Barchaga salom!
Ishsizlik ortayyapdi. Bitta ishga talabgorlar juda ko’p. Eski ish qidirish usullari hozirgi kunda ishlamayapdi. Yozishmalar, telefon muloqotlar yoki gazetalardagi e’lonlar orqali murojoatlar, ish topish jarayonini uzaytiradi. Eski ish joyingizda turib ish izlash juda qiyin, vaqt yo’q. Cho’ntakda esa pul kamayyapdi, ovqat eyyish esa kerak.
Bugun siz bilan, samarali, ortiqcha vaqt sarflamasdan, ish topishning qanday turlari borligi haqida gaplashmoqchiman. Eshitishga tayyorlaning, tayyormisiz? Faqat, maslahatlarni tajribada albatta qo’llang, kelishdikmi?
Bu maqolani yozishimning yana bir sababi, bugun YouTubeda, o’zbek tilidagi, biznesni yo’lga qo’yish to’g’risidagi yaxshi bir video rolik ostidagi, ishsizlikdan noliyotgan yurdoshlarimizning izohlari bo’ldi. Ish juda ko’p, lekin, uni biz qanday topishni, ish beruvchi bilan qanday muomala qilishni bilmaymiz. Shu sababdan ham maqolani oxirigacha o’qishni tavsiya qilaman.
Demak, boshladik…
- Ishni tanlashda qanday mezonlar muhim ahamiyatga ega
- Ish qidirishning 7 ta eng yaxshi yo’li
- Ishga joylashishning 16 ta omadli qoidasi
- Qanday qilib tezda ishga joylashish mumkin
- Yosh bolali ayollar uchun qanday ish topish mumkin
- Talabalar (studentlar) va yosh mutaxasistlar, ishga qanday joylashishlari mumkin
- Malumoti bo’lmagan odam nima qilsa bo’ladi
- Krizis paytida qanday qilib ish topish mumkin
- Xulosa
Ishni tanlashda qanday mezonlar muhim ahamiyatga ega
Juda ko’pchilik, menga o’xshab, birinchi o’ringa “oylik” ni qo’yishadi. Katta oylik motivatsiya beradi va hayot tarzini yaxshilaydi. Lekin, shu pul sizga tatiydimi, agar siz, yarim kun vaqtingizni yo’lga sarflasangiz, yoki, qizg’onchiqlar va g’iybatchilar bilan birga ishlasangiz?
Ishga joylashishda e’tiborga olish kerak bo’lgan eng mashhur ish jarayonlari ro’yxati:
- Ish rejimi – kimgadir ishni 8.00 da boshlab, 18.00 gacha ishlash qulay, kimgadir ertalab kechroq uyqudan turishi uchun, kechroq boshlanadigan ish qulay.
- Uyingizdan uzoq yaqinligi – uyingizga yaqin ish, vaqtingizni tejaydi. Ortiqcha vaqtingizni foydali mashg’ulotga sarflaysiz.
Bu borada eng, eng foydali ish bu, freelanser bo’lib ishlash.
- Jamoa bilan aloqalar…
- Javobgarlik – mansabdagi odam, ba’zan, moddiy qadriyatlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Bunday javobgarlikni har kim ham bo’yniga olishni xohlayvermaydi. Shuning uchun, oldindan bularni aniqlab oling.
- Komandirovkalar (Ish yurishlari) – Boshqa mamlakatlar va shaharlarni boshqalar hisobidan ziyorat qilish jozibali g’oya hisoblanadi. Faqatgina, oilalik odam uchun noqulaylik tug’dirishi mumkin.
O’zingizga yaqin ish jarayonni tanlang. Ish joyini tanlashda, yuqorida berilgan maslahatlarni hisobga olgan holda tanlang.
Ish qidirishning 7 ta eng yaxshi yo’li
Sizda ish qidirish yo’llari qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik ish topish ehtimoli yuqori bo’ladi. Agar siz yaxshi mutaxasist, ishchan odam bo’lsangiz, poytaxtda ham ish topish qiyin emas:
|
Ishga joylashishning 16 ta omadli qoidasi
Nima uchun talantli, iqtidorli mutaxasislar ishsiz qolishadi-yu, o’rta darajadigilar “issiq” joylarni egallashadi. Gap yondashuvda. Quyidagi qoidalar sizga, o’z hayotingizni o’zgartirishga ko’maklashadi:
- Yaxshi rezyume tuzing. Rezyumeda – qisqa, to’liq va ishonchli berilgan malumot, ishga qabul qilishlariga asos bo’la oladi. Bu, ish beruvchi uchun, siz haqingizdagi birinchi taasurot bo’ladi va suhbatga chaqirishlariga sabab bo’ladi.
- Yuqoridagi jadvalda berilgan barcha 7 ta yo’ldan ham foydalaning.
- Rezyumeingizning foydalilik koiffisentini hisoblang. Ko’rilganlar sonini suhbatga chaqirilganlar soniga bo’ling.
- Jiddiy va yuqori haq to’lanadigan ishlarga taklif qilingan kandidatlarni, turli savollar berib sinab ko’rishadi.
- Suhbatga kirishdan oldin hojatga chiqing va tahorat qilib oling. Shoshilinch javob yoki stulda to’g’ri o’tirmaslik ham bazida salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
- Suhbatga kirishdan oldin, kompaniya tarixini o’rganib chiqing.
- Suhbatga ketayotganingizda, yo’lda uchragan har qanday inson bilan xush muomalada bo’ling.
- Oldingi ish joyingiz va safdoshlaringiz ustidan shikoyat qilmang. Kuling, xotirjam javob bering.
- E’lonlar bo’yicha telefon orqali gaplashganda hech qachon suhbatni “Men ish yuzasidan” deb boshlamang. Yaxshisi “Assalomu aleykum! Men ism-familiya-man. Meni “falon” gazetada berilgan e’loningizdagi “falon” mansabdagi ish qiziqtirib qo’ydi, shunga o’z kandidaturamni taklif qilmoqchi edim” deb murojaat qiling.
- Agar 4 ta suhbatda ham sizga rad javobini berishsa, nima uchunligiga qiziqib ko’ring.
- Vakansiy yarmarkalarini kuzating. Bu sizga, yangi ish beruvchilar bilan tanishish va yaqindan aloqaga chiqish imkonini beradi.
- Kasbga yarasha kiyining. Bo’yanib olishga hojat yo’q. Oddiy va toza kiyining.
- Uyda bekor o’tirishni istamasangiz, yaxshi ish qidirish bilan birga kunlik haq to’lanadigan ish ham qidiring.
- Har ehtimolga qarshi, oldingi ish beruvchingizni, tavsiya so’rab telefon qilib qolishlari haqida ogohlantiring.
- Aniq va tiniq gapirishni va yozishni o’rganing.
- O’z haqingizda, faqat rost gapiring.
Kompaniya boshlig’i yoki kadrlar bo’limi boshligi, ishga qabul qilish jarayonida, hujjatlaringizning nusxasini so’rashlari mumkin. Qolgan har qanday notanish hollarda hujjatingiz nusxasini yoki, hujjatingizning orginalini hech qachon, hech kimga bermaganingiz maqul.
Bu maslahatlar, ishga qabul qilishayotganda, oddiy xatolarni qilmaslikga yordam beradi.
Qanday qilib tezda ishga joylashish mumkin
Bazida orzuyingizdagi ishni qidirishga vaqt bo’lmay qoladi. Qarz ko’payyapdi, qo rin och qolyapdi, ovqat olib yeyishga esa pul yo’q. Qanaqa va qanday ish bo’lishidan qat’iy nazar, pul bersa bo’ldi, deydigan paytlar bo’lib qolishi mumkin. Hayot ajoyib(((.
Shunday holatlarga tushganlar uchun, 6 ta maslahat:
- Ish haqqingizni kamaytiring. Siz tenggi mutaxasislarga qancha haq to’lashlarini aniqlang. Rezyumeingizda o’rtacha narxlarni ko’rsating. Ko’p pul ishlash uchun ko’p vaqt talab etiladi, sizga bu hozir kerak emas.
- Bazi talablaringizdan voz keching. Ha, sharoit yomon bo’lgan joyda ishlash qiyin albatta. Lekin, bu vaqtincha ekanligini eslang.
- O’zingizning mutaxasisligingizga yaqin bo’lgan mutaxasislikda o’zingizni sinab ko’ring.
- Rezyumeingizga tanqidiy ko’z bilan qarang. Yaxshi va javobgar mutaxasis ekanligingiz tushunarlimi? O’zingizning tajribangiz va kuchli taraflaringiz to’g’ri ko’rsatilganmi?
- Telefoningizga mobil dastur o’rnating. Barcha, yangi vakansiyalardan, chiqqan zahoti xabardaor bo’lib turasiz. Avito, HeadHunter va Superjoblarning dasturlari allaqachon ishlab turibdi. Esingizdan chiqmasin, ish qidirish – har kunlik mashg’ulot. Bunga shunchaki yondashsangiz, hech qanday maslahat, sayt, agentlik, sizga yordam bermaydi. Har kun ertalab rezyumeingizni ish beruvchilarga jo’nating va telefonlashing.
Yosh bolali ayollar uchun qanday ish topish mumkin
Yosh bolali ayollar uchun ish topish ancha mushkul. Sababi, ishlaydigan odam uchun, bir qancha talablar mavjud. Talablarni bajarish uchun, boshingiz bilan ishga sho’ng’ib ketsangiz, bolangiz zarar ko’radi. Bolaga vaqt ko’p aj ratsangiz, buyurtmalar muddati buziladi, mijozlar noroziligiga uchraysiz.
Asosiy qoidalar:
- Moslashuvchan jadval;
- O’z haq huquqlaringizni eslash – bayram kunlari hech qanday ish bo’lmasligi kerka;
- Ish joyingiz uyingizga yaqin hamda bolalar bog’chasi ish jadvali bilan to’g’ri kelishi kerak;
- Uyda o’tirib ishlash – freelans birjalar orqali.
Ish uchun vaqtni, bola uxlayotganda, ovqatlanayotganda yoki o’zi o’ynayotganda topish mumkin. Ko’chada dugonalar bila gurrung va bazi seriallardan vos kechishga to’g’ri keladi.
Talabalar (studentlar) va yosh mutaxasistlar, ishga qanday joylashishlari mumkin
Tajribasiz odamning ish topishi ancha oson ko’rinadi. Bilim va ko’nikmalarga urg’u bering.
Sizni ish beruvchi sezishi uchun, nimalarni nomoish qilishingiz kerak:
- G’ayrat;
- Kuch;
- Javobgarlik;
- Tegishli sohadagi bilimlar;
- Tushunish qobiliyati.
Siz istagan oylikga sizni ishga olishmayapdimi? Oddiyroq kompaniyaga yoki, pastroq lavozimga joylashing. Xizmatingizni sezishlariga harakat qiling, kim biladi, balkim, kompaniya boshlig’i darajasigacha ko’tarilarsiz.
Qiziqarli ishni olishga xalaqit beradigan xatolar:
- Yuqori talablar;
- Kechikish;
- Suhbatga to’g’ri kelmaydigan kiyim bilan boorish;
- Suhbatda turli jargonlar ishlatish;
- Uyalish yoki, qo’pol muomala;
- Haddan tashqari qo’l harakatlari qilish.
FutureToday – vakansiyalar bazasi, studentlar (talabalar) va o’qishni endi tugatganlar uchun, eng yaxshi ish beruvchilar ro’yxati. Bu yerda, Kasperskiy, Nestle va Yandexga o’xshagan katta kompaniyalar ham mavjud.
Malumoti bo’lmagan odam nima qilsa bo’ladi
Agar, farroshlik, qorovullik kabi ishlar sizni qoniqtirmasa, internetga murojaat qiling. Masofadan turib bajariladigan ishlar to’lib toshib yotibdi. Bir kasbni bir necha oy davomida o’zlashtirish mumkin. O’rganish jarayonida buyurtma olishingiz mumkin.
Krizis paytida qanday qilib ish topish mumkin
Krizis paytida ishsiz qolish, bu taqdirga tan berish demakdir. Quyidagi maslahatlar, eng og’ir krizis paytida ham ish topishga yordam beradi:
- Oldingi ish joyingizdan olingan tavsiyalarni yig’ing.
- Ijobiy holatda bo’ling. Esingizda bo’lsin, fikr o’ta muhim. Nimaga ishonsangiz o’sha sodir bo’ladi. O’zingizga ishoning, izlagan albatta topadi.
- Kuniga 4 soat ish qi dirish bilan shug’ullaning.
- Ish haqqiga talabingizni 10 – 15% ga kamaytiring.
- Tajribangizni oshiring. Turli kurs va treninglarda qatnashing, mutaxasistligingizga oid kitoblarni o’qing.
Agar sizga pul juda muhim bo’lsa, freelans birjalarda oddiy topshiriqlarni bajarishingiz mumkin.
Xulosa
Ishni qayerdan qidirishni va nima ish qilish sirlarini endi siz ham bilasiz. Faqat, ishni boshlash va yarim yo’lda tashlab qo’ymaslik qolyapdi xolos. Erinmasdan davom ettirsangiz, albatta sizning hayotingiz o’zgaradi.
Ish topishga sizni nima undadi yoki, qanday lavozimda ishlashni xohlardingiz va nima halaqit beryapdi, shular to’g’risida izohlarda yozing, gaplashamiz, maslahatlarimiz bilan yordamlashishga harakat qilamiz.
Har qanday ishdan daromad olish to’g’risidagi malumotlardan xabardor bo’lib turish uchun, blog yangiliklariga obuna bo’ling. Ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan, maqolani ulashing, zora kimgadir foydasi tegib qolsa, siz ham savobga qolasiz.
Xayr, keying maqolalarda ko’rishguncha!
Hurmat bilan Umidjon Obudov
boburQashqadaryo