Maqola yozish algoritmi. Qadamba-qadam qo’llanma

Matn yozish

Salom hurmatli bo’lajak maqola yozuvchilar. Sizlarga, maqola yozish tartibi, asosiy prinsiplari va qonun qoidalarini qadamba-qadam gapirib bermoqchiman. Bu bilimlar sizlarga, yozgan maqolangizni o’qiyotgan o’quvchilar bilan aloqa o’rnatishga va o’zingizni mutaxasis sifatida ko’rsatishga yordam beradi.

Internet sahifalarida, gazeta va jurnallarda, qanchalik ko’p maqola chop qilsangiz, shunchalik sizning ismingiz taniqli bo’ladi, oqibatda sizning yozuvchilik reytingingiz oshadi va xizmatlaringizdan ko’p odamlar foydalana boshlaydi.

Keling, hozir maqola yozishning asoslaridan boshlaymiz.

Maqola yozishni endi boshlayotganlar uchun to’liq qo’llanma

Quyidagi aytilgan amallardan foydalanib, turli yo’nalishdagi maqolalarni osongina yozishni o’rganib olasiz:

Qadam №1. Mavzuni tanlash

Maqola uchun mavzu tanlash

Mavzuni tanlashda, bitta maqolada bitta mavzu ochib berilishini unutmang. Va yana bir muhim jihat – mavzu qiziqarli va siz uchun tanish bo’lishi kerak. Bundan tashqari, maqola sizning maqsadli auditoriyangizga, ya’ni, shunday ma’lumotlar kerak bo’lgan va keyinchalik sizning xizmatingizdan foydalanadigan odamlarga  yo’naltirilgan bo’lishi kerak.

Shu o’rinda men yana bir muhim masalaga to’xtalmoqchiman – maqola yozishning formati. Mutaxassis maqomini saqlab qolish uchun quyidagi formatlar yoki sxemalar namunalari asosida yozishingiz kerak. Bularni xohlaganingizcha nomlashingiz mumkin:

Maqola janri:

  • Shunday qilib, birinchi format: “Muammo + echim” – maqsadli auditoriyangizning muammosini ajratib oling va maqolada aytib bering. Eng muhimi, ushbu muammoni hal qilish uchun ba’zi amaliy tavsiyalar bering. Agar siz amaliy tavsiyalar va amaliyotlarni tavsiflasangiz, o’quvchilar sizning nazariy bilimga ega bo’lgan amaliyotchi ekaningizni va quruq gap gapirmayotganligingizni darhol anglashadi.
  • Ikkinchi format: “Vosita, … (biror nima) uchun mo’ljallangan” – faqat sizning sohangizda ishlatiladigan, ammo kam odam to’g’ri foydalanishi mumkin bo’lgan texnikani yoki vositani tavsiflab bering. Shunday qilsangiz, siz nafaqat uni qanday ishlatishni bilishingizni, balki qolganlarga ham tushuntirishingiz mumkinligini aytasiz.
  • Uchinchi format: “Mening mijozlarim tez-tez so’rashadi … (savol – javob)” – bitta mijoz yoki bir nechta mijozlar sizga murojaat qilgan muammoli vaziyatni tasvirlab bering, mijozingiz siz bilan ishlashdan keyin qanday qaror qilganligi va uning muammosi bilan boshqalarning ham muammosi nimalari bilan o’xshash bo’lgan narsalar to’g’risida gapirib bering. Ko’pchilikning muammosi va uni qanday hal qilish kerakligi to’g’risida amaliy tavsiyalar va ko’rsatmalar bering.
  • To’rtinchi format: “Ekspert bahosi” – qandaydir hodisa (kitob, o’zingizning sohangizdagi yangilik, ma’lum fakt va boshqalar) haqida yozing va o’zingizning shu hodisa bo’yicha mutaxasislik bahoyingizni bering. Tahlil qiling, aks ettiring, foydali ma’lumotlar haqida gapiring yoki amaliy maslahat bering.
  • Beshinchi format: “Amaliy tavsiyalar” – o’quvchilaringiz uchun dolzarb bo’lgan muammoli vaziyatda qanday harakat qilish kerakligini tasvirlab beruvchi, bir yoki bir nechta texnik amallarni tavsiflab, bosqichma-bosqich yozib chiqing. Siz o’qiyotgan manashu maqola ham aynan shu formatda yozilgan.

Siz birinchi navbatda yuqorida aytilgan formatlarda maqola yozishni o’rganishingiz kerak. Chunki, bu formatdagi maqolalar aynan ma’lum bir muammosini yechishni istagan odamlar uchun juda muhim. Bundan tashqari, amaliy ko’rsatma va tavsiyalar berilgan maqolalar gazeta va jurnallar muharrirlarini ham qiziqtiradi. Quruq gaplar hammaning jig’ga tegib bo’lgan.

Agar sizning maqsadingiz gazeta va jurnallar uchun maqola yozish bo’lsa, maqola yozishdan oldin osha gazeta yoki jurnalning mavzusi, unda yozilgan maqolalarning yozilish uslubi, shartlari, talablari, stili va jurnalning maqsadli auditoriyasi bilan tanishib, analiz qilib chiqishingiz kerak. Maqolangizni siz yozmoqchi bo’layotgan jurnal stilistikasiga moslab yozing. Agar jurnalning maqsadli auditoriyasi ichida sizning maqsadli auditoriyangiz bo’lmasa, unda vaqtingizni va kuchingizni zoye ketqizmang. Maqsadli auditoriyangiz bo’lgan, maqolalaringizni o’qiydigan va kelajakda sizning xizmatingizdan foydalanadigan, sizning mijozingizga aylanadigan gazeta va jurnallarni qidiring.

Qadam №2. Maqolaga sarlavha tanlash

Maqola uchun sarlavha tanlash

Maqola sarlavhasini yozishda, asosiysi, haddan ziyod ko’pirtirib yubormang, oltin o’rtaliqni topishga harakat qiling. Ya’ni, originallashtirish yoki haddan ziyod beadablik qilish kerak emas. Maqola sarlavhasi, o’quvchini qiziqtirishi, qiziquvchanlikni qo’zg’atishi, keyin nima bo’lishini bilish istagini uyg’otishi kerak.

Yaxshi sarlavhaning qoidalari mavjud:

  • Sarlavha, o’quvchining e’tiborini o’ziga qaratishi juda muhimdir, “diqqatga sazovor” bo’lishi kerak.
  • Qiziqishni uyg’otish va o’quvchini, maqolani o’qishga undashi juda muhimdir.

Diqqat: sarlavhasida ehtiyojni qondirish yoki muammoni hal qilishga ishora bo’lgan maqolalar ko’pincha e’tiborni tortadi. Agar sarlavha barcha “kartalarni” ochib beradigan bo’lsa, unda uni o’qish endi qiziqarli va zarur bo’lmay qoladi. Sizning vazifangiz – qiziqtirish, maqolani o’qishga ishora qilish. Sarlavha yalinmaydi va taklif qilmaydi u ishora qiladi va e’lon qiladi.

  • Sarlavha, bir qarashda o’qilishi kerak. Uzun va qisqa nomlar orasida ikkinchisini tanlang ya’ni qisqasini.
  • Maqolani yozishda, qanday maqsadli auditoriya uchun yozayotgan bo’lsangiz, o’sha auditoriya tomonidan tushunarli va ko’pincha ishlatiladigan so’zlardan foydalaning.
  • Agar sayt uchun maqola yozayotgan bo’lsangiz, sarlavhada kalit so’zdan foydalaning, ya’ni sizning maqolangizda tasvirlangan mashhur mavzu bilan bog’liq so’zni ishlating.
  • Juda ko’p yaxshilik ham yomon. Sarlavhaga (va maqolaga ham) undov yoki savol belgisi orqali hissiyotni ko’p qo’shmang. Hali hech kim imlo qoidalarini bekor qilmagan. Bundan tashqari, sarlavhani katta harflar bilan yozmang. Bu, albatta, hissiyotni beradi, muallif qichqirayotgan yoki tajovuzkordek ko’rinadi.
  • Agar siz bosma nashr uchun yozmoqchi bo’lsangiz, siz qo’ygan sarlavha boshqasiga o’zgartirilishi mumkinligiga tayyor bo’ling, ammo bu nashr bilan oldindan qanday kelishganligingizga bog’liq va siz buni har qanday holatda ham bilishingizni istardim.
  • Foyda beradigan maqola sarlavhasi andozalaridan foydalaning:

Sarlavha namunalari:

“Qanday qilib …” Juda oddiy boshlangan va juda muvaffaqiyatli andoza. Bu muammoning bevosita belgisi va uni hal qilish usulidir.

– “Qanday qilib muvaffaqiyatli biznesni yo’lga qo’yish mumkin”

– “Qanday qilib sayt yaratishni o’rganish mumkin”

“… haqida qisqacha qo’llanma” Hozirda jamiyat quruq gaplarsiz, konsentratsiyalangan bilimlarni iste’mol qilishni yaxshi ko’radi va har qanday narsaga tezkor qo’llanma so’rashadi.

– “Muvaffaqiyatli biznesni rivojlantirish haqida qisqacha qo’llanma”

– “Sayt yaratishni o’rganish bo’yicha qisqacha qo’llanma”

“… usuli / yo’li” maqolaga ilmiy va / yoki amaliylikni aks ettiradi.

– “Muvaffaqiyatli biznesni qurishning eng samarali usuli”

– “Tez va oson sayt yaratishning yo’li”

“… tez yo’li / qanchalik tez” Uzoq va ko’p vaqt davomida hech kim qandaydir muammo bilan bezovta bo’lishni xohlamaydi, ko’pchilik o’z muammolarini tezda hal qilishga harakat qilishadi.

– “Muvaffaqiyatli biznesni qanchalik tez qurish mumkin”

– “Muvaffaqiyatli biznesni qanday qurishning tez yo’li”

“… oson yo’li / oson echim” Ushbu andoza ham juda yaxshi ishlaydi. Oddiy echimlar har doim dolzarb.

– “Muvaffaqiyatli biznesni yaratishning oson yo’li”

– “Sayt yaratish va rivojlantirishning oson yo’li”

“… yarating” Ushbu andoza o’quvchilarning hissiyotlari va ijodiga murojaat qiladi.

– “Muvaffaqiyatli biznes uchun o’z formulangizni yarating”

– “Sayt yaratish va rivojlantirish uchun o’z yo’lingizni yarating”

“… endi mumkin” Ya’ni albatta, agar xohlasangiz, ushbu maqola tufayli, kerakli narsaga qodir bo’lasiz.

– “Muvaffaqiyatli biznes qilish, endi mumkin”

– “Bank orqali xohlagan mamlakatga pul o’tkazish endi mumkin”

“Bepul, noyob, eng yaxshi, ishonchli, samarali, taqlid qilmaydigan va hokazo.” Ushbu so’zlar doimo diqqatni jalb qiladi.

– “Muvaffaqiyatli biznesni tashkil etish bo’yicha bepul kurs”

– “Sayt yaratish va rivojlantirishning samarali usuli”

“… buhi bilishi kerak” Bunday sarlavha ma’lum bir masala bo’yicha o’z bilimini sinab ko’rish zaruratini kuchaytiradi.

“Har bir boshlang’ich biznesmen buni bilishi kerak.”

“Har bir muvaffaqiyatli odam buni bilishi kerak”

“Raqamlar”. Agar sarlavhada raqamlar ishtirok etsa, maqolalar juda muvaffaqiyatli bo’ladi. Sarlavha uchun quyidagi raqamlar juda mos keladi  – 5, 7, 15, 100, 101 va hokazo.

– “Qanday qilib 6 oy ichida muvaffaqiyatli biznesni yo’lga qo’yish mumkin”

– “Muvaffaqiyatli biznes qilishning 5 oddiy yo’li”

“Sirlari”. Bu erda insonning tug’ma qiziqishlari va intilishlari qo’zg’atiladi. Ushbu andoza raqamlar bilan birgalikda yaxshi ishlaydi.

– “Muvaffaqiyatli biznes sirlari”

– “O’z yo’lingizni topishning 7 ta qadimiy sirlari”.

Bular barcha mavjud sarlavha andozalari emas. Boshqa misollarni Internetdan va turli kitoblardan osongina topishingiz mumkin. Va bu, sizning maqolalaringizning barcha sarlavhalari aynan shunday bo’lishi kerak degani ham emas. Tajriba qilib ko’ring, o’zingizning uslubingizni qidirib topishga harakat qiling. Bundan tashqari, sarlavhalar uchun “moda” o’zgaruvchan, o’zgarishlardan xabardor bo’ling va o’zingizning yo’lingizni ixtiro qiling.

Qadam №3. Moqola rejasini tuzish

Maqolaga reja tuzish

Maqola qanday reja asosida yozilishi kerakligini yozib, reja tuzib chiqishingiz kerak. Maqolaning umumiy tuzilishini yozmasdan turib, shunchaki, faqat bitta mavzuga asoslanib yozishga harakat qilish, odatda omadsizlik va ortiqcha kuch yo’qotishga olib keladi.

Reja yozib chiqilishi kerak. U juda oddiy bo’lishi kerak:

  • Sarlavha
  • kirish (matnning asosiy g’oyasini qisqacha ochib berishi kerak),
  • asosiy qism – bir nechta tavsiyalar yoki tezislardan iborat bo’lishi kerak
  • xulosa (yakun yasash, xulosa qilish).

Qadam №4. Kirish

Maqola qanday yoziladi

Kirish qismida o’quvchini yumshoq tarzda asosiy mavzuga olib kirish kerak bo’ladi. Bundan tashqari, kirish qismida, maqolada qanday muammolar  ko’tarilishi va u kimlar (qanday maqsadli auditoriya) uchun ekanligini tasvirlab berishingiz kerak.

Qadam №5. Asosiy qismda nimalar yoziladi

To’g’ridan-to’g’ri munozara. Bu erda siz, bir nechata muhim amaliy tavsiyalarni berishingiz yoki ushbu mavzuning asosiy tushunchalarini tushuntirishingiz mumkin. Va bu asosiy qismida, aniq va to’g’ri ko’rsatmalar, foydali va qimmatli malumotlar bo’lishi kerak. Hikoyalar yoki masallar, qiziqarli faktlar, shuningdek, o’zingizning tajribangiz va maqolada ko’tarilgan muammoga o’z qarashlaringizni bildirish, yaxshigina to’ldiruvchi qo’shimchalar sifatida yozishingiz mumkin.

Agar siz, matnni epithets bilan to’ldirsangiz, bu quruq dalillarga hissiyot qo’shadi. Asosiy qismida siz kirish qismida berilgan savollarga javoblarni ko’rsatishingiz kerak.

Epithet – bu, tasvirlangan hodisa, shaxs, mavzu, hodisani tasviriy va hissiy jihatdan xarakterlovchi badiiy ta’rif.

Iloji boricha 2-3 ming belgi ichida muammoni to’la-to’kis ochib berishga harakat qiling, ya’ni 1-2 bet. Matningiz samimiy va tushunarli bo’lishi uchun buni eslab qoling: siz shunchaki maqola emas, balki aniq maqsadli auditoriya uchun, yana ham aniqrog’i, ushbu muammoning yechimini kutayotgan yaxshi bir odam uchun maqola yozayotganingizni unutmang. Shunday qilib siz, o’quvchilaringiz bilan ishonchli munosabatlarni o’rnata olishingiz mumkin.

Qadam №6. Xulosa qilish, yakun yasash

Xulosa yasash, yakun qilish

Bu erda siz, ijobiy natijaga e’tibor qaratib, asosiy qismda keltirilgan ma’lumotlar muammoni hal qilishga yordam berishiga o’quvchining e’tiborini qaratasiz va maqolaga yakun yasaysiz.

Qadam №7. Maqolani qayta o’qish

Uzoq vaqt o’ylamasdan va idealizmga chuqur berilmasdan matnni faqat bir marta qayta o’qishingiz kerak (tekshirish va to’g’rilash uchun). Agar ideallikga chuqur ketadigan bo’lsangiz, turli o’zgartirishlarga, son-sanoqsiz tuzatishlarga va natijada yozilmagan maqolaga aylanib qolishiga olib kelishi mumkin. Tekshiruvning maqsadi – xatolarni tuzatish va takrorlashlarni olib tashlash, yoki, sinonimlarga almashtirish. Matn, yengil, xatolarsiz va sodda yozilgan bo’lishi kerak.

Qadam №8. Matnning noyoblik darajasini tekshirish

Matn noyobligini tekshirish

Bu juda muhim bosqich. Agar sizning maqolangiz yuz foiz noyob bo’lsa, internet maydonida u yangi maqola sifatida indekslanadi. Demak, ushbu mavzudagi boshqa maqolalar fonida sizning maqolangizning reytingi qidiruv tizimlari nazdida ko’tariladi. Bu shuni anglatadiki, birinchi pozitsiyaga kirish ehtimoli sezilarli darajada oshadi. Qidiruv tizimlaridan sizning maqolangizga o’tishlar qanchalik ko’p bo’lsa, sayt ham shunchalik mashhurlikga erishadi.

Agar maqolada ishlatilgan so’zlarning kombinatsiyasi internetdagi boshqa maqolalarda topilmasa, matn noyob deb hisoblanadi. Aks holda, birinchi so’zdan oxirigacha o’zingiz yozgan bo’lsangiz ham, maqolaning noyoblik darajasi past ko’rsatgichga ega bo’lishi mumkin. Sababi, siz ishlatgan iboralar allaqachon boshqa mualliflar tomonidan ham ishlatilgan bo’lishi mumkin.

Siz maqola noyobligini tekshirib, uni maxsus dasturlarda yaxshilashingiz mumkin, shunday dasturlardan biri Etxt.ru. Maqolaning yuz foiz noyobligi, bosma nashrlarda ham talab etiladi.

Qadam №9. Matnni formatlash, dizaynini yaxshilash

Matn dizaynini yaxshilash

Matnni to’g’ri chop qilish juda muhimdir, ya’ni malumotlarning o’quvchi tomonidan oson qabul qilinishini taminlash. Formatlash usullari o’quvchilarga vizual ko’rinishlarni yaratadi va matnni o’qishni oson va tushunarli qiladi. Maqola dizaynini yaxshilaydi.

Quyidagi formatlash elementlari mavjud:

  • Qo’shimcha sarlavhalarni ajratib ko’rsatish. Ajratib ko’rsatishning ikki yoki uch usulini tanlang. Agar ajratib ko’rsatishlar ko’p bo’ladigan bo’lsa, o’quvchilarning matndan tez zerikishlariga olib kelishi mumkin.
  • Belgilangan yoki raqamlangan ro’yxatlar. Bizning miyamiz hamma narsani tasniflashga odatlangan va ushbu formatlash texnikasi o’qishni osonlashtiradi.
  • Asosiy iboralarni yoki so’zlarni ajratib ko’rsatish. Bu tez o’qishda yordam beradi, o’quvchi, darhol batafsil ma’lumotga kirishga arziydimi yoki yo’qligini darhol anglab oladi.
  • O’qilishi oson bo’lgan shrift. Turli bezakli shriftlarni o’qish qiyin, bu maqolani o’qimaslik va zerikishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, o’qish oson bo’lgan shriftni tanlang, shaxsan menga Times New Romani shrifti ko’proq yoqadi.
  • Oddiy takliflar. Psixologiyada oltin formula mavjud – 7 / minus 2. Bu jumladagi so’zlar soniga tegishli, ya’ni bir abzastda ko’pi bilan 7 ta kamida esa 5 ta jumla bo’lishi kerak degani.
  • Maqolada iqtiboslarni albatta ishlating. Bu maqolaning o’quvchi yodida qolishiga yordam beradi.

Oltin o’rtaliqni eslang, formatlash elementlaridan ortiqcha foydalanish, matn sifatini yo’qotishiga olib kelishi mumkin. Matn dizayni haqida gap ketganda, maqolaga qo’yiladigan grafika elementlarini ham esga olish kerak – rasmlar, jadvallar, diagrammalar, fotosuratlar qo’yish ham mumkin. Rasmlarning sifatli bo’lishi va mavzuga mos bo’lishi juda muhimdir.

Qadam №10. Matnni saqlab qo’yish

Matnni saqlab qo'yish

Endi maqolani saqlash vaqti keldi. Uni yopish va eng muhimi – qaysi papkada qo’yganligingizni unutmaslik kerak. Yoki, “Shaxsiy brendimni targ’ib qiladigan maqola” kabi alohida papka yaratish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Agar maqola qo’l bilan yozilgan bo’lsa, ya’ni qog’ozga, uni elektron shaklga o’tkazish va keyin aniq papkaga saqlash, yopish va eslab qolish kerak.

Matnni elektron variantga o'tkazib keyin saqlab qo'yish

Hozirgina yozilgan maqolani nashr etishga shoshilmang. Iloji bo’lsa, uni bir oz vaqt belgilangan papkada turishiga yo’l qo’ying va bir muncha vaqt o’tgach, boshqa vaziyatda va baland ovozda o’qing. Bu mumkin bo’lgan kamchiliklarni aniqlash va tuzatishga yordam beradi. Ideal holatda, yozilgan maqolani muharrirga, yoki boshqa bir shaxsga, xato kamchiliklarini ko’rib berishni so’rash to’g’riroq bo’ladi.

Ushbu bosqichma-bosqich yo’riqnomadan foydalanib, siz birinchi marta yozayotgan bo’lsangiz ham, maqolangizni osongina yozishingiz mumkin. Maqoladagi xato va kamchiliklar haqida yoki tushunmay qolgan jumlalar bo’ladigan bo’lsa, izohlarda bemalol so’rashingiz, yozishingiz mumkin, albatta javob beraman. Barchangizning ijodlaringizga omadlar tilab xayrlashaman, xayr!

Umidjon Obudov

Текст на русском

Алгоритм написания статьи. Пошаговое руководство

Здравствуйте, уважаемые будущие авторы статей. Я хотел бы пошагово рассказать вам процедуру написания статьи, ее основные принципы и правовые положения. Эти знания помогут вам связаться со своими читателями и представить себя в качестве эксперта.

Чем больше статей вы опубликуете в Интернете, в газетах и ​​журналах, тем больше будет известно ваше имя, в результате повысится ваш авторский рейтинг и больше людей начнет пользоваться вашими услугами.

Теперь давайте начнем с основ написания статьи.
Полное руководство по написанию статей для начинающих
Вы можете легко научиться писать статьи в разных областях, используя шаги, указанные ниже:

Шаг 1. Выбор темы
При выборе темы помните, что в одной статье будет раскрыта только одна тема. И еще один важный момент – тема должна быть вам интересна и знакома. Кроме того, статья должна быть адресована вашей целевой аудитории, то есть людям, которым нужна такая информация и которые в дальнейшем будут пользоваться вашим сервисом.

В этом месте хотелось бы затронуть еще один важный вопрос – формат написания статьи. Чтобы сохранить статус эксперта, вы должны писать на основе следующих образцов форматов или макетов. Вы можете назвать их как хотите:

Жанр статьи:
Итак, первый формат: «Проблема + решение» — вычлените проблему вашей целевой аудитории и расскажите о ней в статье. Самое главное, дайте несколько практических советов по решению этой проблемы. Если вы опишете практические рекомендации и практики, то читатели сразу поймут, что вы практик с теоретическими знаниями, а не пустой болтовней.
Второй формат: “Инструмент, предназначенный для… (чего-либо)” – опишите прием или инструмент, который используется только в вашей области, но которым мало кто может правильно пользоваться. Тем самым вы не только показываете, что знаете, как им пользоваться, но и можете объяснить его другим.
Третий формат: “Мои клиенты часто спрашивают… (вопрос – ответ)” – опишите проблемную ситуацию, с которой к вам обратился один клиент или несколько клиентов, как решил ваш клиент после работы с вами, и в чем сходство его проблемы с проблемами других. Дайте практические рекомендации и инструкции по проблеме многих людей и способам ее решения.
Четвертый формат: «Экспертная оценка» – напишите о каком-то явлении (книга, новость в вашей области, известный факт и т.п.) и дайте свою экспертную оценку этому явлению. Анализируйте, размышляйте, рассказывайте о полезной информации или давайте дельные советы.
Пятый формат: «Практические рекомендации» — пишите пошагово, описывая одно или несколько технических действий, описывающих, как действовать в проблемной ситуации, актуальной для ваших учеников. Эта статья, которую вы читаете, также написана в этом формате.

Вы должны сначала научиться писать статьи в вышеупомянутых форматах. Потому что статьи в таком формате очень важны для людей, которые хотят решить конкретную проблему. Кроме того, статьи с практическими инструкциями и рекомендациями представляют интерес для редакторов газет и журналов. Сухой разговор тронул сердце каждого.

Если вашей целью является написание статей для газет и журналов, перед написанием статьи вам следует ознакомиться с тематикой этой газеты или журнала, стилем написания, условиями, требованиями, стилем и целевой аудиторией журнала. Напишите свою статью в соответствии со стилем журнала, для которого вы пишете. Если ваша целевая аудитория не входит в целевую аудиторию журнала, то не тратьте время и силы. Ищите газеты и журналы, которые имеют вашу целевую аудиторию, будут читать ваши статьи и в дальнейшем будут пользоваться вашим сервисом, станут вашими клиентами.

Шаг 2. Выбор названия для статьи
При написании названия статьи главное не переборщить, постараться найти золотую середину. То есть не обязательно быть оригинальным или слишком грубым. Название статьи должно заинтересовать читателя, вызвать любопытство, вызвать у него желание узнать, что будет дальше.

Существуют правила хорошего заголовка:
Заголовок очень важен для привлечения внимания читателя, он должен «цеплять внимание».
Очень важно вызвать интерес и побудить читателя прочитать статью.

Фокус: Статьи, которые касаются потребности или решают проблему, указанную в заголовке, часто привлекают внимание. Если название раскрывает все «карты», то должно быть о ‘зима больше не интересна и не нужна. Ваша задача заинтересовать, направить на прочтение статьи. Название не просит и не предлагает, оно намекает и объявляет.

Название должно быть прочитано с первого взгляда. Между длинным и коротким именем выберите второе, то есть короткое.
При написании статьи используйте слова, понятные и часто используемые целевой аудиторией, для которой вы пишете.
Если вы пишете статью для сайта, используйте в названии ключевое слово, то есть используйте слово, относящееся к популярной теме, описанной в вашей статье.
Слишком много хорошего — это плохо. Не добавляйте слишком много эмоций в заголовок (и в статью, если уж на то пошло) с помощью восклицательного или вопросительного знака. Правила правописания еще никто не отменял. Кроме того, не используйте заглавные буквы. Конечно, создается впечатление, что автор как бы кричит или агрессивен.
Если вы хотите написать для печати, будьте готовы, что заголовок, который вы ставите, может быть изменен на что-то другое, но это зависит от того, как вы договорились с публикацией заранее, и я хотел бы, чтобы вы знали об этом в любом случае.
Используйте эти полезные шаблоны заголовков статей:
Примеры заголовков:

«Как…» Шаблон, который начинался очень просто и оказался очень успешным. Это прямой признак проблемы и пути ее решения.
– “Как начать успешный бизнес”
– “Узнай, как создать сайт”

«Краткий путеводитель по…» В наше время общество любит не потреблять ерунды, концентрированных знаний и просит краткий путеводитель по чему угодно.

– «Краткое руководство по развитию успешного бизнеса»
– “Краткое руководство по созданию веб-сайта”
«…метод/способ» отражает научность и/или практичность статьи.
– «Самый эффективный способ построить успешный бизнес»
– “Способ создать быстрый и простой сайт”
«… самый быстрый способ / как быстро» Никто не хочет долго возиться с какой-либо проблемой, большинство людей стараются решить свои проблемы быстро.
– “Как быстро построить успешный бизнес”
– «Быстрый способ построить успешный бизнес»
«… простой способ / простое решение» Этот шаблон также работает очень хорошо. Простые решения всегда актуальны.
– «Легкий способ создать успешный бизнес»
– “Легкий способ создания и развития сайта”
“…создать” Этот шаблон взывает к эмоциям и творчеству учащихся.
– “Создай свою формулу успешного бизнеса”
– “Создай свой способ создания и развития сайта”
«…теперь можно» То есть, конечно, если вы захотите, благодаря этой статье вы сможете сделать то, что вам нужно.
– «Ведение успешного бизнеса теперь возможно»
– “Теперь можно перевести деньги в любую страну через банк”
«Бесплатный, Уникальный, Лучший, Надежный, Эффективный, Имитация и т. д.» Эти слова всегда привлекают внимание.
– «Бесплатный курс по организации успешного бизнеса»
– “Эффективный способ создания и развития сайта”
«…все должны знать» Такое название усиливает необходимость проверки своих знаний по тому или иному предмету.
«Каждый стартап-предприниматель должен это знать».
«Это должен знать каждый успешный человек»
«Числа». Статьи будут иметь большой успех, если в названии будут цифры. Для названия отлично подойдут следующие числа – 5, 7, 15, 100, 101 и т.д.

– «Как начать успешный бизнес за 6 месяцев»
– «5 простых способов сделать успешный бизнес»
“Секреты”. Здесь стимулируются врожденные интересы и стремления человека. Этот шаблон хорошо работает в сочетании с числами.
– «Секреты успешного бизнеса»
– «7 древних секретов поиска своего пути».

Это не все доступные шаблоны заголовков. Другие примеры вы легко найдете в Интернете и в различных книгах. И это не значит, что все ваши заголовки статей должны быть именно такими. Экспериментируйте, старайтесь найти свой стиль. Также меняется «мода» на титры, следите за изменениями и придумывайте свой собственный путь.

Шаг 3. Создание плана статьи
Вам нужно составить план, записав, как должна быть написана статья. Попытка написать на основе только одной темы без написания общей структуры статьи обычно приводит к неудаче и напрасным усилиям.
План должен быть записан. Это должно быть очень просто:

Заголовок
введение (должно кратко раскрывать основную мысль текста),
основная часть должна состоять из нескольких рекомендаций или тезисов
заключение (заключение, заключение).
Шаг №4. Входить
Во вступительной части необходимо мягко ввести читателя в основную тему.
Кроме того, во введении следует описать, какие вопросы поднимает статья и для кого она предназначена (какая целевая аудитория).

Шаг № 5. Что написано в основной части
Прямое обсуждение. Здесь вы можете дать несколько важных практических рекомендаций или объяснить основные понятия этой темы. И в этой основной части должны быть четкие и правильные инструкции, полезная и ценная информация. Вы можете написать рассказы или притчи, интересные факты, а также собственный опыт и свои взгляды на поднятую в статье проблему, а также грамотно заполненные дополнения.

Если наполнить текст эпитетами, это добавит эмоций к сухим рассуждениям. В основной части следует показать ответы на вопросы, заданные во введении.

Эпитет – это художественное определение, характеризующее описываемое событие, лицо, предмет, явление в изобразительно-эмоциональном ключе.

Постарайтесь полностью объяснить проблему на 2-3 тысячах знаков, то есть на 1-2 страницах. Чтобы ваш текст был искренним и понятным, помните об этом: вы пишете не просто статью, а статью для конкретной целевой аудитории, а точнее, для хорошего человека, который ждет решения этой проблемы. Таким образом, вы можете установить доверительные отношения со своими учениками.

Шаг №6. Заключить, заключить
Здесь вы обращаете внимание читателя на то, что информация, изложенная в основной части, поможет решить проблему, акцентируя внимание на положительном результате, и завершаете статью.

Шаг №7. Прочитать статью снова
Текст нужно перечитать только один раз (чтобы проверить и исправить), долго не думая и не слишком углубляясь в идеализм. Если зайти слишком далеко в идеализм, то это может привести к различным изменениям, бесчисленным исправлениям, и в итоге станет ненаписанной статьей. Цель проверки — исправление ошибок и удаление дубликатов, либо замена их синонимами. Текст должен быть легким, безошибочным и просто написанным.

Шаг №8. Проверка уровня уникальности текста
Это очень важный этап. Если ваша статья уникальна на сто процентов, она будет проиндексирована как новая статья в Интернете. Так, на фоне других статей на эту тему рейтинг вашей статьи в поисковых системах повысится. А это значит, что вероятность выхода на первую позицию значительно возрастает. Чем больше трафика с поисковых систем на вашу статью, тем популярнее будет сайт.

Если словосочетание, использованное в статье, не встречается в других статьях в сети Интернет, текст считается уникальным. В противном случае оригинальность статьи может иметь низкий показатель, даже если вы написали ее сами от первого слова до конца. Это потому, что фразы, которые вы использовали, возможно, уже использовались другими авторами.

Проверить уникальность статьи и улучшить ее можно в специальных программах, одна из таких программ — etxt.ru. В печатных изданиях также требуется стопроцентная оригинальность статьи.

Шаг №9. Форматирование текста, улучшение дизайна
Очень важно правильно напечатать текст, то есть сделать так, чтобы информация легко воспринималась читателем. Методы форматирования создают визуальные представления для читателей и делают чтение текста легким и понятным. Улучшает дизайн статьи.
Доступны следующие элементы форматирования:

Выделите дополнительные заголовки. Выберите два или три способа выделения. Если выделений много, это может быстро наскучить читателям.
Маркированные или нумерованные списки. Наш мозг привык все классифицировать, и этот метод форматирования облегчает чтение.
Выделите ключевые фразы или слова. Это помогает при быстром чтении, читатель сразу поймет, стоит вдаваться в подробности или нет.
Шрифт, который легко читается. Различные витиеватые шрифты плохо читаются, что может привести к непрочтению статьи и скуке. Итак, выбирайте шрифт, который легко читается, лично мне нравится Times New Romani.
Простые предложения. В психологии есть золотая формула – 7/минус 2. Она обозначает количество слов в предложении.
Обязательно используйте цитаты в статье. Это поможет читателю запомнить статью.

Помните о золотой середине, чрезмерное использование элементов форматирования может привести к потере качества текста. При оформлении текста также необходимо помнить о графических элементах, которые будут размещены в статье – также можно поместить рисунки, таблицы, схемы, фотографии. Очень важно, чтобы изображения были хорошего качества и соответствовали теме.

Шаг №10. Сохранить текст
Теперь пришло время сохранить статью. Закройте его и большинство главное не забыть в какую папку положить. Или было бы уместно создать отдельную папку, например, «Статьи, продвигающие мой личный бренд». Если статья написана от руки, то есть на бумаге, ее следует перевести в электронный вид и затем сохранить в определенной папке, закрыть и запомнить.

Не спешите публиковать только что написанную статью. Если возможно, оставьте его на некоторое время в указанной папке, а через некоторое время прочитайте в другой ситуации и вслух. Это поможет выявить и исправить возможные дефекты. В идеале было бы лучше попросить редактора или другого человека проверить написанную статью на наличие ошибок.

Используя это пошаговое руководство, вы сможете легко написать свою статью, даже если вы пишете ее впервые. Если есть какие-либо ошибки или неточности в статье или предложениях, которые вам непонятны, вы можете спросить или написать в комментариях, и я обязательно отвечу. Желаю вам всего наилучшего в ваших творениях, пока!

Оцените материал
( 141 assessment, average 4.5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Вам понравилься статья? Пожалуйта, поделитесь с друзями:
Колдирилган изохлар сони: 75
  1. Feyya

    :idea: :idea: :idea:

  2. Soporboyeva Mardona

    Koʻp maqolalar bilan tanishib chiqdim! Hozirgi kun talabidan kelib chiqqan holda yozilgan! Manga yoqdi! :idea: :idea: :idea:

  3. Nodira

    Ajoyib :oops: :idea:

  4. Nigora

    :idea:

  5. Akbarovna

    Rahmat kottakon. Juda tushunarli yozipsiz👍

    1. Sevara

      Judayam ajoyib chiqqan.rahmat kattakon ☺️

    2. Bonu

      Assalomu alaykum. Maqola judayam ajoyib yozilgan. Menga yoqdi. Bitta savolim bor edi ommabop gazeta va jurnallarga koʻoroq qanaqa mavzudagi maqolalar yozgan maʼqul.

  6. Abbosbek Eraliyev

    Judayam foydali maqola yozibsiz. Imlo xatolarini bir qator ko’rib chiqing vaqt topib :idea:

    1. Умиджон Обудов (author)

      Raxmat. Yaxshi, harakat qilaman.

  7. Oyjamol

    Assalomu alaykum bizni soxamiz haqida gapradigan bolsam ;
    Juda o”ziga xos hamda har soniyada kerak boladigan ish deb oyliman .
    Ob havo maqola yozishni kop oylayman yuqoridagilar juda yoqdi mamnunman lekin iloji bulsa kimnidr maqolasini uzingiz eng yaxshi deb tan olgan maqolani bizga korsata olasizmi

  8. maqola

    Assalomu alaykum! Maqolani qanday qilib yozish kerakligi to’g’risidagi qo’llanmangiz chindan ham o’ta foydali. Sizdan bir narsa so’ramoqchi edim. Biror bir asar to’g’risida ham maqola yozsa bo’ladimi? :?:

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Ha albatta bo’ladi.

  9. Asadova Jangiloy

    Ассалом алейкум енг аввало илмий ишларингизга оммат йор болсин,мувофакийатингиз бардавом болсин. мени хам биринчи бора макола йозишим кандай тарибда йозишни билмай тургандим, маколани кандай йозиш тогрсидаги колланмангиз жуда хам аскотди.аллох рози болсин.😊

    1. Умиджон Обудов (author)

      Валейкум салом. Макола сизга фойда берганидан хурсандман, тилакларингиз узингизга хам хамрох булсин.

  10. Saidxuja

    Juda ajoyib maqola ekan aniq tushundim deb o’layman
    men fizikman
    shu sababli ilmiy maqolalar haqida ham yozish mumkinmi iloji bo’lsa
    albatta ko’pchilikga foydasi tegar edi

  11. Nodira

    Birorta maqolangizdan yuborsangiz o’qib chiqardim oldindan rahmat.

    1. Умиджон Обудов (author)

      http://uzinterbiz.com/

  12. Olimov Ollobergan

    Assalomu alaykum. Maqolanggiz juda ajoyib va foydali ekan, ayniqsa maqola yozishni endi o’rganayotgan insonlar uchun nihoyatda foydali maqola. Sizga katta rahmat, bu maqolani o’qib men ham kerakli va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldim. Ishlaringgizda omad yor bo’lsin, SOG’ OMON BO’LING!!!

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Raxmat, maqolaning sizga foydali bo’lganidan xursandman.

  13. Aziza

    Assalomu alaykum menga ham maqolalaringiz juda yoqdi

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom, xursandman.

    2. Farangis

      Assalomu aleykum!
      Maqolangizni oʻqib chiqdim judaham foydali boʻlibdi
      Savolim bor edi maqola mavzusi bir hil yani bir hil mavzudan 2 3 hil uslibda korinishda maqola yozib joylasa ham boladimi
      Javob uchun oldindan raxmat

      1. Умиджон Обудов (author)

        Valeykum salom. Savolizga tushunmadim, qayerga joylamoqchisiz?

      2. Muahhaadqodir

        assalomu alekum raxmat foydali maqola ekan. savolim bor edi maqolada kalit so’z deganda aynan nima nazarda tutiladi

  14. Dilafruz

    Maqolangiz ajoyib ekan . Bu menga qo’llanma bo’ldi. Ilmiy maqolalar va ularga iqtibos keltirish haqida batafsilroq tushuntira olasizmi ?

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. Keyingi maqolalarda harakat qilaman.

  15. Umida Rustamovna

    Assalom aleykum
    Judayam teran fikrlar bilan yoritilgan ekan
    Rahmat

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Sizgayam raxmat.

  16. Sitora Yaxshimurod kizi Norboboeva

    Maqola yozganda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatini maqolani qaysi qismiga yozamiz.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Salom. Xulosa qismiga yozish mumkin.

  17. Maftuna

    Assalomu alaykum, yo’l-yo’riq va barcha maslahatlariz tushunarli, lekin bir joyiga tushunmadim. matnni formatlash, dezayni degan joyizga “Psixologiayda oltin formula mavjuda 7\ minus 2”. Bu jumlalar soniga tegishli degansiz, shuni tushuntirib berolasizmi?. Javoningiz uchun oldindan rahmat

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. «Psixologiayda oltin formula mavjuda 7\ minus 2». Bu jumlalar soniga tegishli, ya’ni bir abzastda ko’pi bilan 7 ta kamida esa 5 ta jumla bo’lishi kerak degani.

      1. Laylo

        Assalomu alekum szdan iltimosim bor edi manga yordamiz kerak maqola yozishga

        1. Умиджон Обудов (author)

          Мфдунлгь salom. @uzinterbiz_com kanalimizga yozing!

          1. Nafisa

            Salom maqola yozmoqchiman yordam berolaszmi

  18. Madina Xoshimxonova

    Assalomu alaykum. Maqolani qayerda va qanday chop ettiriladi? shunga ham javob bersangiz. Hozirgi maqola haqidagi maqolangiz ham judayam foydali bo’ldi katta rahmat.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Qanday maqola to’g’risida so’rayapsiz?

  19. Dildora

    Assalomu alaykum. Maqolani boshlang‘ich sinflar uchun Alifbe kitobidagi o‘rganilishi qiyin bo‘lgan harflarga ham yozsa bo‘ladimi? Javob uchun oldindan rahmat

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Albatta bo’ladi.

  20. Shohruh

    Qanday qilib gazetga maqola chiqarish kerak

  21. Marjona SHodiyeva

    Assalomu alaykum. Katta raxmat juda tushinarli yoritib bergan ekansz. Keyingi ishlariyizga ham omad tilayman

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Raxmat.

  22. Bonu

    Assalomu alaykum Umidjon Obidov man talabaman va ilmiy maqola yozib ko’rmaganman bizga ilmiy maqola yozish topshirig’i berilgan endi va man shunga ilmiy maqola qanday yozilishi haqida qdirdm szga savolim boridi man qanday sarlovha tanlashdi blmayappan yo’nalish berolaszmi

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Sarlavha qanaday yozilish maqolaning ikkinchi bo’limida yozilganku, ya’ni mana bu bo’limda: Qadam №2. Maqolaga sarlavha tanlash

  23. Xusnddin

    :idea:

  24. Tukhtaeva

    Menga katta foydasi tegdi.Thanks☺

  25. Xiyolaxon

    Salom yaxshimisiz men ilmiy maqola yozmoqchi edim Angela Merkel mavzusida. Yozganlarizi o’qib chiqdim qanday maqola yo,ish to’g’risida. O’zingizni ilmiy maqolalaringiz bormi shu mavzularga yaqin bolsa tashlab bersangiz iltimos. Hech ham yozmaganim un qiynalyapman

  26. Nasiba

    Assalomalykum. Maqola yozish kimningdir iqtidor, istagi bilan yana kimningdir majburiyatidan kelib chiqadi. Ilmiy maqolalar ko`pincha ikkinchisiga mos. Qaysi sohada bo`lmasin dolzarb masalaga qaratilgan maqolalarni ilova qilib borsangiz. Sodda va tushunarli bo`lsin. Yuqoridagi amaliy yordam uchun raxmat.

  27. Muxriddin

    Assalomu aleykum gap yoq zor chiqipti sizdan bitta narsa so’rayman ilmiy ish yozishniyam qoidalarini maqola qilib chiqarsangiz zo’r bo’lar edi oldindan raxmat ;-)

  28. QOPLON

    MAQOLADAN NAMUNALAR BO’LSA YAXSHI BO’LARDI UNDAN TASHQARI YOZILGAN MAQOLALARNI QAYSI SAYTLARDA ELON QILISH MUMKIN
    :smile: :smile: :smile:

  29. Shahzod

    Katta rahmat

  30. Ziyodullo

    maqola yozib respublika jurnaliga ommolashtirib berasizmi ?

  31. Ismat Davronov

    Raxmat kattakon juda foydali bo’ldi

  32. Robiya

    Assalomu alaykum publististik maqoladan namuna yubora olaszmi

  33. Guljahon

    Assalomu alaykum barchaga men bogʻchada tarbiyachi vazifasidaman iltimosim menga maqola mavzusiga oʻz yordamingizni bersangiz

  34. Muhayyo

    Assalomu alaykum.Maqolani oʻqib chiqdim.Juda ham ajoyib.Men ham endi maqola yozishni boshlamoqchi man. Siz bergan ma’lumotlar katta yordam beradi degan umiddaman.

  35. Iroda

    Zoʻr chiqibdi bravo

  36. mashhura

    hammasi tushunarli lekin 7\minus 2 qoidasi haqida ham ayta olasizmi

  37. Qunduz

    Assalomu aleykum. Yahshi maslahatlar oldim, men hali maqola yozib koʻrmaganman,lekin yozishim kk, shunga tayyor maqolalaringizni qaydan olsam boʻladi oldindan rahmat.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Tayyor maqolalar saytda turibdiyu (((

  38. Sardorbek

    Assalomu aleykum maslahatlariz uchun kottakon rahmat .Bitta savolim bor edi siz ózbek tilidagi maqolalarni ham yoza olasizmi masalan leksikalogiya imlo qoidalari shu kabilari haqida .Iltimos menga yordam bering.

  39. Madina

    Assalomu aleykum yaxwimisz menga yozgan maqolangiz juda yoqti.menda savollarim bor edi men tibbiyot sohasida oqiyman lekin kichik kursman biror kasallik haqida yoki klinikadagi vaziyatlar bemorlar bn iwlash togrisida maqola yozsam ham bolarmikn ozim mustaqil adabiyotlar bn taniwib oz fikrlarimni qowib yoki ózi amaliy kuzatib bajargan boliwi wartmikn

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Albatta bo’ladi.

  40. Fayzullo

    Sodda va ravon yozilgan , tushunishga oson 👍🏻

  41. Sanjar Qurbonov

    maqola uchun rahmat, yaxshi yozilibdi,
    siz asosan beznisga oid maqolalar yozsizmi?
    men ilmiy-siyosiy maqola yozmoqchiman

  42. Munisaxon

    Assalamu alaykum va rohmatulloh. Juda manfaatli maqola boʻlibdi,maqola birinchi marta yozmoqchiman qoʻllanmalaringiz katta yordam beradi va yaxshi maqola yozishimga asqotadi degan umiddaman. Alloh rozi boʻlsin raxmat :) 👍👍👍🙃

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Sizga ham raxmat, Sizga foydam tegsa, man xursandman.

  43. Svetlana Xolova

    Bronza davri hunarmandchiligi va ahamiyati haqida maqola yozmoqchiman tarixdan va bu birinchi maqolam qanday yozay

  44. Nafisa Shamsiyeva

    Assalomu aleykum maqola juda manfaatli bulipti. rahmat. texnologiya aynan to’qimachilik bo’yicha xorijiy jurnallarda maqola yozish uchun ham alohida tavsiya bera olasizmi? Sababi yozilgan variant qandaydir yuzaki kurinyapti. javob uchun oldindan rahmat

  45. Tursunoy

    Assalomu aleykum, maqola yozish haqidagi qimmatli ko’rsatmalaringiz uchun raxmat. Qo’llanmani o’qiyotganimda “formatlash” qismidagi “-7/minus 2” iborasiga tushuunmadim. iltimos shunga izoh bersangiz.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Bu savolingizga yuqoridagi kommentariyalarda javob berganman va maqoladagi shu bo’limga ham tushintirish berib qo’yaman. «Psixologiayda oltin formula mavjuda 7\ minus 2». Bu jumlalar soniga tegishli, ya’ni bir abzastda ko’pi bilan 7 ta kamida esa 5 ta jumla bo’lishi kerak degani.

  46. Mavluda Saidjalolova

    Assalomu alaykum qo’llanmangiz menga juda ham yoqdi.Maqolani hikoya ko’rinishida ham yozsa bo’ladimi?

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Ha albatta bo’ladi…

  47. Muahhaadqodir

    assalomu alekum raxmat foydali maqola ekan. savolim bor edi maqolada kalit so’z deganda aynan nima nazarda tutiladi

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Kalit so’z bu, qidiruv tizimlariga odamlarning biron malumot topish uchun yozadigan so’zlari.

Добавте комментарий! Мы Вам обязательно ответим!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: