Qanday qilib mashhur va yuqori haq to’lanadigan grafik dizayneri bo’lish mumkin. Yangi boshlayotganlar uchun 6 maslahat

Dizayner

Assalomu alykum, aziz do'stlar, yana siz bilan aloqada men Tuychiyeva Malika. O'tgan maqolamizdan siz, grafik dizayneri kim ekanligini va uning vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida bilib oldingiz. Bugun men, qanday qilib maxsus ta'lim va ish tajribasisiz grafik dizayner bo'lish mumkinligi haqida ma’lumotlar berib o’taman va bu kasbga endi-endi qadam qo’yayotgan o’quvchilarimiz uchun bazi foydali maslahatlarni berib o’taman.

Avvaliga, men grafik dizayner kasbining eng asosiy afzalliklari haqida aytib o’tishni xohlardim , bularga:

  • Masofadan turib ishlay olish imkoni (freelance)
  • Doimiy rivojlanish
  • Mutaxassislikni noldan o'rganish imkoni
  • Grafik dizaynerlarga ortayotgan talab
 

Internet kasblarning barcha turlari haqida qo’llanmalar

Grafik dizayner bo’lish uchun ishni nimadan boshlash kerak?

Grafik dizayner ishni nimadan boshlashi kerak

Dastlabki bosqichda grafik dizaynning qaysi sohalarida rivojlanish va daromad olishni  xohlayotganingizni tushunish muhimdir. O'tgan maqoladan tushunganingizdek, dizayninig yo’nalishlari ko’p va ularning har biri alohida e'tiborga loyiqdir.

Tanlov haqida qaror qabul qilib, sizga kerak bo'lgan vositalardan qaysi biri kerakligini tushunishingiz mumkin. Misol uchun, veb- sahifani  loyihalash uchun Adobe Photoshopni,  logotip yoki piktogramma yaratish uchun  esa Adobe Illustratorda ishlashni bilish kifoya. Agar siz internet sahifalar  uchun dizaynni ishlab chiqish bilan cheklanmoqchi bo'lmasangiz, u holda Adobe InDesign nashriyot uchun mo’ljallangan dasturni o’rganishingiz mumkin.

Veb-dizayner, dasturlash tilini (HTML/CSS) bilish kerak degan fikr bor. Shaxsan men saytlarni joylashtirish uchun, dasturlash tillarini bilish shart emasligiga aminman. Buning uchun kodlarni tushunadigan maxsus o'qitilgan odamlar bor. Ana shu mutaxassislar sizga juda kerak bo’lganda yordam berishlari mumkin, bu mutaxasistlarni freelance birjalaridan osongina topish mumkin.

Grafik dizayneri bo’lish uchun maxsus ta’lim kerakmi yoki yo’qmi? 

Grafik dizaynerlik talim kursi

Umid qilamanki, siz dizayn asoslarini o'rganmasdan turib ishlay olmasligingizni tushunasiz. Men oliy ma'lumot haqida emas, balki maxsus ta'lim haqida gapirayapman. Bugungi kunda grafik dizaynga oid ko'plab maxsus oflayn va onlayn kurslar mavjud.

Birinchidan, kurslarda siz grafik dizayn asoslari, uning xususiyati bilan tanishasiz, dizayner sifatida o'ylashni o'rganasiz, professional dasturlarni chuqur egallaysiz.

Ikkinchidan, siz kabi dizaynni o’rganayotgan odamlar bilan muloqot qilishni boshlaysiz, bilim va tajriba almashinasiz, o’z ishlaringiz haqida konstruktiv izohlar va tavsiyalar olasiz.

Uchinchidan, siz haqiqiy buyurtmalar olishni boshlaysiz, chunki ko'pincha bunday kurslarning murabbiylari mijozlariga eng yaxshi talabalarini tavsiya qiladilar.

Yangi boshlayotganlar uchun 6 maslahat.

Grafik dizaynerlar uchun maslahatlar

Endi sizga qo’l kelishi mumkin  bo’lgan ba'zi maslahatlarni beraman, bu sizga  dastlabki bosqichda xatolarga yo’l qo’ymaslikka yordam beradi.

  1. Maxsus adabiyotlarni o'qing. Grafik dizayn bo'yicha kitoblarni mustaqil ravishda o'rganib, bilimingizni sezilarli darajada oshirasiz.
  2. Chizishni boshlang. Ishoning, bu grafik dizaynni tushunishga katta yordam beradi va albatta, daromadingizga qo’shimcha pul ham olib kelishi mumkin.
  3. Mutaxassislar ishini o'rganing. Tez-tez iste'dodli odamlar bilan uchrashib turing, ular juda chiroyli va ayni paytda funktsional saytlar, illyustratsiya, logotiplar va boshqalarni yaratadilar. Behance.net saytida esa ularning ishlarini ko’rish mumkin.

Behance.net nimaligini bilmaydiganlar uchun: bu rassomlar, dizaynerlar, fotosuratchilarning asarlarini namoyish etish uchun platforma. Siz hali bu saytda bo’lmaganmisiz? Tezroq ro'yxatdan o'ting va o'zingizning ishingiz bilan to'ldiring va boshqalarga ilhom bering. Shaxsan men birinchi marta bu saytga kirganimda roppa-rosa 2 soat u yerda qolib ketganman. Judayam chiroyli asarlar kiritilgan. Ha, ha, men behance.netdagi rasmlarni san’at asari deb hisoblayman.

  1. Ishlaringizni saqlang. Har bir inson va grafik dizayner, ayniqsa, o'sish nuqtalarini bilishi kerak. Shuning uchun men, barcha manbalarni maxsus papkada saqlashni tavsiya etaman... Ehtimol,vaqt o’tishi bilan u yerga qaytib, ba'zi ishlaringizni mukammallashtirarsiz.
  2. Noyob uslubingizni ishlab chiqing. Sizda ba'zi ishlarni ko'rib ularni qayta ishlash yoki  yaxshilash xohishi paydo bo’ladimi? . Boshqa odamning ishini olingda, unga o’z uslubingizda o’zgartirishlar kiriting. Sinab ko'ring, bu sizning uslubingizni rivojlantirishga yordam beradi.
  3. Portfolioingizni yarating. Do'stlar, agar siz buyurtma olishni istasangiz o’z ishlaringiz yig’indisini taqdim etishingiz kerak bo’ladi. Portfolio bu- grafik dizaynerning yuzidir.

Xulosa yasaymiz.

Doim esda tuting! Hammaga birdek yoqa olmaysiz. Dizaynda yagona uslub yo'q. Shuning uchun dizaynerning ishi mahsulotni yaratayotganda muayyan mijozlarning ehtiyojlariga asoslanadi. Lekin, bu o’z noyobligingiz haqida unutishingiz kerak degani emas. Mavjud modelga yangilik  kiriting, qobiliyatlaringiz chegaralarini kengaytiring. Ishlash uchun, uslubingizni tushunadigan mijozlarni qidiring.

Maqolaga shu yerda yakun yasaymiz, maqola haqidagi fikrlaringizni, savollaringizni izohlarda kutib qolaman. Yanada qiziqarli maqolalar o’qish uchun bizni blogimizni kuzatib boring! Keyingi maqolada web dizayneri kim va u nima ish qilishi haqida gaplashamiz, ko’rishguncha xayr!

Maqolaga baho bering!
( 4 , average 5 from 5 )
Umidjon Obudov/ author of the article
Maqola sizga yoqdimi? Iltimos, dostlaringiz bilan ham ulashing!
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: