Salom do’stlar! Bugungi maqolamiz Youtubeda pul ishlash haqida bo’ladi.
Bugungi maqolamiz Youtube haqida bo’ladi!
YouTubeda qanday qilib pul topsa bo’ladi? Pul qayerdan keladi? Men ham daromad olishim mumkinmi? degan savollar javob berishga harakat qilaman. YouTubeda kanal ochish, video joylab pul topish asoslari, videomontaj uchun dasturlarlar hamda youtubeda qanday hamkorlik qilish haqida aytib o’taman.
Bu tarmoqda ishlash juda oson, muhimi siz salbiy fikrlaringizdan uzoqlashishingiz kerak! Agarda siz 1-2 million oylikka ko’nib yashamoqchi, hayotda hech nimaga erishmoqchi bo’lmasangiz bu maqola siz uchun emas. Bekorga vaqtingizni ketkizmang.
Agar o’zingizga ishonsangiz bu maqolani o’qib hoziroq ishga kirishing!
Siz 1-5 oyda daromadingizni $400-$4 000 gacha chiqara olishingiz mumkin, muhimi sizda bunga imkon bor. Blogerlar nima uchun youtubega video yuklashini bilasizmi? Buning sababi oddiy, chunki ular YouTubedan yaxshigina daromad olishadi. Bo’lmagan gap emas, maqolani o’qib bo’lganingizdan so’ng, siz ham shu blogerlar safidan joy olishingiz mumkin albatta.
Keling avval bu ijtimoiy tarmoqda o’zimizning shaxsiy kanalimizni ochib olamiz!
- YouTubeda kanal qanday ochiladi?
- YouTube kanaliga video qanday yuklanadi?
- Sifatli video olish va uni montaj qilish qanday dasturlarda amalga oshirish mumkin
- Kanalga obunachilar va prosmotrni qanday ko’paytirish mumkin
- Pul ishlash uchun hamkorlik dasturlarini qachon qo’shishingiz mumkin
- Kanalga e’tiborni kuchaytiring
- Ishlagan pullarni qanday yechib olish mumkin
- Xulosa
YouTubeda kanal qanday ochiladi?
Demak, pul topishni kanal ochishdan boshlaymiz. Kanal ochishingiz uchun birinchi navbatda sizda Google akkaunti bo’lishi kerak. Googledan youtube.com saytiga kiring. Bu ish tushunarli va oson bo’lishi uchun quyidagi rasmdagi amallarni ketma-ketlikda bajaring. Rasmning yuqorisida joylashgan Войти tugmasini bosing.
Pochtangizni kiriting
Parolni ham kiritganingizdan so’ng, «Создат канал» tugmasini bosasiz
Bo’ldi, shaxsiy kanalingiz tayyor!
YouTube kanaliga video qanday yuklanadi?
Endi unga video joylashni boshlaymiz. Yuqorida o’ng tarafda turgan rasmingiz ustiga bosib «Творческая студия YouTube» yozuviga bosing!
Yuqoridagi oyna paydo bo’ladi. Yuqorida strelka bilan ko’rsatilgan «Создать» tugmasiga bosib, so’ngra «Добавит видео» tugmasiga bosing.
Qarshingizda bu oyna chiqqanidan so’ng «Выбрать файл» qilasiz va yuklamoqchi bo’lgan videoingizni kompyuteringizdan tanlab yuklab olasiz.
Kanalga yuklaydigan videolaringizning sifati yuqori bo’lishiga erishishga harakat qiling!
Sifatli video olish va uni montaj qilish qanday dasturlarda amalga oshirish mumkin
Odatda blogerlar sifatli video ishlash bilan deyarli kunining yarmini o’tkazishadi. Manimcha YouTubedagi eng muhim ish ham shu bo’lsa kerak. Videoyingiz sifatli bo’lishi kerak, chunki video sifatsiz bo’lsa, unda siz umuman daromad topa olmaysiz. Buning sababi YouTubega sifatsiz videolar yoqmaydi, bu esa sizning kanalingizni TOP kanallar ro’yxatiga olib chiqolmaydi.
Quyidagi dasturlardan foydalanib, videoyingizni montaj qilish orqali ideal holatga keltirishingiz mumkin.
Kompyuterlar uchun :
- * Adobe After Effects;
- * Adobe Premier Pro;
- * Sony Vegas Pro.
- Camtasia Studio
Telefonlar uchun:
- * InShot;
- * VivaVideo;
- * YouCut.
Videoyingiz tayyor holatga kelganidan so’ng, kanalga joylashingiz mumkin.
Kanalga obunachilar va prosmotrni qanday ko’paytirish mumkin
YouTubega birinchi videoni yuklaganingizdan so’ng, yana 3-4 ta video yuklashingiz zarur. Videolaringizni yuklaganingizdan so’ng keyingi ishga o’ting:
- * Obunachilar yig’ish;
- * Prosmotrlar sonini ko’paytirish;
Asosiy maqsad sizning videoyingiz obunachilarga manzur bo’lishi zarur. Sifatli va foydali va shu bilan birga qiziqarli videolar joylasangiz, obunachilaringiz ham prosmotrlar soni ham ortib boraveradi. Bu ishlarga qanchalik kuchingizni sarflasangiz, shunchalik foyda keltiradi. Chunki, o’zingiz qilgan mehnatingizga yarasha pul topasiz. Bu sohada pul topish uchun bu ishga qattiq kirishish kerak. Sifatli vidyolar soni ko’paysa, obunachilar, prosmotrlar ham ko’payib boradi. Ter to’kib mehnat qilsangiz, buning uddasidan chiqasiz.
Pul ishlash uchun hamkorlik dasturlarini qachon qo’shishingiz mumkin
Agar tarmoqda 120 tadan ko’p obunachi, bir oy davomida 2500 – 3500 gacha prosmotr yig’sangiz, (maqola yozilayotgan payt, YoutTube o’z qoidalarini o’zgartirishi ham mumkin) undan keyingi masalaga o’tsangiz ham bo’laveradi. Agar sizning kanalingiz tepadagi talablarga javob bera olsa, hamkorlik dasturlarini ulab, pul ishlashni boshlashingiz mumkin.
Hamkorlik dasturlari har 1 000 ta prosmotr uchun $0.1 – $10 to’laydi. O’rtacha $1-$3. Masalan oyiga 1million prosmotr yig’sangiz, unda $900 – $3 000 gacha daromad olishingiz mumkin. Bu esa bugungi kunda pul ishlashning eng yaxshi usullaridan biri hisoblanadi.
Hamkorlik dasturlarining eng yaxshilaridan biri bu – Yoola, chunki Yoola YouTubening official hamkori hisoblanib, juda ko’p mashhur blogerlar aynan ushbu servisdan foyda olishadi. Bundan boshqa ham hamkorlik dasturlari juda ko’p. Bular haqida keyingi maqolalarimizda aytib o’tamiz. O’tkazib yubormaslik uchun blog yangiliklariga obuna bo’ling!
Kanalga e’tiborni kuchaytiring
Hamkorlik dasturini ulaganingizdan so’ng kanalga muntazam ravishda qiziqarli va foydali videolar yuklab turish kerak bo’ladi. Kanalingizga muntazam ravishda videolarni joylab boring! Haftasiga 1-2 ta video joylashni kanda qilmang, asosiysi ko’pchilikka manzur keladigan videolarni joylang. Muhimi kanalingizning aktivligi pasayib ketmasligi kerak.
Diqqat:
Hech qachon reklama qilishga havas qilmang, ya’ni kanalingizni reklama qildirmang. Bu mening xolisona tavsiyam. Chunki bu ishni qilganingizni YouTube bilib qolsa, sizning kanalingiz «Qora ro’yxat» dan joy olishi mumkin. Bu maslahatga amal qilishingiz zarur. Agar buni aksini qilsangiz pul topishni faqatgina tushingizda ko’rishingiz mumkin. Odamlar uchun foyda keltiradigan videolar yuklab borsangiz shuning o’zi yaxshi reklama bo’ladi.
Ishlagan pullarni qanday yechib olish mumkin
Maslahatim, Yooladan har 3 oyda pullarni yechib oling. Boshida bu pullar kamdek ko’ringani bilan, keyinchalik obunachilaringiz soni va prosmotrlar ko’paygan sari pul miqdori ham oshib boraveradi. Buning miqdorini oshirish o’zingizni qo’lingizda (ya’ni qilgan ishingizga bog’liq). Asosiysi o’zingizni ustingizda ko’proq ishlang.
Xulosa
Tavsiya, asosiysi bu sohaga birinchi qadamingizni qo’ying. Siz o’zingizga ishoning. Bu menga qiyinlik qiladi deysizmi? Oson ishni o’zi yo’q-ku axir.
Xayr do’stlar! Bugungi maqolam o’z nihoyasiga yetdi. O’zingizni qiziqtirayotgan savollaringizga javob oldingiz degan umiddaman, agar tushinmovchiliklar bo’lsa bemalol izohlarda savollaringizni berishingiz mumkin! Bizni kuzatishda davom eting. Blok yangiliklariga obuna bo’ling. Agar maqola sizga manzur bo’lgan bo’lsa, ijtimoiy tarmoqdagi do’stlaringiz bilan ham o’rtoqlashing. Keyingi maqolada ko’rishguncha, Xayr!
Kanal ochdim va vidiolar tashladim prasmotir yigʻilmayabti
MENGA HAM O’RGATING.
Assalomu alaykum. Misol uchun kanal ochildi va yaxshigina prosmotr yig’ilib oyiga 500$ daromad olindi. Shu bilan boshqa video joylamasdan turilsa ham har oy pul beraveradimi you tube
Valeykum salom. Ha beraveradi, lekin kundan kunga daromadingiz kamayib borishi mumkin.
Assalomu aleykun you tube da hamman narsani bajardim 4000soat ham yig’ib boldim pulni yecha olmayabman
You tubda kanal ochdim video qõydim lekin obunachilar kõpaymayapti
31.03.2022 holati bilan yozyapman, uzr eshitishim bo’yicha hozir you tube O’zbekistonga pul to‘lamayabdi ekan,shu gap rostmi?
assalomaleykom ozbekistonlila korsa pul tolamasligi rostmi unda uzbekcha videola bilan daromad qilsa boladimi
Meni youtubeda kanalim bor 4000 ta obunachi yigildi
pul tolayaptimi?
assalomaleykom ozbekistonlila korsa pul tolamasligi rostmi unda uzbekcha videola bilan daromad qilsa boladimi
ASSALOMU ALEKUM MENI KANALIM BOR 130378 MARTA PRASMOTR BOLGAN MEN OBUNACHILARIM ESA 587 BOLGAN 1000 BOLSA QANDAY OLINADI
Valeykum salom. Savolizga tushunmadim.
Assalomu alaykum aka!
Men Rassomlar haqida kanal ochmoqchiman!
Videolarimda rassomlar kartinalaridan foydalansam, mualliflik huquqi buzilmaydimi?,
– Youtube qoidalariga toʻgʻri keladimi?
-Video foniga musiqalarni qayerdan topsa boʻladi?
Javob un oldindan rahmat!
Valeykum salom.
1. Albatta foydalanishingiz mumkin, faqat kartinalar mualliflari e’tiroz bildirmasa, ya’ni mualliflik huquqini saqlagan holda.
2. YouTubening o’zining fonotekasidan, ya’ni YouTube ruxsat bergan musiqalardan foydalanishingiz mumkin. Qayerdan topishni bilmayman, qiziqib ko’rmaganman, internetdan (agar ruschni bilsangiz) музыка разрешенные для ютюба deb qidiruv berib ko’ring. O’zbek tilida, youtube uchun ruxsat berilgan musiqalar deb qidirib ko’ring!
Ассалому алайкум YouTube да ишлаш буйича видеодарслар борми, агар булса каердан ишлаб топса булади? Жавоб учун олдиндан рахмат.
Assalomu alaykum YouTube dan pulni qanday yechib olinadi? Oldindan rahmat!