Sayt tuzilishi nima degani va u qanday tuziladi

Sayt tuzilishi qanday tuziladi

Salom do’stlar! Biz siz bilan bugungi darsimizda, tanlagan sohamiz bo’yicha saytimizning tuzilishini tuzishni o’rganamiz.

Sayt tuzilishi nima degani?

To’g’ri tuzilgan sayt tuzilishi – bu, sayt sahifalarining (maqolalar) aniq va mantiqiy joylashuvidir. Sayt sahifasining tuzilishini ierarxiya shaklida, ya’ni sohaning qaysi yo’nalishi qaysi bo’limga tegishlilik shaklida tuzish mumkin.

Sayt tuzilishi, foydalanuvchiga saytdan izlagan ma’lumotini osongina topishi va saytdagi maqoladan ikkinchi maqolaga o’tish jarayonini yengillashtiradi. Shuning asosida biz sayt rubrikasi va bo’limlarini yaratamiz.

Oldingi darsimizda men sizga Yandex va Google qidiruv tizimlarining sayt webmasterlariga qo’yayotgan talablari va ko’rsatmalariga ssilka bergan edim. Va siz bu ko’rsatmalardan sayt tuzilishi to’g’risidagi talab va ko’rsatmalar bilan tanishib chiqqan bo’lishingiz kerak.

Keling hozir qisqacha eslaymiz.

Yandexning sayt tuzilishiga qo’yayotgan talablari

  •  Saytdagi maqoladan maqolaga qo’yilayotgan ssilkalar (havola) tuzilishi aniq va ravshan bo’lishi kerak. Har bir sahifa o’zining bo’limiga, katalogiga aloqador bo’lishi kerak. Har bir sahifada boshqa sahifaga kamida bitta ssilka bo’lishi kerak.
  • XML kartadan albatta foydalaning, bu karta saytning qidiruv tizimlarida indexsatsiya bo’lishini tezlashtiradi.
  • Har bir sahifa o’zining yagona Url ssilkasiga ega bo’lishi kerak. Bu degani, saytdagi turli sahifalarga turli ssilkalar olib borishi kerak.
  • Boshqa bo’limlarga (sahifaga) qo’yiladigan ssilka text shaklida qo’yilsin. Bu, Yandexga, kontentni tahlil qilishi oson bo’ladi.
  • Urllarga bir xil so’z qayta yozilmasligi kerak (example.com/bani/bani/bani/bani/ – Yandex namunasi).

Yandex bu qisqa talabga, nafaqat sayt tuzilishiga, balki, butun saytga juda ko’p talablarni sig’dirishga erishgan. Ma’lumotlar aynan Yandex talablari, bunga albatta quloq solish va bajarish kerak.

Googlening sayt tuzilishiga qo’yayotgan talablari

  • Sayt tuzilishi oddiy bo’lishi kerak.
  • URL – odam uchun tushunarli, mantiqiy bo’lishi kerak.
  • Sahifadan sahifaga qo’yilgan ssilkalar text shaklida qo’ying.
  • URLda belgilardan foydalaning (<<-<< kabi belgilar tavsiya qilinadi)
  • Juda uzun va qiyin URL ishlatmang.

Sayt tuzilishini qanday tuzish mumkin?

Qadam 1. Sayt tuzilishini tuzish uchun, birinchi navbatda bizga, qulay dastur kerak bo’ladi. Men shunday dasturlardan, o’zimning loyihalarim ustida ishlash uchun, MinMeisterdan foydalanaman (o’xshashlar: Xmind, Goggle, Mindjet). Ro’yxatdan o’ting va yangi karta yarating.

MinMeister dasturida ishlash bo’yicha video qo’llanma: 

Sayt tuzilishi qanday tuziladi?

Qadam 2. Endi kartadan foydalanib, sayt tuzilishini tuzamiz. Oldingi darsimizda biz, sohani soha osti yo’nalishlarga ajratib chiqqan edik. Ana o’sha soha osti yo’nalishlarni, saytning asosiy bo’limlari qilishingiz mumkin. Faqat, ularning nomlanishini, yo’nalishga yaqinroq qilib nomlash kerak bo’ladi.

Sayt bo’limlarining nomlari qisqa va tushunarli bo’lishi kerak. Foydalanuvchi o’ziga kerak bo’lgan ma’lumotini osongina topishi uchun, sayt tuzilishi mantiqiy bo’lishi kerak.

«Mi-sami» loyihasining tuzilish namunasi

Qadam 3. Agar, sayt tuzilishini tuzishda qiyinchiliklar bo’ladigan bo’lsa,  5-10 ta raqib saytlarning tuzilishlarini o’rganib, xulosalar qilib olish mumkin.

Baholashni unutmang!
( No ratings yet )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: