Grafik dizayner nima ish qiladi va bu kasbga bugungi kunda talab qanday? Endi boshlayotganlar uchun foydali maslahat va bonuslar

Dizayner

Assalomu aleykum, hurmatli o’quvchilar va mehmonlar! Bugun siz uchun yana bir internet kasb, ya’ni, grafik dizayner qanday kasb va u nima ish qilishi haqida ma’lumot berishga harakat qilaman. Umid qilamanki ushbu mavzuga qiziqasiz, chunki, xozirda o’zim ham shu mutaxasislik bo’yicha izlanishlar olib borayapman. O’qish jarayonida orttirgan tajribam va xulosalarim haqida siz bilan bo’lishaman.

Ha, aytgancha, kasbning nomi “Grafik dizayner”. Grafik dizaynerlik kasbi haqida birinchi eshitib turgan bo’lsangiz, sizda grafik dizayner o’zi kim ekan, u nima ish qilar ekan, degan savol tug’ilishi tabiiy, albatta. Uning kim ekanligini bilmaydiganlar bordir, ammo ushbu mutaxassisning qilgan mexnat maxsulini siz erta tongdan boshlab, to uyquga ketguningizcha ko’rasiz.

Qiziqdingizmi? Bu maqolada men grafik dizayner bo’lishning besh sababi, bu kasbni o’rganishning uch usuli uchta kerakli dastur va albatta, haqiqiy dizaynerdan o’qishga arziydigan beshta maslahat va nihoyat o’nta kitob haqida ma’lumot bermoqchiman. O’ylaymanki, bu malumotlar sizga az qotadi. Chunki, bu kasb bo’yicha maqolalar seriyasini sizga taqdim qilmoqchiman, keyingi maqolamizda, qanday qilib mashhur grafik dizayner bo’lish mumkin degan savolga javoblar berib o’tamiz. Maqolani o’tkazib yubormang, blog yangiliklariga obuna bo’ling!

Internet kasblarning barcha turlari haqida qo’llanmalar

Grafik dizayner kim o’zi, aslida?

Dizayner nima ish bilan shug'ullanadi

Grafik dizayner atrof-muhitni grafik vositalari bilan bezash bilan shug’ullanadi. Bu kasb chizmachilik, rassomchilik va informatika faniga qiziqqanlar uchun to’g’ri keladi. Grafik dizaynerlar, albatta, dizayn bilan shug’ullanadi, ammo to’qimachilik dizayni, na me’moriy dizayn ularning vazifalariga kirmaydi. Ularning faoliyat sohasi- kitoblar, gazetalar va jurnallar sahifalari, veb-saytlar va reklama, interaktiv kompyuter dasturlaridir.

Bu kasb egalari, shriftlarni, jurnal sahifalarining tartibini, reklama modullarini ishlab chiqadi, rasmlarni, kollajlarni qiladi, vitrinalarni yaratadi. Tabiiyki, dizaynerning kompyuter savodxonligi darajasi o’rtacha foydalanuvchi darajasidan ancha yuqori bo’lishi kerak.

Dizayner-rassom. Biroq, rassom va «kompyuterchi» o’rtasida sezilarli aloqalar mavjud: bosma materiallar, reklama mahsulotlari  bilan bog’liq dizayn yechimlari muayyan dasturiy ta’minot yordamida yaratilgan bo’ladi.

Bu kasb egalari nima ish qiladi:

  • Sayt interfeyslarini yozadi.
  • Kitoblar, jurnallar, gazetalar, bukletlar va boshqa bosma mahsulotlarning maketlari ustida ishlaydi.
  • Yodgorlik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
  • Qadoqlash materiallari dizayni bilan shug’ullanadi.
  • Turli xil mahsulotlarni yaratadi: shriftlar, logotiplar, ramzlar, savdo belgilari va boshqalar. 

Bu kasbda qanday mahorat va fazilatlarga ega bo’lish kerak?

Dizayner mahorati

Kompyuterda ishlash bilan bog’liq barcha kasblar obro’li va yaxshi haq to’lanadigan hisoblanadi. Ammo ularning orasida nafaqat yaxshi pul, balki zavq-shavq ham keltiradigan juda qiziqarli mutaxassisliklar mavjud. Agar siz bu kasbni tanlasangiz¸siz aynan shunday kasb egasiga aylanasiz. Bu mutaxassislikning o’ziga xosligi nafaqat ijodiy, kreativ va obro’liligida, balki ishni boshlash uchun maxsus ta’limga ega bo’lish shart emasligidadir.

Kasb tanlayotganda faqatgina unga bo’layotgan talab va maoshga tayanish noto’g’ri. Shaxsiy qobiliyatlarga ham e’tibor qaratishingiz kerak. Agar sizda ijodiy ruhiyat bo’lmasa, o’zingizni ijodkor inson deb hisoblamasangiz, unda siz grafik dizaynni yarata olmaysiz. His-tuyg’ularsiz, badiiy qarashga, iste’dodga ega bo’lmagan odamlar bu kasbni tanlamaganlari maqul.

Siz grafik dizayner bo’la olasizmi?

Dizayner bo'lish

Grafik dizaynerning ishidagi yana bir muhim narsa shuki, agar rassomning ijodiy hissiyotlarini hech kim va hech nima cheklamasa, grafik dizaynerining ishini cheklab qo’yadigan omillar talaygina:

  • Buyurtmani bajarish doirasining xususiyatlari;
  • Mijozlar istaklari;
  • Siz ishlashingiz kerak bo’lgan vositalar; (Masalan, agar logotip ishlab chiqilsa, mahsulotning o’zi uchun talablar, u nafaqat go’zal qilib bajarilishi, balki esda qolishi kerak, boshqalardan ajralib turishi kerak).
  • Bir nechta muhim vazifalarni bir vaqtning o’zida hal qilish zaruriyati va boshqalar.

Shuning uchun bu kasbni tanlashdan oldin, yaxshillab o’ylab ko’rish kerak bo’ladi. Siz to’g’ridan-to’g’ri insonlarning xohish va istaklari bilan ishlaysiz. Agar, men kelajakda grafik dizayner bo’lmoqchiman desangiz, birinchi o’rinda odamlar bilan ishlashni o’rganing!

Grafik dizaynerlikni nimadan va qayerda o’qishni boshlash mumkin?

Dizaynerlikka o'qish

Tabiiyki, bu kasbni egallash uchun faqatgina istakning o’zi  yetarli emas. Avvaliga kasbni o’rganish uchun juda ko’p narsa talab qilinadi, masalan:

  • Bir qator kompyuter dasturlarda ishlay olish
  • Rassomchilik, rangli tasvir, grafikalar va shu kabilarda nazariy asoslarga tayanish
  • Shriftlar bilan ishlash
  • Grafika turlarini tushunish
  • Mijozlarni topishni va h.k.

Ishingizni professionali bo’lish uchun siz ko’p va uzoq izlanishingiz kerak. Yuqorida aytib o’tganimdek, ushbu kasbni egallash uchun maxsus ta’lim shart emas. Kerakli dasturlar yordamida bemalol o’zingiz mustaqil o’rganishingiz mumkin.

Agar, sizda oliy ma’lumotingiz bo’lsa, lekin siz faqat kasbni o’zgartirishni xohlasangiz, unda siz grafik dizayn bilan shug’ullanmoqchimisiz yoki yo’qligini tushunish uchun kurslarni boshlashingiz mumkin.

Bu havolalarda siz masofaviy kurslar haqida ko’proq foydali ma’lumotlarni topishingiz mumkin:

Bu kurslar rus tilidaligini aytib o’tishim kerak. Afsuski, bizda xali grafik dizaynerlikni o’rgatadigan onlayn kurslar mavjud emas.

Grafik dizayner kasbiga o’rgatuvchi kitoblar va dasturlar

Kasbiy rivojlanishga qiziqish bildiradigan har qanday shaxs uchun profil kitoblar zarur. Grafik dizaynerlar bundan mustasno  emas. O’zingiz o’qishni xohlaganingizni tanlang, lekin grafik dizaynerlarning ko’pchiligining fikriga  ko’ra, grafik dizaynerning  ish stolida turishi kerak bo’lgan  kitoblari ichida eng yaxshi 10 ta kitoblarning nomlari va mualliflarini quyida keltirdim:

  1. Belskiy «G’oyalarni amalga oshirish»( С. Белски «Воплощение идей»).
  2. Nyuark » Grafik dizayn nima?». (К. Ньюарк «Что такое графический дизайн?»).
  3. E. Tuemlov » Grafik dizayn: o’zgacha uslub» (Э. Туэмлоу «Графический дизайн: фирменный стиль»).
  4. «Mijozlar bilan ishlash uchun grafik dizaynerga ko’rsatma» («Руководство графического дизайнера для работы с клиентами»).
  5. «Elementar brend yaratish» («Элементарное создание бренда»).
  6. Gordon, M. Gordon “Grafik dizayn. Master-klass”. (Б. Гордон, М. Гордон «Графический дизайн. Мастер-класс»).
  7. Hembry «Grafik dizayn ustasi».( Р. Хембри «Графический дизайн»).
  8. Royem «Vizual fikrlash. Vizual tasvirlar yordamida fikringizni qanday sotish mumkin «. (Д. Роэм «Визуальное мышление. Как продавать свои идеи при помощи визуальных образов»).
  9. Ustin «Dizayndagi kompozisiya». (В. Устин «Композиция в дизайне»).
  10. Monteyro «Dizayn bu- ishdir». (М. Монтейро «Дизайн – это работа»).

(Agar kitoblarni o’zbek tilidagi varianlarini topa olmasangiz, rus tilidagi nomlarini keltirdim.)

Grafik muharrir qanchalik ko’p dasturlarni bilsa,  ishlashi shunchalik oson bo’ladi. Dasturlarni o’rganing va o’z mahoratingizni oshirib boring.

Eng muhimi – o’zingizni  ishonchli foydalanuvchi deb his qilish va loyiha yaratish uchun, iloji boricha ko’proq amaliyot bilan shug’ullaning.

Albatta, grafik dasturlarning barchasini o’rganish mumkin emas. Bilim va ko’nikmalar asta-sekin keladi. Bu maqolada sizni grafik dizayner faoliyatini boshlash uchun  kerak bo’ladigan asosiy 3 ta dastur bilan tanishtiraman.

Fotoshop

Fotoshop dasturi

Ko’p foydali xususiyatlarga ega bo’lgan grafik muharrir, uning  asosiy vazifasi tasvirni qayta ishlashdir.

Photoshop haqida juda ko’p foydali maslahatlarni bu havolalardan topasiz:

CorelDRAW

CorelDRAW dasturi

Tasvirni qayta ishlash va tartibga solish uchun yana bir grafik muharriri.

Dastur doimo yangilanib turadi. Siz, professional sifatida, eng yangilarini birini o’rganishingiz kerak: X7, X8, x 8.1. Ushbu saytlarda juda ko’p foydali tavsiyalar mavjud:

  • http://corel.demiart.ru/book12/
  • http://www.tct.ru/Corel/index.html
  • http://www.bhv.ru/books/book.php?id=192903

Adobe Acrobat Professional.

Dasturda ishlash

Bu PDF formatidagi chizmalar, rasmlar, matnlarni ko’rish, yaratish va tahrirlash uchun mo’ljallangan dasturlar to’plami. Yangi o’quvchilar uchun oddiy bepul turlari mavjud:

  • http://www.taurion.ru/acrobat
  • http://help.adobe.com/ru_RU/acrobat/pro/using/acrobat_X_pro_help.pdf
  • http://www.teachvideo.ru/course/186

Mana bu saytda esa video darslarni ko’rishingiz mumkin:

  • https://creativshik.com

Agarda ishni kurslarga borib o’rganmoqchi bo’lsangiz, Toshkent shahridagi bir nechta kurslarni keltirib o’taman. Bular: “Micros” o’quv markazi (IT- texnologiyalarga ixtisoslashgan),“Pro-study”, “Карьера” va boshqalar.

Grafik dizaynerning ish haqqi qancha? 

dizayneroyligi qancha

Grafik dizaynerlar ko’pincha freelanceni tanlaydilar. Ular o’zlari uchun qulay joyda ishlaydilar yoki o’z studiyalarini ochadilar. Bundan tashqari, mutaxassislar reklama agentligi, bosmaxonalar, nashriyotlar, moda uylari, dizayn ofislariga ishga kirishlari mumkin. Bunday xodimlar o’z brendini rivojlantirishga harakat qiladigan davlat yoki xususiy korxonalarga taklif etiladi.

Zamonaviy rassomlarning daromadlaridagi farq juda katta. Grafik dizaynerning ish haqi uning iqtidoriga, malakasi, tajribasi, nomini, tanlangan yo’nalishini, sohasini qo’llab-quvvatlashiga bog’liq. Ambitsiyalar, tirishqoqlik, maqsadlar muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda mutaxassisning daromadi 2 – 5 million so’m atrofida bo’ladi , ba’zilari esa tezda 15-20 millionlik oylik daromadga ega bo’ladi (maqola yozilgan payt 2020 yil).

Ko’pincha kompaniya xodimlarining daromadlari buyurtmalar oqimiga bog’liq bo’lib, ular asosan maoshdan tashqari foizga ega bo’ladi. Hozirgi kunda dizaynerlar uchun vakansiyalar ko’p, ijtimoiy tarmoqlar rivojlangan sari bu soha ham rivojlanib borayapti. Shuning uchun kutmang, agar o’zingizda yetarlicha ishtiyoq va qobiliyat sezsangiz izlanishni boshlang.

Xulosa

Grafik dizayner bo’lib ishlash uchun kerakli dasturiy ta’minotga ega bo’lgan kompyuterga ega bo’lish kifoya, shuning uchun grafik dizayner ofisini har qanday joyda tashkil qilish mumkin. Bu, kasbning asosiy ijobiy tarafidir. Bundan tashqari, o’z vazifalariga mas’uliyatli munosabatda bo’lish sharti bilan, sevimli ishingizdan yaxshi daromad olish imkoniyatini ham o’z ichiga oladi. Bugungi kunda ko’plab kompaniyalar va odamlar o’z mahsulotlarini yoki hayotlarini reklama qilish uchun katta pul sarflashga tayyorlar. Rassomlar va tajribali mutaxassislar yuzlab daromadli takliflarni qabul qilishayapti.

Sohaning kamchiligi raqobatning yuqori darajadaligidadir. Turli firmalarning xodimlari qimmatli mijozlarni jalb qilish  uchun bir-birlari bilan “jang” qilishadi. Professionallik darajasida kechikish yoki mijozlarning noroziligi kompaniya shtatidagi dizaynerni ishdan bo’shatilishiga olib kelmoqda. Siz ko’p mehnat qilishingiz, doimo rivojlanishingiz, yangi yo’nalishlarni o’rganishingiz kerak bo’ladi.

Bugungi kunda har bir insonni ishga joylashishi uchun, zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish uchun, turli xil usullar mavjud. Imkoniyatingizni qo’ldan boy bermang.

Yuqorida bergan ma’lumotlarim sizga yoqadi va qo’l keladi degan umiddaman. Bu mavzuda fikr va mulohazalaringizni izohlarda kutib qolaman. Bizni blogimizni kuzatishda davom eting! Keyingi maqolamizda, qanday qilib mashhur va yuqori haq to’lanadigan grafik dizayneri bo’lish mumkinligi haqida gaplashamiz,

Endi esa, keyingi maqolada ko’rishguncha, xayr!

Baholashni unutmang!
( 20 assessment, average 4.5 from 5 )
Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 8
  1. Grafik dizaynga rassomchilik kerakmi.?

    Assalomu allaykum. Grafik dizayner bo`lish uchun rassomchilik qobilyati bo`lish kerakmi.?

    1. Omadli inson

      Albatta bólishi kerak. Rassomchilik qobiliyati bólmasa ham rasm chizishga qiziqish bólishi kerak.

  2. Do'stmurod

    :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea: :idea:menga yoqdi

  3. abrorbek

    ;-) ;-) ;-)

  4. Otajon

    Assalom aka szga katta rahmat

  5. Marjona

    Manga grafikaga misolla qilib rasmla tawlab berila man qiziqaman organmoqciman

  6. ulug'bek

    :idea: :idea: :idea: :grin: :grin: :grin:

  7. Raxmat

    ☝️☝️☝️☝️☝️☝️☝️

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: