Internet orqali masofadan turib ishlash uchun eng yaxshi freelans birjalar va ish qidirish uchun saytlar ro’yxati

Frelans-birjalar ro'xati

Assalomu aleykum hurmatli o’quvchilar hamda saytimiz mehmonlari.

Hozirgi kunda barchaga ish kerak, ish esa yo’q. Nimaga shunday? Siz bilmaysizmi?

Aslida, ish juda ko’p, lekin biz ularni ko’rmaymiz, sababi esa oddiy. Sizga bir savol, biz qanday asrda va nechanchi asrda yashayapmiz? Ha, to’ppa to’g’ri, 21 chi asr, texnologiya asrida yashayapmiz. Shuning uchun, keling, 21 asrning yangi texnologiyalaridan biriga bir nazar tashlaylik.

21 asrning eng katta yutug’i va birinchi texnologiyasi bu internet. Internetning imkoniyatlari esa juda katta, bu imkoniyatlardan foydalanmaslik esa, “bilmadim nima desa bo’ladi”…

Manashu imkoniyatlardan unumli foydalanish maqsadida, masofadan turib dunyoning istalgan nuqtasidan ish izlab topishni istaganlar uchun, internetdagi barcha freelans birja va saytlarning ro’xatini sizlarga tag’dim etmoqchiman.

Albatta bu saytlardan foydalaning, chunki, kelajakda ish o’rinlari yangi texnologiyalar hisobiga yanada kamaysa kamayadiyu ko’paymaydi. Bunday deyishimning sababi, yaqinda, butun dunyo iqtisodiy forumida o’qilgan bir nutqga ko’zim tushib qoldi…

Bu nutq to’g’risidagi batafsil malumotni maqola so’ngida o’qishingiz mumkin. Bundan tashqari, bu saytlarsiz, internetdan ish qidirish befoyda…

Barcha internet kasblar haqida qo’llanmalar

Freelans birjalar va saytlarning toyifalar bo’yicha ro’yxati 

Eng yaxshi freelans birjalar 

Bu yerda, barcha internet kasblar uchun, topshiriqlarni topish mumkin bo’lgan, frelanserlar va buyurtmachilar orasida malum va mashhur bo’lgan, freelans birjalar va saytlar yug’ilgan:

  • Fl.ru – Rossiya va MDH davlatlarida birinchi o’rinni egallagan freelans birja. Bu servizda ishlash, ko’proq professionallarga to’g’ri keladi. Endi boshlayotganlar uchun bu yerda ishlash ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Servizning barcha xizmatlaridan foydalanish, har oy pul to’lab turishingiz kerak.
  • Weblancer.net – freelanserlik qilish va o’z xizmatlaringizni taklif qilishga, mashhurligi bo’yicha ikkinchi freelans birja deb hisoblayman. Hozirda 4000 dan ortiq buyurtmalar mavjud.
  • Web-Lance.net – internet biznesidagi barcha mutaxasislar va buyurtmachilar jamoasi.
  • Work-Zilla.com – endi boshlayotganlar uchun eng yaxshi birja. O’z kuchingizni sinab ko’rishga minglab, qiyin bo’lmagan topshiriqlarni topishingiz mumkin. hisobingizga 100 rubllik bonisni olish uchun manabu promo kodni kiriting: 905996
  • Freelancejob.ru – yaxshi portfolioga ega bo’lgan, mutaxasis freelanserlarga masofadan turib ishlash imkonini beradi.
  • Kwork.ru – bu saytda xizmaringizni ham, buyurtmangizni ham bir narxda sotishingiz mumkin. Yani, barcha ishlarga bir narx, 500 rubl qilib belgilangan.
  • Moguza.ru – xohlagan xizmatingizni taklif qilib, qo’lingizdan keladigan barcha ishni taklif qilishingiz (masalan, 1000 rublga sayt ochib beraman) va pul ishlashni boshlashingiz mumkin.

Kopirayterlar (yozuvchi) va rerayterlar (bir matnni o’qib, tushunganini matnga yozuvchi) uchun birjalar

Agar siz, kompyuter klaviaturasida ishlay olsangiz, sotuvchi maqola, matn yoki tarjima va hokazolar qila olsangiz, bu saytlarda bemalol buyurtmalar topishingiz mumkin:

  • Etxt.ru – kopirayterlar, rerayterlar va tarjimonlarga masofadan turib ishlash imkoni. Xohlagan mavzuda buyurtmalar va sotuvdagi maqolalarni ko’rishingiz mumkin.
  • Text.ru – kopirayter va rerayterlar uchun, eng katta servis. Bu servisda maqolalar do’koni va matnlarni tekshirishga turli skriptlar ham mavjud.
  • Textsale.ru – tayyor matnlarni sotishga mo’ljallangan sayt. Maqola yozib, foydali narxlarda sotishga, talab ko’p bo’lgan mavzular bo’yicha reytinglar mavjud.
  • Advego.ru – matn mualliflari uchun, ko’plab turli topshiriqlarni topish mumkin. Maqolalarni sotish va sotib olishga do’kon ham mavjud.
  • Copyulanser.ru – kopirayter va rerayterlar uchun, past narxlardagi maqolalar birjasi.
  • Turbotext.ru – eng yosh loyihalardan biri. Kopirayting, rerayting, neyming va boshqa kichik buyurtmalar.

Yangi birjalar

  • Qkomment.ru – kichik topshiriqlar servisi, turli saytlarda izoh yozish orqali pul ishlashingiz mumkin.
  • Textbroker.ru – professional koperayterlar buyrosi. Bu yerda, har 1000 harli matnni 100 rubldan yuqori sotishingiz mumkin.
  • Contentmonster.ru – mashhur birja, buyurtmalar juda ko’p. Ish bajaruvchi bo’lish uchun, rus tilidan test savollariga javob berishingiz kerak. Bundan tashqari, saytning o’zida, kopirayting to’g’risidagi kurslarni bepul o’rganishingiz mumkin.
  • Smart-copywriting.com – bu birjada 16 turdagi mutaxasisliklar mavjud, maqola, sheriyat, neyming, rezyume va boshqalar.
  • Miratext.ru – kopirayterlar uchun, oddiy va juda qulay birja. Buyurtmalarning asosiy turlari – kopirayting, matnlarni rerayt qilish, chet tillardagi maqolalar.
  • Snipercontent.ru – kopirayterlar va webmasterlarni birlashtiruvchi sayt.
  • Fll.ru – matn yozish sohasi bo’yicha, topshiriq, buyurtma joylash va masofadan ishlash servisi.
  • [mask_link]Neotext.ru[/mask_link] – kontentlar birjasi va maqolalar do’koni.

1C – mutaxasislar va dasturchilar uchun saytlar

Dasturchilar va IT mutaxasislarga oid saytlar ro’yxat to’liq emas, lekin, dasturchilar masofadan turib yaxshi ish topishlari uchun, bu sohani batafsil o’rganish jarayonida yana to’ldirib boramiz:

  • 1clancer.ru – barcha MDH davlatlari dasturchilari va 1C mutaxasislar birjasi.
  • Devhuman.com – IT – mutaxasislar, dasturchilar va boshqa mutaxsislarga o’z loyihasiga jamoa yig’ishga yordam beruvchi servis.
  • Modber.ru – 1C mutaxasisligi bo’yicha professionallarga yana bir servis.

Dizaynerlar va illustratorlar uchun birjalar

Agar siz, grafik dizayner, web dizayner, rassom-illustrator yoki kelajakda shunday kasblarni egallashni istayotgan bo’lsangiz, unda bu loyihalarni o’rganishingiz kerak:

  • Logopod.ru – logotip va firma stilini yarishni yoqtiradiganlar birjasi.
  • Illustrators.ru – illustratorlar portal
  • Russiancreators.ru – dizaynerlar uchun yaxshi narxlardagi buyurtmalarni topish mumkin.
  • Dribble.com – portfoliongizni joylashtirish uchun, interfeysi ingliz tilida bo’lgan, xaiqaro dizaynerlar katalogi.
  • Behance.net – dizaynerlar orasida mashhur bo’lgan sayt. Bu yerda ham o’z portfolioingizni joylashtirishingiz mumkin.
  • Topcreator.org – portfolio joylashtirish uchun yana bitta sayt.

Fotogroflar, modelyerlar va aktyorlar uchun birjalar

  • Wedlife.ru – to’y marakalar uchun rasmchilar va video operatorlar katalogi. Bajaruvchilar reytinglari.
  • Weddywood.ru – to’y marakalarni tashkillashtiruvchi, to’y fotogroflari, video operatorlar, floristlar, suhandonlar va boshqa mutaxasistliklar katalogi.
  • Fotoimena.ru – operatorlar va fotograflar birjasi. Pullik PRO akkaunt ham mavjud.
  • Birza-truda.ru – model va aktyorlar birjasi. Kino, serial, syomkalar uchun kastinglar haqida malumotlar.
  • Virtuzor.ru – artistlar, rassomlar, musiqachilar va boshqa ijodiy kasb vakillarining Runetdagi eng katta jamoasi.
  • Фотовидеозаявка.рф – fotograflar uchun servis.

 Fotosuratchilar birjalari

O’z fotosuratlaringizni sotish uchun fotobanklar. Bu yerda ishlash istagi yuqori bo’lsa, kelajakda yaxshigina passiv daromad olish mumkin:

  • Shutterstok.com
  • Dreamstime.com
  • Pressfoto.ru
  • Lori.ru
  • Fotolia.com

Talabalar uchun masofadan turib ishlash birjalari 

Talabalarning topshiriqlarini, ularning o’rniga bajarib pul ishlash mumkin. Masalan, referatlar, nazorat ishlari va shu bilan bog’liq barcha ishlarni pul evaziga qilish mumkin:

  • Автор24 – nazorat ishlari, diplom ishlari, va boshqa buyurtmalarning eng katta freelans birjasi.
  • Studwork – talabalar ishlarini sotish va sotib olish birjasi.
  • Всё сдал! – talabalardan turli topshiriqlar olish sayti. Topshiriqlarni bajarishga yordam bering va pul ishlang!
  • Напишем– talabalar ishlariga ixtisoslashgan, tarjima, kopirayting va matnlar birjasi.
  • StudLance – studentlar va ularning buyurtmalarini bajarishga tayyor odamlar sayti. Xohlagan buyurtmani berish imkoni mavjud. Buyurtma qanchalik murakkab bo’lsa, shunchalik narx baland bo’ladi.
  • Help-s – qatnashuvchilarga yordam bering va daromad qiling.
  • Reshaem.net – turli topshiriqlarni bajarish, frelanser bo’lish uchun sayt administratoriga yozish kerak.
  • Препод24 – o’rganuvchi ishlarga buyurtma beruvchi internet-servis.

Ingliz freelans saytlari

Agar siz ingliz tilini bilsangiz va xizmatingiz uchun dollorda haq olishni istasangiz, unda, quyidagi saytlarda ro’yxatdan o’ting va ish izlang:

  • Freelanser.com – rus tiliga o’girilgan, evropaning katta birjasi. Lekin chet el buyurtmachilari bilan ishlash uchun ingliz tilini bilish kerak.
  • Upwork.com – masofadan turib ishlash uchun, katta va jiddiy birja. 1999 yilda ushbu serviz orqali frelanserlar 300 000 000 $ atrofida pul ishlashgan. Ha ha, men adashmadim, uch yuz million dollor, tassavur qilyapsizlarmi? Bu bir yilda. Asosan bu yerda, yuqori byutjetli loyihalar nashr qilinadi. Shuning uchun, bu yerda, tajribangiz juda yuqori bo’lsa va qiyinchiliklardan qo’rqmasangiz marra sizniki.
  • Guru.com – masofadan turib ishlash va freelans bo’yicha eng eski birjalardan biri: bu saytda ro’yxatdan o’tganlar soni bir milliondan ortiq, har oyda 8000 dan ortiq loyihalar nashr qilinadi, 220 ta turli toyifadagi kasblar mutaxasistligiga ixtisoslashgan.
  • Proz.com – tarjimonlar uchun xalqaro birja.
  • 99designs.com – dizaynerlar uchun ingliz birjasi.

MDH davlatlaridagi freelans birjalar 

  • Ishkop.uz – turli yo’nalishlarda offlayn ishlarni topish mumkin.
  • Superjob.uz – barcha yo’nalishlardagi vakansiyalar katalogi.
  • Rabota.uz – rabota.ru saytining o’zbekcha talqini. Turli topshiriq va vakansiyalarni topishingiz va buyurtmalar berishingiz mumkin.
  • Olx.uz – turli xizmatlar va ishlarni topish mumkin bo’lgan O’zbekiston birjasi.
  • Freework.uz – ingliz saytining o’zbek tiliga o’girilgan yangi versiyasi. Sayt yangi ochilgan.
  • [mask_link]Bozorka.uz[/mask_link] – O’zbekiston e’lonlar doskasi.
  • Hh.uz – hh.ru saytining o’zbekcha analogi. Yangi vakansiyalar birjasi.
  • Freelance.ua – ukraina frelanslar birjasi. Raqobat kichik bo’lganligi sababli, o’zingizga yoqqan buyurtmaga erishish oson kechadi. Tajribangiz qancha yuqori bo’lsa, daromadingiz ham shunchalik yaxshi bo’ladi.
  • Freelancehunt.com –endi rivojlanayotgan, Ukraina birjasi.
  • Kabanchik.ua – turli yo’nalishda buyurtma olish va berish mumkin bo’lgan Ukraina birjasi.
  • Itfreelance.by – Belorussiya birjasi.
  • Proffstore.com – Ukraina yangi frelans birjasi.

Ichki (Interer) dizaynerlari, arxitektorlar va muhandislar (injenerlar) birjalari

  • Interior-design.club – ichki dizaynerlar forumi
  • Myhome.ru – dizayn, arxitektura, qurilish, ta’mirlash va bezatish bo’yicha xizmatlarni taklif qilish mumkin bo’lgan sayt.
  • Houzz.ru – qurilish va bezatish bo’yicha xizmatlarni taklif qilish mumkin bo’lgan yana bir sayt.
  • Midoma.ru – arxitektorlar, dizaynerlar, texnik mutaxasislar, muxandislik tizimlari mutaxasistlari va 3D- vizuallashtirish mutaxasislarining masofadan turib ish bajarishlari yoki, o’z xizmatlarini taklif qilishlari mumkin bo’lgan sayt.
  • Proektanti.ru – muhandislar uchun masofadan turib ishlash servisi.
  • Ries.pro – muhandislar katalogi, texnik ma’lumotli mutaxassislar uchun ishlar.
  • Kvartirakrasivo.ru – kvartira va ofislarni tamirlash ishlarini qidirayotgan quruvchilar uchun buyurtmalar birjasi. Birja o’z xizmatlariga malum bir foiz oladi.
  • Forumhouse.ru – buyurtmachilar yoki quruvchilar brigadasini topish mumkin bo’lgan quruvchilar birjasi.
  • Mastercity.ru – quruvchi va quruvchilar brigadasi, xususiy hunarmandlarni qidiruvchilar forumi.

Tanlov (Tender) va bellashuvlar saytlari

Bu saytlarda turli topshiriqlar chop qilinadi, masalan, “Kompaniyaga nom o’ylab topish”, kim yutsa o’sha pul oladi:

  • Citycelebrity.ru – Brend kompaniyalarning qiziqarli tanlovlari nashr qilinadiga katta platforma.
  • e-generator.ru – ijodiy odamlar uchun yaxshi portal. Kompaniyalarga nom, veb-sayt nomlari, shiorlar, senariy yozish kabi ishlarni qilish kerak. G’olib pul bilan taqdirlanadi.
  • Voproso.ru – qiziqarli g’oyalar o’ylab topuvchi odamlar sayti
  • Workspace.ru – sayt Internet tarmog’ida biznesni rivojlantirishga qaratilgan xizmatlar ko’rsatishga yordam beradi.

Yangi va boshqa, masofadan turib ishlash birjalari

Yuqoridagi birjalarga qaraganda, ularchalik mashhur bo’lmagan birjalar ro’yxati:

  • Испоню.ру – yangi birja
  • 5Buck – har bir xizmat 5$ qilib belgilangan birja.
  • Freelance.ru – buyurtma qidirish uchun, barcha yo’nalishlar bo’yicha mashhur bo’lib borayotgan sayt.
  • Умеювсё`- 500, 1000 va 1500 rubllik xizmatlarni ko’rsatuvchi frelanslar sayti.
  • uJobs – mahsulot va xizmatlar.
  • Offerlancer.ru – barcha xizmatlar 500 rubl bo’lgan, yangi, frelanslar birjasi.
  • Golance.ru – loyihalarni boshqarish mumkin bo’lgan vositasiga ega, masofadan turib jamoa bilan ishlash mumkin bo’lgan birja.
  • Web-lance.net – masofadan turib ishlashga yangi birja.
  • Freelancerbay.com – uyda ishlash uchun vakansiyalarni izlash va frelanserlar uchun ishlar sayti.
  • Free-lancers.net – yangi rivojlanayotgan frelans birja.
  • Freelansim.ru – aynan IT mutaxasislari uchun taniqli birja.
  • My-publication.ru – buyurtmalar ko’p bo’lmagan, kopirayterlar jamiyati.
  • 24freelance.net – yangi frelans birja.

Yangi va boshqa servizlar

  • Profiteka.ru – mutaxasislarni qidirish sayti. O’zingizning portfolioingizni qo’shishingiz mumkin.
  • Vakvak.ru – buyurtmalar ro’yxati va tarjimonlar uchun vakansiyalar mavjud.
  • Wowworks.ru – bu saytda masofadan turib ishlash uchun ish yo’q. IT xizmatlari, kuryerlik xizmatlari, uylarni ta’mirlash va hokazolarni topishingiz mumkin.
  • Revolance.ru – kichik frelans birja.
  • Allfreelancers.su – barcha sohalar bo’yicha masofadan turib ishlash sayti.
  • Webpersonal.ru – masofadan turib ishlovchilarni qidirish uchun bepul servis.
  • Free-lance.su – har kun yangi va qiziqarli loyihalar paydo bo’ladigan, mashhur bo’lib borayotgan oddiy servis.
  • Dalance.ru – ijodiy shaxslarga, masofadan ishlash uchun yosh sayt.
  • Best-Lance.ru – turli buyurtmalar va vakansiyalar birjasi.
  • Freelance.tomsk.ru – masofadan turib ishlash uchun, vakansiyalar sayti.
  • Makesale.ru – Yangi mehnat birjasi, kafolatli haq to’lashadi, asosan kopiraytlar uchun ishlar.
  • Free-lancing.ru – masofadan ishlovchilar uchun, rivojlanayotgan sayt.

   Masofadan ish qidirish agregatorlari 

Boshqa saytlardan va frelans birjalardan, buyurtmalar va bo’sh ish o’rinlari haqida malumot yig’adigan bir nechita saytlar:

  • Ayak.ru – o’nlab saytlarning masofadan ishlash haqidagi ishlarining lentasini ko’rish imkoniyati.
  • [mask_link]Spylance.com[/mask_link] – 40 dan ortiq frelanс saytlardan, internetda ish qidirish bo’yicha malumotlarni yig’adigan ajoyib agregator sayti.

Xulosa

Ro’yxat juda cho’zilib ketdi. Aslida, yuqoridagi saytlarning barchasida ishlash shart emas, o’z sohangizga yaqinini, o’zingizga maqulini tanlab ishlashingiz mumkin. Ammo, tajribali frelanclar bularni, o’z reytingini oshirish uchun ishlatadilar, yani, portfoliosini boyitish maqsadida, mijozlardan o’zlari haqida yaxshi fikr-mulohazalar yig’ish va xavfsiz kelishuvlarni amalga oshirish uchun ishlatadilar.

Ko’p yillar mobaynida to’plangan mijozlar bazasi, tajribali mutaxasislarga, birjalardan yangi buyurtmalarni izlashda raqobat qilmasdan, yaxshi ishlarni olishga imkon beradi va doimiy ish bilan taminlaydi.

DIQQAT! Maqola boshlanishida aytgan, butun dunyo iqtisodiy forumida o’qilgan nutqda shunday deyilgan: “Mashina va algoritmlarning mehnat bozorida integratsiyalashuvi juda yuqori. Agar 2018 yilda ular ish soatlarining 29 foizini tashkil qilgan bo’lsa, 2022 yilda bu ko’rsatkich 42 foizni, 2025 yilda esa 52 foizni tashkil etadi. Bu mehnat bozorida global o’zgarishga olib keladi”.

Bu degani, kelajakda, insonlar qiladigan ishlarni kompyuterlar, robotlar qiladi degani. Lekin buning sevinarli tarafi shundaki, 2020 yilga borib 75 million ish o’rni yo’qolsa, 133 million ish o’rni ochilar ekan. Ammo, bu ish o’rinlari yangi internet texnologiyalari hisobidan bo’ladi. Batafsil va qiziq malumotlarni [mask_link]bu yerda o’qishingiz[/mask_link] mumkin.

Shunday qilib barchangizga yaxshi mijozlar nasib qilishini tilab, sizlar bilan xayrlashamiz, e’tiboringlar uchun katta raxmat. Xayr omon bo’ling, barchaga omad.

Baholashni unutmang!
( 8 assessment, average 4.13 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: