Maqolani qanday to’g’ri formatlash kerak

Matnni qanday formatlash kerak

Salom do’stlar! Bugun biz, saytimizga tashrif buyuruvchilarning ma’lumotlarni qabul qilishlari engil va oson bo’lishi uchun, maqolalarni to’g’ri formatlashni ko’rib chiqamiz. Maqolaning to’g’ri formatlanishi, foydalanuvchilarni ko’proq vaqt saytda ushlab turishning asosiy faktorlaridan biridir.

Kirish

Maqolaga birinchi marta kelgan tashrif buyuruvchilar eng avvalo butun maqolaga ko’z yugurtirib chiqishlari hech kimga sir bo’lmasa kerak menimcha. Agar, maqolaning biron elementlari uning e’tiborini tortsagina, keyin, bir boshidan o’qishni boshlashadi.

Shuning uchun, o’quvchining e’tiborini tortishga yo’naltirilgan, tekstni formatlashga doir qandaydir qoidalar mavjud. Keling hozir, manashu qoidalarni bo’limlarga bo’lib o’rganib chiqamiz.

Formatlashning asosiy qoidasi


Qoida 1. Tekstni paragraflarga bo’ling

Albatta 4 – 5 qatordan keyin, tekstni paragraflarga bo’ling.

Paragraf – matnni vizual va aqliy hazm qilishga yordam beradi. Matn paragraflarga bo’lingan bo’lsa, o’quvchining o’zi o’qiyotgan qatorni doimiy ravishda izlamaslikka imkoni bo’ladi. Har bir paragrafda aniq bir fikr bo’lishi kerak. Matnni qismlarga bo’lib o’qish orqali foydalanuvchi ma’lumotni hazm qilishi va esida tutishi osonlashadi.

Qoida 2. Tekstni bo’limlarga bo’ling

Agar maqola 1500 belgidan oshsa, u bo’limlarga bo’linib, sarlavha osti sarlavhalarga ega bo’lishi kerak. Shunda, foydalanuvchi o’zi uchun eng muhim bo’lgan bo’limga tezda o’tib, uni o’qishda davom etadi.

Muhim! Sarlavhalar tuzilishi (sarlavha osti sarlavha).

Saytning butun sahifasi sarlavhalarga bo’linadi. Maqolaning asosiy sarlavhasi – har doim H1 yorlig’i bilan ko’rsatiladi (1-sarlavha) – bu, maqolada bir marta ishlatiladi. Shuning uchun maqoladagi qolgan boshqa barcha bo’lim sarlavhalarida faqat H2, H3, H4 teglari ishlatilishi mumkin (2-sarlavha, 3-sarlavha, 4-sarlavha) va qat’iy ierarxiya bo’yicha.

Sarlavhalarni qanday tuzish kerakligiga misol:

Sarlavha 1 (Sahifa / maqolaning asosiy sarlavhasi)

   - Sarlavha 2

   - Sarlavha 2

        - Sarlavha 3

        - Sarlavha 3

   - Sarlavha 2

        - Sarlavha 3

               - Sarlavha 4

               - Sarlavha 4

               - Sarlavha 4

        - Sarlavha 3

        - Sarlavha 3

   - Sarlavha 2

   - Sarlavha 2

Maqola ichida 2-chi darajali sarlavha bo’lmay turib, 3-chi yoki 4-chi darajali sarlavha bo’lishi mumkin emas.

Qoida 3. Matnni to’liq kenglikka tekislamang

Matnni hech qachon to’liq kenglikka yoki o’rtaga tekislamang. Matn butun kengligi bo’ylab va hatto chegaralarga ega bo’lsa, odam uchun uni o’qish qiyinroq bo’ladi. O’ng tomonda joylashgan yamalgan qirralar qatorlar bo’ylab yaxshiroq harakat qilish, shuningdek, paragraflarga bo’linish imkonini beradi.

Qoida 4. Ro’yxat tuzing

Maqolaning tashqi ko’rinishini yaxshilash uchun, albatta markerli va raqamli ro’yxatlar qilishga harakat qiling.

Matnda ro'yxat tuzish

Qoida 5. Asosiy fikrlarni ajratib ko’rsatish

Muhim paragraflarni qo’shtirnoq ichiga, asosiy fikrlarni quyuq rangkursiv, harf ostini chizish/ fonni ma’lum bir ranglar bilan ajratib yozing.

Asosiy fikrlarni ajratish

Eslatib o’taman, sizning saytingizning tashqi ko’rinishi, shablon tufayli, bu yerdagidan boshqacharoq bo’lishi mumkin.

Qoida 6. Maqolani svetafor qilmang

Yani, maqoladagi harflarni turli ranglarga bo’yamang. Ko’pi bilan 3 xil rang:

  1. Harfning asosiy ranggi (asosan qora)
  2. Havola (silkalar) ranggi
  3. Muhim elementlarni ajratib ko’rsatish ranggi.

Matnni turli rangda yozish

Saytingizning dizayniga mos, faqat bir xil ranglar ishlating.

Qoida 7. Jadvallar tuzing

O’quvchilarni saytda ko’proq ushlab turish uchun, turli solishtirishlar, ma’lumotlar, ko’rsatgichlar va hokazolarga jadvallar tuzing.

Matnda jadval tuzish

Jadval tuzish bo’yicha alohida darsimiz bo’ladi.

Qoida 8. Media fayllar qo’shing

Rasm, video, audio va boshqalarni qo’yish, ma’lumotni vizuallashtirish, maqolada gap nima haqida borayotganini tushunishni osonlashtiradi. Mediya fayllar shunday joylashtirilishi kerakki, foydalanuvchining butun ekrani tekst bilan to’lmasligi kerak.

Bular quyidagilar bo’lishi mumkin:

  1. Videoroliklar
  2. Suratlar, rasmlar, infografikalar
  3. Ijtimoiy tarmoqlardan postlar
  4. So’rovlar va ovoz berish formalari
  5. Obuna bo’lish tugmasi va formalari
  6. Ehson qilish formalari
  7. Kalkulyator va hokazo.

Keyingi darslarimizda video qanday qo’yilishi va boshqa saytlardan turli qo’yilmalar haqida ko’rsatmalar beraman.

Do’stlar, agar maqola formati, bugungi darsimiz yuzasidan savollaringiz qolgan bo’lsa, quyidagi izohlarda berishingiz mumkin.

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: