2019-yildagi eng mashhur internet kasblar ro'yxati. Kasbni qanday tanlash kerak?

Internet kasblar

Barchaga salom. Sizlar bilan men Umidjon Obudov va bugungi maqolada 2019 yildagi eng mashhur internet kasblar to’g’risida fikr yuritamiz. Ya’ni, ish topish oson bo’lishi uchun, bugungi kundagi barcha internet kasblarning ro’yxatini tuzib chiqamiz va men kelajakda, har bir kasb bo’yicha alohida maqolalarda to’liq malumotlar berib boraman.

Kelajakda, ko’pchilik odamlar uyda o’turib, internet orqali ishlash yo’liga o’tishi aniq, chunki hozirgi kunda, o’zini bilgan har qanday mashhur kompaniyaning internetda o’z sayti mavjud va ular masofadan turib ishlashni taklif qilishyapdi. Ko’p do’konlar internet orqali savdo qilish yo’liga o’tishyapdi. Yangi zamonaviy kompaniyalar esa, to’laligicha online ishlashni boshlagan.

Shuning uchun, biron joyga va ofisga bog’lanib ishlash shart bo’lmagan kasblar kundan kunga ortib borayapdi.

 

Internetda pul ishlashning barcha yo’llari haqida to’liq QO’LLANMA

Barcha internet kasblar ro’yxati 

Hozirgi kunda bu ro’yxatimiz hali to’liq emas, va biz bu borada ish olib boryapmiz. Yaqin kunlarda yana to’ldirishlar qilamiz va ro’yxat o’zining mantiqiy o’rinlarini topadi.

Matn yozish va ishlov berish

maqola yozuvchi

  • Kopirayter
  • Rerayter
  • Yozuvchi
  • SEO kopirayter
  • SEO rerayter
  • Content menejer
  • Email xabar bo'yicha mutaxasis
  • Muharrir
  • Matn yozuvchi

Dizayn va chizish kasbiga bog’liq ishlar

Sayt tuzish va programmist 

Sayt tuzish

Chet tillardan tarjima 

  • Badiiy matnlar tarjimoni
  • Texnik tarjimon
  • Sayt tarjimoni
  • Kompyuter o’yinlari va o’rgatuvchi video darslar tarjimoni

Reklama va rivojlantirish 

Reklama va marketing

Pul ishlash uchun eng oddiy kasblar 

  • Transkribator (Video va audiolarni matnga aylantiruvchi)
  • Masofaviy dispetcher (taxi)
  • Onlayn maslahatchi (onlayn-do'kon xizmatchisi)
  • Talabalar ishining muallifi
  • Texnik qo'llab-quvvatlash bo'yicha mutaxassis
  • Shaxsiy yordamchi

Boshqa kasblar

Turli kasblar

  • Masofaviy hisobchi (buxgalter)
  • Sotuvlar bo’yicha menejer
  • Video muharrir (video montajchi)
  • Maslahatchi mutaxassis (shifokor, psixolog, advokat)
  • Moliyaviy maslahatchi
  • Webinar o’tkazuvchi, koucher, o’rgatuvchi

Eng mashhur va daromadli onlayn kasblar qaysi?

Internet pullar

Albatta, yuqoridagi kasblardan birini tanlashda har bir kishining hayoliga birinchi navbatda, qaysi birini tanlasam yaxshi daromad olaman degan savol kelishi tabiiy. Men ham endi boshlagan paytlarim bu savolni o’zimga berganman va qaysi kasbga talab katta, qaysi kasbga yaxshi pul to’lashadi – shularni aniqlashga uringanman.

Manabu kasbda ko’p pul ishlasa bo’larkan, falon kasbda yaxshi pul to’lasharkan – deb, bir necha bor o’z yo’nalishimni o’zgartirishga ham harakat qilganman. Hozir kim yaxshi ishlayotgan bo’lsa, barchasi bu yo’lni bosib o’tishgan.

Keling yaxshilab o’ylab ko’ramiz, kim hozir yaxshi pul ishlayapdi va qanday ish bilan shug’ullanayapdi? Bir necha bor o’z yo’nalishimni o’zgartirib shuni tushundimki, o’ziga yoqqan ish bilan shug’ullanayotgan PROFESSIONALlar yaxshi pul ishlashayapdi. Ya’ni o’ziga yoqqan ishning ustasi.

Farqi yo’q, kopiraytermi, dizaynermi, dasturchimi, biznesmenmi, xohlagan kasbda PROFESSIONAL bo’lsangiz siz albatta talab katta va pul ko’p to’lanadigan odamga aylanasiz. Hozirgi kunda Microsoftga o’xshagan katta katta kompaniyalar diplomingiz haqida so’ramayapdi, “diplomingni uyinga yashirib qo’y, mana senga uch oy muhlat, bizga qaysi ishni qoyil qilib berasan” deyishayapdi. Shunday ekan, hozir diplom shartmas, tajriba muhim.

Kasbni qanday tanlash kerak

kasb tanlash

Kasbni tanlashda, nima sizga qiziq, nima sizni quvontiradi motivatsiya beradi – shulardan kelib chiqib tanlang. Yaxshi ko’rgan kasbingizni tanlang va 3-4 oy erinmasdan tajribangizni oshiring, kasb sirlarini o’rganing, mana sizga daromadli ish. Va siz, ish qidirish, ish izlash kabi hayollardan butunlay ozod bo’lasiz.

Agar siz o’zingizga yoqmaydigan, lekin, ko’p daromad keltiradigan ishni tanlasangiz u hech qachon sizga yaxshi daromad keltirmaydi. Axir o’zingiz o’ylab ko’rin, o’zingizga yoqmaydigan ishda har doim yaxshi kayfiyat bilan ishlash uchun kuchni, g’ayratni, motivatsiyani, shijoatni qayerdan olasiz? Axir omadga eltuvchi kuchlardan biri bu sizning shijoatingiz emasmi?..

Xohlagan kasbda yaxshi pul ishlash mumkin, faqat kasbni yaxshi ko’rib, sevib, tajriba orttirib ishlash lozim. Internetda ham xuddi hayotdagi kabi xizmatingizga haq to’lashadi. Hech qachon internetdan PUL tugmasini qidirmang, u yo’q. Shunday ekan yuqoridagi kasblardan ko’nglingizga yoqqanini tanlang va ishga kirishing!

Kasblar bo’yicha guruhlar 

Telegram guruhlar

Do’stlar, hamfikr va kasbdoshlarning bir birlari bilan tajriba almashishlari va bir birlariga buyurtmalar berib, buyurtmalar olishlari uchun har qaysi kasb uchun alohida guruhlar ochganmiz. O’z kasbingizga oid guruhlarga a’zo bo’ling va do’stlaringiz bilan aloqada bo’lib turing.

Guruhlarga qo’shiling va bir birovingizga foydali bo’ling:
  • Maqola yozuvchilar guruhi
  • Web diyaynerlar guruhi
  • Shaxsiy yordamchilar guruhi
  • SMM – mutaxasisligi guruhi
  • Marketologlar guruhi
  • Dasturchilar guruhi
  • YouTube mutaxasislari guruhi
  • Instagram menejerlari

Xulosa

Bugungi axborot asrida yuqoridagi kasblarning barchasini internet orqali mutloqo bepul o’rganishingiz mumkin, lekin afsuski, bu malumotlarning aksariyati rus va ingliz tillarida, bu esa til bilmaydiganlarga ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Natijada ko’p odamlarimiz taraqqiyotdan orqada qolib ketishayapdi.

Shu sababli, biz bu malumotlarni o’zbek tilida, tushunarli qilib уеtkazib berish maqsadida saytimizda ushbu ruknni ochdik. Bu rukn hali to’liq emas albatta, ish jarayonida qolgan malumotlarni ham joylashtirib, kengaytirib boramiz.

Qiziqarli va foydali malumotlardan xabardor bo’lib turish uchun sayt yangiliklariga obuna bo’ling! Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring. Siz internetda qaysi kasb bilan shug’ullanasiz? Tajribalaringiz bilan o’rtoqlashing! Biz bilmagan kasb turlarini bilsangiz, maqolani to’ldirishda o’z hissangizni qo’shing. Men esa maqolamizning davomida ko’rishguncha deb sizlar bilan xayrlashaman, xayr.

Hurmat bilan Umidjon Obudov

Maqolaga baho bering!
( 1 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov / автор статьи
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: