Hammaga salom! Siz bilan yana men, Tuychiyeva Malika. Yodingizda bo’lsa, oldingi maqolamizda rezyume yozish hamda ishni qanday qidirib topish kerakligi haqida gaplashgan edik. Mukammal rezyumeyingizni yozib, o’zingiz xohlagan ishni topdingizmi? Tezroq suhbatdan o’tib, o’zingiz orzu qilgan lavozimga ariza yozmoqchimisiz? U holda davom etamiz.
Uzoq va qiyin ish qidirish jarayonining birinchi bosqichining munosib yakuni bu – suhbatga taklif qilinishingiz bo’ladi.
Suhbatdan qanday o’tish mumkin? O’zingizni qanday tutishingiz kerak? Suhbatdan o’tishning qanday qoidalari bor? Bu savollarning barchasi ish joyiga murojaat etuvchilarni juda qiziqtiradi. Ammo, bu savollarga javob berishdan oldin, keling, ish beruvchi bilan suhbat o’zi nima ekanligini ko’rib chiqaylik.
Ishga qabul qilishdan oldingi suhbat
Ishga qabul qilishdan oldingi suhbat – talabgorning tajribasini, shuningdek uning shaxsiy fazilatlarini bilib olishga ko’maklashadi, ya’ni u bilan tanishish usulidir.
Ish qidirish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lsangiz ham, har bir yangi suhbat uchun oldindan tayyorgarlik ko’rishingiz kerakligini unutmang.
Ko’pincha, mutaxassisning professionallik darajasi qanchalik past bo’lsa, u suhbatga shunchalik yomon tayyor bo’ladi. Shuning uchun, har safar suhbatga taklifni olgach, quyida ko’rsatib o’tadigan maslahatlarimizdan foydalaning.
Suhbatga qanday tayyorgarlik ko’rish kerak
Suhbatga tayyorgarlik ko’rish uchun oldindan “razvedka” qilish juda muhimdir. Siz uchrashadigan odamlaringiz haqida imkon qadar ko’proq ma’lumot to’plashingiz kerak.
Foydali ma’lumotni turli yo’llar bilan olish mumkin. Agar katta korxona haqida gapiradigan bo’lsak, uning mahsulotlari yoki xizmatlari bilan tanishib chiqing. Ko’pgina tashkilotlar o’zlarining loyihalarini va reklama broshyuralarini tarqatadilar. Ushbu tashkilot haqida gazeta yoki jurnallardan maqolalar topishga harakat qiling.
Siz ishga kirmoqchi bo’lgan tashkilotda ishlaydigan yoki ishlagan shaxs bilan suhbatlashishingiz mumkin. Undan juda ko’p foydali narsalarni bilib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz, lekin siz bunday axborotni sub’ektiv tomonini ham hisobga olishingiz kerak bo’ladi.
Suhbat uchun kiyinish madaniyati
Siz ish beruvchi bilan birinchi uchrashuvga borasiz. Bo’sh lavozimning tavsifiga ko’ra, hamma narsa sizga mos keladi. Shuning uchun, siz ayniqsa diqqat bilan suhbatga tayyorgarlik ko’rasiz: rezyumega o’zgartirish kiritasiz, aqlli savollarga, to’g’ri kelishi mumkin bo’lgan javoblar haqida o’ylaysiz, va kechalari bilan rus-o’zbek tilida nutqingizni rivojlantirasiz. Nihoyat, navbat tashqi ko’rinishingizga keladi , bu borada esa siz bilan ayrim maslahatlar bilan bo’lishamiz.
- Soch turmagi
Ishbilarmon ayollarga kaltaroq soch turmagini tavsiya etamiz. Chunki, uzun sochlarni turmaklash ham qiyin,ham qimmat. Kalta sochlar esa vaqtingizni tejaydi va bejirim ko’rinish beradi.
Erkaklarga osonroq, sochingiz va soqolingiz o’sib ketmagan bo’lsa kifoya.
- Kiyinish madaniyati
Ayollarga ham, erkaklarga ham klassik uslubda kiyinishni taklif etamiz. Bu har zamon va har joy uchun yutuqli variant.
Ayyollar suhbatga ketayotganda kalta yubkalar va ochiq kiyimlardan voz kechishlari kerak. Chunki, bu siz haqingizda noto’g’ri ta’surot paydo bo’lishiga olib keladi.
Erkaklar haddan tashqari yorqin galstuklarni taqmasliklari kerak. Bu suhbatdoshingizni fikrini bo’linishiga olib kelishi mumkin.
Kiyimlaringiz toza va dazmollangan bo’lsa kifoya.
Diqqat! Atir upa ishlatganingizda, judayam o’tkir hidlisini tanlamang! Suhbatdoshingizni boshi og’rishini va u tezda suhbatni tugatishini xohlamasangiz , albatta.
Suhbatga kirganda o’zingizni qanday tutishingiz kerak
Barcha ishlarda tartib- qoida bo’lganidek, suhbat jarayonini ham o’ziga yarasha qoidalari bo’ladi. Ushbu bo’limda, aynan shu haqida gaplashamiz:
- Albatta har bir ish salomlashishdan boshlanadi. Suhbatga borgan kompaniyangiz vakili bilan uchrashganda, hech qachon birinchi bo’lib salomlashish uchun qo’l uzatmang.
- Taklif qilishmagunicha o’tirmang.
- Suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglang va suhbat yo’nalishini bilib oling.
- Savolga javob berishdan oldin, sizdan bu savol nima uchun so’ralganini tushunishga harakat qiling, qanday qilib kuchli tomonlaringizni yoritib, nima haqida gapirmasligingiz kerakligini bilib oling.
- Avvalgi ish joylarinigiz muhokama qilinayotganda, sobiq xo’jayiningiz va hamkasblaringizni tanqid qilmang.
- Agar so’rashmasa, shaxsiy yoki moliyaviy muammolaringizni muhokama qilishni boshlamang.
- Sizni qoniqtiradigan ish haqini aytib o’tishingiz mumkin, lekin bu mavzuda savol berilishidan oldin emas.
- Suhbatni tugatib, suhbatdoshingizga e’tibor uchun minnatdorchilik bildiring.
Suhbat vaqtida eng ko’p beriladigan savollar
Albatta, hech kim ish beruvchi tomonidan beriladigan savollarni oldindan aytib bera olmaydi. Lekin, tajribadan kelib chiqib, eng ko’p beriladigan savollarga tayyorlanish mumkin. Quyida sizga savollardan namunalarni ko’rsatib o’tamiz:
- O’zingiz haqingizda gapirib bering.
- Bizni korxonamizni nima uchun tanladingiz?
- Boshqa joylardan ham takliflar oldingizmi?
- Boshqa korxonalarda ham suhbatdan o’tdingizmi?
- Shaxsiy hayotingiz ishlashingizga halal bermaydimi?
- Sizning kuchli va ojiz taraflaringiz qanday?
- Nima uchun oldingi ishingizdan ketdingiz?
- Ish tajribangiz qanday?
- Ish haqqingiz qanday bo’lishini xohlardingiz? Va boshqalar.
Yuqorida ko’rsatilgan savollar 98% suhbatlarda beriladi. Oldindan tayyor bo’lishni tavsiya etamiz.
Siz va ish beruvchi: 7 ta muvaffaqiyat qoidasi
1-qoida. Sizga kerak bo’lgan barcha hujjatlarni oldindan to’plang. Yozma tavsiyalar, telefon raqamlari bilan. Shuningdek, diplomingizni, kurslarni tugatish to’g’risidagi guvohnomani (agar mavjud bo’lsa), pasportni, mehnat daftarchasini va rezyumeni unutmang, iloji bo’lsa ikki nusxada oling.
2-qoida. Varoqga taqdimot nutqingizni yozing va uni ko’zgu oldida mashq qiling. Nimani va qanday qilib aytishni oldindan o’ylab qo’ying.
3-qoida. Faqatgina tashqi ko’rinishingiz bilan ijobiy taassurot qoldirishga harakat qilmang. Tabiiy bo’ling! Esingizda bo’lsin, birinchi taassurot juda muhim.
4-qoida. Asabiylashmang, chunki, bu darhol seziladi, lekin bundan tashqari, ish beruvchida keraksiz savollar paydo bo’ladi: «Nima uchun bu kishi juda asabiy? U biror narsani yashirmoqchimi? Yoki, o’ziga ishonmaydimi? » o’xshagan.
5- qoida. Rad javobini olishga tayyor bo’ling. Umuman har qanday natijaga ma’nan tayyor bo’lishingiz lozim.
6-qoida. Xushmuomala bo’ling. Ko’p gapirishdan o’zingizni tiying, ko’proq suhbatdoshingizni tinglang.
7-qoida. Qanday tajribaga va professional darajaga ega bo’lishingizdan qat’iy nazar, o’zingizni suhbatdoshingizdan yuqori qo’yib, manmanlik qilmang.
Maslahat! Suhbatdan oldin yaxshilab uyquga to’yib oling, bu muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Suhbatdan oldin hech qanday dori ichmaslikni maslahat berardik.
Ishga joylashish uchun suhbatdan o’tish namunasini quyidagi videoda ko’rishingiz mumkin:
Xulosa
Yaxshi ish kamdan-kam hollarda birinchi urinishda topiladi. Doim o’zingizga ishoning va tanlash imkoniyatidan foydalaning. Umid qilamanki, yuqoridagi maslahatlarimiz sizga orzuyingizdagi ishni topib, suhbatdan muvaffaqiyatli o’tishingizga ko’maklashadi.
Balki sizda qo’shimcha maslahatlar bordir? Izohlarda qoldiring birga muhokama qilamiz. Keyingi maqolalarda ko’rishguncha hayr!
Assalom alaykum!
Maqola menga yoqdi.
ОЛДИНГИ ИШИНГИЗДАН НЕГА БУШАГАНСИЗ ДЕГАН САВОЛГА ЖАВОБ НИМА ДЕЙИШ МУМКИН
Салом. Хохлаган бир сабабни айтишингиз мумкин, яъни масалан, иш режа тугри келмади. Лекин хеч качон олдинги ишингизни ёки рахбарингизни ёмонламанг.
Juda zor
Salom men ish qidrayabman yordam bering Uzbekistonda Shifokorlikni tugatganman va ishlaganman
Valeykum salom. Qanday ish qidiryapsiz? Mutaxasisligiz bo’yichami?
Zur gap yuq shunday maqolalardan kuproq chiqaring
Assalawmalikum sizdin xame tusinklerdi oqip uqtim, men jumis izlep atirman , mamnligim «Injener texnolikpen» Berdaq atindagi Qaraqalpaq mamleketlik Uneverinin sanaat texnalogya fakulteti Nefit xam nefit gazdi qayta islew qanygeligin bitirdim. Telefon nawmerim 913847660
Salom. Sayt ham maqolalar ham zo’r.
Tajribamdan kelib chiqib aytamanki, savollar har joyda har hil bo’ladi. Suhbatga borishdan oldin o’sha kompaniya yoki tashkilot haqida ma’lumotlarga ega bo’lish judayam muhum. Korporativ ma;daniyatini bilib olish kerak va shunga qarab tayyorgarlik ko’rish onson bo’ladi. Masalan siz boradigan joy diniy korporativ ma’danyatga ega bo’lsa erkaklar soqolini olish shart emas, ayollar ham shung qarab kiyim tanlasalar maqbul bo’ladi. beriladigan javoblar ham shu yo’sinda kechgani maqulroq.
Valeykum salom. Raxmat.
Assalomu alaykum.Men Turizm yo’nalishi 2-bosqich talabasiman.Bitirib aeroportlarda ishlash niyatim bor.Mening mutaxasisligim aeroport soxasida ishlashga to’g’ri keladimi?
Ассалому алайкум, сухбат давомида олдинги ишиздан нега кетишни хохладингиз деган савол учун кандай жавоб маькул келади
Валейкум салом. Олдинги ишингизни емонламаган холда хар кандай сабабни айтишингиз мумкин албатта.
Assalomu Alaykum. Men prezident ta’lim muassasalari tizimidagi ixtisoslashgan maktabga ishga kirmoqchiman.Testdan o’tib,suhbatga chaqirildim.Endi suhbatga tayyorlanishim kerak. Men psixologik va muammoli vaziyatlar haqidagi savollarga qanday javob berishim kerak.
Avvalam bor Assalomu alaykum man Natarial Palataga ishga kirmoqchiman ôshanichun suhbatda qanaqa savollar tushishini bilsam shundan tayyorlanardim sizdan iltimos manga yordam bering
Kerakli maslahatlar 💯
Assalomu aleykum men oldin hrch wayerda ishlamaganman yoshim 19da ishga suhbatga chaqirildim nimalar muxim nimalarga etibkr berishim kerak