalar |
- Internetdagi eng foydali biznes: qanday topish va yuritish kerak?
- Internetdagi foyda keltiruvchi biznes: o’yinning boshlanishi
- Internetda biznes qilish yo’llari
- Saytlarni yaratish va targ’ib qilish
- Internet do’kon, magazin
- Treyding
- Axborot biznesi
- Internet biznesning afzalliklari va ustunliklari
- Men o’zim qanday biznes bilan shug’ullanaman?
Internetdagi eng foydali biznes: qanday topish va yuritish kerak?
Bu yerda nima maslahat berishim mumkin? O’zingiz xohlaganingizni izlang. Albatta, talablarni ham e’tiborga oling, lekin, ichki tuyg’ularingiz va o’z xohishingizga ham quloq soling. Internetdagi foydali biznes – bu, shu biznesni amalga oshirish va rivojlantirishga, kuchingiz, bilimingiz va qiziqishingiz etishishiga ishonishingizdir.
O’zingiz yoqtirmagan ishni qanday qilib rivojlantirishingiz mumkin? Shuning uchun, siz havas bilan ishlashingiz uchun, sizni quvontiradigan, havasingizni keltiradigan, haqiqiy yaxshi ko’rgan sohangizni tanlang. Biznes – uning ustida ko’p va samarali ishlashni talab qiladi. Bazida 12 soatlab, 24 soatlab ishlashga to’g’ri keladi. Agar, bu ish sizga yoqsa, daromadlari ham ko’ngildagidek bo’lsa, siz, bu 12-24 soatni hisoblamaysiz, to’g’rimi?
Siz hali internetda nima bilan biznes qilishni tanlab ulgurmagan bo’lsangiz, ruxsatlaringiz bilan, internetdagi eng mashhur va foydali bizneslar namunalarini keltirib o’tsam.
Nimadan boshlanganiga e’tibor bering!
Internetdagi foyda keltiruvchi biznes: o’yinning boshlanishi
Siz, Mark Zuckerberg o’zining Focebookini yaratishdan oldin, uxlab, tushida million-million foyda olishini ko’rgan deb o’ylaysizmi? Yo’q albatta. U shunchaki qiziqib, do’stlar birga vaqtni qiziqarli o’tkazish maqsadida bir sayt yaratadi. Oqibatini o’zingiz bilasiz, uning hayotida, etti uxlab tushiga ham kirmagan voqealar sodir bo’ldi.
Ha, ijtimoiy tarmoqlar, internetdagi eng foydali biznes turiga kiradi.
Focebookga o’xshagan boshqa, mashhur saytlarning mualliflari ham, o’z ijodlarining bunday mashhur bo’lishini oldindan bilishmagan. Masalan, VKontakte asoschisi Pavel Durov ham, tanishuvlar sayti asoschisi Markus Frind ham, qilayotgan ishlarining natijasini oldindan bilishmaganlar.
Markus Frind, internetda pul ishlash mumkinligini hatto xayoliga ham keltirmagan. Tarmoqdan olgan bilimlari asosida, shunchaki, o’zining saytini yuritib, uni rivojlantirishga harakat qilgan. Va yillar mobaynida, to’xtovsiz urinishlar va mag’lubiyatlardan keyin katta mashhurlikka erishgan.
Men nima demoqchiman? Internetda biznes qilish uchun, faqqat pul haqida o’ylamang. Loyihangizni amalga oshirish uchun, bor vujudingiz bilan ishga kirishing. Natija sizni ko’p kuttirib qo’ymaydi, albatta xizmatingizga yarasha, olloh risqingizni beradi.
Yana bitta misol: mashhur, internet magazini bo’lgan “eBay” auksioni asoschisi Pierre Omidyar ham o’z saytini yaratib, birinchi bor o’zining siniq lazer ko’rsatgich tayoqchasini sotuvga qo’yadi. Ishga yaroqsiz bo’lgan lazer o’rnatilgan ko’rsatgich tayoqchani darhol kimdir sotib olganini ko’radi va qiziqib so’raydi. U, nima qilasiz bu tayoqchani deb so’raganida, xaridor “men shunday narsalarni kollksiya qilib yig’aman” deb javob beradi. Pierre Omidyar shundan biladiki, har qanday mahsulotga ham internet orqali xaridor topish mumkinligini, va sayti orqali turli mahsulotlarni sota boshlaydi. Oqibatda, bugungi kundagi eng katta va eng mashhur internet bozoriga aylanib ulgurdi. eBay bozoriga kirib xohlagan mahsulotni, siz ham sotib olishingiz mumkin.
Ko’rib turganingizdek, barcha mashhur sayt egalari, o’zlarining ishlarini oddiygina va oson boshlashgan. Shunchaki, xobbi qilishgan, oqibatda esa, millionlab daromad olishga erishishgan.
Internetda biznes qilish yo’llari
Agar odam, onlaynda biznes ochishga o’zida ishonch va xohishni sezsa, uning oldida, qanday biznes bilan shug’ullanish kerak degan tushinmovchilik turadi.
“Barcha yo’nalishlar band, agar, yangi bir nima o’ylab topsan, uning ham xaridori topilishi amri mahol” – doimo rivojlanishiga xalaqit qiladigan, qo’rquv, millioner bo’lishdan o’zini o’zi aldaydigan, endi boshlayotgan odamning o’z harakatsizligini oqlash uchun, miyasiga birinchi bo’lib keladigan, oddiy misolni keltirdim. Lekin, biz barchamiz xayolan millionerlarmiz va barchamiz, hayotda ham millioner bo’lishimiz mumkin. Buning uchun, xohlashimiz va harakat qilishni boshlashimiz kerak xolos.
Manabu videoni ko’rsangiz, bazida, millioner bo’lish naqadar oddiy ekanligiga o’zingiz guvoh bo’lasiz deb o’ylayman:
Har qanday sharoitda ham, urinib ko’rishdan cho’chimang. Mayli, sizdan oldin ko’pchilik bu ishni qilgan bo’lsin, mayli, bunday takliflar internetda juda ko’p bo’lsin. Chunki siz, baribir unga o’zingizning shaxsiy g’oyangizni qo’shasiz va u sizniki bo’lib taniladi, siz esa, mualliflik maqomiga ega bo’lasiz.
Oldin qanday g’oyalardan foydalanishganliklariga eslang, va asosiysi, ular hozir ham juda yaxshi ishlayapdi. Bunday g’oyalar, bir yil oldin, besh yil oldin ham o’z egalariga foyda keltirgan va bundan keyin ham keltiradi.
Men siz uchun, bir nechita, qiyin bo’lmagan, internet biznes sohasiga oid yo’llarning ro’yxatini tuzib chiqdim. O’z yo’lingizni tanlang va ishni boshlash rejasini tuzing:
Saytlarni yaratish va targ’ib qilish
Internet faqat aloqa vazifasini bajarishdan ko’ra ko’proq, pul ishlash manbaiga aylanib borayotganini siz ham sezgan bo’lsangiz kerak. Shuning uchun, shaxsiy sayt yoki blogga ega bo’lish ayni muddao deb hisoblayman. Bu yo’lda biznes qilishni juda kichik sarmoya kiritish bilan yo’lga qo’yish mumkin.
Biznesning bu turi haqida juda ko’p malumotlarni internetda topishingiz mumkin, lekin, ularning aksariyat foydalilari rus va ingliz tillarda. Agar siz, chet tillarni bilmasangiz, mening ushbu blogimdan ham juda ko’p, sayt tuzish va targ’ib qilish to’g’risidagi malumotlarga ega bo’lishingiz mumkin. Yoki manabu yerdan.
Bu yo’lda tajribangiz bo’lsa-yu, o’z shaxsiy sayt yoki blogingiz bo’lishini istamasangiz, shu ishni qilayotgan odamlarga yordam berish orqali ham biznes qilishingiz mumkin. Masalan, sayt dizaynini qilish, banner yasash, saytlarni optimallashtirish va targ’ib qilish, saytlarni malumot bilan to’ldirishda yordamlashish va hokazolar.
Darvoqe, saytlarni malumot bilan toldirishni, biznes emas, balki, internetda pul ishlash deyish mumkin. Buni haqiqiy biznesga aylantirish uchun, maqola yozuvchilar agentstvasini ochsangiz bo’ladi. Bu nima degani? O’zingizning xususiy agentlik saytingizni ochasiz va maqola yozuvchi va suratchilarning bir nechitasini yig’ib, gaplashasiz. Ularni, Rabota.uz, OLX.uz ga o’xsagan saytlardan topishingiz mumkin.
Va, buyurtmachilardan buyurtmalarni qabul qilib, maqola yozuvchi va suratkashlarga buyurtmalarni bajartirasiz. Shunday qilsangiz, birinchi buyurtmachi o’zim bo’laman(((.
Qisqa qilib aytganda, saytingizda ko’rsatadigan xizmatlaringiz ro’yxati va narxlarini ko’rsatasiz va bizga o’xshagan web masterlarga xizmat ko’rsatasiz.
Internet do’kon, magazin
Kim internet magazinni bilmaydi? Kim onlayn sotuvchilar xizmatidan biron marta foydalanmagan? Ha, hali ko’pchilik, lekin, bu vaqtincha. Kelajakda biznesning bu turi ham albatta yuqori ko’rsatgichlarni ko’rsatishi aniq. Chunki bugun, chet davlatlar misolida bularni ko’ryapmiz. Raqobat o’z kuchini ko’rsatadi.
Bu turdagi bizneslarning eng omadlilari aynan iqtisodiy kriziz paytida rivojlangan. Sababi, kriziz paytida sotuvchilar, mahsulotlarini sotish maqsadida turli marketing yo’llarini o’ylab topishga majbur bo’lishgan va topishgan ham.
Bunday biznesni yo’lga qo’yishdan oldin, nima sotishni o’ylab ko’ring. Qaysi mahsulotni bir oyda, internet orqali nechi marotaba qidirishayotganini aniqlang. Buni manabu servis orqali aniqlash mumkin. Masalan, “kiyim bosh” so’zini yozib “Подобрать” tugmasini bossangiz, sizga, odamlarning internetga shu so’zni yozib, bir oyda necha marotaba qidirayotganliklarini ko’rsatadi. Shunday qilib, mahsulotga bo’lgan talabni aniqlashingiz mumkin.
Mahsulotga ehtiyoj qanchaligini aniqlaganingizdan keyin, Aliexpress saytidan mahsulotning rasmini va o’zgartirilgan narxni (o’zingiz qo’ygan narxni) internet magaziningizga joylashtirasiz va reklama qilasiz. Mijoz saytingizga keladi va sizga buyurtma berib, pulini to’laydi. Siz esa, AliexPress sayti orqali, Xitoydan arzon mahsulot buyurtma qilasiz va mijozga mahsulotni уеtkazasiz.
Faqat, mijozni aldashga urinmang, aks holda biznesingizni yo’qotasiz. Yolg’onchi bo’lmaslik uchun esa, magazin saytida, mahsulotni yetkazib berish muddatini aniq va tiniq ko’rsatib qo’ying. Bunday biznesni yo’lga qo’ysangiz, sizga sarmoya ham kerak bo’lmaydi. Chunki siz, mijozning puli bilan ish qilasiz.
MASLAHAT! Biznesni yaxshi yo’lga qo’yish uchun, offlayn bozordagi savdogarlar bilan ishlashishga harakat qiling!
Treyding
Internet biznesning yangi va hali o’rganib ulgurilmagan turlaridan biri bu, savdo birjalarida ishlash. Hozirda ko’proq, binarni opsionlar va Forex bilan shug’ullanishadi. Ko’pchilik odamlar bu biznes turini lotareya bilan tenglashtirishadi, ko’pchilik esa, ochiqcha firibgarlik ham deyishadi. Lekin, omillarning kombinatsiyasini (iqtisodiy, siyosiy, xalqaro voqealarni) tahlil qila oladigan va shu tahlillar asosida xulosa chiqara oladigan, hech qanday taxminlarga yo’l qoymaydigan odamlar, bu biznesda juda yaxshi, doimiy va ko’p daromad olishadi.
Lekin, bunday omadli treyderlar safiga qo’shilish uchun, bu ishning ipidan ignasigacha diqqat bilan o’rganib chiqish kerak bo’ladi. Bu esa, oson emas, lekin, sarf qilgan kuchingiz va vaqtingiz o’zini oqlaydi. Ammo, bilimsiz va tajribasiz bu ishga kirishish, o’z navbatida juda xavfli ham hisoblanadi.
Axborot biznesi
Biznesning bu turini faqat, ishyoqmas odam bilmasligi mumkin(((. Lekin, shunday bo’lsa ham, juda ko’pchilik odam, o’zining bilimini internet orqali qanday sotib biznes qilish mumkinligini tushunib yetishmaydi.
Oddiy qilib tushuntirishga harakat qilaman.
Internetda axborot biznesi bu, – ko’pchilik odamlarning qandaydir muammolarini tez va sifatli echa oladigan bir odamning xizmatiga asoslanadi. Masalan, Siz tez va sifatli maqola yozasiz va shu orqali yaxshi daromad olasiz deylik. Sizda bu ishni bajarish uchun o’zingizning shaxsiy noyob yo’lingiz bor. Siz qanday yozishni va charchamaslikni, matnda bir gapni qayta takrorlamaslikni, buyurtmachilarni qayerdan va qanday tez topishni, umuman barcha qoidalarini bilasiz va ko’p pul ishlaysiz. Va bu sirlarni juda ko’pchilik odam bilishni xohlashadi.
Siz o’z tajribalaringiz bilan bo’lishish maqsadida, bu sirlarning barchasini bir kitobcha qilib yozasiz va arzon narxda sotasiz. Bu sirlarni bilishga qiziquvchilar esa, kitobni sotib olishadi va siz yan ko’proq pul ishlaysiz.
Internetda biznes qilish uchun, g’oya juda ko’p. Men buni maqola boshida aytib o’tdim. Lekin siz, yanada ham ko’proq turlari haqida bilishni istasangiz nima qilish kerak?
- Birinchidan, bunday malumot berayotgan birgina mening blogim emas, – bu to’g’rida internetda malumotlar juda ko’plab yozilgan.
- Ikkinchidan, blogning “Internet kasblar” rukniga e’tiboringizni qaratsangiz, juda ko’p malumotlarga ega bo’ishingiz mumkin. Bu ruknda, barcha internet biznesiga oid kasblar haqida to’liq qo’llanmalarni topasiz.
Internet biznesning afzalliklari va ustunliklari
Internet biznes – kelajak biznesi. Bu gaplar asossiz emas. Juda ko’pchilik tajribali biznesmenlar o’zlarining ishlarini onlayn formatiga ko’chirib, klientlar bazasini kengaytirib, daromadlarini esa, bir necha barobarga oshirishga ulgurishgan. Yangi boshlayotganlar ham shu yerga intilishayapdi, bazilari boshlanishidanoq omadga ham erishayapdi.
Lekin biz, internet biznesining qanday ustunlikga ega ekanligini uzoq kelajakga qarab emas, balki, bugunini, hozirini ko’raylik. Nima uchun cho’ntagida ortiqcha bir so’m puli yo’q, endi boshlayotganlar orasida buncha qiziqish uyg’onayapdi:
- Onlayn biznesning bazi turlariga hech qanday sarmoya kiritish shart emas. Faqat, kompyuter va internet bo’lsa bas.
- Onlaynda biznes qilish uchun, ishchi yollashingiz shart emas, bir ozingiz ham uddalasangiz bo’ladi.
- Internetda ishlaydigan biznesmenlar hech qanday davlat strukturalariga qaram emas, shuning uchun ular mustaqildirlar. Lekin, men aytib qo’yay, soliqni o’z vaqtida to’lashni ham unutmang.
Men o’zim qanday biznes bilan shug’ullanaman?
Men ozimning saytimni tuzdim, aniqroq qilib aytsam, blogimni. Nima uchun aynan blog?
- Blogni eng kam sarmoya bilan ochish mumkin (Ko’pi bilan 50-60 000 so’m).
- Blogni hech qanday sarmoyasiz rivojlantirish va targ’ib qilish mumkin.
- Super natijaga 2-3 yilda erishish mumkin (2000-3000$ oyiga).
- Va eng asosiysi, men shu ishga juda qiziqaman.
Nima uchun aynan blog haqidagi batafsil malumotlarni, blogimni o’qish davomida o’zingiz anglab yetasiz. Bu to’g’rida juda ko’p malumotlar berilgan.
Do’stlar, shu bilan bugunga menda tamom, maqolamizga yakun yasaymiz. Men barchangizning internetda o’z shaxsiy onlayn biznesingizni yo’lga qo’yib, yaxshi daromad qilishlaringizni xohlardim. Ishonamanki, ko’pchiligingiz albatta uddalaysiz. Ijod va ishlaringizga omad tilayman. Keying maqolalarda ko’rishguncha xayr!
Hurmat bilan Umidjon
salom mening ismim Madina. men ham biznessga juda qiziqaman lekin biznessni nmadan boshlashni bilmayman. sizda menga kerakli malumotlarni o`qib chiqdim. Lekin nimadan boshlashni bilmayapman. sizni manga yordamingiz kerak. iltimos menga murojat qiling iltimos. menga bizness qilish yo`larni ko`rsating
Valeykum salom. Telegramga yozing:7 925 419 00 28
Assalom alekum manga biznes qilish yollarini orgating
Zor qiziqarli chiqipti
Salom biznezni nimadan boshlashni bilmayapman
Assalamu alaykum. Men 1,5 yil vaqtimni marketing ga sarfladim va foyda ko’rmadim. Men ishonchli online bizness qilishni hohlayman. 3 nafar farzandim Bor alhamdulilloh. Kotta o’g’lim 1-sinf, 2-o’g’lim 6 yosh, qizcham esa 1,5 yoshda. Shunichun online menga qulay. Yuqorida «pul topish uchun internet va kompyuter bo’lsa bas» degan joyiz Bor ekan. Iltimos Shuni menga o’rgating.
+99894491
+99833455
Yordamiz uchun oldindan rahmat
Valeykum salom. Yaxshi, telegramizga yozdim.