Maqola rejasi nima degani va uni qanday to’g’ri tuzish kerak: maslahatlar, namunalar va onlayn o’quv kurslari

Maqola rejasi

Maqola yozish sana’tini o’rganishni istaganlarga salom! Bugun yana maqola yozish sirlarini o’rganamiz, ya’ni o’quvchiga maqolamiz mohiyati tushunarli bo’lishi uchun yozilajak maqola yozish rejasi qanday tuzishi haqida gaplashamiz.

O’ylaymanki, internetda mazmunsiz va tushunarsiz tekstlarni siz ham ko’p o’qigan bo’lsangiz kerak. Muallif, bir fikrdan boshqa bir fikrga tezda o’tib ketaverganidan matn mazmunini anglashga qiynalasiz va o’qigingiz kelmay qoladi.

Bunday yozuvchilar safiga siz ham kirib qolmasligingiz uchun men sizlarga, matn rejasini qanday to’g’ri va oddiy qilib tuzishni o’rgataman, hamda, buning nima ekanligini tushuntiraman.

Maslahatlarimdan foydalaning va  maqola yozishda tajribalaringizni oshiring! Ushbu qo’llanmani o’qib bo’lganingizdan keyin, «Maqola yozish algoritmi» nomli maqolani ham o’qib chiqishingizni tavsiya qilaman.

Demak boshladik….


Koperayterlar uchun QO’LLANMA

Matn rejasi nima degani va u nima uchun kerak?

Maqola rejasi – bu, mantiqiy ketma-ketlikda bayon etilgan maqolaning asosiy g’oyalari ro’yxati. Asosiy vazifasi – maqola mazmunini ochib berish. Bir o’qishdayoq butun matn eslab qolinadigan matn – ideal reja hisoblanadi.

Ro’yxatdagi har bir bo’lim – maqolaning mohiyatini tushunishga yordam beradigan qo’llanma.

Koperayter nima uchun maqola rejasini tuzishi shart:

  • Bo’lmag’ur fikrlardan xolos bo’lib, ma’lumotlarni o’z o’rnida ishlatish;
  • Matnni o’quvchi uchun foydali va qiziqarli qilish;
  • Puxta o’ylangan reja tufayli o’quvchi kerakli ma’lumotlarni osongina topishi mumkin;
  • Mijozlar soni va siz haqingizdagi yaxshi fikrlar bilan birga sizning daromadingiz ham oshib boraveradi.

Reja tuzishni bilish egzamenlarga tayyorlanish, raqobatchilaringiz maqolalarini tahlil qilishingizga yordam beradi.

Rejani to’g’ri tuzamiz: to’liq qo’llanma

Odatda, reja tuzishni birinchi marta boshlayotganingizda miyangizda tartibsizlik boshlanadi va asosiy g’oyani ajratish qiyin bo’ladi. Natijada, qisqa bo’lishi kerak bo’lgan bo’limlar, butun  boshli xatboshiga aylanib ketadi.

Malumot uchun. Asosiy g’oya – maqola / asarning vazifasi, mavzu esa mazmunning umumlashtirilgan sarlavhasi.

Nimadan boshlash va qanday tugatish kerak:

  1. 2-3 marta matnni o’qing. O’qiyotganingizda g’oyalarni yozib belgilab boring. Agar siz raqobatchilaringizning maqolalaridan foydalanmasdan o’zingiz yozayotgan bo’lsangiz, bu bo’limni o’tkazib yuboring.
  2. Ikki savolni o’zingizga bering: uning mavzusi nima, matn nima uchun yozilgan. Shunda siz, darhol asosiy g’oyani tushunib olasiz.
  3. Har bir xatboshini batafsil o’rganib chiqing va o’ylab ko’ring, asosiy nuqta qayerda, uning ma’nosi nima? Ko’pincha har bir xatboshi, yakunlangan fikr hisoblanadi. Tafsilotlar haqida to’xtalmang. Bizni faqat harakatdagi burilish qiziqtiradi.
  4. Ro’yxatni tuzib bo’lgach bir oz dam oling. Va qayta o’qib chiqing. Bir qarashda mavzu nima haqida ekanligini tushundingizmi? Agar javobingiz “Ha” bo’lsa, unda siz barchasini to’g’ri bajargansiz. Javob “Yo’q” bo’lsa, yana ishlov berishingiz kerak.
  5. Rejani toza nusxaga qayta ko’chiring, barchasini ko’rsatmalarga muvofiq bajaring.
Maqola rejasi haqida maslahat

Yana bir nechta maslahat:

  1. Matnda foydalanilgan notanish so’zlar, tushunchalarni alohida yozib qo’ying va ma’nolarini aniqlang.
  2. Agar bitta so’z qayta qayta ko’p takrorlanaversa, sinonimlarga almashtiring.
  3. Qayta ishlashdan qo’rqmang. Agar ro’yxatni bir necha daqiqalardan keyin, qo’shimchalar kiritishni istab qolsangiz, albatta kiriting.
  4. Paragraflarni raqamlar va pastki bandlarni marker bilan belgilab yozing.

Reja uchun alohida daftar yuriting. U erda barcha ishlanmalaringizni yozib boring. Bu sizning rivojlanishingizni kuzatib borish uchun, qayta o’qishingiz mumkin bo’lgan yaxshi ilhom manbai bo’ladi.

Biz maqola rejasini tuzishning umumiy usulini ko’rib chiqdik. Endi vazifani murakkablashtiramiz va rejani bir nechta turlarga ajratamiz. Ularning har biri alohida usulda yaratiladi.

Qanday reja turlari mavjud?

Reja turlari haqida

Reja, fikrimizni to’g’ri shakllantirib bayon etishga, chalkashib ketmasligimizga yordam beradi. Rejaning ko’plab turlari mavjud. Hozir biz eng taniqli usullarni ko’rib chiqamiz.

  • Tezis

Har bir bo’lim tezis bilan taqdim etiladi. Tezis – 1 – 3 paragraflardan iborat bo’lib, asosiy g’oyani qisqacha shakllantiradi. O’ziga xos xususiyati: fe’l ko’p ishlatiladi.

Har 1 ta tezis = 1000 ta belgi (harf) atrofida bo’lishi kerak. Agar siz 6000 belgidan iborat maqola yozayotgan bo’lsangiz, 6 ta tezisga ajratishingiz kerak. Shunday qilsangiz, maqolani o’qish va uni tushunish oson bo’ladi. Ma’no yo’qolmaydi.

  • So’roq

Bu tur – matn bo’limlarining mohiyatidagi savollar asosida tuziladi. Men ko’proq aynan shu turdan foydalanaman, maqolaga ishlov berish uchun qulay. Savollar, mavzuni o’ylash, ma’lumotlarni o’rganish jarayonida paydo bo’ladi.

Bunday reja – axborot maqolalari, seminarlar, ko’rsatmalar va qo’llanmalar, tahlillar uchun juda mos keladi.

  • Nomlash

Ism rejasi ot va sifat bilan ifodalangan tezislardan iborat bo’ladi. Hech qanday fe’l ishlatilmaydi. Bu juda qisqa bo’lib, bitta sarlavhaning maksimal hajmi 2 – 4 ta so’zdan iborat bo’ladi.

  • Qo’llab-quvvatlash

Bu reja hechqanday qoidalarsiz yoziladi. Maqolaning asosiy ma’lumot qismlarini qayta va qisqa takrorlashdan tashkil topadi. U faqat shaxsiy foydalanish uchun mo’ljallangan. Asosiysi, sizga qulay va tushunarli bo’lishi kerak.

Siz bu rejani batafsil yoki qisqa yozishingiz mumkin. Barchasi sizning maqsadingiz, imkoniyatingiz va xotirangizga bog’liq.

Qo’llab-quvvatlovchi reja, omma oldida chiqish qilish, taqdimotlar, yangiliklar va qisqa qo’llanmalar uchun mo’ljallangan. Asosiy g’oyani o’tkazib yubormaslik va doimiy ravishda qog’ozga qaramaslik uchun bunday reja qo’l keladi. Faktlar, raqamlar, ob’ektlarning nomlari, belgilarini ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi.

  • Aralashgan

Bu reja – rejalarning turli ko’rinishidagi aralashmasi. Savollarni qo’ying, tezislarni yozing – hechqanday cheklovlar bo’lmaydi.

Siz bu rejani har qanday maqsadda ishlatishingiz mumkin.

Oddiy va murakkab reja tuzish

Oddiy va murakkab

Sizga qanday reja kerak: oddiymi yoki murakkab? To’g’ri tanlov qilish uchun, butun tafsilotlarni tavsiflash qanchalik muhim yoki muhim emasligini o’ylab ko’ring.

Oddiy reja – bu, tafsilotlarsiz 3-5 ta sarlavha bo’lib, 2-5 ta so’zdan iborat bo’lishi kerak.

Murakkab reja – 5 sarlavhadan ortiq va sarlavha osti sarlavhalardan iborat bo’lib, barcha muhim tafsilotlari ko’rsatilishi kerak.

Oddiy reja tuzishni mashq qiling. Bu ishni amalga oshirish osonlashganidan keyin, murakkab reja tuzishni mashq qiling!

Ko’rib turganingizdek, oddiy reja faqat asosiy fikrlarni ko’rsatish bilan cheklanadi, murakkab reja esa, butun xatti xarakatlarni, voqealar rivojini tushunishga yordam beradi.

Maqola janri haqida

Maqola janri reja tuzilishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

Reja tuzishga o’tirishdan oldin o’ylab ko’ring: matningiz qaysi janrga tegishli? Bu Ilmiy maqola bo’ladimi yoki yangilikmi? Bularning farqi nimada:

  1. Ilmiy maqola – ma’lum bir nazariyani bosqichma-bosqich isbotlaydigan tarzda yoziladi. Muallif, nufuzli manbalarga murojaat qilib, tasdiqlovchi hujjatlarni va o’z dalillarini keltiradi. O’quvchi asta – sekin maqolaning asosiy g’oyasiga ya’ni xulosaga keladi.
  2. Eslatmalar, yangiliklar va sharhlar boshqacha ketma-ketlikda yoziladi. Maqola, e’tiborni tortuvchi ma’lumotlar bilan boshlanadi. Maqola o’rtasida, birinchi bo’limda berilgan ma’lumotlarning batafsil tafsilotlari yoziladi. Oxirida esa, umumlashtiriladi va qo’shimcha ma’lumotlar beriladi.

Barchasi, matnlarning tabiati bilan bog’liq. Ilmiy maqolani o’quvchi, har bir ma’lumot bo’limini diqqat bilan, oychanlik bilan o’qiydi.

Jurnalistlar va koperayterlarning matnlari o’rganilmaydi. Ularni ovqatlanish paytida, jamoat transportida yoki yo’l-yo’lakay o’qishadi. Birinchi xatboshilar diqqatni tortadigan, matnni oxirigacha o’qishga undaydigan bo’lishi kerak.

Agar janrdagi farqlarni hisobga olmasangiz juda ko’p narsani yo’qotasiz. Maqolangiz e’tiborsiz qolishi mumkin.

Odatiy xatolar haqida

Odatiy xatolar + misollar

Maqola yozishni yangi boshlayotganlar ko’pincha bir xil xatolarga yo’l qo’yishadi. Yakka holda o’rganish qiyin, chunki muallif har doim ham o’zining zaif tomonlarini payqamaydi va ularga odatlanib, keyingi rejalarini bir xil uslubda yozishni boshlaydi. Ushbu bosqichda murabbiy kerak bo’ladi. Uni qayerdan toppish mumkin? Uzoqqa borishingiz shart emas, chunki biz yaqinda koperayterlar kursini ochamiz va bunday yoshlarga yordam berishga tayyormiz.

Agar siz rus yoki ingliz tilini bilsangiz quyida, maqola oxirida berilgan onlayn o’quv maskanlari ro’yxatidan o’zingizga ma’qulini tanlab, uyingizdan chiqmagan holda koperayterlik kasbini egallashingiz mumkin.

Hozir esa men sizni, reja ishlamay qolishiga olib keladigan, keng tarqalgan xatolar bilan tanishtiraman:

  1. Mantiqiy aloqa buzilishi, har bir element alohida o’z hayotini kechiradi.
  2. Bo’limlar bir-biri bilan kesishadi, semantik chegaralar buziladi. Muallif matnni asosiy fikrlarga ajrata olmaydi yoki tarkibni juda batafsil bayon qiladi.
  3. Barcha bo’limlarda ikkinchi darajali ma’lumotlar ko’rsatiladi. Muallif, maqola g’oyasini, mavzusini aniqlay olmasligi mumkin.
  4. O’tkazib yuborilgan kirish va xulosa.
  5. Muallif bo’limlarning nomlari uchun noto’g’ri so’zlarni tanlagan. Nima haqda so’z borayotgani tushunarsiz.
  6. Bo’lim 9 so’zdan oshib ketgan va abzastni eslatadi.

Yuqoridagi xatolar ro’yxatini varaqqa yozing va uni ish stolingizga ilib qo’ying! Har safar reja tuzish yoki tuzilgan rejani ko’rib chiqish uchun o’tirganingizda, ro’yxat bilan tekshirib chiqing.

Reja tuzilganidan keyingi ishlar

Rejani tuzdingizmi? Uni ishlatishga shoshilmang. Kamida bir necha soat dam olishga qo’ying va keyin uni yangi ko’z bilan baholang.

Tasavvur qilaylik, «Bolani gapirishga qanday o’rgatish kerak?» nomli maqolaning noto’g’ri rejasi qanday ko’rinishga ega bo’ladi:

  1. Bola qachon gapirishni o’rganadi?
  2. Bola gapirmayapdi.
  3. Bolangizga nima deyishingiz kerak?
  4. Qanday qilib bolani tez va aniq gapirishga o’rgatish kerak?
  5. Ota-onalar tomonidan tez-tez uchraydigan xatolar: ular bolaga kam o’qishadi, ularni o’rganishga majbur qilishadi, so’kishadi.

Bunday tuzilishga oddiy qarash ham boshingizda tartibsizlikni keltirib chiqaradi: nima, nima uchun, nima haqida gapirishyapdi noma’lum.

Bu erda qanday xatolarga yo’l qo’yilgan:

  • 1-nuqta – ortiqcha. Biz chaqaloqni qachon emas, balki qanday qilib gapirishga o’rgatish haqida gaplashamiz. Qachonligi haqida alohida matn yozgan ma’qul.
  • 2-nuqta – bu tezis, biz barchasini savollar bilan to’ldiramiz. Bu yerda tezis, mantiqsiz ko’rinadi.
  • 3-bandni idrok etish qulayligi uchun kichik band qilish mumkin.
  • 5-xatboshi uzun va bir xil atamalar vergullar bilan ajratilgan. Bularni bo’lim osti bo’limlarga ajratgan maqul.

Va mana qayta ko’rib chiqilgan versiyasi:

  • Kirish
  • Farzandingizni tez va aniq gapirishga qanday o’rgatish kerak:

Ovoz chiqarib o’qish,

Rivojlantiruvchi tez aytish,

Artikulyatsion gimnastika,

Ko’p muloqot qilish,

So’z o’yinlari.

  • Nega bola gapirmayapti?
  • Ota-onalarning odatiy xatolari:

Befoyda bilimlar o’rgatish,

E’tibor etishmasligi.

  • Xulosa

Yozgan maqolalaringizning o’quvchilari ko’p bo’lishi va sizga ham foyda keltirishi uchun, mavzuni keng va batafsil yoritishga harakat qiling.

O'quv kurslari ro'yxati

Qanday qilib maxsus ma’lumotlarsiz kopirayter bo’lish mumkin: yangi boshlayotganlar uchun onlayn kurslar ro’yxati

  1. Bepul onlayn kurs: «УДАЛЁННАЯ ПРОФЕССИЯ КОПИРАЙТЕР»

Ro’yxatdan o’tgandan so’ng sizga «Masofadan ishlashda birinchi pulga 5 qadam» nomli bepul pdf-yo’riq beriladi.

Nimalarni o’rganasiz:

  • Bepul 2-HAFTA kopirayterlik kursini o’tasiz
  • Masofadan turib buyurtma asosida maqola yozasiz va daromad olasiz

Xulosa

Reja – o’y xayollaringizni bir joyga yig’ish uchun qo’llanma hisoblanadi. Yaxshi reja, koperayterning hayotini yengillashtiradi. Qancha ko’p amaliyot bilan shug’ullansangiz shuncha yengillashib boraveradi. O’zingiz yozing, boshqalarning ishlarini tahlil qiling. Bir narsa esingizdan chiqmasin, qati’yatlik va tajriba – bu sizning kelajagingiz.

Siz maqolani qanday yozasiz? Siz ham reja tuzganmisiz? Reja bilan maqola yozish oson bo’lishini sezganmisiz? Tajribalaringiz bilan o’rtoqlashing.

Mustaqil, erkin freelanser bo’lish uchun sayt yangiliklariga obuna bo’ling. Chunki, bu to’g’ridagi maqolalar seriyalarida beriladigan bilimlardan tezda xabar topasiz.

Barchangizga omad tilayman!

Baholashni unutmang!
( 4 assessment, average 5 from 5 )
Nargiza Umarova/ author of the article

Bir necha yillardan buyon internet texnologiyalarini o'rganib tajribalarimni oshirib kelayapman. Va turli yo'nalishlarda maqolalar yozaman.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 7
  1. Shahlo

    Tibbiyot sohasida maqola yozmoqchi edim . Mavzusini tanladim . Lekin uni qanday yozish tartibini bilmayapman. Yana qancha hajm boʻlishi kerak.

  2. maftuna

    Judayam ajoyip, menga juda yoqti, ozi shunaqa orgatadigan odamga muhtoj edim. Birinchi maqola yozishim uchun hech nimani bilmayotgan edim.Rahmat kattakon, ishlarizga omad!!

    1. Умиджон Обудов

      Raxmat.

  3. Muydinjon

    yozivoring shunga men ham o;rganmoqchiman :idea: :idea: :idea:

    1. Умиджон Обудов

      Salom. Bu haqda maqolalarimda batafsil yozganman.

  4. Muydinjon

    yozivoring shunga men ham o;rganmoqchiman

  5. Lola

    Assalomu alekun Magistirlik disertatsiyalari yozish haqida xam malumot bering asosan manbalar topish borasida

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: