Sayt va ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent reja tuzish qanday bo'ladi: kontent menejeri va endi boshlayotganlar uchun qo’llanma

Kontent reja qanday tuziladi

Salom!

Bu maqolada men axbarot sayti va ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent reja tuzish qanday to’g’ri tuzilishi kerakligi haqida ma’lumot beraman. Biz turli manbalar uchun kontent yaratishning eng mashhur variantlarini tahlil qilamiz va maqsadli auditoriya va uning qiziqishlarini qanday to'g'ri aniqlash haqida gaplashamiz.

Yaxshi kontent rejasi — tushunish uchun oson bo'lishi kerakligini unutmasligimiz kerak. Bo'lajak kontent menejeri, muharrirlar va mualliflar nima qilishini tushunishlari uchun kontent dizayni mavzusiga ham qisqacha to'xtalib o'tamiz.


Yangi boshlayotganlar uchun to'liq qo'llanmalar

Kontent reja nima degani

Kontent rejasi — bu ma'lum vaqt uchun mo'ljallangan maqolalar yoki nashrlar ro'yxati. Ya’ni, agar biz axborot saytlari haqida gapiradigan bo'lsak, bu mualliflarga texnik topshiriq beriladigan maqolalar (kalit so'zlar) ro’yxati.

Quyida mening saytim uchun tuzilgan kontent rejadan parchani ko'rishingiz mumkin:

kontent reja tuzish namunasi

Agar biz yangiliklar portallari haqida gapiradigan bo'lsak, ularning kontent rejasi bo’lmaydi, ammo kuniga nashrlar soni bo'yicha kvota mavjud bo’ladi. Masalan, yangiliklar portallari mualliflarining o’zlari bir nechita yangiliklarni topishi va ularni o’z so’zlari bilan qayta yozishlari kerak.

Yuqori sifatli yangiliklar portallarida aniq kvota ham bo’lmaydi, mualliflarning o'zlari yangiliklar tasmasini qidiradi va ularni yoritadi. Bu portallarda kontent rejasi belgilanmagan. Bir kuni 10 ta yangilik boshqa kun esa 4-5 ta yangilik bo’lishi mumkin.

Kontent rejasidan nafaqat saytlarda foydalaniladi, balki VKontakte gruppalarida, Telegram kanallari, YouTube va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham qo’llaniladi. Odatda, material ma'lum bir vaqtda avtomatik ravishda nashr bo’lishi uchun, kontent reja maxsus dastur yoki onlayn platformaga yuklanadi. Bu platformalar rejalashtiruvchilar deb ataladi. Bu usul ko’proq SMM sohasida juda mashhur.

Ijtimoiy tarmoq uchun maqola yoki postlarning malum bir ro'yxatini oldindan tuzish, keyin esa rejalashtiruvchi platformani sozlash kerak bo’ladi. Ammo bu har doim ham ishlamaydi, chunki atrofimizdagi dunyo doimo o'zgarib turadi. Shuning uchun, media -resurslaringizni yanada samarali targ'ib qilish uchun siz ushbu o'zgarishlarni kuzatib borishingiz va ularni yoritib borishingiz, ya’ni kontent rejangizga o’zgartishlar kiritib borishingizga to’g’ri keladi.

Misol uchun, agar siz telegram kanalingizda doimo shunchaki tayyor kulgili rasmlar yoki matnlarni joylashtirsangiz, tomoshabinlar zerikib qolishadi va sizning materiallarga qiziqishi kamayadi. Va agar siz bo'layotgan voqealarni kuzatib boradigan bo'lsangiz va ularni mavzuingiz doirasida yoritib bersangiz, tomoshabinlar sizning loyihangizga sodiqroq bo'lishadi. Ular tushunadilarki, guruhni o'z fikri va so’ziga ega bo'lgan haqiqiy odam boshqaradi. Bu esa, odamlarni o'ziga jalb qiladi.

Shuning uchun kontent rejasini doimo aktuallashtirib borish kerak bo’ladi. Ya'ni, agar sizda o'z veb -saytingiz, guruhingiz yoki YouTube kanalingiz bo'lsa, unda hamma narsani o'zingiz kuzatib borishingiz yoki alohida odam — kontent menejerini yollashingiz kerak bo'ladi.

Kontent menejeri materiallarni nashr etishning barcha jarayonlarini boshqaradi, keraksizlarni olib tashlaydi va tegishli ma'lumotlarni qo'shadi. Ko’p webmasterlar yoki media -resurs egalari bunday mutaxassisni yollashga unchalik e’tibor berishmaydi. Lekin bu noto’g’ri, chunki rejalashtiruvchi platformalar vaziyatni to’g’ri baholay olmaydi va to’g’ri qaror qabul qila olmaydi.

Bundan tashqari, yaxshi kontent rejasini tuzish uchun siz o'z auditoriyangizni va ularning qiziqishlarini tushunishingiz kerak. Boshqa saytlardan yoki manbalardan maqola mavzularini o'g'irlash, nusxa qilib olish, bu sizning zararingizga ishlashi mumkin.

Masalan, agar siz sport o’yinlariga pul tikish orqali pul ishlash haqida veb -sayt yaratayotgan bo'lsangiz, shuni aniq tushunishingiz kerakki, auditoriyangizni nafaqat daromadning o'zi, balki sport tadbirlari ham qiziqtiradi. Bu ikkita mavzu bir -biriga bog'liq, shuning uchun sport musobaqalari haqidagi ma'lumotlar ortiqcha bo'lmaydi.

Shuni esda tutingki, har qanday ma'lumot guruh o'quvchisi yoki obunachisi uchun foydali bo'lishi kerak. Agar siz shunchaki daromad olish uchun bo’mag’ur xizmatlarni reklama qiladigan bo’lsangiz, auditoriyangiz sizdan yuz o’girishi mumkin.

Odatda, odamlar sifatli xizmatlar reklamasi haqida juda ijobiy fikrda bo’lishadi, lekin agar bu reklamalar juda ko'p bo'laversa, loyihaga bo'lgan ishonch asta -sekin kamayadi.

Yaxshi kontent rejasini tuzish uchun siz maqsadli auditoriyangiz qiziqishlarini aniqlashingiz kerak. Siz o'zingiz tadqiqot o'tkazishingiz, qaysi materiallar ular uchun qiziqroq ekanligini va qaysi biri qiziqarsiz ekanini tushunishingiz kerak.

Bunday tadqiqotlarni raqobatchilar asosida olib borish mumkin. Agar ular shunga o'xshash mavzuga ega bo'lsa yoki hatto aynan bir xil bo'lsa, siz shunchaki osha manbaga o'tishingiz, u erda qanday kontent nashr etilganini va auditoriyaning qiziqishlarini ular qoldirgan izohlardan bilib olishingiz mumkin.

Olgan ma'lumotlaringizga asoslanib, yozishga arziydimi yoki yo'qligini bilishingiz mumkin. Agar sizda hech qanday tasavvur yoki g’oya bo'lmasa, raqobatchilaringizning kontent rejasining bir qismini namuna sifatida olishingiz mumkin. Biroq, siz butun kontent rejasini olmasligingiz kerak. Bu, hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi.

Aksincha , siz qidiruv tizimlaridan yoki targ'ib qilinayotgan media -resurs platformasidan qandaydir sanktsiyalar olishingiz mumkin.

Axborot saytlari uchun

Sizga tushunarli bo'lishi uchun men axborot saytlari va boshqa mediya-resurs manbalarini alohida ko'rib chiqaman. Axborot saytining nashr qilish rejasini tuzayotganda, siz o'z auditoriyangizning qidiruv tizimlaridagi qiziqishini hisobga olishingiz kerak.

Qaysi yo'nalishda harakat qilish kerakligini tushunish uchun sizga, semantik yadro tuzish kerak bo'ladi. Uning yordamida siz qaysi ma’lumotlar ko’p izlanayotgani va qanday ma’lumot hech kimga kerak emasligini bilib olasiz.

Semantik yadro — qidiruv natijalarida tez -tez uchraydigan asosiy kalit so’zlar ro'yxatidir. Siz mavzuni tanlaysiz, taxminiy qidiruv iborasini kiritasiz va tanlangan mavzuga oid turli ko’rinishdagi kalit so’zlar yig’indisiga ega bo’laasiz.

Aslida, bu jarayon ancha murakkab. Siz qaysi kalit so’zlar ko’p izlanayapdi, a qaysi kalit so’zlar umuman qidirilmayotganini aniq bilishingiz kerak. Buning uchun semantikani tozalashingiz, kalitlarning dolzarbligini tekshirishingiz kerak bo'ladi va hokazo. Men semantik yadro haqida alohida maqolada batafsil tushuntirib o’tdim.

Semantik yadroga asoslanib, siz nashrlar ro'yxatini tuzasiz va maqola qachon chop qilinishi kerakligini belgilaysiz. Odatda, axborot saytlari uchun kontent rejasi, maqola yozish uchun koperayterlarga beriladigan texnik topshiriqni (TT) ham o'z ichiga oladi. U (TT) yozilajak matn uchun barcha talablarni o'z ichiga oladi: hajm, turli servislardagi ko'rsatkichlar, ba'zi maxsus talablar va hokazo.

Ba'zi hollarda TT ga maqolaning tarkibi ham yoziladi, yani maqola ichida keladigan ikkinchi darajali sarlavha va muallif shunchaki shu tarkibga asoslanib ma’lumotlar izlaydi va mavzuni batafsil yoritib beradi. Bu yondashuvni eng yaxshi yo’l deb hisoblash mumkin, chunki matnda kalit so'zlarning mavjudligi maqolaning qidiruv tizimlarida yaxshi o'rin egallashiga kafolat bermaydi.

Mediaresurslar uchun

Facebook gruhlari, Vkontaktedagi gruppalar, Telegram kanallar yoki YouTube uchun kontent reja, maqsadli auditoriya ehtiyojlarridan kelib chiqqan holda tuziladi. Maxsus tahliliy xizmatlar yordamida manba egasi yoki kontent menejeri auditoriya qiziqishlarini aniqlaydi va auditoriya ma’lumotdan qoniqishi va faol bo'lib qoladigan tarzda nashr rejasini tuzishga harakat qiladi. Ya'ni maqsad, maksimal natija olishga qaratiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar kontent menejeri oddiy rejaga amal qilishi mumkin. U bir yoki ikki oyga nashrlarning umumiy rejasini tuzadi va yo’l-yo’lakay rejadan tashqari, ya’ni, yangi ma’lumotlarni qo’shib boradi.

Misol uchun: kulgili rasmlari bo'lgan Instagram yoki Facebook guruhida bir necha oy uchun nashrlarning tuzilgan ro'yxati bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, bu kulgili rasmlarning hammasi «eskirgan» ko'rinmasligi uchun kontent menejeri joriy voqealarni kuzatib boradi va yangi voqealarni qo’shib boradi.

Bizning misolimizda, bu ma'lum bir voqea, joy yoki voqea bilan bog'liq bo'lgan kulgili rasmlar bo'lishi mumkin. Yangi voqealar tomoshabinlarni o'ziga jalb qiladi va ularni ko'paytirishga yordam beradi.

Hozirgi vaqtda rejalashtiruvchi funksiyalar ijtimoiy tarmoqlar va kontent yaratiladigan platformalarga o'rnatilgan. Bundan tashqari siz boshqa xizmatlar va vositalardan ham foydalanishingiz mumkin. Hozir bunday xizmatlar juda ko’p.

Qisqa qilib aytganda kontent plan – loyihaning rivojlanishiga juda katta foydasi tegadi. Hatto oddiy SEO nuqtai nazaridan ham.

Keling endi yuqorida aytilganlarni umumlashtirib kichik bir xulosa yasaymiz:

  1. Kontent rejasi — ma'lum bir vaqt uchun yozilajak maqolalar ro’yxati. U axborot saytlarida ham, boshqa har qanday media manbalarda ham qo'llanilishi mumkin. Yaxshi kontent rejasi bilan siz o'z manbangizni targ'ib qilishingiz, rivojlantirishingiz mumkin.
  2. Yaxshi kontent rejasi har doim ko'plab omillarni hisobga olgan holda tuziladi. Ularning barchasi rivojlanishga yoki sotuvga ta'sir qiladi.
  3. Siz boshqa birovning nashr qilish rejasini «o'g'irlay» olmaysiz. Bunday harakatlar kerakli natijani bermaydi. Shu bilan birga, hech kim sizga alohida qismlarni «namuna» sifatida o'z nashriyot rejangizni tuzishda ularga tayanishni taqiqlamaydi.
  4. Kontent rejasi tarkibida texnik topshiriqlar (TT) va tayyor materiallar bo'lishi mumkin.
  5. Kontent rejasi ustida kontent menejeri ishlagani ma’qul. U nafaqat tayyor nashr rejasini tahrir qila oladi, balki keraksiz materiallarni qo'shadi yoki o'chiradi. Loyihaning ishini va auditoriyaning javobini ham kuzatib bora oladi.

Kontent rejasini qanday tuzish kerak

Endi biz ma'lum bir loyiha uchun yaxshi kontent rejasini tuzishga yordam beradigan taxminiy harakatlar ketma -ketligini tahlil qilamiz.

Oldindan ogohlantiraman, men kontent reja tuzishning universal modelini ko’rib chiqaman. Ba’zi hollarda bu model biroz farq qilishi mumkin.

Kontent reja ro'yxati

Axborot saytlari uchun

Axborot saytining kontent rejasi semantik yadroga muvofiq tuzilishi kerak. Semantikani yig'ish professional tomonidan amalga oshirilishi kerak, u kerakli kalitlarni topib, bekeraklarini tozalashga qodir bo'ladi.

Amallar ketma -ketligi taxminan quyidagicha bo'ladi.

  • Biz maqsadli auditoriyani va uning qiziqishlarini aniqlaymiz.

Auditoriya qiziqishini sohadan kelib chiqib aniqlash mumkin. Buning uchun raqobatchi loyihalarni ko’rib chiqish, ularda qanday maqolalar chop qilinayotganini ko’rish kifoya. Bularning barchasi ma'lum bir tasavvurni yaratishga yordam beradi.

Lekin yuqorida aytganimdek, hamma maqolalarni boshqa birovning saytidan nusxa ko'chirish xato ish bo'ladi. O'zingizning rejangizni tuzish uchun sohani aniqlab, to'g'ri yo'nalishni tanlashingiz kerak.

Oddiy qilib aytganda, bu bosqichda biz mavzuni aniq belgilashimiz kerak. Masalan, agar sizda Internetda pul ishlash haqida saytingiz bo'lsa, demak, o'quvchilarni freelansing, masofadan ishlash va boshqalar haqidagi ma'lumotlar ham qiziqtiradi. O'yinlar, metallga ishlov berish yoki shunga o'xshash ma’lumotlar sizning auditoriyangizni umuman qiziqtirmasligi mumkin.

Ya'ni, loyihangiz mavzusini aniq tushunishingiz kerak. Asosiy mavzu, yordamchi va qo'shimcha mavzularni aniqlang.

  • Semantik yadroni tuzamiz.

Sayt mavzusini aniqlagandan so'ng, siz semantik yadro yaratishingiz kerak. Uning yordami bilan siz qidiruv tizimlarida qanday ma’lumotlar so’ralyapdi, qanday ma’lumotlar so’ralmayotganligini tushunib olasiz. Semantik yadroni o'zingiz tuzishingiz yoki uni mutaxassislarga buyurtma berishingiz ham mumkin.

Agar siz bu ishlardan mutlaqo bexabar bo'lsangiz, men sizga semantik yadroni freelancerlarga yoki shu ish bilan shug’ullanadigan kompaniyalarga buyurtma berishni maslahat beraman. Shunday qilsangiz, siz blogingizni yoki axborot saytingizni targ'ib qilishni qiyinlashtiradigan keraksiz kalit so’zlardan xoli bo'lgan yuqori sifatli semantic yadroni qo’lga kiritasiz.

Shuningdek, siz raqobatchilaringizning semantik yadrosini tekshirishingiz va uni o’zingizniki bilan solishtirishingiz mumkin. Lekin mashhur saytlardan semantikani nusxalashning hojati yo'q. O’zingizning loyihangiz uchun mos keladigan o'z versiyangizni tuzishning ta'siri kuchliroq bo'ladi.

  • Semantik yadro asosida texnik topshiriq qanday tuziladi.

Maqola yozuvchi koperayterlar yoki o'zingiz foydalanishingiz uchun texnik topshiriqni tuzishingiz kerak. Unda, matnda bo'lishi kerak bo'lgan barcha kalit so’zlarni ko’rsatishingiz va maqolaning taxminiy hajmi, tashqi saytlarga qo’yiladiga ssilkalar, loyihangizdagi boshqa maqolalarga qo’yiladigan ssilkalar hamda materialni yaratishda qo’yiladigan boshqa talablarni ko'rsatishingiz kerak.

Tuzilgan rejadagi maqolalarni asta –sekinlik bilan yoki barchasini bira to’la yozib, keyin chop qilinishni rejalashtirishingiz mumkin. Odatda, sayt kontent rejalarida har doim «o’zgaruvchi» materiallar mavjud bo'lib, ular kerak bo'lganda tekshiriladi va chop qilinadi. Ya'ni, siz barcha maqolalarni birdaniga yozib, nashrga navbatga qo'yishingiz shart emas.

Siz shunchaki mualliflarni yollashingiz mumkin, ular materiallar yozadilar va siz yoki kontent menejeri taqdim etilgan tayyor maqolani tekshirasiz va nashr qilish vaqtini tanlaysiz.

  • Chop etish uchun maqolalar ro'yxatini tuzamiz.

Manabu bizning asosiy kontent rejamiz bo'ladi. Yozilajak maqolalar ro’yxatini tuzamiz. Materiallar ro'yxatida mualliflar uchun texnik topshiriq (TT) ga havola qo'yiladi. TT da maqolaga qo'yiladigan barcha talablar haqida batafsil ma'lumot beriladi. Maqolani barcha talablar qo’yilgan shu TT ning quyisida yozish mumkin.

Shunga o'xshash yondashuv, Excel yoki Google Docs -da ham qo'llanilishi mumkin. Juda ko'p veb -ustalar ushbu vositalardan foydalanishini hisobga olsak, juda qulay. Hatto uzinterbiz.com saytida ham butun kontent rejasi Google Docs -da joylashtirilgan. Va o’sha yerda texnik topshiriq va maqolaga havola qo’yilgan.

Yuqoridagi ma’lumotlar axborot sayti uchun taxminiy kontent rejasi bo'lib, odatda u mavzu yoki loyiha turiga bog'liq bo'lgan boshqa fikrlarni o'z ichiga olishi mumkin.

Tijorat sohasida, ma'lum mahsulotlarni ilgari surish va sotish bilan bog'liq bo'lgan ma'lum qoidalar mavjud. Ya'ni, kontent rejasi nafaqat auditoriyaning qiziqishlariga, balki qandaydir pulli mahsulotni sotish yoki ilgari surish imkoniyatlariga qarab tuziladi.

Asosan, qidiruv tizimlarida yaxshi taasurot qoldirish uchun loyihaning auditoriyasi uchun qiziqarli maqola yozilishi kerak. Shuning uchun, kontent rejasini tuzayotganda bu faktni ham e’tiborga olish kerak. Ayniqsa, agar siz maqolalaringizni ijtimoiy tarmoqlar, Yandex.Dzen yoki qidiruv tizimlaridan tashqari boshqa platformalar orqali ham reklama qilsangiz.

Aytgancha, ba'zi axborot manbalarida yangiliklar e'lon qilinishi mumkin. Bu aynan yangiliklar portali yoki qisman yangiliklar manbalari bo'lishi mumkin bo'lgan aralash manbalar bo'lishi mumkin.

Bunday hollarda, kontent rejasi oddiy kvota bo'lishi mumkin (men bu haqda yuqorida aytib o'tganman). Ya’ni shunga o'xshash: «Bu mavzu bo'yicha haftasiga 3 ta yangiliklar, bu borada 4 ta, bu borada 2 ta». Reja shabloni turlicha bo'lishi mumkin, barchasi aynan loyihaga bog'liq.

Media manbalari uchun

Bunga Instagram akkauntlari, VKontakte guruhlari, Telegram kanallari, Yandex Zen kanallari va boshqa platformalar kiradi. Odatda bu erda ko'ngilochar kontent nashr etiladi. Qidiruv tizimini optimallashtirish haqida o'ylashning hojati yo'q. Platformaning ichki algoritmlari, joylashtirish qoidalari va boshqalar muhimroq bo'ladi.

Odatda virusli ko'ngilochar kontentlar bo’ladi. Odamlar bunday malumotlarni do'stlari va tanishlari bilan bo'lishishadi va bu loyiha uchun bepul reklama bo’lishi mumkin.

Bu platformalarning ham o'ziga xos xususiyatlari bor, ular kontent rejasini tuzishda e'tiborga olinishi kerak. Birinchidan, buning uchun hech narsa bo'lmaydi deb o'ylab, boshqa odamlarning materiallarini (hatto rasmlarini) nusxa ko'chira olmaysiz. Afsuski, hatto VK ham boshqa odamlarning rasmlarini joylashtiradigan jamoalarga taqiq qo'yiladi. Neyron tarmog’i plagiatni aniqlashni o'rgandi, shuning uchun bunday qoida buzarlik uchun blokirovka bo’lish ehtimoli juda yuqori.

Kimgadir plagiat uchun blakirovka bir necha soniyada yetib kelishi mumkin, shuning uchun agar siz ijtimoiy tarmoqda o'z guruhingiz uchun kontent menejerini yollasangiz, u boshqa jamoalarning rasmlarini nusxa ko'chirmasligiga ishonch hosil qiling. Agar ko’chirib olingan ma’lumot uchun blakirovka bo’lsangiz, blakirovkani ochish uchun, oldingi ko’chirib olingan barcha materiallarni o’chirib tashlashga majbur bo’lishingiz mumkin.

Yuqoridagi ma’lumotlarga xulosa yasaymiz

Agar biz axborot saytlari haqida gapiradigan bo'lsak, yaxshi kontent rejasini ishlab chiqish sizning resursingizni targ'ib qilish, qo'shimcha mijozlar yig’shga olib keladi. Bu bilan siz o'zingizga, sheriklik dasturlari yoki reklamadan keladigan barqaror daromad bilan ta'minlashga yordam bergan bo’lasiz.

Yaxshi kontent rejasi — foydalanuvchilarning resursga bo'lgan qiziqishining kafolatidir. Agar siz shunchaki tasodifiy maqolalar yoki rasmlarni nashr qilsangiz, kimnidir qiziqtirishi dargumon. Shuning uchun siz, raqobatchilarni tahlil qilishingiz, dolzarb mavzularni kuzatib borishingiz va kontent rejangizni doimiy ravishda takomillashtirishingiz kerak bo'ladi.

Buning uchun siz, turli omillarni hisobga olishingiz kerak: platforma, mavzu, maqsadli auditoriya, tur va hk. Kontent rejasi birdaniga ideal bo'lmasligini tushunish kerak. Qanday bo'lmasin, siz biror narsani yaxshilashingiz, ba'zi fikrlarni o'zgartirishingiz yoki yangisini qo'shishingiz kerak bo'ladi.

Baholashni unutmang!
( 1 оценка, среднее 5 из 5 )
Умиджон Обудов/ автор статьи

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: