Hamkorlik dasturi (referallik, партнёрка, affiliate) nima degai, nima uchun kerak, qanday ishlaydi va bunda, har qanday odam pul ishlay oladi

Hamkorlik dasturi nima

Salom do’stlar! Siz bilan men Umidjon va bugungi maqolamizda eng daromadli bo’lgan pul ishlash turlari, yani, internetdagi hamkorlik dasturlarini ko’rib chiqamiz. Bu nima degani, nima uchun kerak, qanday ishlaydi, qanday tuzilgan va unda qanday pul ishlash kerakligini, oddiy so’zlar bilan tushuntirishga harakat qilaman.

Lekin, bir narsani kelishib olaylik. Rus tilida “Партнерская программа” дейилади, ingliz tilida “Affiliate” deyiladi. Biz esa, “Hamkorlik dasturi” va “Sheriklik dasturi” deb ataymiz. Aslida, tarjimasi ham shunday. Bularni aytishimning sababi, ko’pchilikga “Hamkorlik dasturi” yoki “Sheriklik dasturi” desam tushunishmadi.

Hozirgi kunda ko’pchilik, aynan hamkorlik dasturlari orqali mahsulotlarini internetda  reklama qilib, har bir sotilgan mahsulotning daromadidan o’ziga ajratilgan ulushdan pul ishlashadi, shu qatorda men ham. Buning uchun nima qilish kerakligini bigun siz ham bilib olasiz.

 

Internetda pul ishlashning barcha yo’llari haqida to’liq QO’LLANMALAR !

DIQQAT! Hamkorlik dasturlari (Партнерская программа) to’g’risidagi maqolalar seriyasi, ko’proq runet va ingliz saytlarda ishlashga oid maqolalar bo’ladi!

Hamkorlik dasturi (партнерка) nima degani?    

Hamkorlik dasturi (sheriklik) – sotish uchun qandaydir mahsuloti bor odam bilan, har bir sotilgan mahsulotdan o’zining ulushini olish evaziga shu mahsulotni sota (tavsiya) oladigan odamning sherikchiligi.

sheriklik dasturi shunday bo'ladi

Oddiy misol, hozirgi kunda internet magazin haqida eshitmagan odam kam bo’lsa kerak. Eshitmaganlar uchun, internet magazin – bu, uyingizdan chiqmasdan turib, har qanday mahsulotni internet orqali sotib olishingiz mumkin, masalam, kiyim-kechak, oziq-ovqat, mebel, texnika va barcha-barchasini.

Shunday magazinlardan biri – Aliexpress. Bu magazinning hamkorlik dasturi E-Commerce deb ataladi va unda har qanday odam ro’yxatdan o’tib, pul ishlashi mumkin.

Ro’yxatdan o’tasiz va shu yerdagi xohlagan magaziningizdan, xohlagan mahsulotga ssilka (havola) ni olasiz va o’zingizning ijtimoiy tarmoqlardagi profilingizdami yoki shaxsiy blogingizdami, qisqasi odamlar ko’p ko’radigan joyga qo’yasiz. Do’stlaringiz yangiliklarni ko’rayotib, sizning ushbu mahsulotingizni ham qiziqishib ko’rishadi va ssilka (havola) ga bosib, mahsulotni sotib olishadi.

Partnyorkalar katalogi

Mahsulot narxining 10% foizigacha, sizning E-Commerce saytidagi hisob raqamingizga tushadi va siz u yerdan bank kartasigami yoki electron hamyongami yechib olishingiz mumkin. Hammasi oddiy! Sotish uchun xohlagan mahsulotingizni olishingiz mumkin.

Aynan shunday hamkorlik dasturi manashu o’qiyotgan saytingiz, mening blogimda ham tashkil qilingan, siz, manashu maqolani o’qib, do’stlaringizga ulashib, pul ham ishlashingiz mumkin. Buning uchun siz hamkorlik dasturimda ro’yxatdan o’tishingiz kerak va blogga berilgan havola (ssilka) ni olib, do’stlaringiz bilan ulashasiz va sizning ssilkangizdan kelgan o’quvchi dasturimizda bir yilgacha sizning nomingizga bog’langan bo’ladi.

DIQQAT E’LON! Agar, sizga ham manashu biznikiday hamkorlik dasturi kerak bo’lsa, biz tayyormiz, yo’lga qo’yib beramiz. Narxini kelishamiz.

Agar ushbu odam shu bir yil davomida saytimizdan biron nima sotib olsa, sizga ajratilgan foiz, hisob raqamingizga tushadi va biz, dasturda yozgan electron hamyoningizga tushirib beramiz.

Referallik dasturi nima degani?

Ko’pchilik bu dastur bilan hamkorlik dasturining farqiga borishmaydi, lekin, ko’p hamkorlik darturlarida, referallar dasturi ham mavjud yoki hamkorlik dasturi to’laligicha referallik dasturi. Bunday hollarda siz nafaqat mijoz olib kelib pul ishlaysiz, balki, siz uchun ishlaydigan referalni ham olib kelasiz va uning daromadidan ham foyda olasiz.

Referral (inglizcha so’z-referral) – hamkorlik dasturiga, boshqa bir ishtirokchining tavsiyasi bilan kelgan va hamkorlik dasturida ro’yxatdan o’tgan, dastur ishtirokchisi.

hamkorlar

Hamkorlik dasturi nima ekanligini va ishlash prinsipini ko’rib chiqdik, keling endi, texnik tarafi qanday tuzilgan va qanday ishlashi haqidagi sirlarini o’rganib chiqamiz.

Hamkorlik havola (ssilka) si va ular qanday ishlaydi?

Hamkorlik dasturida ro’yxatdan o’tganingizdan keyin siz uchun shaxsiy cabinet ochiladi. Bu kabinetda, hamkorlik dasturida ishlashingiz uchun barcha kerakli bo’ladigan materiallar joylashgan bo’ladi: sizning ID (identifikator) ingiz yozilgan ssilka, statistika va reklama materiallari

Ssilkalar taxminan quyidagicha ko’rinishda bo’ladi.

  • https://work-zilla.com/?ref=905996
  • http://ali.pub/3d4vxf

Ssilka oxiridagi quyuq rang bilan ko’rsatilgan harf va sonlar, sizning ID (identifikator) ingiz, dastur manashu ID dan, mijoz aynan sizning ssilkangizdan kelganini bilib oladi.

Foydalanuvchi shunday ssilkadan kirganidan keyin, uning brauzerida (foydalanuvchining qurilmasida) va hamkorlik dasturida ssilkadan kirganligi to’g’risidagi malumotlar saqlanib qoladi. Hamkorlik dasturlarining shartlariga ko’ra, malumotlarni saqlash muddati bir necha soatdan, bir necha yilgacha bo’lishi mumkin.

Masalan, bir odam sizning ssilkadan keldi, mahsulotni ko’rdi, lekin, darhol sotib olmadi va brauzerini yopib chiqib ketdi. Keyin, bir kundan keyin yoki bir haftadan keyin, sizning ssilkadan emas, balki, to’g’ridan to’g’ri ssilka bilan keldi va mahsulotni sotib oldi. Shunda ham siz uchun ajratilgan foiz sizga to’lanadi, chunki, mijozning brauzerida va hamkorlik dasturida, sizning ssilkadan kelganligi to’g’risidagi malumotlar saqlanib qolgan.

Agar mijoz qurilmasini almashtirsa yoki boshqa qurilmadan kelsa, unda sizga foiz ajratilmaydi, chunki, sistema sizdan kelganligini aniqlay olmaydi.

Shuning uchun bazi hamkorlik dasturlari boshqacha yo’llarini qilishadi, yani, electron pochta yoki kuponlar berish yo’li bilan, mijozni sizning nomingizga muhrlab qo’yadi. Bu holatda, agar, mijoj qurilmasini o’zgartirib, boshqa qurilmadan kelib, oldingi safar sizdan kelganidagi electron pochtasini yoki siz bergan kuponni kiritib savdo qilsa, dastur sizdan kelganini darhol aniqlaydi va sizga foiz ajratadi.

O’ylaymanki, tushunarli qilib tushuntirdim. Tushunmagan joylaringiz bo’lsa, savollaringizni izohlarda bering, albatta javob beraman.

Hamkorlik dasturlari nima uchun kerak va ularning imtiyozlari

Hamkorlik dasturlarini tashkil qilish va yuritish – bizga, mahsulot sotishda, qanday imtiyozlar berishini va qanday inqilobiy qadam bo’lganligini anglagan bo’lsangiz kerak. Sarmoyasiz yoki sarmoya kiritib, ishlash uchun barchaga barobar foydali:

O’z mahsulotlarini sotayotgan odamlar, reklamaga bir so’m pul xarajat qilmasdan, ko’p mijozlarga ega bo’lishadi. Sizni, reklama beruvchi mutaxasistlar va mijozlarning o’zlari boshqalarga tavsiya qilishadi. Siz ularga, qachonki, mahsulot sotilsa, olingan daromaddan foiz to’laysiz, yani, dasturning o’zi siz belgilagan foizni hamkorga ajratadi.

Sotishga o’z mahsuloti yo’q odamlar uchun, hech qanday pul tikmasdan daromad olishni boshlash uchun katta imkoniyat. Internetda, mahsulotni bepul va pullik reklama qilishning o’nlab yo’llari mavjud.

sarmoyasiz pul ishlash

Qancha pul ishlash mumkin? Mening natijalarim

Oldindan aytib qo’yay, sheriklik dasturlari (партнёркалар) da ishlash – bu, agar siz reklama qilishga pul tikmasangiz, tez olinadigan daromad emas. Pul tikish uchun esa, sizda tajribangiz bo’lishi kerak, aks holda bir tiyin ham ishlamasdan, yana yoningizdan ham behuda chiqim qilishingiz hech gap emas. Shuning uchun, tajribangiz oshgunicha, bepul reklama qilish yo’llari orqali ishlashni tavsiya qilaman.

Men ham boshlanishida aynan bepul reklama qilish orqali ishlaganman, yani Vkontakte, Telegram, youtube va ijtimoiy tarmoqlardagi o’zimning boshqa shaxsiy kanallarimda reklama qilib, bu sohadagi birinchi pullarimni ishlay boshlaganman. Esimda, birinchi marta pochtamga kelgan manbunday xatni: “Умиджон, Вам начислены комиссионные за участие в партнёрской программе”  ko’rib, hayron bo’lib ochsam, manabu xat turibdi:

ishlagan pulim

 

To'lov o'tkazildi

Qanchalar sevingandim o’shanda(((. Chunki, bu mening hamkorlik dasturidagi eng birinchi ishlagan pulim edida. Men pulga sevinmadim, shu ishni uddalaganimga sevingandim(((. Chunki, bu ish bilan, natijasiz, sal kam ikki oy shug’ullangandimda. Lekin, to’g’risini aytaman, nima qilganimni o’zim ham tushunmagandim o’shanda. Keyinchalik, ko’p marotaba urinishlar, shug’ullanishlar natijasida tushuna boshladim. Sheriklik dasturlari pul ishlashning eng oson va daromadli usullaridan biri ekanligiga ishonch hosil qila boshladim. Hozir, bemalol pul tikib reklama qilib, ancha pul ishlashim mumkin.

Keyinchalik bunday xatlar ko’plab kela boshladi va men tushundimki, bu yo’l bilan, onlaynda yaxshi daromad qilish mumkin ekan. Mana menga kelgan xatlar va sheriklik dasturlaridagi ishlagan pullarim:

keingi pulim

hamyonimga tushgan pul

yana bitta hamkorlik dasturi

Mana yana bir sheriklik dasturidagi ishlagan pullarim:

ikkinchi sheriklik dasturi

ishlab topgan pullarim

Olti oylik daromadimni taxminan hisoblaganimda, yuz ming rubldan ortiq pul ishlagan ekanman, bu faqat sheriklik dasturlarida, yana, kuniga 2-3 soat vaqt sarflab. O’ylashimcha, bu yomon natija emas. Bularni men o’zimni ko’rsatish yoki maqtanish uchun aytmayapman. Men demoqchimanki, hamkorlik dasturlari, pul ishlashning eng yaxshi va eng ko’p daromad keltiradigan yo’li. Bu yerda pul ishlashning chegarasi yo’q. Qancha ko’p izlansangiz, harakat qilsangiz, shuncha ko’p pul ishlash mumkin.

Runetda shunday bolalar borki, bu yo’l bilan, yiliga 5-6 million rubl va undan ko’p pul ishlashayapdi va men ishonaman, ularning ishlashlariga. Chuki, men ko’ryapman ularning qanday kanallardan foydalanayotganliklarini, qancha obunachilari borligini. Foydalanayotgan kanallarini analiz qilib chiqsangiz ham, bunga o’zingiz amin bo’lasiz.

Ha mayli, ular o’z yo’liga, biz ham harakat qilsak etib olamiz, balki o’tib ham ketamiz xudo xohlasa. Sheriklik dasturlari bilan shug’ullanib, siz o’zingizga doimiy daromad manbaini yaratishingiz mumkin. Blogimni kuzatishda davom eting, chunki, keyingi maqolalarim: hamkorlik dasturlarining qanday turlari bor, ularni qayerdan izlash kerak, yaxshi dasturni qanday tanlash kerak, qanday ro’yxatdan o’tish kerak, qanday reklama qilish kerakligi haqida bo’ladi.

O’tkazib yubormang, yangiliklarga obuna bo’ling! 

Xo’sh, nimadan boshlash kerak?

Blogimda berilgan malumotlarni o’qib, o’rganib, o’zingiz boshlashingiz ham mumkin. Agar qiynalib qolsangiz va sizga yordam kerak bo’lib qolsa, yaqinda onlayn maktabimizda sheriklik dasturlarida ishlash bo’yicha onlayn marafon o’tkazamiz va shu yerda ham ma’lum qilamiz. Siz shu marafonda ishtirok etib, bu yo’lda o’zingizning birinchi pullaringizni ishlay boshlashingiz mumkin.

Siz android telefoningizda ishlaysizmi, instagram yoki facebookda kanal ochib ishlaysizmi, uzbekistonda ishlaysizmi farqi yo’q, sheriklik dasturlari hamma joyda bir xil ishlaydi. Ko’proq malumot olishni xoxlasangiz, agar, siz rus tilini bilsangiz, internetga “википедия партнерская прграмма” deb yozsangiz ancha malumotga ega bo’lasiz.

Aslini olganda, siz quyida berilgan savollarga javob topsangiz, sheriklik dasturlarida pul ishlash uchun shularning o’zi yetarli:

Keying maqolalarimiz aynan shular haqida bo’ladi.

Shu bilan bugunga menda tamom! Hamkorlik dasturi nima va u qanday ishlashini va qancha pul ishlasa bo’lishini tushunib oldingizlar deb o’ylayman. Agar, tushunmagan savollaringiz qolgan bo’lsa, yoki o’zingizning tajribalaringiz bilan o’rtoqlashishni istasangiz, albatta izohlarda qoldiring, birgalashib muhokama qilamiz. Xayr!

Hurmat bilan Umidjon

Baholashni unutmang!
( 1 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: