Uzinterbiz.com saytining onlayn maktabi sheriklik dasturida qanday ro’yxatdan o’tiladi va mahsulotlar qanday tavsiya qilinadi?

Sheriklik dasturida ro'yxatdan o'tish

Salom do’stlar! Bugun uzinterbiz.com sayti onlayn maktabining sheriklik dasturida ro’yxatdan qanday o’tish kerakligi haqida gaplashamiz. Yangilangan sheriklik dasturiga qo’shilgan yangi mahsulotlar to’g’risida keyingi maqoladan bilib olasiz.

Dasturdagi yangiliklardan birinchilardan bo’lib xabardor bo’lish uchun obuna bo’ling!

Sheriklik dasturidagi mahsulotlar

Qadam №1. Ro’yxatdan o’tish!

Demak, sheriklik dasturida ro’yxatdan o’tishni boshlaymiz. Buning uchun quyidagi ssilkadan o’ting.

Ro’yxatdan o’tish ssilkasi: https://uzinfobiz.com/ob/aff/reg

Oynalarni ma’lumotlaringiz bilan to’ldirib chiqing:

DIQQAT! Oynalarga kiritgan ma’lumotlaringizni yo’qolmaydigan joyga saqlab qo’ying. Bizga bu ma’lumotlar shaxsiy akkauntimizga kirishda kerak bo’ladi.

Ma'lumotlarni kiritish

Yuqoridagi rasmdagi raqamlar bilan belgilangan xonalarga yoziladigan ma’lumotlar quyidagicha:

  1. Ваше имя – Ismingiz
  2. Ваш емаил – Email pochtangiz
  3. WebMoney Z – WebMoney dollor yamyon raqamingiz (agar sizda hali webmoney hamyon bo’lmasa, katakchani bo’sh qoldirishingiz mumkin, keyin ham o’zgartirish mumkin)
  4. WebMoney R – WebMoney rubl hamyon raqamingiz (agar bo’lmasa bo’sh qoldiring)
  5. Кашелёк Яндекс.Деньги – Yandex elektron hamyon raqamingizni kiriting (bu yerga bank karta raqami, webmoney so’m hamyon raqamini kiritishingiz mumkin. Faqat, webmoney yoki uzcard deb bank nomini yozib qo’ying)
  6. RefID – Xohlagan bir so’z yoki raqamni yozishingiz mumkin (agar siz yozgan so’z yoki raqamni sizdan oldin kimdir yozgan bo’lsa, siz boshqa so’z yoki raqam yozishingiz kerak)
  7. Придумайте пароль – Parol o’ylab toping (murakkabroq parol bo’lgani yaxshi)
  8. Пароль ещё раз – O’ylab topgan parolingizni ikkinchi marta qayta kiriting
  9. Код проверки – Quyidagi raqamlarni kiriting
  10. Руйхатдан утиш – Ro’yxatdan o’tish tugmasiga bosing

Shundan keyin sizga keyingi sahifa ochiladi va siz ro’yxatdan muvaffaqiyatli o’tdingiz. Yuqorida kiritgan ma’lumotlaringiz email pochtangizga ham yuboriladi.

Bu sahifada siz, “Аккаунтга кириш” yozuviga bosasiz:

Tasdiqlash

Qadam №2. Shaxsiy akkauntga kirish

Va sizga shaxsiy akkauntga kirish sahifasi ochiladi.

Shaxsiy xonaga kirish silkasi (Bu silkani ham yoqolmaydigan joyga saqlab qo’ying): https://uzinfobiz.com/ob/aff/default/login

Bu oynada ro’yxatdan o’tgan paytingiz yozgan RefID va parolingizni yozasiz va “Киришни бажариш” tugmasiga bosasiz:

shaxsiy xonaga kirish

Endi siz sheriklik dasturidagi shaxsiy xonangizga kirdingiz. Shaxsiy xonangizning bosh sahifasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi.

Bosh sahifada, ishlagan pullaringizning hisob-kitoblarini ko’rishingiz mumkin. Bundan tashqari barcha hisobotlarni, menyudagi “Статистика” bo’limidan topasiz. Ishlagan pulingiz oyda ikki marta, yani har oyning 15-chi va 30-chi chislosida avtomatik ravishda, dasturda ko’rsatgan hisob raqamingizga o’tkazib beriladi (Hech bo’lmaganda bitta hisob raqamingizni kiritib qo’yishingiz shart, aks holda pulingiz hech qayerga o’tkaza olmaymiz).

Bundan tashqari, pulingizni, aytilgan oy kunlaridan boshqa kunlari olish uchun, bizga so’rovnoma, yani, pulingizni o’tkazib berishimizni so’rashingiz ham mumkin. Biz albatta, pulingizni aytgan hisob raqamingizga o’tkazib beramiz:

Shaxsiy xona bosh sahifasi

Qadam №3. Sheriklik ssilkangizni qayerdan olasiz

Sheriklik dasturida ishtirok etayotgan o’quv kurslariga berilgan sheriklik silkangizni quyidagi rasmda ko’rsatilgan bo’limdan olasiz va shu silkalarni ijtimoiy tarmoqdagi do’stlaringizga tavsiya qilasiz, bo’lishasiz.

Kimdir shu sizning bergan silkangizga bosib, mahsulotlardan birontasini sotib olsa, kursga ajratilgan foiz, dasturdagi Sizning hisobingizga tushadi va siz uni bank kartangizga echib olasiz:

sheriklik silkalari

Reklama materiallarini manabu yerdan olasiz:

Reklama materiallari

Qadam №4. Sheriklik silkalaringizni qanday qisqartirib olishingiz mumkin

Quyidagi rasmda ko’rsatilgan bo’limdan uzun silkalarni qisqartirib olishingiz mumkin. Ko’plab ijtimoiy tarmoqlarda uzun silkadan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Shuning uchun, silkangizni shu yerda qisqartirib oling. Barcha silkalarni qisqartirib tayyor qilib qo’yishingiz ham mumkin.

Qisqartirish uchun, uzun silkani nusxa qilib oling va quydagi rasmda ko’rsatilgan bo’limga o’tib, raqamlar ketma-ketligidagi amallarni bajaring:

Qisqa silkalar

5 raqami bilan ko’rsatilgan silkalarni ijtimoiy tarmoqdagi do’stlaringiz bilan bo’lishing.

Qadam №5. Xaridorlarga qandaydir chegirmalar berishingiz mumkinmi?

Ha, albatta. Buning uchun siz, chegirma kuponini yasab olishingiz kerak bo’ladi. Ya’ni, quyidagi rasmda ko’rsatilgan bo’limga kirib, har bir mahsulot uchun alohida, bir nechita kupon yasab olishingiz mumkin:

DIQQAT! Chegirma foizi, sizga ajratilgan foiz miqdoriga teng yoki undan kam bo’lishi kerak.

Kupon tayyorlash

Mahsulotni tanlaganingizdan keyin:

Kupon tayyorlash2

Chegirma kuponingiz tayyor. Sizning kuponingiz quyidagi ko’rinishda bo’ladi, qizil ramka ichiga olingan kuponni xaridorlarga berasiz:

Chegirma kuponi

Endi xaridor, mahsulotni sotib olayotganida siz bergan kuponni so’ralgan joyga kiritsa, mahsulot narxi siz bergan chegirma miqdoriga kamayadi. Kuponni, mahsulotga buyurtma berish oynasida so’ralgan joyga kiritishi kerak, ya’ni manabu yerga:

Asl narxi

Keyingi sahifada, yuqoridagi 3900 rubl mahsulotning narxi 20% ga kamaydi, ya’ni 3120 rublga o’zgaradi:

Chegirma bilan narxi

Qadam №6. Qanday tavsiya, reklama qilish kerak?

Sheriklik dasturimizdagi mahsulotlarni tanishlaringizga va do’stlaringizga quyidagi ko’rinishda tavsiya qiling.

Siz hech kimni majburlab yoki yalinib tavsiya qilmaysiz. Masalan, quyidagicha reklama qilsangiz, hech kimga reklamangiz malol kelmaydi, lekin odamlarda nima ekanligiga qiziqish paydo bo’lishi tabiiy:

Tavsiya qilish

Bu nima degani va qanday ishlaydi?

Ijtimoiy tarmoqlarda bunday post qoldirish bilan siz, nafaqat partnyorkalarda pul ishlashga qiziqadiganlarning e’tiborini tortasiz, balki, sheriklik silkangizga bosib o’tgan foydalanuvchi bir umrga sizning akkauntga bog’lanib qo’yiladi.

Sheriklik dasturimizda bepul o’quv kurslaridan tashqari pullik kurslarimiz ham mavjud va yana, jismoniy mahsulotlar, ya’ni, kiyim-bosh, oziq-ovqat va hokazolar ham ishtirok etadi.

Agar, silkangizga bosib o’tgan foydalanuvchi, qandaydir pullik kurs yoki boshqa mahsulotlardan birortasini sotib olsa, mahsulot narxining 25% dan 50% gacha bo’lgan foydasiga ega bo’lasiz.

Реклама материаллари >>>

ВИДЕО

Darsga oid savol-javoblar (bu yerda, marafonda ishtirok etayotganlarning darslar ostiga yozayotgan, ko’p beriladigan savollariga javoblar yozib boriladi):

  1. Dasturda ro’yxatdan o’tish pullikmi?

– Yo’q. Mutloqo bepul, bemalol ro’yxatdan o’tib pul ishlay boshlashingiz mumkin.

 


Texnik masalalar bo’yicha (ochilmayapdi, yozilmayapdi, akkauntimga kira olmayapman, silka ishlamayapdi) info@uzinterbiz.com pochtaga yozing.

Umidjon Obidov

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Колдирилган изохлар сони: 5
  1. Permanjohn

    Assalom-u aleykum. Referal bo‘limida kurs nomi va beriladigan foiz yozilgan xolos, ssilka yaratish va narxlar yo‘q, menimcha texnik nosozlik bo‘lyapdi. Menda telegramda katta auditoriya (22.5k) bor. O‘zimni mutaxassisligim bo‘yicha kursim ham. Iloji bo‘lsa telegramda a’loqaga chiqaylik. Hamkorlikda ishlaymiz.

    1. Умиджон Обудов (author)

      Valeykum salom. Nosozlik yo’q. Agar sizda ko’rinmayotgan bo’lsa, brauzeringizni kukini tozalab ko’ring.

      Kurs narxlari partnyorkada yozilmaydi, narxlar Lendingga yozilgan. Partnyorkada Lendingda ko’rsatilgan narxlarning sizga beriladigan foizi ko’rsatilgan. Ref ssilka yaratish shart emas, yuqorida «Ref-ссылка» deb yozilgan stolbdagi ssilkalarni kopiya qilib olib tarqataverasiz-bular tayyor ref ssilkalar.
      Agar ssilkalarni qisqartirmoqchi bo’lsangiz, kerakli ssilkani shu yerdan nusxa qilib olasiz va menyudan «Киска ссылкалар» bo’limiga kirib ssilkani qisqartirishingiz mumkin.
      Qisqartirish nima uchun kerak? Ijtimoiy tarmoqlar uzun ssilkani qabul qilmaydi, shuning uchun qisqa ssilka kerak bo’ladi. Barcha ssilkalarni bira to’la qisqartirib qo’ysangiz, keyingi safar shu qisqa ssilkalardan foydalanaverasiz.

      Hamkorlikga kelsak, telegram raqamingizni qoldirmabsiz, menga yozing gaplashamiz: @uzinterbiz_com

      1. Durdona

        Assalomu alaykum layk koment podpiska orqali qaysi programmada pul topsa boʻladi meʼlumot bera olasizmi? Oldindan rahmat)

        1. Умиджон Обудов (author)
  2. Muydinjon

    oyiga qanchagacha sarmoya topasiz

Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: