Web dizayner qancha daromad qiladi, ish o’rinlarini qayerlardan izlash kerak

Web dizayner uchun ish

Salom, xonimlar va janoblar! O’tgan maqolalarimda internet kasblaridan biri bo’lgan web –dizayner mutaxassisligi va ishlash uchun kerakli bo’ladigan ko’nikmalar va dasturlar bilan tanishdingiz. Endi esa mavzuning eng qiziq qismiga keldik. Web-dizayn (dizayner) qanchalik qiziqarli kasb bo’lishiga qaramasdan, ko’pchilik odamlar bu mutaxassislikni moliyaviy jihatdan jozibadorligi tufayli ham tanlashadi.

Bugungi maqolamda  web-dizaynerning daromadlari , ularning ish joylari va Toshkent shaxrida mashxur web-dizayn studiyalari  haqida ma’lumot beraman.

Siz ushbu kasbda, uchta usulda ishlashingiz mumkin: studiyada, freelancer sifatida  va o’z biznesingizni tashkil etish orqali (o’z studiyangizda). Quyida biz ushbu turlarning har birini alohida ko’rib chiqamiz. Web-dizaynerning ish haqiga bevosita ta’sir qiladigan narsalarni muhokama qilamiz. Shuningdek, ushbu ishning rentabellik darajasi haqida kamida taxminiy tasavvurga ega bo’lishingiz uchun statistik ma’lumotlarni keltiraman.

Barcha internet kasblar haqidagi qo’llanmalar

Studiyada ishlovchi web-dizaynerning ish haqi qancha?

Freelans web dizayner studiyada ishlab qancha pul topadi

Ushbu variantda, web-dizayner ish haqi amalga oshirilgan loyiha , savdo foizi shaklida yoki, belgilangan oylik stavka shaklida bo’ladi. Agar siz ushbu ish formatini tanlasangiz, unda daromadingiz  tajriba va amalga oshirilgan loyihalar soni, yashash hududi, kompaniyaning ish haqi siyosatining o’ziga xosligi (bonuslar va boshqalar) va shaxsiy malaka darajasi (portfolio, ko’nikmalar)ga bog’liq bo’ladi.

Keling, endi  O’zbekistonda studiyada ishlaydigan web-dizaynerning oylik ish haqi qanchaligini bilish uchun quyidagi ishni bajaramiz . Qiyosiy tahlil qilish uchun, ish topishga mo’ljallangan O’zbekistondagi  eng yaxshi saytlardan biriga kiring. Va ish qidirish ustunida » web-dizayner » so’zini kiriting:

  • hh.uz
  • rabota.uz
  • olx.uz

Statistikaga ko’ra,  ish beruvchilar web-dizayner kasbi egalariga 1 000 000 so’mdan – 8 000 000 so’mgacha (19.06.2019 yil) oylik ish haqi taklif qilishayapti.

Freelanser – web dizayner qancha pul ishlaydi

Web dizayner freelanser

Ko’pchilikni web-dizaynerning freelanceda qancha pul topishi qiziqtiradi. Bu yerda hamma narsa mutaxassisning muayyan ko’nikmalar darajasiga bog’liq. Agar, siz kichik tajribaga ega bo’lsangiz, unda, 600 ming so’mdan 1,5 milion so‘mgacha pul topishingiz mumkin . Agar to’liq tartibli grafik dizayn bilan, saytlarni ishlab chiqishni bilsangiz, daromadingiz  darajasi ancha yuqori bo’ladi.

Uch yillik tajribaga ega bo’lgan web-dizaynerlar 3 – 4 million so’m miqdorida pul topishadi. Tajriba, malaka qanchalik yuqori bo’lsa, shuncha ko’p daromad olasiz. Umuman olganda, freelancerlarning daromadlari juda yaxshi, chunki, hozirgi kunda yaxshi mutaxassistlar ancha tanqis. 

O’z studiyasida ishlaydigan web-dizaynerning  daromadi qancha?

Web dizaynerning shaxsiy studiyasi

O’z web-studiyalarining egalari maksimal foyda olishadi. Ammo bu yerda xavf-xatarlar, mas’uliyat va hokazolar ko’payib bormoqda, ammo hozir bu haqda emas.

Agar siz o’zingizni web-dizayn ustasi deb hisoblasangiz va studiyangizni ochsangiz, unda bu holda daromad cheklovchi to’siqlarga ega bo’lmaysiz. Ishingiz ijodiy darajaga bog’liq emas, balki bu yerda mijozning talab va istaklarini qondirish asosiy rol o’ynaydi.

Daromadingiz 25 milliongacha ham yetishi mumkin, agar sifatli natija bersangiz. Lekin, agar mijozlar sizdan “makaron” so’rashsa-yu, siz bu bir hil narsa deb, o’rniga “vermishel” taqdim qilsangiz, unda studiyangiz daromadi 3 milliondan oshmaydi. Buyurtmalarning barqaror oqimi ham muhimdir, bunga esa, tegishli ko’nikma va bilimga ega bo’lgan jamoasiz erishib bo’lmaydi.

Toshkent shaxridagi mashxur web dizayn studiyalari

Web studiya agentligi

Hozirda Toshkent shaxrida ko’plab dizayn studiyalari faoliyat yuritmoqda. Bu studiyalarda nafaqat ishlash , balki ta’lim olish ham mumkin. Masalan, PROWEB maktabida web- dizayn kurslari ochilgan. Batafsil ma’lumotni ularning  ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasidan olishingiz mumkin.

Bundan tashqari:

  • Megagroup design
  • Caйт.uz
  • MartDesign
  • Artograph  studiyalari ham bor.

Bu kurslar sizga eng asosiy ko’nikmalar bilan tanishishga va o’z portfolioingizni yaratishga yordam beradi. O’zingizni izlanuvchan mutaxassis sifatida ko’rsatsangiz, ish bilan ham darxol taminlanasiz.

Xulosa

Xo’sh, nima deysiz? Web-dizaynerlarning daromadlari sizga mos keladimi ? Agar yuqorida ko’rsatilgan pul miqdori va sarf qilingan sa’y-harakatlarning nisbati mos bo’lsa, unda bu kasbdan maksimal daromad olish uchun malakangiz va tajribangizni oshiring.

Blogimizdagi yangi maqolalarni  o’tkazib yubormaslik uchun obuna bo’ling! Sizni qiziqtirgan savol va fikrlaringizga javob berishdan xursandman. Albatta savollaringizni izohlarda qoldiring. Web-dizayner haqida  maqolalarimizni  do’stlaringiz bilan bo’lishing. Ehtimol, ular orasida siz bilan birga ushbu yo’nalish bilan shug’ullanishni xohlaydigan odamlar bor.

Biz esa, hozircha siz bilan xayrlashamiz, keyingi maqolalarda ko’rishguncha!

Baholashni unutmang!
( 4 assessment, average 5 from 5 )
Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 4
  1. Muhim

    Assalomu alaykum.
    Maqolani hamma qismini oqib chiqdim.
    Menda taklif bor.
    Siz bilan qanday bog’lansam bo’ladi.

    1. Умиджон Обудов

      Valeykum salom. +79254190028 telegramga yozing!

  2. Eldor

    zo’r ajoyib gap yoq ishlarizga rivoj :idea: :idea: :idea:

  3. Zafar

    Intereta pull topishni bilaman VA menga hamkor kerak
    :arrow:

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: