Saytga maqola qanday yoziladi: mavzu tanlashdan chop qilishgacha, qo’llanma

Sayt uchun maqola yozish sirlari

Salom do’stlar!

Bugungi maqolamizda sayt uchun maqola qanday yozilishi to’g’risida gaplashamiz. Men ko’p yillardan buyon o’z saytim va boshqa saytlar uchun maqolalar yozaman va shu yillar davomida ancha tajribalar orttirdim va bugun o’z tajribalarimni sizlar bilan bo’lishmoqchiman.

Keling biroz, saytga maqola yozish va gazeta va jurnallarga maqola yozishning farqi haqida bir oz tushuncha berib o’tsam.

Bu yo’nalishlar bir-biridan bir oz farq qiladi. Biz gazetadan qandaydir yangilik yoki voqea hodisalar haqida bilish uchun uni qo’limizga olsak, internet resurslarga esa, o’zimiz uchun foydali ya’ni qandaydir muammomizga javob olish uchun kiramiz. Demak, internet resursdagi maqolaning foydasizligini bilgan zahotimiz boshqa maqolaga yoki boshqa saytga o’tib ketamiz.

Bundan kelib chiqadiki, internet resursdagi maqola shu qadar o’ziga tortuvchan bo’lishi kerakki, toki o’quvchi maqolani oxirigacha qiziqib o’qisin va yana ma’lumot olish uchun saytga qayta-qayta kelsin. Internet resursga maqola yozishning, gazeta yoki jurnalga maqola yozishdan asosiy farqli qiyinchiligi ham shunda.

Bu ikki yo’nalishning farqlari ancha, lekin biz bugungi maqolamizda aynan saytga qiziqarli va foydali maqola yozish haqida gaplashamiz.

Sayt ochish va yuritish uchun to’liq qo’llanma

Pulga maqola yozasizmi yoki shaxsiy saytingizni ma’lumot bilan to’ldirasizmi buning farqi yo’q, siz sifatli maqola yozishga majbursiz. Yoki umuman yozmasligingiz kerak.

Demak, sifatli maqola yozishni boshladik….

Maqola mavzusini tanlash

Barchasi mavzu tanlashdan boshlanadi. Men yangi maqolalar va postlar yozish uchun o’zimga g’oyalar ro’yxatini tuzdim. Va shu g’oylar asosida har oy kontent rejamni to’ldirib boraman. Nima yozish haqida menda muammo yo’q. Bir yillik reja oldindan tayyor.

Rasmni ko’rish uchun rasm ustiga bosing:

Kontent reja ro'yxati

Bitta loyihamning kontent rejasi.

Barcha mavzular sayt tuzilishiga qarab bir joyga yig’ilgan va men shu mavzular yuzasidan maqola rejasini tuzaman va yozishni boshlayman. Har bir maqola foydalanuvchining ma’lum bir muammosini yechadi.

Soha osti sohalar tarkibi

Maqolani qidiruv tizimlarida targ’ib qilish uchun uning saytdagi boshqa materiallar bilan aloqasi bo’lishi va ularni to’ldirishi juda muhimdir. Shuning uchun, maqolaning o’zi bilan shug’ullanishdan oldin, mavzuni to’liq ochib beradigan, mavzuga oid bo’lgan boshqa yo’nalishlarni, ketma -ket maqolalar zanjiriga aylantirishimiz kerak.

Ya’ni har bir maqola, foydalanuvchining ma’lum bir savoliga javob berishi kerak va izlagan ma’lumotni olishi kerak. Qisqasi, sizda bir-biri bilan bog’liq bo’lgan maqolalar zanjiri hosil bo’lishi kerak.

Masalan, sizning yo’nalishingiz “Oziq-ovqat”, sohangiz “Retseptlar”, soha osti sohangiz “Sho’rvalar”.  Agar shu “sho’rvalar” mavzusiga oid boshqa yo’nalishlarni tuzib chiqsak quyidagi mavzular zanjiri hozil bo’ladi:

  • Go’shtli sho’rva
  • Tovuq go’shtidan sho’rva
  • Piyozli sho’rva
  • Karamli sho’rva
  • Tuxumli sho’rva
  • Qovoq sho’rva
  • Loviyali sho’rva
  • Pomidorli sho’rva va hokazo

TT tayyorlash

TT – texnik topshiriq.

O’zingiz yozasizmi yoki yozishni muallifga topshirasizmi, bu muhim emas, sizda har bir maqola uchun maxsus talablar yozilgan texnik topshiriq bo’lishi kerak.

Men TT ni oddiy Google elektron jadvalida tayyorlayman. Maqola uchun barcha talablar yozilgan bunday jadvalni, uzinfobiz.com onlayn maktabimizdagi “sayt tuzish va pul ishlash kursimizning” darsligida to’liq ko’rishingiz mumkin.

Men tayyorlagan TT da quyidagi talablar qo’yilgan:

  • Asosiy maqsadni belgilaydigan vaqtinchalik sarlavha.
  • Maqola yozayotgan hujjatga havola. Tez o’tish uchun.
  • Bo’limning barcha maqolalari bo’lgan google dickdagi papkaga havola (bu papkaga maqolaga qo’yiladigan rasmlar yuklanadi).
  • Sayt tuzilishiga havola.
  • Asosiy kalit so’z.
  • Qo’shimcha kalit so’zlar.
  • Yozish jarayonida men murojaat qilishim mumkin bo’lgan soha osti soha tuzilishi bo’yicha mavzular ro’yxati ( ya’ni, yuqorida hosil bo’lgan zanjir esingizdami?)
  • Havola qo’yilishi kerak bo’lgan saytdagi boshqa maqolalar ro’yxati.
  • Asosiy kalit bo’yicha top 10 ta qidiruv natijalaridagi maqolalar ro’yxati.
  • Maqola hajmi
  • Loyihaning tahririyat siyosati va ko’rsatmalariga havola.

Kalit so’zlarni tanlash

Saytingizga ko’p foydalanuvchi kelishi uchun siz, ularning qidirayotgan maqolalarini yozishingiz kerak. Shuning uchun qidiruv robotlariga sizning materialingiz nima haqida ekanligini tushunishga yordam beradigan kalit so’zlarni tanlashingiz kerak.

Dastlabki bosqichda, maqolalar uchun kalit so’zlarni tanlash va tahlil qilishni o’rganish uchun ushbu ko’rsatma sizga etarli bo’ladi.

Maqsad, foydalanuvchilar ishlatadigan so’rovning asosiy maqsadi bilan bog’liq bo’lgan boshqa barcha so’zlarni yig’ishdir.

Ularni TT ga yozib chiqing va maqolani yozish jarayonida barchasini maqola bo’ylab taxsimlab yozasiz. Matndagi bu iboralar mantiqan qo’llanilishi va savolga javob berishi muhim.

Men o’z kursimda talabalarning matnlarini doimiy ravishda tekshirib boraman va ko’pincha qo’shimcha kalitlarni kiritishda xatoliklarni ko’raman. Va saytga tashrif buyuruvchi olishi kerak bo’lgan ma’noni ololmaydi. Bu esa, qidiruv tizimlarida indeksatsiya qilishni rad etishga olib keladi.

Maqola rejasi

Maqola rejasi – bu, maqola tuzilishi emas! Adashtirmang.

Reja – bu ma’lumotlarni yozish va yig’ishga tayyorgarlik. Men yozishga o’tirgan paytim birinchi navbatda reja tuzaman. Mavzuning murakkabligiga qarab, u turli elementlardan iborat bo’ladi.

  • Auditoriyani aniqlayman. O’quvchi kim, u qanday maqsad va vazifalarni hal qilmoqchi.
  • Men maqolada javob berilishi kerak bo’lgan barcha savollarni yozib chiqaman.
  • Mavzu bo’yicha materiallarni o’rganaman, o’quvchiga asl ma’noni yetkazish uchun, matnda yoritilishi kerak bo’lgan g’oya va misollarni yozib chiqaman.
  • Foydali ma’lumotlar va ulashishim mumkin bo’lgan havolalarni yig’aman.
  • Aniq ma’lumotlarni yozib chiqaman: sana, ismlar, nomlar, sitatalar va h.k
  • Taxminiy sarlavha, taytl va tasnif o’ylab topaman
  • Matn bilan bog’liq rasmlar, infografika, videolar tanlayman.

Bunday tayyorgarlik jarayonida miyamda, matnda nima bo’lishi haqida tushuncha paydo bo’ladi.

Maqola tuzilishi

Tuzilish  – bu, matn bo’limlari bo’lib, har bir bo’lim ma’lum bir savolga javob beradi va o’quvchining ma’lumotni oson qabul qilishida yordam beradi. Har bir bo’lim uchun tegishli sarlavha tanlanadi ( buni men, ikkinchi darajali sarlavha yoki soha osti soha deb ham yuritaman). Maqola mundarijasi manashu sarlavhalardan tashkil topadi. Ushbu mundarijadan o’quvchi, matnda qanday ma’lumotlar borligi, o’ziga kerak bo’lgan ma’lumotni topa olishi yoki topmasligini darhol tushunib olishi kerak.

Bu sarlavhalar, matnni ushlab turadigan asosiy ustun hisoblanadi.

Misol tariqasida shunday tuzilishga ega bo’lgan bir nechita maqolalarni ko’rishingiz mumkin:

Odatda tuzilma, rejada yozilgan savollarning mantiqiy ketma -ketligidan hosil bo’ladi.

Maqolani yozish

Maqolani yozayotganda boshqa manbalarga murojaat qilishni tavsiya qilmayman, tayyorlanish jarayonida miyangizga quyilgan ma’lumotlardan foydalaning. O’z tajribamdan aytishim mumkinki, qachonki boshqa materiallarga qarasam juda yomon rerayt hosil bo’ladi. Chunki, miya ishlashdan va o’ylashdan to’xtaydi. Manbaalarni maqolaning rejasini tuzish jarayonida, o’rganish va konspekt qilib yozib olish kerak.

Sizning ko’zingiz oldida faqat TT, reja va tuzilish turishi kerak.

Bilaman, yangi boshlayotganlar fikrlarni ifodalashda, fikrlar ketma-ketligida va ma’noni etkazishda katta qiyinchiliklarga duch kelishadi, lekin men bu erda hech qanday maslahat bera olmayman. Faqat ko’p o’qing va ko’proq mashq qiling. Faqat tajriba bilan siz yaxshi yozishni o’rganasiz.

Matnni semantik va mazmunan tahlil qilish

Maqolani yozib bo’lganingizdan so’ng, matnni tahlil qilishingiz kerak.

  • Noyoblik. Ideal holda, siz 100% o’ziga xoslikka erishishingiz kerak, lekin aniq ma’lumotlar va aniq tuzilmadan foydalanganimiz uchun va bu ma’lumotlardan raqobatchilar ham foydalanganini hisobga olgan holda, noyoblik darajasi 80% gacha ruxsat etiladi.
  • Akademik takrorlash. Bu ko’rsatgich 7,5 dan oshmasligi kerak.
  • So’zlar takrorlanishi. Bu ko’rsatgich esa 2,5 dan oshmasligi kerak.
  • Mazmunsiz so’zlar takrorlanishi. Matn juda quruq va jonsiz bo’lmasligi uchun keraksiz so’zlarni chiqarib tashlashga harakat qiling va faqat muhimlarini qoldiring.
  • Xatolar. Matnda imloviy xatolari bo’lmasligi kerak. Tekshirish servislari orqali matnni tekshiring yoki malakali mutaxasis yoki muharrir toping, chunki servislar hamma xatolarni topa olmaydi.
  • O’qishliligi. Maqolani o’qish qanchalik osonligini tushunish uchun uni bir muncha vaqt o’tgach qayta o’qing, yoki hatto o’qishni keyingi kunga qoldiring. Yangi ko’z bilan o’qish, nuqsonlarni topishga va nutq xatolarini tuzatishga yordam beradi.

Oxirida materialni TT va rejaga muvofiq yana bir bor tekshirib ko’ring.

Nashrga tayyorlash

Matnni o’qish oson bo’lishi uchun, paragraf (abzast) larga ajrating, sitatalar qo’shing, muhim iboralarni ajratib ko’rsating, markerli va sonli ro’yxatlarni ishlating, rasmlar qo’shing.

Saytga ko’chiring va nashr qiling.

Agar sizda tushunmagan savollar bo’lsa yoki biror qo’shimchalar bo’lsa, izohlarda qoldiring.

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: