Hamkorlik dasturlarida qanday ro’yxatdan o’tish kerak va sheriklar shaxsiy kabinetlarining turlari

hamkorlik dasturlarida ro’yxatdan o’tish sirlari

Salom do’stlar. Bugungi maqolamizda, pul ishlash uchun hamkorlik dasturlarida ro’yxatdan o’tish sirlari, qanday shaxsiy kabinetlar bor va ularda qanday ishlash kerakligi to’g’risida gaplashamiz.

Nimaga? Chunki, juda ko’pchilik uchun, bu dasturlarda ro’yxatdan o’tgandan keyin nima qilish kerakligi, umuman tushunarsiz bo’lib qoladi. Keyin nima qilish kerak, qayerga bosish kerak, sheriklik ssilkalarni qayerdan olish kerak va hokazo.

To’g’risini aytsam, shaxsan o’zim ham, yangi partnyorkalarda ro’yxatdan o’tganimda, darhol tushunib ketavermayman. Sababi, mualliflarning barchasi o’z hamkorlik dasturlarining sheriklar uchun shaxsiy kabinetlarini turlicha tashkil qilishadi.

Lekin, bularning barchasining ishlash prinsipi bir xil. Faqat, foydalanuvchilar uchun, interfeysi va bir ikkita turli funksiylari bilan ajralib turishi mumkin.

Shu paytgacha yuzdan ortiq hamkorlik dasturlarida ro’yxatdan o’tib, ishlaganligim sababli, bu farqlarni tezda tushunadigan ham bo’lib qoldim. Va shu partnyorkalar to’g’risidagi maqolalar seriyasini yozish jarayonida ham juda ko’p malumotlarga ega bo’ldim.

Shu bilganlarimni oddiy til bilan tushuntirishga harakat qilaman.

Internetda pul ishlashning barcha yo’llari haqida

to’liq QO’LLANMALAR !

Hamkorlar

Partnyorkalarda ro’yxatdan qanday o’tiladi?

Ro’yxatdan o’tish jarayonidan boshlaymiz. Oldingi ikki maqolamizda, “Hamkorlik dasturlarini qanday va qayerdan izlash kerak” va “Bulardan eng yaxshisini qanday tanlash kerak” ligi haqida gaplashdik. Lekin, bu maqolalarda men sizga, partnyorkalarning hammasida ham shunchaki ro’yxatdan o’tib bo’lmasligini aytmagan edim.

Chunki, bazi dasturlarda ro’yxatdan o’tish uchun, juda qattiq moderatsiyadan o’tish kerak yoki, foydalanuvchilar ko’zidan umuman yashirib qo’yilgan . Bularni topish uchun, muallifga shaxsan murojoat qilish kerak bo’ladi.

Partnyorkalar katalogi

Shuning uchun, agar siz, qandaydir yaxshi mahsulotni topsangiz va uning sheriklik dasturida ro’yxatdan o’tish ssilkasini hech qayerdan topmasangiz, tortinmasdan muallifga yoki, mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limiga, dasturga qanday azo bo’lish kerakligi to’g’risida, so’rab yozing.

Albatta siz, ko’plab saytlarda, portallarda, azo bo’lish uchun ro’yxatdan o’tgansiz. Hech bo’lmaganda, o’zingizga pochta ochgan bo’lishingiz kerak. Bu partnyorkalarda ham ro’yxatdan o’tish xuddi shunday kechadi, faqat bu yerda, bir ikkita formani ortiqcha to’ldirishingiz mumkin. Yani, elektron hamyonlar nomeri va promokodlarni kiritishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tish formasi

Agar siz, umuman hech qayerda, hech qachon ro’yxatdan o’tmagan bo’lsangiz, hatto o’zingizga pochta ham ochmagan bo’lsangiz, manabu yerdan o’zingizga pochta ochib oling. Chunki, internetda ishlash uchun, eng birinchi navbatda, sizga elektron pochta kerak bo’ladi, ishonavering.

Hamkorlarning shaxsiy kabinetlari

Yuqorida aytganimdek, shaxsiy kabinet interfeyslari turli ko’rinishlarda bo’ladi. Bularni 3 turga bo’lish mumkin:

  1. Noyob – alohida, bir loyiha uchun yaratiladi
  2. CPA-platforma – mening nazarimda, ishlash uchun eng qiyin platforma
  3. Maxsus xizmatlar – mualliflarning o’z hamkorlik dasturini tashkil qiladigan, alohida platforma. Bu xizmatlar saytining interfeysini bir marta o’rganib chiqish yetarli.

Noyob

Bu tur, eng oddiy va kam funksiyslarga ega bo’lgan, bir loyiha uchun ishlab chiqilgan sheriklik kabineti. Bunda siz, sheriklik ssilkalarni, mijozlar va sotuvlar statistikasini ko’rishingiz mumkin.

Misollar:

  • Begat – xosting-provayderi
  • Work-Zilla – freelanslar birjasi
  • Bossilka – ijtimoiy tarmoqlarda nakrutga qilish xizmati
  • AirBnB – uy-joy arenda berish xizmati
  • LitRes – kitob do’koni
  • Va o’zimning hamkorlik dasturim

Hamkorlik dasturim

Bu dasturlarda ro’yxatdan o’tib, qanchalik oddiy ekanligiga o’zingiz guvoh bo’lishingiz mumkin.

CPA – platforma

CPA – platforma, minglab loyiha va mahsulotlarni oz ichiga oladi. Mening nazarimda, bu platformalarda ishlash eng qiyini. Chunki, reklama materiallari, statistika va boshqalarning har xil funksiyalari juda ko’p.

Masalan, Admitad yoki Ecommerce Partner Network ni olib ko’raylik. Ro’yxatdan o’ting va diqqat bilan o’rganishga kirishing. Sheriklik ssilkasini yasashning bir necha turi, tayyor lending page, chegirma kuponlari va boshqalar mavjud. Barchasini o’rganish kerak.

Alexpress hamkorlik dasturi

Yuqoridagi servizda ishlash haqida manabu maqolada yozib o’tgan edim. Birozdan keyin boshqa serviz va xizmatlarda ishlash bo’yicha ham qo’llanmalar yoziladi. Hozir shunday servizlarda ishlashni biladigan mutaxasistlarni qidiryapman. Agar, oralaringizda shundaylar bo’lsa, men yordam qilaman desangizlar, juda xursand bo’lardim va sizni ham xursand qilardim(((, quruqqa emas albatta.

Maxsus xizmatlar

Maxsus xizmatlar unchalik ko’p emas, barmoq bilan sanarli. Bularga:

  • JustClick
  • Glopart
  • E-autopay
  • GoodlyPro

Bu yerda asosan, sotish uchun, axborot va o’quv kurslarini va treninglarni topasiz. Bu servizlarda ro’yxatdan o’tganingizdan keyin, shu serviz bilan ishlaydigan mualliflarning hamkorlik dasturlariga, xohlaganingizga, bir tugmani bosish bilan ulanishingiz mumkin.

Interfeyslari juda oddiy va tushunarli.

Keying maqolalarimizda bu servizlarda qanday ishlash to’g’risida batafsil malumotlar berib o’tamiz. O’tkazib yubormang, blog yangiliklariga obuna bo’ling! Fikr va mulohazalaringizni, savollaringizni izohlarda yozib qoldiring va izohlarga obuna bo’lish degan joyiga petlichka qo’yib qo’ysangiz, savolingizga javob bergan zahotim sizga xabar boradi.

Va nihoyat, ijtimoiy tarmoqdagi do’stlaringiz bilan maqolani bo’lishishni unutmang! Keying maqolada ko’rishguncha, xayr.

Hurmat bilan Umidjon

Baholashni unutmang!
( 2 assessment, average 5 from 5 )
Умиджон Обудов/ author of the article

6 йилдан буен интернет оркали ишлайман ва турли йуналишларда даромад манбаларини яратаман. Интернетда узимнинг шахсий бизнесимни куряпман ва фаол сармоя киритяпман.

Ushbu ma'lumotlar yoqdimi? Iltimos, do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing:
Izoh qo'shing! Albatta javob olasiz!

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: